Authors

  • Djaxongir Urakov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.87644

Keywords:

raqamli prokuratura yoshlar huquqbuzarlik profilaktika axborot texnologiyalari elektron tizimlar.

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishning ahamiyati yoritilgan. Muallif huquqiy asoslar, raqamlashtirish jarayoni, elektron tizimlardan foydalanish samaradorligini tahlil qilgan. Shuningdek, raqamli infratuzilmani yaratish va xodimlar malakasini oshirish bo‘yicha takliflar keltirilgan.

background image

2025

MAY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 5

343

PROKURATURA ORGANLARINING YOSHLAR O’RTASIDA

HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI FAOLIYATIDA AXBOROT

TEXNOLOGIYALARINING AHAMIYATI

Urakov Djaxongir Rajabovich

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi

ORCID: 0000-0003-0078-2463

udjahongir@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15399621

Annotatsiya

. Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining

yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish faoliyatiga axborot-kommunikatsiya

texnologiyalarini joriy etishning ahamiyati yoritilgan. Muallif huquqiy asoslar,

raqamlashtirish jarayoni, elektron tizimlardan foydalanish samaradorligini tahlil qilgan.

Shuningdek, raqamli infratuzilmani yaratish va xodimlar malakasini oshirish bo‘yicha takliflar

keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

raqamli prokuratura, yoshlar, huquqbuzarlik, profilaktika, axborot

texnologiyalari, elektron tizimlar.

Kirish qismi

: Bugungi kunda jamiyatni axborot-kommunikasiya texnologiyalarsiz

tasavvur qilib bo’lmaydi. Prokuratura organlari faoliyati samaradorligi ma’lum darajada

axborot-kommunikasiya texnologiyalarining qo’llanilish qamrovi bilan chambarchas bog’liq

bo’lib, prokuratura organlari faoliyatida axborot-kommunikasiya texnologiyalari sohasidagi

xizmatlar turlaridan kengroq foydalanish e’tibor markazdagi asosiy masalalardan hisoblanadi.

Ta’kidlash lozimki, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 4

sentyabrdagi 447-son qaroriga asosan, axborot-kommunikasiya texnologiyalari sohasidagi

xizmatlar turlariga telekomunikasiya xizmatlari, dasturiy apparat komplekslari, axborot va

boshqaruv tizimlari, dasturiy ta’minotni ishlab chiqish, loyihalashtirish, ko’maklashish va

texnik qo’llab-quvvatlash xizmatlari, ushbu sohadagi boshqa xizmatlar, axborot va ma’lumotlar

bilan ishlash xizmatlari, axborot-kommunikasiya texnologiyalari sohasidagi boshqa xizmatlar

[1] kiradi.

Prokuratura organlarining yoshlar o’rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatiga

raqamli texnologiyalarni joriy etish mazkur yo’nalishda samaradorlikni oshirishning zaruriy

sharti bo’lgan muhim jarayondir.


background image

2025

MAY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 5

344

Yoshlar o’rtasida sodir etilgan huquqbuzarliklar va ularga oid statistik ma’lumotlarni

xolis qayd etish, bu yo’nalishdagi ishlarni tashkil etishda qonunbuzilishlarni oldini olish, aniq

maqsadga yo’naltirilgan tezkor profilaktik choralarni amalga oshirishda raqamli texnologiyalar

imkoniyatlaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.

Shuni ta’kidlash lozimki, prokuratura organlari tomonidan yoshlar o’rtasida

huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish ular oldida turgan asosiy vazifa bo’lib,

zamonaviy axborot texnologiyalarini mazkur yo’nalishdagi faoliyatga keng joriy etish orqali

huquqbuzarliklarni yuzaga keltiruvchi sabablar va shart-sharoitlarni tezkor aniqlash hamda

huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasini amalga oshirishga erishiladi.

O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurori N.Yo’ldoshevning O’zbekiston Respublikasi

Oliy Majlisi Senatining ellik uchinchi yalpi majlisidagi axborotida qayd etilishicha,

“faoliyatimizni jinoyatning oqibatiga qarshi kurashishga emas, uni keltirib chiqarayotgan

omillarni bartaraf qilishga yo’naltirdik. Tegishli idoralar bilan hamkorlikda jinoyatlarni

aniqlanadigan va oldini olish mumkin bo’lgan toifalarga ajratgan holda hisobini yuritish,

tadbirlarni shunga mos tashkil etish tizimini yo’lga qo’ydik. Faoliyatga raqamli

texnologiyalarni keng joriy etish ishlari izchil davom ettirildi. Tizimda ish yuritish to’liq

elektron shaklga o’tkazildi, zamonaviy IT tuzilma shakllantirildi. Elektron ish yuritish tizimida

35 dan ortiq yangi dastur ishga tushirilib, boshqa idoralarning 100 dan ortiq tizimiga

integratsiya qilindi. Bunday choralar tizimda qog’ozbozlikka chek qo’ydi, xodimlar

yuklamasini engillashtirdi, vaqt va mablag’ tejalishiga xizmat qildi.

Prokuratura organlari faoliyatini yaqin istiqbolda rivojlantirish borasida ham rejalarimiz

bor.

Eng

avvalo,

prokuratura

faoliyatining

tashkiliy-huquqiy

tomonlari

yanada

mustahkamlanadi. Faoliyatga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish ishlari izchil davom

ettiriladi. Bu borada, faoliyatimizni raqamli transformatsiya qilish bo’yicha “Raqamli

prokuratura 2030 strategiyasi” va uni amalga oshirish bo’yicha “Yo’l xaritasi"ni tasdiqlash

nazarda tutilmoqda. Bu bilan prokuratura organlari faoliyati to’liq raqamlashtiriladi. Jumladan,

qonunchilik ijrosi va tergov faoliyati ustidan elektron nazorat yo’lga qo’yiladi. Elektron shaklda

qabul qilinadigan murojaatlar ulushi 90 foizga yetkaziladi.

Qonunchilik ijrosi ustidan nazoratni tashkil etishda nazorat-tekshiruv idoralari bilan

hamkorlik va axborot almashinuvi yanada kuchaytiriladi” [2].

Prokuratura organlarining yoshlar o’rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga

oshirish borasidagi faoliyati samaradorligini elektron tahlil qilish, yoshlarga oid davlat siyosati

to’g’risidagi qonunchilikning aniq va bir xilda ijro etilishi ustidan nazoratni raqamli


background image

2025

MAY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 5

345

indikatorlardan kelib chiqqan holda tashkil etish, prokuratura organlarining yoshlarga oid

davlat siyosati sohasidagi vakolatlari doirasida yoshlar o’rtasida huquqbuzarliklar

profilaktikasini amalga oshirish, shu jumladan huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablari va

bunga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash, bartaraf etishga oid statistik ma’lumot va

hisobotlarini raqamli ma’lumotlar bazasiga integrasiya qilish muhim ahamiyat kasb etadi.

Prokuratura organlarining yoshlar o’rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga

oshirish borasidagi faoliyatida axborot kommunikasiya texnologiyalarining keng joriy etilishi

va avtomatlashtirilgan elektron axborot almashinuv tizimining yo’lga qo’yilishi yoshlar

o’rtasida huquqbuzarliklar sodir etilishi holatini aniqlash va profilaktika qilish jarayonida

avtomatlashtirilgan elektron tizim ma’lumotlari asosida hujjatlar ijrosini tahlil qilish mumkin

bo’ladi. Bu esa, yoshlar o’rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish bo’yicha

prokuratura faoliyatida va bu yo’nalish bo’yicha prokuror nazoratini amalga oshirish jarayonida

ortiqcha qog’ozbozliklarning oldini olishga, qonun hujjatlarida mustahkamlangan prokuratura

organlarining vazifalari ijrosini sifatli va o’z vaqtida bajarishga, mehnat samaradorligi va

natijadorligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Prokuratura organlarining yoshlar o’rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga

oshirish borasida samarali tashkiliy ishlarni olib borishining zaruriy sharti axborot-tahliliy

faoliyat bo’lib, uning natijalari axborot tizimi (dasturiy, texnik, huquqiy, axborot, tashkiliy,

matematik va lingvistik

ta’minotlar) sifatiga bog’liq hisoblanadi. Prokuratura organlari

tomonidan yoshlar o’rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish borasidagi

faoliyatini axborot tizimi (dasturiy, texnik, huquqiy, axborot, tashkiliy, matematik va lingvistik

ta’minotlar) bilan ta’minlashning asosiy maqsadi prokuratura organlarining yoshlar o’rtasida

huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish borasidagi faoliyatiga oid axborotni yig’ish,

saqlash, qayta ishlash va uzatish, shuningdek uning samaradorligi, natijadorligi to’g’risida xolis

ma’lumot berish, ushbu yo’nalishdagi faoliyatini maqbul va ishonchli boshqarish uchun shart-

sharoit yaratishdan iborat.

S.A. Besschasniyning fikriga ko’ra, “Prokuratura organlarining amaliy faoliyatiga

yuqori texnologik nazoratni joriy etish, prokuratura va fuqarolar o’rtasidagi o’zaro

hamkorlikning shaffof muhitini yaratish, qonunbuzarliklarga prokuror tomonidan javob berish

samaradorligini oshirish, shuningdek, huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini raqamli

texnologiyalardan foydalangan holda muvofiqlashtirish prokuratura organlari faoliyatini

raqamlashtirishning asosiy maqsadlaridan biridir” [3].


background image

2025

MAY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 5

346

Prokuratura organlarining yoshlar o’rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatiga

joriy etilayotgan axborot texnologiyalari mazkur sohada qonun ustuvorligini mustahkamlash,

yoshlar o’rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid qonunchilik ijrosi ustidan prokuror

nazoratining samaradorligi va sifatini yanada oshirish, huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga

oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar va muassasalar faoliyatini muvofiqlashtirishga

xizmat qiluvchi vosita sanaladi.

Prokuratura organlarining yoshlar o’rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatida

axborot tizimlaridan foydalanish bo’yicha videomateriallar tayyorlash, axborot tizimlari bilan

ishlash bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar ishlab chiqish va uni o’zlashtirishga qaratilgan maxsus

kurslar tashkil qilish xodimlarning mavjud zamonaviy axborot tizimlaridan xabardorligini

ta’minlaydi hamda yoshlar o’rtasida huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasini amalga

oshirishda ulardan foydalanish bo’yicha bilim va ko’nikmalarini yanada rivojlanishiga xizmat

qiladi.

Prokuratura organlarining yoshlar o’rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi

faoliyatida vazirliklar, idoralar, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, jamoat

birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar bilan xavfsiz raqamli makonda o’zaro

hamkorlik qilish imkonini beruvchi yuqori sifatli raqamli infratuzilmani yaratish muhim

vazifalardan biri hisoblanadi.

S.X. Djioevning fikriga ko’ra, “Zamonaviy davrning o’ziga xos xususiyati axborot

texnologiyalarining jadal rivojlanishi va ularning inson faoliyatini ng barcha sohalariga

keng joriy etilishi bo’lib, bu davlat organlari, fuqarolik jamiyati tuzilmalari va alohida

fuqarolar o’rtasidagi ko’plab aloqa jarayonlarini soddalashtirish va takomillashtirish

imkonini berdi” [4].

I.E. Gaysinskiy, N.D. Nikonenko, M.V. Perovalarning ta’kidlashicha, “Huquqni

muhofaza qilish va inson huquqlari sohasida axborot texnologiyalari huquqiy normalarni

yanada samarali qo’llash va kasbiy faoliyatni optimallashtirishga yordam beradi” [5].

T.S.Tarasovaning fikricha, “Prokuratura organlari faoliyatiga raqamli texnologiyalarni

joriy etishning asosiy maqsadlari qatorida quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin:

1. Prokuratura faoliyatini optimallashtirish asosida prokuratura faoliyati samaradorligini

oshirishga, prokuratura, jamiyat va davlat hokimiyati organlarining erkin, barqaror va xavfsiz

hamkorligini rivojlantirishga qaratilgan yuqori texnologik nazoratni shakllantirish;

2. Nazorat funksiyalarini tez va xatosiz amalga oshirish uchun sharoit yaratish;


background image

2025

MAY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 5

347

3. Raqamli iqtisodiyotga o’tish uchun shart-sharoitlar yaratish, qog’oz va elektron

shakldagi hujjatli axborot oqimini optimallashtirish” [6].

A.Yu.Tixiyning

qayd

etishicha,

“Prokuratura

organlari

faoliyatini

raqamlashtirishning asosiy vazifalari prokuratura organlarining amaliy faoliyatiga yuqori

texnologik nazoratni joriy etish, prokuratura va fuqarolarning o’zaro hamkorligi uchun

shaffof muhitni yaratish, qonun buzilishi holatlariga nisbatan tezkor prokuror ta ’sir

choralarini qo’llash samaradorligini oshirish, shuningdek raqamli texnologiyalardan

foydalangan holda huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirishdan

iborat” [7].

Shuni ta’kidlash lozimki, prokuratura organlarining yoshlar o’rtasida huquqbuzarliklar

profilaktikasi faoliyatida axborot tizimlari muhim rol o’ynaydi. Huquqni muhofaza qiluvchi

organlar, shu jumladan, prokuratura organlarining yoshlar o’rtasida huquqbuzarliklar

profilaktikasi faoliyatiga axborot tizimlarini keng joriy etish avtomatlashtirilgan axborot

tizimlaridan foydalanib yoshlar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar to’g’risidagi

arizalar va xabarlarning yagona statistik hisobini yuritish, huquqbuzarliklar holati va

profilaktikasi samaradorligini tahlil qilib borish hamda aniq maqsadga yo’naltirilgan chora-

tadbirlarni belgilab olish imkonini beradi.

Snoski/Iqtiboslar/References

1.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 4 sentyabrdagi “Axborot-

kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi xizmatlar turlari ro’yxatini tasdiqlash

to’g’risida”gi 447-son qarori.

https://lex.uz/docs/6607123

2.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2024 yil 21 iyundagi O‘zbekiston

Respublikasi Oliy Majlisi Senatining ellik uchinchi yalpi majlisidagi axboroti.

https://www.youtube.com/watch?v=-QaDs-__RTA

3.

Бессчасный С.А. Цифровая трансформация органов прокуратуры Российской

Федерации. Цифровизация деятельности органов прокуратуры: сб. материалов

семинара (круглого стола) (Москва, 30 сентября 2020 г.); под общ. ред. И.В.

Горошко; cост. А.Л. Коренюк; Ун-т прокуратуры Российской Федерации. – М.,

2021. -С.8.

4.

Джиоев С.Х. Вопросы развития информационных технологий и систем в

деятельности органов прокуратуры.Вестник Университета имени О.Е.Кутафина


background image

2025

MAY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 5

348

(МГЮА).

3/2022.

-С.52.

file:///C:/Users/User/

Downloads/1690-2378-1-

SM%20(6).pdf

5.

Гайсинский И.Е., Никоненко Н.Д., Перова М.В. Исследование некоторых

аспектов

повышения

эффективности

интернет-сайтов

муниципальных

образований // Государственное и муниципальное управление: ученые записки

СКАГС. 2015. № 4. -С. 76. https://cyberleninka.ru/article/n/issledovanie-nekotoryh-

aspektov-povysheniya-effektivnosti-internet-saytov-munitsipalnyh-obrazovaniy

6.

Тарасова Т.С. Информационные системы в органах и организациях прокуратуры:

понятие, преимущества и недостатки. «Молодой учёный». № 23 (470). Июнь 2023

г. -С.388. https://moluch.ru/archive/470/103828/

7.

Тихий А.Ю. Использование дистанционных технологий при реализации функций

органов и организаций прокуратуры. Информационные технологии в

деятельности органов прокуратуры: сб. материалов науч.-практ. конф. (г. Казань,

20 мая 2022 г.); cост. М.М. Шакирьянов, М.А. Гаврилов; Казанский юридический

институт (филиал) Университета прокуратуры Российской Федерации. – Казань,

2022.

-С.

47.

http://213.171.58.226:22289/Fmt6qU01/2022/%D0%A1%D0%B1%D0%BE%D1%80

References

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 4 sentyabrdagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi xizmatlar turlari ro’yxatini tasdiqlash to’g’risida”gi 447-son qarori. https://lex.uz/docs/6607123

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2024 yil 21 iyundagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining ellik uchinchi yalpi majlisidagi axboroti. https://www.youtube.com/watch?v=-QaDs-__RTA

Бессчасный С.А. Цифровая трансформация органов прокуратуры Российской Федерации. Цифровизация деятельности органов прокуратуры: сб. материалов семинара (круглого стола) (Москва, 30 сентября 2020 г.); под общ. ред. И.В. Горошко; cост. А.Л. Коренюк; Ун-т прокуратуры Российской Федерации. – М., 2021. -С.8.

Джиоев С.Х. Вопросы развития информационных технологий и систем в деятельности органов прокуратуры.Вестник Университета имени О.Е.Кутафина (МГЮА). 3/2022. -С.52. file:///C:/Users/User/ Downloads/1690-2378-1-SM%20(6).pdf

Гайсинский И.Е., Никоненко Н.Д., Перова М.В. Исследование некоторых аспектов повышения эффективности интернет-сайтов муниципальных образований // Государственное и муниципальное управление: ученые записки СКАГС. 2015. № 4. -С. 76. https://cyberleninka.ru/article/n/issledovanie-nekotoryh-aspektov-povysheniya-effektivnosti-internet-saytov-munitsipalnyh-obrazovaniy

Тарасова Т.С. Информационные системы в органах и организациях прокуратуры: понятие, преимущества и недостатки. «Молодой учёный». № 23 (470). Июнь 2023 г. -С.388. https://moluch.ru/archive/470/103828/

Тихий А.Ю. Использование дистанционных технологий при реализации функций органов и организаций прокуратуры. Информационные технологии в деятельности органов прокуратуры: сб. материалов науч.-практ. конф. (г. Казань, 20 мая 2022 г.); cост. М.М. Шакирьянов, М.А. Гаврилов; Казанский юридический институт (филиал) Университета прокуратуры Российской Федерации. – Казань, 2022. -С. 47. http://213.171.58.226:22289/Fmt6qU01/2022/%D0%A1%D0%B1%D0%BE%D1%80