Authors

  • N. Eshmirzayeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.87866

Keywords:

Til va jamiyat sotsiolingvistika ekspansiya holati Xorijiy sotsiolingvistika Buyuk Britaniya sotsiolingvistikasi milliy til A.D.Shveytser.

Abstract

Maqolada til+jamiyat o’rtasidagi o’zaro munosabatlar, sotsiolingvistika fanining yangi fan sifatida vujudga kelishi va ushbu fan nima maqsadda yuzaga kelganligi, oldida turgan maqsadni belgilab olishi yoritib berilgan. Dunyoning rovojlangan to'qqizta mamlakatidagi til siyosati, Chet tillarini o’rganishda qaysi jihatlar inobatga olinishi kerakligi tildagi so’zlar yoki alifboni o’zgartirish jamiyat rivojiga qay darajada ta’sir etishi asosiy g’oya sifatida ilgari surilgan.

background image


May, 2025-Yil

285

SOTSIOLINGVISTIKA VA XORIJIY SOTSIOLINGVISTIKA

N. Eshmirzayeva

TerDU mustaqil tadqiqotchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15421355

Annotatsiya. Maqolada til+jamiyat o’rtasidagi o’zaro munosabatlar, sotsiolingvistika

fanining yangi fan sifatida vujudga kelishi va ushbu fan nima maqsadda yuzaga kelganligi, oldida

turgan maqsadni belgilab olishi yoritib berilgan. Dunyoning rovojlangan to'qqizta mamlakatidagi

til siyosati, Chet tillarini o’rganishda qaysi jihatlar inobatga olinishi kerakligi tildagi so’zlar yoki

alifboni o’zgartirish jamiyat rivojiga qay darajada ta’sir etishi asosiy g’oya sifatida ilgari

surilgan.

Kalit so’zlar. Til va jamiyat, sotsiolingvistika, ekspansiya holati, Xorijiy sotsiolingvistika,

Buyuk Britaniya sotsiolingvistikasi, milliy til ,A.D.Shveytser.

Abstract: The article discusses the relationship between language + society, the emergence

of sociolinguistics as a new science and the purpose for which this science arose, the definition of

the goal set before it. The main idea is put forward as language policy in nine developed countries

of the world, what aspects should be taken into account when learning foreign languages, and how

changing the words or alphabet in the language affects the development of society.

Keywords: Language and society, sociolinguistics, expansion situation, Foreign

sociolinguistics, British sociolinguistics, national language, A.D. Schweitzer.

XIX asming oxiri - XX asr boshida jahon xaritasida yirik davlatlaming vujudga kelishi,

dunyoning qudratli imperiyalar tomonidan taqsimlanishi, kichik, zaif yurtlaming mustamlakaga

aylanishi, ulaming buyuk davlatlar tarkibiga zo‘rma-zo‘raki kiritilishi, paydo bo'lgan

imperiyalarda turfa millat, elat va xalqlaming hayot kechirishi, tabiiy, ijtimoiy-siyosiy, diniy-

madaniy muammolar bilan yonma-yon lisoniy masalalarning ham yuzaga chiqishiga olib keldi.

Muayyan mamlakatda hayot kechirayotgan har xil elat va millatlaming bir-binga ta’siri, tillararo

munosabat, tillaming ijtimoiy hayotdagi vazifa va xizmatlarida aw algi davrlarda mutlaqo ko‘zga

tashlanmagan jihatlar voqealana boshladi. Ushbu holat pirovard natijada sotsiolirigvistikaga oid

izlanishlar, g ‘oyalar, dunyoqarashlaming ro‘yobga chiqishiga turtki bo‘ldi. 3 Ijtimoiy tilshunoslik

o ‘tgan asming 60-yillaridan jahon tilshunosligining yetakchi tarmoqlaridan biriga aylangan

bo‘lsa, 80- yillarga kelib ilg'or sohalardan biri sifatida fan sahnasiga dadil chiqdi. Zamonaviy

sotsiolingvistika til(lar)ning ijtimoiy hayotda tutgan o ‘mi, roli, vazifasi va vaziyatining darajasini

barometr yanglig‘ ko‘rsatuvchi fan sohasi tarzida shiddat bilan taraqqiy etmoqda.


background image


May, 2025-Yil

286

Sotsiolingvistikani sotsiologiya va lingvistika fanlarining negizida shakllangan o'ziga xos

bir fan deyish mumkin.Ushbu soha til siyosati bilan shug'ullanadi,ya'ni muayyan bir mamlakatdagi

til vaziyati qanday ekanligini ko'rsatadi.Aytaylik, birgina yurtimiz O'zbekistonda 130 dan ortiq

millat vakillari istiqomat qiladi.Shu millat vakillarining ona tili holati qanday degan savolga aynan

sotsiolingvistika javob beradi. Sotsiolingvistika termini ilk bor AQShda 1952- yilda fanga

kiritilgan.1963- yildan boshlab esa tadqiqot yo'nalishlari shakllana boshlagan.Bu soha o'tgan

asrning 60- yillarida jahon tilshunosligining yetakchi tarmoqlaridan biri sifatida talqin qilingan

bo'lsa,80- yillariga kelib ilg'or sohalardan biriga aylana oldi.

Bu yo'nalish o'z o'rganish obyektiga,nazariy poydevori,metodikasi ,usul va metodlariga

egadir .Tilshunos A.D.Shveytserning sotsiolingvistikaga doir quyidagi fikrlarini keltirib o'tamiz:

"tilshunoslik va sotsiologiya fanlarining sotsiolingvistika sohasiga muvofiq keluvchi

bo'limlarining mexanik qo'shilmasidan iborat bo'lmay,balki ularning yagona ta'limot ,izlanish

maqsadlari va obyektlarininobyektining mushtarakligi,tadqiqot jarayonlari yig'indisi va ilmiy

tushunchalari muvofiqligi negizida birlashgan mustaqil soha ekanligi bilan ajralib turadi"

Sotsiolingvistika sohasining tarkibiy qismi bo'lgan xorijiy sotsiolingvistika nisbatan

keyingi davrda shakllangan fanlardan biri hisoblanadi.Bu fan XIX asrning o'rtalarida Yevropada

shakllangan.Xorijiy sotsiolingvistika bu dunyodagi rivojlangan o'nta mamlakat( AQSh, Fransiya,

Ispaniya Italiya, Germaniya,Turkiya,Rossiya,Yaponiya,Xitoy,Koreya,Buyuk Britaniya)ning til

siyosati,vaziyati kabi jihatlarini o'rganishga bag'ishlangan fan.Tillarning jamiyat hayotidagi rolini

belgilash,ertangi holatini bashorat qilish xorijiy sotsiolingvistikaning dolzarb masalalaridan biridir

O'zbek tilshunosligi uchun bu soha yangi soha hisoblanadi. Til va jamiyat bu yo'nalishda

birgalikda,uzviylikda o'rganiladi,tadqiqot olib boriladi.O'zi sotsiolingvistika aynan chet elda

emas,balki bizning yurtimizda ham mavjud bo'lgan,ammo fan sifatida, atama sifatida keyin kirib

keldi.Hozir esa bu sohada tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Sotsiolingvistikaning asosiy

muammosi til va jamiyat o’rtasidagi munosabatlarnio’rganish, mamlakatdagi til siyosati, vaziyati

haqida ma'lumotlarga ega bo'lishdan iborat. Shunday ekan til va jamiyat munosabatlari o’rtasidagi

bu bog’liqlik ularning taraqqiyotining uzviy ko’rinishidir.


background image


May, 2025-Yil

287

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1.

A. Nurmonov. “Tilshunoslikka kirish”. T., 2007.

2.

Yorqinjon Odilov. “Til va jamiyatning o’zaro munosabatlari” nomli maqolasi. “Yangi

O’zbekiston” gazetasi., 2020.

3.

Крючков Т. Б., Наумов Б. П. Зарубежная сотсиолингвистика: Германия, Испания.

М., 1991.

4.

M. Mirtojiyev. N. Mahmudov. “Til va madaniyat” nomli risolasi. T., 2001.

5.

Yuz.uz sayti