2025
MAY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 5
349
ZAMONAVIY DRAMATURGIYANING O’ZBEK ADABIYOTIDAGI O‘RNI
N. Eshmirzayeva
TerDU mustaqil tadqiqotchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15421410
Annotatsiya: Hozirgi davrda barcha sohada shiddat bilan rivojlanish o‘sib bormoqda,
xususan, o‘zbek dramaturgiyasining ham adabiyotdagi o‘rni beqiyosdir. Ushbu maqolada
dramaturgiyaning dastlabki paydo bo‘lishidan zamanaviy adabiyotgacha qilgan bosqichi
haqida so’z boradi.
Kali so‘z: “Padarkush”, drama, Istambul fojiasi, komediya, “Andishali kelinchak”.
Abstract: In the present era, rapid development is taking place in all fields, in
particular, the role of Uzbek drama in literature is unparalleled. This article discusses the stage
of drama from its initial emergence to modern literature.
Key words: "Father-killer", drama, Istanbul tragedy, comedy, "Andishali kelinchak".
Dramatik tur o‘zbek adabiyotiga kirib kelganiga bir asr bo‘ldi. Ilk dramatik asar sifatida
tan olingan Behbudiyning “Padarkush” asari 1911-yilda yozilgandi. Yuz yillik tarix va tajribaga
ega boMgan bu o‘zbek dramaturgiyasi o‘tgan asrning boshi va ikkinchi jahon urushi davrini
hisobga olmaganda har doim ham boshqa adabiy turlardan sustroq rivojlangan. Bu susayish
ayniqsa, o‘tgan asrning “turg‘unlik davri” deb atalgan 70-80- va mustaqillikning dastlabki
yillarida aniq sezildi. Bunday sustkashlikning muayyan obyektiv va subyektiv sabablari ham
bor. Avvalo, shuni achinish bilan ta’kidlash o‘rinliki, adabiyotimizda faqat dramaturgiya bilan
92 shug‘ullanadigan maxsus ijodkorlar juda kam. Borlari ham tezda shuhrat topib, kashfiyot
darajasidagi sahna asarlari yaratib, teatrlaming doimiy hamkoriga aylanib ketavermaydilar.
Ikkinchidan, mabodo, shunday talantli drama yaratilib, sahnalashtirilsa ham unga tomoshabinni
jalb etish muammosi tug‘iladi. Uchinchidan, bozor iqtisodiyoti tufayli dramaturg o‘z asari bilan
boyib ketayotgani yo‘q. Shunga qaramay, so‘nggi 20 yil ichida drama yaratilmay ham qolmadi,
sahna bo‘shab ham qolmadi, ozmi-ko‘pmi tomoshabin ham teatrga kirib turdi. Eng muhimi,
so‘nggi yillar dramaturgiyasi shakl va mazmun tomonidan yangilandi, janr imkoniyatlari
kengaydi. San’atkorlar jahon dramaturgiyasining barhayot tajribalaridan unumli foydalana
boshladilar. Bu yillar an’anaga ko‘ra ko‘plab she’riy dramalar dunyoga keldi. E.Vohidovning
“Istambul fojiasi”, A.Oripovning “Sohibqiron”, U.Qo‘chqoming “Rasululloh kotibi”,
R.Bobojonning “Yusuf va Zulayho” kabi asarlari ana shu usulda bitilgan. Dramaturgiyaning
rivojlanishi va yangilanishi mavzu ko‘lamining kengayishida yaqqol ko‘rindi. Bu borada
2025
MAY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 5
350
ayniqsa, tarixiy mavzudagi sahna asarlaming ko‘payganligini alohida ta’kidlash lozim. Tarixga
munosabatning o‘zgarganligi, buyuk ajdodlarimizning badiiy, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy
merosini qadrlash, tarixiy manbalami o‘rganish tufayli xalqimiz o‘zligini anglash jarayonini
boshidan kechirdi. Ayniqsa, Amir Temur, Ahmad aI-Farg‘oniy, Mashrab singari murakkab
tarixiy shaxslar haqida rang-barang janrlarda turli shakldagi sahna asarlari dunyoga keldi. Bular
orasida 0 ‘zbekiston xalq yozuvchisi Odil Yoqubovning “Fotihi Muzaffar yoxud bir parivash
qissasi” nomli tarixiy dramasi muhim o‘rin tutadi. Shuni alohida ta’kidlash o‘rinliki,
O.Yoqubov dramaturgiya borasida xiyla tajribali adib. 60-yillardayoq “Aytsam tilim kuyadi,
aytmasam dilim”, “Yurak yonmog‘i kerak”, “Chin muhabbat”, “Olma gullaganda”, “Bir
koshona sirlari” deb atalgan dramalari bilan shuhrat qozongan edi. Mana shu tajriba va mahorat
san’atkoming so‘nggi dramasida o‘zining yaxshi samarasini bergan. 93 Avvalo, shuni aytish
kerakki, tarixiy mavzudagi ushbu drama sohibqiron Amir Temurga bag‘ishlangan. Muallif
ulug‘ Amir hayotiga oid tarixiy faktdan unumli foydalanib, badiiy to‘qimaga asoslangan jiddiy
tarbiyaviy sahna asari yarata olgan. Drama markazida sarlavhada urg‘u berilganldek, “Fotihi
Muzaffar” - Sohibqiron Amir Temur bilan uning “eng so‘nggi va eng suyukli rafiqasi”
Suluvko‘z ismli ayol turadi. Tarixdan ma’lumki, Amir Temur o‘z nikohiga olgan ayollar
orasida eng go‘zali, eng mashhuri, eng oqilasi, eng vafodori, eng suyuklisi, maslahatgo‘yi, eng
ishongani Chig‘atoy ulusiga mansub mo‘g‘ul xonlaridan biri Qozonxonning qizi
Saroymulkxonim (uni saroyda Bibixonim deb atashgan) bo‘lgan. Bu ayol avval Amir
Husaynning xotini bo‘lgan. Uni yengib, qatl etgan Sohibqiron malikalar orasidan
Saroymulkxonimni tanlab oladi. Ayol xon avlodiga mansub boMganligidan aqli-farosati,
didining yuksakligi, irodaligi, saroy muhiti va idora usullarini yaxshi bilganligi, fikrlash
doirasining kengligi, tadbirkorligi bilan boshqa malikalardan ajralib turgan. Bundan tashqari
Saroymulkxonim husn-latofatda, nazokatda, erga nisbatan xotinlik munosabatida, xulq-
atvorida benazir bo‘lib, tez orada Amir Temuming muhabbatini qozonadi. Saroymulkxonim
ayni chog‘da mamlakatning ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy hayotidan yaxshi xabardor
bo‘lgan, Vatanim jon-dilidan sevgan, adolat uchun kurashgan xalqining farovon, yurtining
obod bo‘lishini orzu qilgan. Bu fazilatlari Amir Temuming niyatlari bilan mos kelganligidan
Sohibqiron malikaga boshqaruvning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy hayotiga oid
masalalami hal etishda faol qatnashuviga izn bergan, uning dono maslahatlaridan foydalangan.
Harbiy yurishlarida ham har doim uning yonida bo‘lgan. Amir Temur o‘z nikohiga olganida
Saroymulk 29 yoshda edi. Ular bir-biriga cheksiz muhabbat bilan 35 yil yashadilar. Tarixiy
manbalarda ko‘rsatilishicha, Amir Temur suyukli rafiqasi Bibixonim sharafiga mahobatli obida
2025
MAY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 5
351
qurdirmoqchi bo‘ladi. Minora qurilishiga malikaning o‘zini mas’ul qilib qo‘yadi. Tengi yo‘q
me’mor ishni boshlaydi. Albatta, mas’ul shaxs sifatida Saroymulkxonim qurilish maydoniga
tez-tez kelib 94 turadi. Ustalar bilan qurilish loyihasi bo‘yicha maslahatlashadi. Aytishlaricha,
me’mor malikaga oshig‘-u shaydo bo‘lib qoladi. Rivoyatni aytib beraman: (ro‘mol ustidan
o‘pish, yuzdagi dog‘, ustaning taqdiri, qushlar patidan qanot qilib uchib ketish...) Xullas, mana
shu fakt O.Yoqubov uchun o‘zining Amir Temur haqidagi fikrlarini ifodalashga asos bo‘lib
xizmat qiladi. San’atkor bu g‘oyaviy niyatini o‘z holicha berganida ma’lum cheklanishlarga
yo‘l qo‘yishga majbur bo‘lardi. Shuning uchim badiiy to‘qimaga murojaat qiladi va Amir
Temuming hiyla “qariganda” topgan bu mahbubasini ( “Eng so'nggi va eng suyukli”) Suluvko‘z
deb ataydi. Umuman, muallif bu dramada personajlar ismiga katta ma’no yuklaydi: Tarixiy
Bibixonim asarga Bibi Sardor - qattiq qo‘l, jahldor, zolim, kanizaklar Saragul, Aqchagul,
navkar Qalqonbek shular jumlasidandir. Dramada muallif bir tomondan chin muhabbatni,
go‘zallikni ulugTaydi. Ikkinchi tomondan, bevafolik har qanday odamning yuzini shuvit, o‘zini
sharmanda qiladi degan fikmi ifodalashni niyat qiladi. Suluvko‘z me’moming shartini noiloj
ado etib, yuzida dog‘ qoladi (me’mor malikani sevib qoladi. Uning oyog‘i ostiga yiqilib,
“jamolingizni bir ko‘ray” deb iltimos qiladi. Suluvko‘z unga yuzini ko‘rsatadi. Me’mor endi
ikkinchi shartini aytadi: “bitta bo‘sa olay!”. U biladiki, birinchi shartini bajargan ayol
ikkinchisini ham bajaradi. Boz ustiga usta agar aytganimga unamasangiz “Qurilishni tugatmay,
masjidi jome’ peshtoqidan o‘zimni tashlayman!” deb qo'rqitadi. Qurilish bitmay qolsa,
Suluvko‘z Amir Temur oldida nima degan odam bo‘ladi? Axir, suyukli eri, Sohibqiron bu
qurilish taqdirini unga topshirgan-ku! Noiloj ko‘nadi - parda ustidan o‘ptiradi. Ammo
me’moming muhabbati alanga otash ekan, yonog‘ini kuydirdi! Dog‘ qoldi. Bu sharmandalik
o‘lim bilan tugadi). Amir Temur haqida yana T.Akbarxo‘jaevning “Zamon o‘g‘li”,
Q.Abdug‘aniyevning “Amir Temur va Yildirim Boyazid” singari dramalari ham yaratildi.
Tarixiy mavzuda yana Ahmad Farg‘oniyga bag‘ishlangan bir necha asar paydo bo‘ladi. Bular:
H.Rasulning “Piri koinot”, 95 I.Rahimning “Allomaning yoshligi”, J.Jabborovning
“AlFarg‘oniy”, Y.Sulaymonning “Osmonga sig‘magan muhabbat”, Nurulloxon hojining
“Bashar alloma” dramalaridir. Yana bir alloma, I mom al-Buxoriy haqida J.Rasultoyevning
“Muqaddas ziyo”, S.Ehsonning “Muhaddis”, M.Ergashevning “Saodat yo‘li”, U.Qo‘chqoming
“Rasululloh kotibi”, R.Ma’diyevning “Bir kechalik tush”, TJumatovning “Imomal - Buxoriy”,
M.Hamidovaning “Buxoriy muhabbati” kabi sahna asarlari dunyoga keldi. Bulardan tashqari
Y.Muqimovning “Mangu mash’al” (Avesto haqida), Y.Muqimov va H.Rasulovning
“Muqaddas Taxtizar” (Spitamen haqida), R.Bobojonning “Yusuf va Zulayho”, U.Azimning
2025
MAY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 5
352
“Alpomishning qaytishi”, E.Samandaming “Jaloliddin Manguberdi”, “Ajdodlar qilichi”,
Z.Muhiddinov va M.Hamidovalaming ‘ Zahiriddin Muhammad Bobur”, E.Xushvaqtovning
“Mashrab”, N.Qobilning “Na malakman, na farishta” (Mashrab haqida), A.Suyunning
“Sarbadorlar” dramalari ham tarixiy mavzudadir. Lekin ulaming barchasini ham etuk badiiy
darajada va kutilgan niyatga erisha olgan deb boMmaydi. Bu davrda zamonaviy mavzularda
ham ko‘plab dramalar dunyoga keldi. Bu borada Erkin Xushvaqtov, Salohiddin Sirojiddinov,
Usmon Azim, Sanjarali lmomov, Xoliq Xursandov, Nasrullo Qobil, Komil Avaz, Toir
Yunusovlar samarali ijod qildilar. Ulardan ba’zilarining asarlari teatrlaming doimiy
repertuariga aylandi va tomoshabinlaming tashnaligini qondirib, teatrlarga qiziqishini orttirdi.
Zero, teatming xalqni ma’naviyma’rifiy ruhda tarbiyalashning eng samarali va jonli vositasi
ekanligi azaldan ma’lum. Sahna real hayotning badiiy ko‘zgusidir. Shu ma’noda yuqorida
nomlari tilga olingan dramaturglardan E.Xushvaqtov ayniqsa, uloqda sovrinni olib ketdi. U
ko‘proq xalq og‘zaki ijodi materiallariga, folklor-etnografik mavzularga, milliy urf-
odatlarimizda о‘lib borayotgan udumlarga murojaat qildi. E.Xushvaqtovning 0 ‘zbekiston
Milliy teatrida birin-ketin sahnalashtirilgan “Chimildiq”, “Qalliq o‘yin”, “Qirmizi olma”,
“Andishali kelinchak” kabi pesalariga iloji boricha o‘zbek 96 xalqining azaldan yashab kelgan
udumlari ruhini, mohiyatini singdirishga, ulami yangicha an’analar bilan boyitishga, yosh
avlodning munosabatini ochishga urinadi. Ko‘p o‘rinlarda bunga erishadi ham. Ammo
dramaturg har doim ham o‘z niyatini ifodalash uchun tanlagan usul va shakllarda yutuqqa
erishavermaydi. Masalan, “Chimildiq”, “Qalliq o‘yin” dramalari avvaio, yengil-yelpi voqealar
asosiga qurilgani, personajlar o‘rtasidagi munosabatlaming o‘ta sun’iyligi, urf-odatlarimizning
qadrini ko‘tarish o‘miga o‘ziga nafrat uyg‘otadi. Bu dramalarda echim ham tamoshabinni
qoniqtirmaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1.
Abduraxmonova, X. «Oʻzbek dramaturgiyasi tarixi». — Toshkent: Fan, 1998.
2.
Karimov, I. «Dramaturgiya nazariyasi asoslari». — Toshkent: O‘zbekiston, 2002.
3.
Jurayev, Sh. «Hozirgi oʻzbek adabiyoti tarixi». — Toshkent: O‘zbekiston, 2010
4.
Azizxonova, M. «Dramaturgiya va sahna». — Toshkent: San’at, 2006.
5.
Oʻzbekiston Milliy Ensiklopediyasi. (turli maqolalar, ayniqsa “Dramaturgiya”, “Sahna
san'ati”, “Teatr” kabi bo‘limlar)
