“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”
117
BETA SIKLODEKSTRIN VA MELAMIN ASOSIDAGI SUPRAMOLEKULYAR
KOMPLEKSNING SINTEZI
Talabalar Saparova S.T., Nortojiyeva Sh.A., Zoirov F.B., Davronova X.G‘.
PhD., dotsent v.v.b. Eliboyev I.A.
e-mail: ilyoseliboev883@mail.com
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
Annotatsiya:
Organik molekulalarning korroziyaga qarshi ingibirlash rivojlanishi kislotali
ishlov berish jarayonida neft-gaz konlari korroziyasini ingibir qilishni o‘rganish yangi
izlanishlarga olib keladi. Beta siklodekstrin va melamin asosidagi supramolekulyar kompleksning
ko‘plab sohalarda qo‘llaniladi [1]. Uning keng qo‘llanilishi sababi kerakli tabiiy xususiyatlari
bilan bog‘liq.
Kalit so‘zlar:
betta siklodekstrin (β–SD), Melamin (ME), supramolekulyar kompleks,
elektrokimyo, potensiodinamik qutblanish.
β-SD gigroskopik bo‘lmagan, bir xil, kristalli molekulyar tuzilishga ega va 7 ta D-glyukoza
qoldig‘ini o‘z ichiga oladi, ular
a
-(1→4) glikozid bog‘lanishlari bilan birikkan. Glikozid kislorod
ko‘priklarining bog‘lanmagan elektron juftlari bo‘shliqning ichki qismiga yo‘nalgan, bu esa yuqori
elektron zichligi va Lyuis asosining xarakteriga egaligini bildiradi.
1-rasm. Siklodekstrin molekulasining strukturaviy tuzilishi.
Bu xususiyatlar β-SD ning ichki yuzasi, gidrofil bo‘lgan tashqi yuzaga nisbatan solishtirganda
gidrofobik ekanligini ko‘rsatadi. β-SD ning tashqi tomonidagi birlamchi gidroksil guruhlari
(glyukoza qoldig‘i –CH
2
orqali bog‘langan) va ikkilamchi gidroksil guruhlari (glyukoza
qoldiqlariga bevosita bog‘langan) suvda eruvchanlikni yaxshilaydi. Gidroksil guruhlar ham ichki,
ham tashqi yuzalarda mavjud bo‘lishidan qatiy nazar β-SD ichki bo‘shlig‘i gidrofobik, tashqi
bo‘shliq gidrofil xossaga ega. β-SD ning tashqi gidroksil guruhlari va substratlarning karboksil
guruhlari o‘rtasidagi reaksiyalar orqali β-SD nanomateriallar va polimerlar modifikatsiyalari
shakllanadi. β-SD ning ingibirlash xususiyatlarini tashqi xalqalardagi -OH guruhlarini kimyoviy
modifikatsiya qilish orqali yaxshilash mumkin [2,3].
Supramolekulyar kompleksning sintezi.
Bundan tashqari, mehmon birikmasi, ME
xloroformda qayta kristallangan. Barcha suspenziya eritma Erlenmeyer kolbalariga o‘tkazildi va 72
°C da 900 r/min tezlikda kuchli aralashtirildi. Melamin (ME) va β-SD asosidagi supramolekulyar
(mezbon-mehmon) sistemalarni sintez qilinishi 2-rasmda ko‘rsatilgan. Melamin
(1,3,5-triazin-2,4,6-
triamin) (МЕ) – rangsiz kristall modda (GOST 7579-76, M
r
=126,12 gr/mol,
ρ=
1,574 gr/ml
,
LD
50
=3248 mg/kg, T
s
= 345 °C).
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL
118
2-rasm. β-siklodekstrin va melamin asosidagi supramolekulyar kompleksning sintezi
β-SDME neft va gaz sanoatida metall yuzalarni qoplash korroziyasidan himoya qilish
foydali bo‘ladi. Korroziyadan himoya qilish uchun β-SD asosidagi birikmalarning tez rivojlanishi
va ularning ko‘plab afzalliklari korroziyani oldini olish dasturlariga katta qiziqish uyg‘otdi. Ushbu
turdagi materiallar juda muhim, chunki ular metall materiallarni kimyo, neft-kimyo, neft-gaz,
avtomobil va metallurgiya kabi yirik sanoat tarmoqlarida zararli korroziyadan himoya qiladi. Ushbu
sharh korroziyadan himoya qilishda qo‘llaniladigan β-SD -asosidagi birikmalarning ishlab chiqarish
usullari, korroziyaga qarshi qo‘llanilishi va β-SD-ga asoslangan korroziyaga qarshi materiallarning
dolzarb muammolariga e’tibor qaratildi. Tabiiy va sintetik polimerlar bilan β-SD
modifikatsiyalarining asosiy nazariyasi, ahamiyati, ishlanmalari va yangiliklari, organik birikmalar
bilan payvandlangan β-SD, organik molekulalar bilan β-SD asosidagi supramolekulyar (mezbon-
mehmon) sistemalar, β-SD asosidagi polimer. Ingibitor o’zining yolg‘iz elektron juftlarini
metallning bo’sh bo’lgan d-orbitallariga (Fe, Al, Cu, Zn va boshqalar) beradi. U metallni oksidlashi
mumkin va shu bilan metall yuzasida passiv/himoya qatlami hosil qiladi
Xulosa:
Beta siklodekstrin asosida kompleks tipidagi yangi β-SDME supramolekulyar
ingibitor sintez qilindi. Bu birikmalar barqaror, arzon, ekologik toza, suvda yaxshi eriydi va yuqori
ingibirlash samaradorligiga ega. β-SD bilan mezbon-mehmon komplekslarini shakllantirishda
sezilarli darajada o’zgaradi. Birikmalarning korroziyani ingibirlash ko’rsatkichlari ham β-SD bilan
yaxshilanadi.
Adabiyotlar
1. Elyor Berdimurodova, Ilyos Eliboyeva, Khasan Berdimuradovb, Abduvali Kholikova,
Khamdam Akbarova, Omar Dagdagc, Mohamed Rbaad, Brahim El Ibrahimie, Dakeshwar Kumar
Vermaf, Rajesh Haldharg, Nadia Arrousseh. Green β-cyclodextrin-based corrosion inhibitors:
Recent developments, innovations and future opportunities. Carbohydrate Polymers 292 (2022)
119719
2. S.K. Upadhyay, S.M. Ali, Molecular recognition of flunarizine dihydrochloride and β-
cyclodextrin inclusion complex by NMR and computational approaches, Chem. Cent. J. 12 (2018)
1–9.
3. Baomin Fan, Gang Wei, Zhan Zhang, Ning Qiao. Characterization of a supramolecular
complex based on octadecylamine andb-cyclodextrin and its corrosion inhibition properties in
condensate water. Corrosion Science 83 (2014) 75–85
