Authors

  • Iroda Tilavova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.88942

Keywords:

yozuvchi qissa obraz g‘oyaviy- badiiy xususiyatlar uslub badiiyat mazmun tahlil.

Abstract

Mazkur maqolada taniqli o‘zbek yozuvchisi Luqmon Bo‘rixonning “Sirli muallim” qissasining mazmun- mohiyati yoritilgan bo‘lib, adibning qissachilikdagi yangicha qarashlari tahlil usuli orqali bayon qilingan.

background image


May, 2025-Yil

288

LUQMON BO‘RIXONNING “SIRLI MUALLIM” QISSASINING G‘OYAVIY-BADIIY

XUSUSIYATLARI

Tilavova Iroda Hamro qizi

TerDU magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15427995

Annotatsiya.

Mazkur maqolada taniqli o‘zbek yozuvchisi Luqmon Bo‘rixonning “Sirli

muallim” qissasining mazmun- mohiyati yoritilgan bo‘lib, adibning qissachilikdagi yangicha

qarashlari tahlil usuli orqali bayon qilingan.

Kalit so‘z:

yozuvchi, qissa, obraz, g‘oyaviy- badiiy xususiyatlar, uslub, badiiyat, mazmun,

tahlil.

Har bir davr va jamiyatda ta’lim tarbiya bevosita ma’naviyat tamal toshi bo‘lgan. Shunga

muvofiq istiqlol davrida yaratilgan ko‘plab asarlar ham ma’naviyatimiz ko‘zgusi bo‘lib

kelmoqda. Ko‘zguda esa maqtagulik jihatlar ham, ko‘ngilni xira qiladigan, iztirob chekishga

majbur etadigan jabhalar ham mavjud. Ana shunday mavzulardan biri – muallimlik va uning

mas’uliyati haqida gap ketsa ko‘z yumib ketishga hijolat bo‘ladi kishi.

Yozuvchi Luqmon Bo‘rixon ham bu jihatga e’tibor qaratgan holda ijodida “aks

ettirilayotgan qatlamlarning chuqurligi unda harakat qilayotgan odamlarning jonliligi, xarakter

tabiati va shaxsiy miqyoslariga bog‘liq bo‘ladi. Yozuvchi voqealarning harakatchanligiga qancha

ko‘p e’tibor bersa, qahramonlarining jonli va hayotiy chiqishi uchun shuncha ko‘p jon kuydiradi.

U har bir qahramonni, hatto eng kichik personajgacha ishonarli gavdalantirishga jiddiy e’tibor

beradi”

1

Uning “Sirli muallim” qissasi so‘zimiz isboti o‘laroq tahlil sifatida ushbu asardagi

obrazlarni baholi qudrat yoritmoqchimiz.

Asar chekka bir qishloqdagi maktab hayoti va undagi og‘riqli nuqtalar haqida bo‘lib,

kinoya asosiga qurilgan. Muallif asar epigrafi sifatida A.Oripovning “Muallim haqida so‘zim

ushbudir , Muallim kamolot ichra ko‘zgudir” jumlalarini olgan. Adib qissani yozishda noodatiy

ya’ni tushuntirish xatlari bilan ketma-ketlikda voqea bayonini o‘quvchiga sirli va qiziqarli tarzda

yetkazish usulidan foydalanadi. Asar boshlanmasi tugun bilan boshlanib, yakungacha voqea

tushunarsiz davom etadi. Asl mohiyat esa qissa oxirida oydinlashadi. Asarda muallimlik kasbiga

chuqur muhabbat qo‘ygan yosh navqiron yigit va uni xushlamagan, o‘qitishdek mas’uliyatli

ishni suiiste’mol qilgan “ustoz”lar obrazlari aks etgan. Asar bosh qahramoni Najot G‘aybulla

1

G‘afurov İ. Mangu latofat. - T.: Sharq, 2008. – B. 252.


background image


May, 2025-Yil

289

geografiya o‘qituvchisi va o‘z kasbining fidoyilaridan. Uning fidoyiligi faoliyat boshlagan

maktabiga darsliklar olib kelgani, geografiya kabineti uchun videokasseta, teleapparaturalar izlab

topgani va shu kabi ishlari bilan bolalar mehrini qozonganida ko‘rinadi. Najot G‘aybulla dars

so‘rab borgan maktab direktori Qalqonov uning familiyasidan ham shubhalib “ov” “ev” –

qo‘shimchalari bo‘lishi kerak edi deb o‘ylaydi. Bunga javoban qahramonimiz : “Biz mustaqillik

millatmiz”, “Milliy mustaqillik eng avval ism- sharifimizda bo‘lishi kerak”

2

deb izohlaydi.

Bundan tashqari qissada Ulash agranom tilidan aytilgan ayrim jumlalarga e’tibor qaratsak:

“…Umuman tergovchi, maktabda nosog‘lom muhit bor. Qalqanov, Norxol, Boymurodlar o‘zaro

jinoiy guruh. O‘qituvchi kadrlar yetishmaydi, degan bahona ostida dars soatlarini bo‘lib

olishgan. Hali ona suti og‘zidan ketmagan, qay go‘rdagi kollej-mollejni amal-taqal bilan bitirgan

qizlarni ham ishga qabul qilgan. Hammasi shu uchchovining qarindoshi, hammasi ko‘rsavod …”

Bir qaraganda oddiy agranomning bu so‘zlarini vahimali emasdek ko‘rinsa-da, aslida ta’lim

tizimining ahvoli uchun o‘ta ayanchli ekanligini payqash qiyin emas, nazarimizda. Yoki

darsliklarning yetishmasligi, tekshirish uchun kelgan kattalarga maktab obro‘si uchun

kamchiliklarning aytilmasligi, darslarning ham xo‘jako‘rsinga o‘tilishi, oliy ma’lumotli bo‘la

turib o‘z fanini bilmasligi (maktab direktori Qalqonov rus tili o‘qituvchisi bo‘lishiga qaramay

“privet” dan nariga o‘tolmasligi nazarda tutilmoqda) ham yuraklarni larzaga soladi.

Garchand Najot G‘aybulla bular sirasiga kirmasa-da, sevimli kasbini davom ettirish

uchun uning oyog‘idan chaladigan g‘alamizlar ham topildi. Bu sirli muallimning faoliyati

ko‘pchilikning g‘ashiga tegib, dushman orttirishiga sabab bo‘ldi. Domla X.X.Xurramovich ana

shulardan biri bo‘lib uning hujjatlari soxtaligini isbotlaydi .

Asarni o‘qir ekansiz unda mazmuniy paradoksni borligini sezasiz. Oliy ma’lumotli

ammo o‘z sohasini bilmaydi. Diplomi yo‘q lekin kasbining fidoyisi. Bundan holat hozirgi

zamonamizda allaqachon palak otib ulgurgan desak sira mubolag‘a bo‘lmaydi. Muallifning “Sirli

muallim” qissasidagi o‘zgacha mahoratlaridan yana biri asarni boshidan tugun bilan boshlab

yakunni ham tugun bilan tugatishidir. Kitobxon qissa avvalidagi tugun orqali asarni ich-ichiga

kirishga intilsa, oxiridagi tugun o‘zi mulohaza yurutishiga uddaydi. Luqmon Bo‘rixonning ism

tanlash qobiliyatini esa aytib o‘tmaslikning iloji yo‘q. Har bir ism o‘ziga xos mazmun

yuklangan. Birgina misol bosh qahramon – Najot G‘aybullaning ismi “Najot” da botqoqqa

botyotgan ta’limning o‘nglanib ketishiga najot beradiganday umid uyg‘otadi deyish mumkin.

2

https://ziyouz.uz/ozbek-nasri/luqmon-borixon/lu-mon-burihon-sirli-muallim-issa/


background image


May, 2025-Yil

290

Har ne bo‘lganda ham muallif dilidagini qog‘ozga aniq va ravon ko‘chira olgan. Zamon

shiddat bilan rivojlanib borar ekan, biz asardagi Qalqonov, Norxol, Boymuroddek kadr emas,

Najot G‘aybulladek o‘z kasbining jonkuyari bo‘lmog‘imiz lozim. Zero, ilm olmoq ham ilm

bermoq ham bizga shar’iy hukm qilib berilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1.

Bo‘rixon L. Sirli muallim.

https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/uzbek-nasri/luqmon-

bo-rixon-1965/luqmon-bo-rixon-sirli-muallim-qissa

2.

Rasulova U. Qissalarda badiiy obraz mohiyati//Til va adabiyot ta’limi. 2020-yil 1-son,

31-b.

References

Rasulova U. Qissalarda badiiy obraz mohiyati//Til va adabiyot ta’limi. 2020-yil 1-son, 31-b.