2025
MAY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 5
379
BOLA TARBIYASIGA OID HIKMATLI SO`ZLAR LEKSIK-SEMANTIK
XUSUSIYATLARI
Avliyoqulova Rohila Nurali qizi
Master's student of Termiz State University
https://doi.org/10.5281/zenodo.15427923
Annotatsiya.
Mаzkur maqolada ingliz vа o‘zbek tillаridа bola tarbiyasiga oid
hikmatli
so`zlarni
leksik-semаntik
xususiyаtlаrini chog‘ishtirmа tаdqiq qilishgа
bаg‘ishlаngаn. Maqolaning аsosiy mаqsаdi – ingliz vа o‘zbek tillаridа bola tarbiyasiga oid
hikmatli so`zlarni o‘rgаnish, ulаrning leksik-semаntik va lingvistik xususiyаtlаrini tаhlil
qilishdir va unda hikmatli so`zlar,til vа mаdаniyаt o‘rtаsidаgi аloqаlаr, shuningdek, buyuk
shаxslаr nutqidаgi hikmatli so`zlar o‘rgаnilib, ulаr orаsidаgi o‘xshаshlik vа fаrqlаr chuqur
tаhlil qilingаn. Maqolada qo‘llаnilgаn metodologik yondаshuvlаr orаsidа leksik-semаntik
tаhlil, qiyosiy-chog`ishtirma tаhlili usullаri mаvjud, ingliz vа o‘zbek tillаridа bola tarbiyasiga
oid hikmatli so`zlarning o‘zigа xos leksik-semаntik vа lingvistik xususiyаtlаrini ochib berish
bilаn birgа, ikki til o‘rtаsidаgi fаrqlаr vа o‘xshаshliklаrni аniqlаshgа imkon yаrаtаdi.
Kalit
so`zlar:
hikmatli
so`zlar,o`zbek
madaniyati,ideomalar,milliy,frazeologik
birliklar,lug`atlar,lingvistik,ekvivalent, metod.
KIRISH
Jahon tilshunosligida hikmatli so‘zlarning nutqqa tegishli boʻlgan jihatlarini ochib
berish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biriga aylandi. Xususan, hikmatli so‘zlar va
ularning o‘rganilish tarixi, ularning lingvistik xususiyatlari, hikmatli so‘zlarning srtukturaviy
va semantik xususiyatlari va aynan bola tarbiyasida qo‘llaniladigan jihatlari tadqiq etish
masalasi tobora dolzarblashib bormoqda
1
. Zamonaviy tilshunoslikda milliy tafakkur,
madaniyat va ijtimoiy ongning til vositasida aks etishi masalalari alohida ilmiy e’tibor
markazida turibdi. Xususan, hikmatli so‘zlar — maqollar, aforizmlar va iboralar xalqning
tarixiy tajribasi, ma’naviy-axloqiy qarashlari, tarbiya tizimi hamda ijtimoiy qadriyatlarini
mujassamlashtirgan lingvokulturologik birliklar hisoblanadi
2
. Bu turdagi birliklar tahlili orqali
nafaqat tilning ichki tuzilishi, balki xalqning dunyoqarashi, ijtimoiy-ma’naviy ideallari,
shuningdek, bola tarbiyasiga oid qarashlari haqida chuqur xulosalar chiqarish
1
“Hikmatli soʻzlar” OʻzME. H-harfi. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
2
Abdullaeva N. Maqollar va matallarda axloqiy tarbiyaning ifodalanishi. — Samarqand: Samarqand DU, 2015.
– B. 21.
2025
MAY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 5
380
mumkin.Tilshunoslikda hikmatli so‘zlarning ingliz va o‘zbek tillarda o‘rganilish tarixi,
ularning strukturaviy tahlili, maqol va aforizmlarda kelishi o‘rganiladi.
Ingliz va o‘zbek tillaridagi bola tarbiyasida qo‘llaniladigan hikmatli so‘zlarni tahlil
qilish orqali qanday leksik va stilistik usullardan foydalanish va ikkala tilning aforizmlarida
qanday umumiy va o‘ziga xos tuzilmaviy elementlar mavjudligini o‘rganish asosiy
masalalardan biri hisoblanadi.Bundan tashqari, aforizmlarning semantik mazmuni va ularning
madaniy ifodasini ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni tahlil qilish orqali o‘rganish va ularni
samarali tarjima qilish uchun ishlatiladigan strategiyalarni aniqlash va farqli va o‘xshash
ekanligini aniqlashdan iborat
3
. Masalan, “Mehnatning mevasi shirin bo‘ladi” degan hikmat
mehnatning ahamiyatini eslatadi. Hikmatli so‘zlar ko‘pincha boshqa insonlarni o‘ylantirish,
ularga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish maqsadida aytiladi. Ular har qanday davr va avlod uchun o‘z
dolzarbligini yo‘qotmaydi. Bu so‘zlar orqali odamlarga to‘g‘rilik, halollik, sabr,
minnatdorchilik, kamtarlik kabi fazilatlarning ahamiyati eslatiladi
4
. Ingliz tilidagi aforizmlar
esa ko‘proq murakkab gap shaklida kelib, sintaktik jihatdan to‘liq, ko‘p hollarda predikatli
struktura bilan ajralib turadi
5
. Masalan: “Children are the wealth of the nation”
6
strukturaviy
jihatdan
ot + fe’l + ot + bog‘lovchi + ot
ko‘rinishida bo‘lib, bunda mavzu va xulosa to‘liq
bayon qilingan. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, har ikkala tilda ham bola tarbiyasiga oid hikmatli
so‘zlar axloqiy, tarbiyaviy va ijtimoiy qadriyatlarni ifoda etishda kuchli vosita bo‘lib xizmat
qiladi. Masalan,
Bola ota ko‘zgusi
. Tuzilishi:
ot + ot + ot
. Ma’nosi: Bola o‘z ota-onasining
aksidir, ularning odatlarini o‘zida aks ettiradi
7
;
Bolalarni tarbiyalashda aforizmlar donolik, axloqiy qadriyatlar va amaliy hayot
saboqlarini berish uchun ixcham, ta’sirli bayonotlar yoki iboralardan foydalanish g‘oyasiga
asoslanadi. Aforizmlar umuminsoniy haqiqatlar yoki tamoyillarni qamrab oluvchi qisqa, esda
qolarli iboralardir. Bolalar tarbiyasiga tatbiq etilganda, ular xulq-atvorni yo‘naltirish,
xarakterni shakllantirish va qadriyatlarni bolalar tomonidan oson tushuniladigan va saqlab
qoladigan tarzda o‘rgatish uchun vosita bo‘lib xizmat qiladi.Hikmatli so‘z o‘rganishning
cheksizligini va insonning doimiy ravishda yangi bilimlar olishga intilish zarurligini
tushuntiradi. Bu insonning hayotdagi muvaffaqiyatga erishishi va rivojlanishi uchun
muhimdir.
3
Abu Nasr Forobiy. Axloqiy risolalar. — T.: G‘afur G‘ulom nomidagi NMIU, 2002
4
African Proverbs, Sayings and Stories
/ compiled by G. M. Ajayi. — Nairobi: African Heritage Publishers,
2002. – 143 p.
5
Abdurahmonov X.
O‘zbek xalq maqollari: lingvistik tahlil.
— T.: Fan, 2005. – B. 15-17.
6
Cordoba J.C. Children and the Wealth of Nations. Society for Economic Dynamics. 2012.
7
Alibekova K.E.
Maqollar va matallar: semantik va stilistik tahlil.
— T.: Fan va texnologiya, 2009. – B. 34-36.
2025
MAY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 5
381
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
“Hikmatli soʻzlar” OʻzME. H-harfi. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
2.
Abdullaeva N. Maqollar va matallarda axloqiy tarbiyaning ifodalanishi. —
Samarqand: Samarqand DU, 2015. – B. 21.
3.
Abdurahmonov X.
O‘zbek xalq maqollari: lingvistik tahlil.
— T.: Fan, 2005. – B. 15-
17.
4.
Abu Nasr Forobiy. Axloqiy risolalar. — T.: G‘afur G‘ulom nomidagi NMIU, 2002.
5.
African Proverbs, Sayings and Stories
/ compiled by G. M. Ajayi. — Nairobi:
African Heritage Publishers, 2002. – 143 p.
6.
Alibekova K.E.
Maqollar va matallar: semantik va stilistik tahlil.
— T.: Fan va
texnologiya, 2009. – B. 34-36.
7.
Cordoba J.C. Children and the Wealth of Nations. Society for Economic Dynamics.
2012.
