Authors

  • Yangiboy Turdimuratov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.89397

Keywords:

turizm gastronomik turizm gastronomiya pazandachilik taom etno-kulinar industrial-kulinar turizm gurme brovaj-turizm каvе-turizm.

Abstract

Ushbu maqolada turizm industriyasining jadal rivojlanayotgan turlaridan biri bo‘lgan gastronomik turizmning o‘ziga xos xususiyatlari va bu haqida xorijiy olimlarning fikr-mulohazalari, uning yo‘nalishlari, gastronomik turlarning maqsadli auditoriyasi, gastroturizmning paydo bo‘lishi va rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatgan omillar, mazkur turizm turining mintaqa va hudud iqtisodiyotiga ta’siri tahlil qiligan.

background image

816

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

GASTRONOMIK TURIZM TURIZM INDUSTRIYASINING JADAL

RIVOJLANAYOTGAN INNAVATSION SOHASI SIFATIDA

Turdimuratov Yangiboy Allamuratovich

t.f.b. falsafa doktori (PhD), dotsent

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.

E-mail:

new_rich80@mail.ru

https://doi.org/10.5281/zenodo.15449325

Annotatsiya. Ushbu maqolada turizm industriyasining jadal rivojlanayotgan turlaridan

biri bo‘lgan gastronomik turizmning o‘ziga xos xususiyatlari va bu haqida xorijiy olimlarning
fikr-mulohazalari, uning yo‘nalishlari, gastronomik turlarning maqsadli auditoriyasi,
gastroturizmning paydo bo‘lishi va rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatgan omillar, mazkur turizm
turining mintaqa va hudud iqtisodiyotiga ta’siri tahlil qiligan.

Kalit so‘zlar: turizm, gastronomik turizm, gastronomiya, pazandachilik, taom, etno-

kulinar, industrial-kulinar turizm, gurme, brovaj-turizm, каvе-turizm.

Abstract. This article analyzes the features of gastronomic tourism, which is one of the

rapidly developing types of tourism industry, and the opinions of foreign scientists on this
matter, its directions, the target audience of gastronomic tours, the factors that influenced the
emergence and development of gastronomic tourism, the impact of this type of tourism on the
economy of the region and territory.

Keywords: tourism, gastronomic tourism, gastronomy, cooking, cuisine, ethno-culinary,

industrial-culinary tourism, gourmet, eyebrow tourism, cave tourism.


Jahonda turizm sohasi faol o‘zgarishlar, yangilanishlar va innovatsiyalarni boshdan

kechirmoqda. Aniqrog‘i, turizm industriyasining xarakteri va strukturasi o‘zgarmoqda.

Ommaviy, standart va kompleks turizm o‘rniga talabdan kelib chiqqan holda buyurtma

asosidagi yangi turlar, yo‘nalishlar kirib kelmoqda. Mazkur jarayon innovatsion xarakterga ega
bo‘lib, turizm globallashuv jarayoniga duchor bo‘lmoqda, jumladan, bu jarayonga Shengen
kelishuvi katta ta’sir ko‘rsatdi. Odamlar sayohatlarda mintaqaviy xususiyatlar va madaniyatga
asoslangan tajribani izlaydilar.

Ma’lumki, ko‘pchilik odamlar pazandachilik san’ati durdonalarini juda yaxshi ko‘rishadi.
Shubhasiz, ularni shahar tashqarisiga chiqmasdan milliy oshxonalarning restoran va

kafelarida tatib ko‘rish mumkin. Ammo tansiq taomlar, ichimliklar, shirinliklarning afzalliklarini
chinakamiga baholash uchun zamonaviy turizm industriyasi ishqibozlar va taom shinavandalari
uchun gastronomik turlar deb ataladigan sayohatlarni ishlab chiqdi. So‘nggi yillarda gastronomik
turizmning mashhurligi shunchalik oshdiki, u tor ixtisoslashgan qiziqishdan keng ko‘lamli jahon
harakatiga aylandi. Turizmning ushbu turining o‘ziga xos xususiyati shundaki, dam oluvchilarga
mamlakat yoki mintaqaning pazandachilik madaniyatini o‘rganish va unga chuqur kirib borish
imkoniyati yaratiladi.

Gastronomik turizm ‒ mamlakat milliy taomlari, mahsulot va taomlarni ishlab chiqarish

va tayyorlashning o‘ziga xos xususiyatlari bilan tanishish, shuningdek, kasbiy bilimlarni
o‘rganish va oshirish maqsadida sayohat qilishdir. Bugungi kunda aynan gastronomik turizm
turizmning eng tez rivojlanayotgan innovatsion sohalaridan biriga aylandi. Gastronomik tur esa
taom va ichimliklarni tatib ko‘rish, ularni tayyorlash texnologiyasi va jarayoni bilan tanishish,
shuningdek, professional oshpazlardan ta’lim olishni o‘z ichiga olgan maxsus tanlangan
pazandachilik dam olish dasturidir [4].


background image

817

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

Gastronomiya ‒ bu madaniyat va oziq-ovqat o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganadigan fandir.
Gastronomiya turizmdagi yangi tendensiyalar bilan bog‘liq bo‘lgan barcha an’anaviy

qadriyatlarni o‘z ichiga oladi: madaniyat va an’analarga, sog‘lom turmush tarziga, yangi
tajribaga hurmat. Gastronomik turizm sayyohning milliy taomlar prizmasi orqali mamlakat va
uning madaniyati bilan tanishishiga qaratilgan. Gastronomik turizm bir necha yo‘nalishga ega:

- qishloq joylariga sayohat;
- restoran sayohati;
- ta’lim sayohati;
- ekologik sayohat;
- tadbirli sayohat;
- kombinatsiyalangan sayohat [9, 105].
Gastronomik turizmni sayyohlarni jalb qilish ob’yekti sifatida oziq-ovqat va ichimliklarni

rivojlantirish va targ‘ib qilishga qaratilgan turizm tarmog‘i sifatida ham ko‘rib chiqish mumkin.

So‘nggi yillarda gastronomiya ma’lum bir hudud, uning madaniyati va turmush tarzi

bilan tanishishning ajralmas qismiga aylandi. Milliy taomlar mahalliy madaniyat bilan tanishish
usuli bo‘lib, mahalliy aholining xarakteri va mentalitetini aks ettiradi.

Gastronomik turizmning maqsadi sayyohlarni oziq-ovqat mahsulotlari, taomlar va

ichimliklar bilan tanishtirishdir. Turistlarni oziq-ovqat mahsulotlari bilan tanishtirish ‒ sanoat-
gastronomik va agrogastronomik turizm. Turistlarni taomlar bilan tanishtirish ‒ etno-kulinar va
industrial-kulinar turizm. Ichimliklar bilan tanishish ‒ brovaj-turizm, каvе-turizm [6, 37].

Gastronomik turlarning maqsadli auditoriyasiga quyidagilar kiradi:
-milliy taomlar orqali mamlakat madaniyati bilan tanishish istagida bo‘lgan sayyohlar;
-gurme sayyohlar. “Gurme” ‒ ovqatga talabchan va nozik didli odam. Undan farqli

o‘laroq, gurman shunchaki ko‘p va mazali ovqatlanishni yaxshi ko‘radigan odam. Adabiyotda
ko‘pincha bu ikki tushuncha aralashtirib yuboriladi.

-ta’lim olish va kasbiy ko‘nikmalarni egallash maqsadida pazandachilik turidan

foydalanadigan sayyohlar (oshpaz, somele, barista, degustatorlar, restoratorlar);

-ushbu turistik yo‘nalishni o‘rganish maqsadida sayohat qiluvchi turistik firmalar

vakillari [9].

Gastronomik turizm ‒ u yoki bu joyning an’anaviy taomlari bilan tanishish bo‘lib, u

sayyohlar uchun emas, balki har qanday sayyoh uchun mavjud. Me’morchilik, tasviriy san’at va
hatto tabiat go‘zalliklarini tomosha qilishdan haqiqiy zavqlanishdan ko‘ra, taom ta’midan
bahramand bo‘lish ko‘proq odamlar uchun mavjud bo‘lganligi sababli, kuchli gastronomik
brendni yaratish, shubhasiz, sayyohlar oqimini ko‘paytirishning jiddiy omiliga aylanadi.

Pazandachilik sayohat yo‘nalishini tanlashning asosiy sababi bo‘lishi mumkin.
So‘nggi yillarda dunyoda gastroturizmning paydo bo‘lishi va rivojlanishiga ko‘plab

omillar ta’sir ko‘rsatdi:

-butun dunyoda televizion pazandalik dasturlari va shoularining ommalashuvi;
-bosh oshpazlarning dunyoga mashhur eng yaxshi restoranlarni sotib olishi;
-restoran biznesi modasining paydo bo‘lishi to‘lqinida zamonaviy ovqatlanish joylariga

tashrif buyurish orqali jamiyatdagi imidj va maqomni saqlab qolish;

-aholining ovqatlanish masalalarida tajribali qismi uchun restoranlarga borishning

qulayligi, odatiyligi va ommaviyligi;

-aholini oziq-ovqat mahsulotlarining ekologik tozaligi va sifati muammolari tashvishga

solayotganligi;


background image

818

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

-aholi daromadlarining o‘sishi natijasida ovqatlanish va dam olish xarajatlarining oshishi;
-sog‘lom turmush tarzining ommalashuvi [8].
Gastronomik turizmning o‘ziga xos xususiyatlariga nafaqat uning ob’yektlarini, balki

quyidagi omillarni ham kiritish mumkin:

1) mutlaqo barcha mamlakatlar pazandachilik turizmini rivojlantirish uchun shart-

sharoitlarga ega va bu turizmning ushbu turining o‘ziga xos xususiyatidir;

2) gastronomik turizm mavsumiy dam olish xususiyatiga ega emas, yilning istalgan fasli

uchun mos turni tanlash mumkin;

3) gastronomik turizm u yoki bu darajada barcha turlarning tarkibiy elementi hisoblanadi.
Ammo turizmning boshqa turlaridan farqli ravishda milliy taomlar bilan tanishish

gastronomik sayohatning asosiy motivi, maqsadi va asosiy elementiga aylanadi;

4) mahalliy xo‘jaliklar va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni targ‘ib qilish

har qanday gastronomik turning ajralmas qismidir [7].

Gastronomik turizm bugungi kunda yetarlicha istiqbolli tadqiqot ob’yekti hisoblanadi.
Ushbu hodisani o‘rganish bilan xorijiy va mahalliy olimlar shug‘ullanmoqda.
Gastronomik turizmning asosini gastronomik brend tashkil etadi, uning mohiyati va

tuzilishini tushunish ushbu turizm turining tasnifini ishlab chiqishda yordam berishi mumkin.

Ayniqsa, bugungi kunda ushbu masalaga ilmiy adabiyotlarda nisbatan kam e’tibor

qaratilgan.

K.A. Balinin o‘zining “Gastronomik turizmni diversifikatsiya qilish jihatlari” maqolasida

ta’kidlashicha, gastronomiya ‒ bu bugungi kunda nafaqat mashhurligi bilan, balki daromad
manbai bo‘lib xizmat qiladigan madaniyat sohasidir. Gastronomiya sayyohlik va moliyaviy
oqimlarga ta’sir qiluvchi, barqarorlikni mustahkamlash va hududlarning barqaror rivojlanishi
uchun muhim omil ham hisoblanadi [1, 98].

A.N. Veretennikov, Ye.A. Solomaxina, “Gastronomik turizm” maqolasi mualliflari

gastronomik turizmning hozirgi holatini ko‘rib chiqib, turizmning ushbu turining iqtisodiyotdagi
muhim rolini ta’kidlaydilar [2]. Buni dunyoning turli mamlakatlaridagi gastronomik turizmni
tavsiflash orqali tasdiqlaydilar. Ye.V. Yefremovaning fikricha, gastronomik sayohat nafaqat
mahalliy oshxona bilan tanishish, balki ushbu mamlakat madaniyatini o‘rganish va u haqidagi
fikrni o‘zgartirish uchun turtki bo‘lib xizmat qiladi [8].

Shuni ta’kidlash kerakki, “gastronomiya” atamasini “pazandachilik” atamasidan farqlash

kerak. “Pazandachilik” tushunchasi taom tayyorlash usullari va texnologiyalarining muayyan
tizimini anglatadi. “Gastronomiya” va “pazandachilik” ta’riflarini tahlil qilib, shunday xulosaga
kelish mumkinki, gastronomiya xomashyo (oziq-ovqat mahsuloti, ichimlik) deb ataladigan
narsalar bilan, pazandachilik esa bu xomashyoni qayta ishlash yoki tayyorlash jarayonlari bilan
shug‘ullanadi. Shunga ko‘ra, gastronomiya kengroq tushunchadir.

Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) o‘zining gastronomik turizm bo‘yicha hisobotida

tashkilotning amaldagi a’zolari (156 ta mamlakat) o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalarini
joylashtirdi. Mazkur so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, respondentlarning 88,2 foizi gastronomiyani
mintaqa brendi va imidjini belgilashda strategik element, atigi 11,8 foizi esa kam ahamiyatli jihat
deb hisoblaydi.

Gastronomik turizmda dunyoning turli mamlakatlarida, shu jumladan O‘zbekistonda

o‘tkaziladigan gastronomik festivallar alohida o‘rin tutadi.


background image

819

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

Gastronomik turizm turistik mintaqa brendining shakllanishiga, mintaqaning milliy-

iqtisodiy holatiga ta’sir ko‘rsatadi; oshpazlik sayohatlari va taomlar festivaliga tashrif
buyurishning moliyaviy jihatlari mintaqa iqtisodiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Bugungi kunda dunyoda turli mahsulotlar, oziq-ovqat va ichimliklarga bag‘ishlangan

yuzlab gastronomik festivallar o‘tkazilmoqda. Oziq-ovqat va gastronomiya o‘z-o‘zidan
iste’molchini birgalikda ijod qilishga jalb qilish, global va mahalliy madaniyatlar o‘rtasidagi
aloqani mustahkamlash va oziq-ovqat afsonalarini yaratish orqali innovatsiyalarni
rag‘batlantiruvchi ijodiy sohalar sifatida qaralishi mumkin. Bugungi kunda oziq-ovqat,
gastronomiya, restoran biznesi va turizm atrofida sodir bo‘layotgan ko‘plab innovatsion
jarayonlar ijodiy turizm tajribasi, gastronomik tadbirlar, gastronomik yo‘nalishlar va yangi
oshxonalar bilan tanishish bilan bog‘liq [5].

Gastronomik sayyohning quyidagi turlarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
1.Ekzistensial gastronomik sayyoh mahalliy va mintaqaviy oshxona va madaniyat haqida

bilim olish maqsadida gastronomik taassurotlarni izlaydi; u taniqli moda restoranlaridan qochadi
va fermalar va vino zavodlariga tashrif buyurishni, pazandachilik mahorat darslarida
qatnashishni afzal ko‘radi va hokazo.

2.Tajriba o‘tkazuvchi gastronomik sayyoh innovatsion taomlar tortiladigan dizaynerlik

kafe va restoranlarini izlaydi; uning gastronomik afzalliklari umumiy hayot tarziga, modaga va
dolzarblikka mos keladi.

3.Dam oluvchi gastronomik sayyoh o‘ziga tanish bo‘lgan oziq-ovqat va ichimliklarni

izlaydi; bu ko‘proq konservativ turdagi sayohatchilar bo‘lib, ko‘pincha mustaqil ovqatlanadi va
hashamatli restoranlardan qochadi; uning uchun gastronomiya sayohat paytida muhim rol
o‘ynamaydi.

4.Odatiy ishlardan qochgan gastronomik sayyoh sayohat davomida kundalik hayotdan,

xarid qilish va butun oila uchun ovqat tayyorlashdan chalg‘ishni xohlaydi; bu turdagi sayyoh
taomlarning sifatiga emas, balki miqdoriga e’tibor qaratiladigan oddiy tarmoq restoranlarini afzal
ko‘radi [9, 108].

Ye.M. Zelenskaya “Turizm industriyasida gastronomik komponent” maqolasida

gastronomiyani turizmning jadal rivojlanishi va innovatsion yondashuvlar hamda o‘z
mahsulotlari va xizmatlarining yangi raqobatbardosh afzalliklarini doimiy ravishda izlayotgan
turizm bozori sub’yektlari o‘rtasidagi raqobatning kuchayishi sharoitida hududning turizm
faoliyatining asosiy jihati sifatida ko‘rib chiqib, qiziqarli nuqtai nazarga ega [8]. Zelenskayaning
fikricha, gastronomiya turistik mahsulotning jozibadorligini oshirishga qodir salohiyatga ega.

Uning afzalliklari orasida quyidagilarni ta’kidlaydi: hudud va gastronomik

mahsulotlarning raqobatbardosh salohiyatini oshirish; mahalliy iqtisodiyotni diversifikatsiya
qilish; globallashuv va unifikatsiya hodisalariga moslashuvchanlik; turistik faoliyatning ekologik
oqibatlarini kamaytirish, uning daromadliligini oshirish; sayyohlar oqimini ko‘paytirish va
boshqalar.

M.S. Vorobyova va N.Ye. Nexayev “Gastronomik turizm tushunchalari va xususiyatlari”

nomli maqolasida gastronomik turizmning o‘ziga xos xususiyatlariga quyidagilarni kiritadilar:

-ko‘plab mamlakatlarda turizmning ushbu turini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar

mavjud;

-gastronomik turizm mavsumiy dam olish xususiyatiga ega emas, mijoz yilning istalgan

fasli uchun mos turni tanlashi mumkin;


background image

820

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

-u yoki bu darajada turizmning ushbu turi barcha turlarning tarkibiy elementi hisoblanadi,

ammo turizmning boshqa turlaridan farqli o‘laroq, milliy taomlar va dunyoning boshqa hech
qayerida uchramaydigan taomlar bilan tanishish gastronomik sayohatning asosiy motivi,
maqsadi va elementiga aylanadi;

-mahalliy xo‘jaliklar va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantirish

[3].

Gastronomik turizm til, din bilan bir qatorda madaniyatlararo o‘zaro ta’sir, madaniy

xilma-xillikni hurmat qilish vositasi sifatida qaraladi. Quyidagilar gastronomik turizm
ob’yektlari hisoblanadi:

1)Oshxonasi butun dunyoga mashhur bo‘lgan mamlakatlar (Xitoy, Fransiya, Italiya,

Yaponiya, Ispaniya).

2)Ushbu hududda ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan mashhur bo‘lgan hududlar.
Masalan, Fransiyaning Appelation d’Origine Controle (mahsulotlarning ishlab

chiqarilgan joy nomi) tasnifiga kiruvchi Bordo, Elzas, Burgundiya, Shampan kabi hududlari o‘z
vinolari bilan mashhur.

3)“Restoran shaharlari” deb nomlangan turli xil gastronomiya, yo‘nalishlar va formatlarni

ifodalovchi muassasalarning mavjudligi. Masalan, Nyu-York, London, Parij, Tokio, Rim,
Gonkong, Barselona va boshqalar.

4)Oshxonasining sifati va eksklyuzivligi, noodatiy menyusi yoki “eng yaxshi” maqomi

bilan ajralib turadigan alohida restoranlar (masalan, “Mishlen” restoran gidining uchta yulduzi
egalari: Rimdagi “La Pergola” (Italiya), Brey shahridagi “Fat Dak” va boshqalar).

5)Pazandachilik

mahsulotlari

bilan

shuhrat

qozongan

korxonalar.

Masalan,

Shveysariyadagi dunyodagi eng yirik shokolad ishlab chiqaruvchi “Alproze” fabrikasi va
Germaniyaning Yuqori Bavariyadagi mashhur “Andeks” va “Ettal” monastir pivo zavodlari.

6)Pazandachilik va gastronomiya yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi

muassasalar. Masalan, “La Cordon Bleu” fransuz oshpazlik san’ati akademiyasi, Italiya
oshxonasi oliy maktabi (Italian Cuisine High School).

Gastronomik turizm bozorida Italiya, Fransiya, Ispaniya kabi Yevropa davlatlari

yetakchilik qilmoqda. Sharq taomlarining mashhurligi va talabining o‘sish tendensiyasi
kuzatilmoqda. Dunyoning qolgan mintaqalarida ham gastronomik turlarga talab katta. Ular
orasida AQSH, Avstraliya va Yangi Zelandiyani qayd etish mumkin. Turizmning ushbu turiga
bo‘lgan talab gastronomik turlarni rivojlantirish uchun tobora ko‘proq xalqaro dasturlar ishlab
chiqilayotganligi bilan tasdiqlanadi.

Turistik bozorda buyurtma, paketli gastronomik turlar ajratiladi. Gastronomik turlarning

eng katta qismi Yevropada (Fransiya, Italiya, Portugaliya, Germaniya) jamlangan. Aynan shu
yerda turli xil masalliqlardan foydalangan holda taom tayyorlashning ko‘p asrlik an’analari
saqlanib qolgan.

Gastronomiyaning o‘ziga xos o‘rnini nufuzli xalqaro tashkilotlar ham ta’kidlaydi.

Shunday qilib, YUNESKO Meksika oshxonasi, O‘rta yer dengizi parhezi va fransuz
oshxonasini, o‘zbek oshini jahon nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritdi. Shuningdek,
ushbu tashkilot tanlov o‘tkazib, eng yaxshi gastronomik shaharni aniqlaydi. Bunday faxriy
unvon bilan Kolumbiyaning Popayan, Xitoyning Chendu (mashhur Sichuan oshxonasining
poytaxti) va Shvetsiyaning Estersund shaharlari taqdirlandi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi ham o‘zining betakror milliy taomlari,

mehmondo‘stlik an’analari bilan gastroturizmni rivojlantirish salohiyatiga ega.


background image

821

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

O‘zbek taomlari Sharqdagi eng boy taomlardan biri bo‘lsa kerak. Buyuk Ipak yo‘lining

savdo karvon yo‘llarida joylashgan O‘zbekiston ko‘p asrlar davomida turli mamlakatlarning eng
qiziqarli va g‘ayrioddiy taomlarini o‘z ichiga olgan. O‘zbekiston hududida gastronomik turizmni
rivojlantirish orqali dunyoning turli mamlakatlaridan ko‘plab sayyohlarni jalb qilish mumkin.

Shuningdek, respublikamiz o‘zining milliy taomlari, vinochiligi, turli oziq-ovqat

mahsulotlari, poliz ekinlari, asalini dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan mehmonlar bilan
baham ko‘rishi mumkin.

Ta’kidlash joizki, etnoturizm ko‘p qirrali hodisa bo‘lib, uning bugungi kunda tobora

ommalashib borayotgan shakllaridan biri gastronomik turizm hisoblanadi. Bu katta rivojlanish
istiqboliga ega bo‘lgan turizmning yangi turidir. Gastronomik sayohatlarning maqsadi ma’lum
bir mamlakat, ma’lum bir xalq oshxonasining o‘ziga xos xususiyatlaridan bahramand bo‘lish
bilan birga, bu maqsad ba’zi noyob, ekzotik taomlarni tatib ko‘rish yoki son-sanoqsiz taomlarni
sinab ko‘rish bilan tugamaydi. Asrlar davomida mahalliy aholining an’analari va urf-odatlarini,
taomlarni tayyorlash madaniyatini o‘zlashtirgan mahalliy retseptdan bahramand bo‘lish
muhimdir [11].

Gastronomik turizm davlat iqtisodiyotining yetarlicha daromad keltiruvchi sohasi

ekanligini ko‘rsatdi va hatto ilgari gastronomik madaniyati haqida oddiy odamga hech narsa
ma’lum bo‘lmagan mamlakatlar ham uni rivojlantirishga kirishgani bejiz emas. O‘rta yer
dengizining ko‘plab mamlakatlari milliy taomlarni ommalashtirishga kirishdi. Shu bilan birga,
milliy taomlarning aniq ta’rifi yo‘qligi kabi qiyinchiliklar ular uchun to‘siq bo‘lmaydi. Ba’zi
mamlakatlarning umume’tirof etilgan brendlari turizm sohasi uchun juda yaxshi ishlaydi.

Bugungi kunda gastronomik turizm bevosita aloqador bo‘lgan yangi iqtisodiyot ‒

taassurotlar iqtisodiyoti haqida gapirish mumkin. Zamonaviy jamiyatda afzalliklar o‘zgarib,
gastronomik turizm jadal rivojlanmoqda. Turizmning ushbu turi hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishiga, jumladan, qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratishga, ayrim mahsulotlarni ishlab
chiqarishni saqlab qolish yoki ochish, shuningdek, ularni sotishga, hududlarni brendlash, turistik
oqimlarni jalb qilishga yordam beradi.

REFERENCES

1.

Балынин, К. А. Аспекты диверсификации гастрономического туризма // Сервис в
России и за рубежом. 2017. Т. 11, № 1 (71). ‒ С. 97–108.

2.

Веретенников А.Н., Соломахина Е.А. Гастрономический туризм // Экономика.
Инновации. Упр. качеством. 2016. № 2(15). ‒ С. 36-38.

3.

Воробьёва М.С., Нехаева Н.Е. Понятия и особенности гастрономического туризма //
Тенденции развития науки и образования. 2017. № 32-3. ‒ С. 45-49.

4.

Вульф

Эрик

«Что

такое

гастрономический

туризм»

//

http://www.worldoftravel.org/what-is-food-tourism

.

5.

Грег

Ричардс

«Еда

и

туристский

опыт»,

Журнал

UNWTO:

Global

Report on Food Tourism, 2012. – C. 20-21

6.

Драчева У.Л., Христов Т.Т. Гастрономический туризм: современные тенденции и
перспективы // Рос. регионы: взгляд в будущее. 2015. № 3 (4). ‒ С. 36-50.

7.

Yeoman Y. Why food tourism is becoming more important? – URL: http://www.
hospitalitynet.org.


background image

822

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

8.

Ефремова Е.В. Гастрономический туризм в контексте продвижения национальных
идей и традиций // Глобализация и русский мир: сб. ст. участников Всерос. науч.-
практ. конф. ‒ Н. Новгород: Интерконтакт, 2016. ‒ С. 90-94.

9.

Зеленская Е.М. Гастрономический компонент в индустрии туризма // Вестн. Север.
(Аркт.) федер. ун-та. Серия: Гуманитар. и социал. науки. 2015. № 3. ‒ С. 110-117.

10.

Иванов В.Д. Гастрономический туризм как популярное направление в
туристической индустрии // Физическая культура. Спорт. Туризм. Двигательная
рекреация. 2018. Т. 3, № 2. – С. 105-113.

11.

Турдимуратов Я. А. XX асрда Сурхон-Шеробод вохдси ареал хужалик маданияти
(чорвачилиги мисолида). – 2019.

12.

Turdimuratov Y. O ‘zbekistonda etnosportni ommalashtirish va rivojlantirishning asosiy
yo ‘nalishlari //Sport ilm-fanining dolzarb muammolari. – 2023. – Т. 1. – №. 2. – С. 125-
128.

13.

Turdimuratov Y. A. NATIONAL VETERINARY MEDICINE IN TRADITIONAL
UZBEK LIVESTOCK BREEDING //Theoretical & Applied Science. – 2019. – №. 3. – С.
468-471.

14.

Allamuratovich T. Y. Ethnosport: Concept, Theory and Development //International
Journal of Scientific Trends. – 2025. – Т. 4. – №. 2. – С. 88-94.




References

Балынин, К. А. Аспекты диверсификации гастрономического туризма // Сервис в России и за рубежом. 2017. Т. 11, № 1 (71). ‒ С. 97–108.

Веретенников А.Н., Соломахина Е.А. Гастрономический туризм // Экономика. Инновации. Упр. качеством. 2016. № 2(15). ‒ С. 36-38.

Воробьёва М.С., Нехаева Н.Е. Понятия и особенности гастрономического туризма // Тенденции развития науки и образования. 2017. № 32-3. ‒ С. 45-49.

Вульф Эрик «Что такое гастрономический туризм» //

Грег Ричардс «Еда и туристский опыт», Журнал UNWTO: Global

Report on Food Tourism, 2012. – C. 20-21

Драчева У.Л., Христов Т.Т. Гастрономический туризм: современные тенденции и перспективы // Рос. регионы: взгляд в будущее. 2015. № 3 (4). ‒ С. 36-50.

Yeoman Y. Why food tourism is becoming more important? – URL: http://www. hospitalitynet.org.

Ефремова Е.В. Гастрономический туризм в контексте продвижения национальных идей и традиций // Глобализация и русский мир: сб. ст. участников Всерос. науч.-практ. конф. ‒ Н. Новгород: Интерконтакт, 2016. ‒ С. 90-94.

Зеленская Е.М. Гастрономический компонент в индустрии туризма // Вестн. Север. (Аркт.) федер. ун-та. Серия: Гуманитар. и социал. науки. 2015. № 3. ‒ С. 110-117.

Иванов В.Д. Гастрономический туризм как популярное направление в туристической индустрии // Физическая культура. Спорт. Туризм. Двигательная рекреация. 2018. Т. 3, № 2. – С. 105-113.

Турдимуратов Я. А. XX асрда Сурхон-Шеробод вохдси ареал хужалик маданияти (чорвачилиги мисолида). – 2019.

Turdimuratov Y. O ‘zbekistonda etnosportni ommalashtirish va rivojlantirishning asosiy yo ‘nalishlari //Sport ilm-fanining dolzarb muammolari. – 2023. – Т. 1. – №. 2. – С. 125-128.

Turdimuratov Y. A. NATIONAL VETERINARY MEDICINE IN TRADITIONAL UZBEK LIVESTOCK BREEDING //Theoretical & Applied Science. – 2019. – №. 3. – С. 468-471.

Allamuratovich T. Y. Ethnosport: Concept, Theory and Development //International Journal of Scientific Trends. – 2025. – Т. 4. – №. 2. – С. 88-94.