931
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
OʻZBEK VA ARAB TILLARIDA KELISHIK KATEGORIYASINING SEMANTIK
MA’NOLARI
Sadriddinova Fozila
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi magistranti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15466283
Annotatsiya. Ushbu maqola otga xos grammatik kategoriyalardan biri – kelishik
kategoriyasining semantik ma’nolari haqida. Mavzu oʻzbek va arab tillari misolida oʻrganilgan.
Kalit soʻzlar: Grammatika, morfologiya, sintaksis, semantika, ot soʻz turkumi, ism,
grammatik kategoriya, kelishik, qoʻshimcha, ma’no.
THE SEMANTIC MEANINGS OF THE CATEGORY OF CASE IN UZBEK AND
ARABIC LANGUAGES
Abstract. This article aims to focus on the semantic meanings of the category of cases.
The topic is explained using the examples of Uzbek and Arabic languages.
Key words: Grammar, morphology, syntax, noun - part of speech, name, grammatical
category, case, affix, meaning.
СЕМАНТИЧЕСКИЕ ЗНАЧЕНИЯ КАТЕГОРИИ ПАДЕЖА НА УЗБЕКСКОМ И
АРАБСКОМ ЯЗЫКАХ
Аннотация. Эта статья является о семантические значения одно из
грамматических категориях – категории падежа. Тема изучена на примере узбекского и
арабского языков.
Ключевые слова: Грамматика, морфология, синтаксис, часть речи - имя
существительное, имя, грамматическая категория, падеж, аффикс, значение.
KIRISH.
Har bir tilda kelishik kategoriyasi bajaradigan sintaktik vazifa, ega boʻlgan
morofologik ma’nosi bor. Shu bilan birgalikda, kelishiklar bir qancha semantik ma’nolarga ham
ega boʻladi. Bu ularning gapning qaysi boʻlagiga qoʻshilib kelishi, ular qoʻshilayotgan soʻz
ma’nosi va uslubiga ham bevosita bog’liq. Gapda kelishik kategoriyasi qoʻshimchalarining
oʻzgarishi orqali butun boshli gap ma’nosi oʻzgarib ketishi mumkin.
Oʻzbek tilidagi har bir kelishikning soʻzlarga qoʻshilib kelganda ifodalaydigan bir qancha
semantik - leksik ma’nolari mavjud.
Bosh kelishik subyektlik – gapdagi egalik ma’nosini bildiradi:
Talaba
imtihon topshirdi.
Shu bilan birga, mavjudlik, predmetning umumiy nomlanishi ma’nolarini ifodalaydi:
Gepard
eng tez yuguradigan hayvon.
Arab tilida ham bosh kelishik(عفر) subyektlik, mavjudlik va predmetning umumiy
nomlanishi ma’nolarini ifodalab keladi :
ٌ دلاخ
ٌ
ٌباتكلاٌىرتشا
Xolid kitob sotib oldi.
ٌ لمجلا
ٌ
ءارحصلاٌةنيفس
Tuya – sahro kemasi.
Bosh kelishik aniqlik darajasini ham ifodalaydi. Bu kelishikdagi otlar aniq ham, noaniq
ham boʻlishi mumkin:
Qush
uchdi (aniq bir qush).
Qush
parvoz qiladi (umuman barcha qushlar).
932
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
Arab tilida aniqlik ma’nosini berish uchun noaniq shakldagi soʻz boshiga aniqlik artikli
(لا) qoʻshiladi:
ٌتيب–
umuman uy
ٌتيبلا–
aniq bir uy
Tushum kelishigi obyektlik ma’nosini bildiradi. Tushum kelishigi ifodalaydigan
ma’nolar:
-
Harakat yoʻnaltirilgan aniq ob’yekt:
Saida
xonani
yig’ishtirdi.
-
Tanlanganlik:
U
Saidni
chaqirdi.
-
Ta’sirlanish ma’nosi:
Botir
singlisini
yig’latdi.
-
Tushuncha va hissiyot obyekti. Fikrlash, tushunish, eslash kabi holat fe’llari bilan
kelganida shunday ma’no ifodalaydi:
Men
uni
yaxshi koʻraman.
Arab tilida ham nasb holatidagi vositasiz toʻldiruvchi orqali yuqoridagi ma’nolarni
ifodalash mumkin:
ٌلسغٌرباص
ٌهَقبط
–
Sobir
idishini
yuvdi.
ٌبرضٌيلع
ٌهاخأ
–
Ali
ukasini
urdi.
ٌمساقٌكحضأ
ٌ َبلاطلا
–
Qosim
talabalarni
kuldirdi.
ٌتيسنٌانأ
ٌَرعشلا
–
Men
she’rni
esimdan chiqarib qoʻydim.
Gapdagi obyektning tushum kelishigida ifodalanishi unga aniqlik ma’nosini ham beradi:
kitob
oʻqidim –
kitobni
oʻqidim
Arab tilida esa vositasiz toʻldiruvchi aniqlik ma’nosiga ega boʻlishi uchun unga (لا)
artiklini qoʻshish kerak:
ٌتبرش
ٌَءاملا
–
Men
suvni
ichdim.
Joʻnalish kelishigi, umumiy olganda, yoʻnalish ma’nosini bildiradi. Mazkur kelishik yana
quyidagi ma’nolarni ifodalaydi:
1.
Harakatning yoʻnalishi ma’nosi:
Talaba
universtitetga
bordi.
2.
Manzil(adresat). Harakat kimga qaratilganini koʻrsatadi:
Oyimga
sovg’a oldim.
3.
Payt (vaqt) ma’nosi. Payt otlariga qoʻshilib harakatning vaqtini bildiradi:
Tongga
yaqin uyg’ondim
4.
Sabab va vosita ma’nosi:
Bilmaganiga
tushuntirdim.
5.
Maqsad va niyat ma’nosi:
Yozishga
bordim.
6.
Ruhiy holat ma’nosi:
Yordamga
muhtoj edi.
Arab tilidagi (ىلإ) predlogi orqali harakatning yoʻnalishi, kimga qaratilgani ma’nolarini
ifodalash mumkin:
ٌتببهذ
ملاٌىلإ
ىفشتس
– Men shifoxonaga bordim.
ٌٌراهزلأاٌتيطعأ
يتملعمٌىلإ
– Ustozimga gular berdim.
Yuqorida qolgan ma’nolarni ifodalash uchun esa boshqa predloglardan foydalaniladi.
933
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
Shuningdek, arab tilida (ىلإ) predlogi oʻzbek tilidagi (-gacha) kabi harakatning tugash
joyi yoki vaqtini ham anglatib keladi:
1
ٌتأرق
ٌ
ٌليللاٌىلإ
– Tungacha oʻqidim.
Shunday qilib, joʻnalish kelishigi va bilan koʻmakchili otdan ifodalangan vositali
toʻldiruvchi yordamida kengaygan gap invariant sifatida bir umumiy gap modelini tashkil etsa-
da, lekin bu invariant nutq tarkibida turli leksik variantlar bilan toʻldirilgan xilma-xil semantik-
sintaktik variantlar sifatida namoyon boʻladi.
2
Chiqish kelishigi manbani bildiradi. U harakatning boshlanish nuqtasini koʻrsatadi:
Karim
kutubxonadan
kelyapti.
Shuningdek, quyidagi ma’nolarni ham ifodalab keladi:
1.
Harakat sababi:
Saida
xursandchilikdan
sakradi
2.
Vosita:
Darsni
kitobdan
tayyorladi.
3.
Shaxs yoki narsa bilan aloqaning uzilishi, ajrashish, uzoqlashish ma’nosi:
Ali
maktabdan
ketdi.
4.
Harakatning boshlanish vaqti:
Bugun
tongdan
dars qildim.
5.
Solishtirish, qiyoslash:
Saidning uyi
Hamidnikidan
kattaroq ekan.
6.
Manbani, narsanining nimadan qilingani ifodalaydi:
Mana shu uzuk
kumushdan.
Arab tilidagi (نم) predlogi orqali ham yuqoridagi barcha ma’nolarni koʻrsatish mumkin:
1.
تزفق ةديعس
حرفلا نم
2.
سردلا بتك
باتكلا نم
3.
يلع بهذ
ةسردملا نم
4.
مويلا تسرد
حابصلا نم
5.
ربكأ ديعس تيب
ديمح تيب نم
6.
متاخ اذه
ةضفلا نم
Oʻrin-payt kelishigi joy yoki vaqtni bildiradi. U joy, vaqt va holat ma’nolarini ifodalaydi:
Kitob
javonda
turibdi.
Yozda
tog’ga chiqamiz.
Arab tilida ham bu ma’nolarni (يف) predlogi bilan ifodalash mumkin:
ٌسردأ
ةيميداكلأاٌيف
– Men
akademiyada
oʻqiyman.
ٌباتكلاٌدمحأٌأرق
حابصلاٌيف
ٌ
– Ahmad kitobni
tongda
oʻqidi.
Shu bilan birga, egalik holati ma’nosini bildiradi:
Menda
mashina bor.
Arab tilida esa egalik ifodalaydigan “…da bor” ma’nosini koʻrsatish uchun (دنع)
predlogili birikma gapning boshiga chiqariladi:
يدنع
ٌ
ٌةرايس
–
Menda
mashina
bor.
Oʻrin-payt kelishigi koʻchma ma’noda – ruhiy holat yoki ichki kechinma, hissioytlarning
joyi ma’nosida ham qoʻllaniladi:
Yurakda
iz qoldirdi.
1
2
934
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
Arab tilida ham (يف) predlogi orqali yuqoridagi ma’noni ifodalash mumkin:
ٌةنيكسٌيه
ٌيبلقٌيف
–
Qalbimda
sakinat.
Oʻrin-payt kelishigi mavjudlikni ham ifodalaydi:
Uyimiz
oldida
katta bog’.
Arab tilida mavjudlikni ifodalovchi “…da bor” ma’nosini berish uchun (يف) predlogili
birikma gapning boshiga oʻtkaziladi:
ٌتيبلاٌيف
ٌ
ٌةوهق
–
Uyda
qahva
bor
Qaratqich kelishigi egalik va nisbat ma’nosini bildiradi. Qaratqich kelishigining
ma’nolari:
1.
Egalik, mansublik:
Alining
daftarini oldim
2.
Tarkibiylik:
Pirogning
uni kam boʻlib qolibdi.
3.
Qism va butun munosabati:
Kozimning
qoʻli sindi
4.
Sifatdoshlar bilan kelganda harakatning egasi ma’nosi:
Ustozning
aytgan gaplari toʻg’ri.
Arab tilidagi qaratqichli birikma (ةفاضلإا) orqali yuqoridagi barcha ma’nolarni koʻrsatish
mumkin:
1.
تذخأ
يلع َرتفد
2.
ناك دق
ِةكعكلا ُقيقد
اليلق
3.
رسك
مظاك ُعارذ
4.
ملعم ُلوق
حيحص
Oʻzbek tilida bir soʻzning kelishigini oʻzgartirish orqali, uning ma’nosini ham
oʻzgartirish mumkin:
U maktabga ketdi – yoʻnalish ma’nosi
U maktabdan ketdi – manba ma’nosi
Arab tilida ham buni koʻrish mumkin:
ةسردملاٌىلإٌبهذ
ٌةسردملاٌنمٌبهذ
Shuningdek, arab tilida predlogning oʻzgarishi orqali butun bir fe’lning ma’nosi umuman
boshqa ma’noga oʻzgarib ketishi holatlari ham bor:
ٌتوعد
ٌ
ٌكل
– Men seni duo qildim.
كيلعٌتوعد
– Men seni qarg’adim.
Bosh kelishikdagi ega va kesim munosabatidagi ma’noni qaratqich kelishigidagi birikma
orqali ham ifodalash mumkin. Bunda uning kоmmunikаtiv boʻlinishi vа idеаl хususiyati
yoʻqоlаdi, аmmо mаzmuni sаqlаnib qоlаdi:
Oʻquvchi yozdi – Oʻquvchining yozishi.
Arab tilida ham bu holatni kuzatish mumkin:
ٌ بلاطلاٌَبتك– ٌ بلاطلاٌ ةباتك
XULOSA.
Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, oʻzbek tilidagi kelishiklar bir qancha semantik
ma’nolarni ifodalaydi. Bu kelishik qoʻshilayotgan soʻzning turkumiga, ma’nosiga, gapda kelgan
oʻrniga ham bevosita bog’liq. Mazkur kelishiklarning ma’nolarini arab tilida ham e’rob va
predloglar orqali ifodalash mumkin.
935
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
REFERENCES
1.
Turniyozov N., Rahimov A., Oʻzbek tili. – Samarqand.: Zarafshon, 2006. – 180 b.
2.
Sayfullayeva R., Zamonaviy oʻzbek tili. – Toshkent.: OʻzMU, 2009. – 522 b.
3.
Каримов С., Ўзбек тилининг грамматик услубияти. – Самарқанд.: Зарафшон, 2012.
– 164 б.
4.
.وحنلا يف لمجلا .دمحلا قيفوت يلع روتكدلا قيقحت .يجاجزلا مساقلا وبأ
–
.توريب
م
.ةلاسرلا ةسسؤ
1408
ةحفص .ه
523
.
5.
ءانبلا للع يف بابللا .ناهبن هللإا دبع روتكدلاو تاميلط راتخم يزاغ قيقحت .يربكعلا نيسحلا نب الله دبع ءاقبلا وبأ
.لولأا ءزجلا .بارعلإاو
–
.ركفلا راد .قشمد
2001
ةحفص .م
1184
.
