Authors

  • Nafisa Xolmirzayeva
  • Nilufar Yo`ldosheva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.91188

Keywords:

Tilning ikki ma'noliligi amfiboliya ambivalentlik semantik noaniqlik sintaktik koʻpma'nolik mantiqiy tahlil kontekst nutq strukturasi.

Abstract

Mazkur maqola tilning matnda ikki ma'noliligi hodisasini lingvistik nuqtayi nazardan tahlil qilishga bagʻishlangan. Ushbu holat nutq jarayonida, matnda noaniqlik va koʻpma'nlolikni yuzaga keltiruvchi turli omillar bilan bogʻliq boʻlib, u tilshunoslik, til tizimi, mantiq, falsafa va adabiyot kabi sohalarda muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada ushbu hodisaning nazariy asoslari, uning yozma va ogʻzaki nutq jarayonlariga ta'siri oʻrganiladi.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

968

TILNING IKKI MA'NOLILIGI MASALASI: AMFIBOLIYA VA AMBIVALENTLIK

Xolmirzayeva Nafisa Normumin qizi

Qarshi davlat universiteti 1-kurs talabasi.

Nilufar Yo`ldosheva

Ilmiy rahbar. Qarshi davlat universiteti f,f,d professor.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15467145

Annotatsiya. Mazkur maqola tilning matnda ikki ma'noliligi hodisasini lingvistik nuqtayi

nazardan tahlil qilishga bagʻishlangan. Ushbu holat nutq jarayonida, matnda noaniqlik va
koʻpma'nlolikni yuzaga keltiruvchi turli omillar bilan bogʻliq boʻlib, u tilshunoslik, til tizimi,
mantiq, falsafa va adabiyot kabi sohalarda muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada ushbu
hodisaning nazariy asoslari, uning yozma va ogʻzaki nutq jarayonlariga ta'siri oʻrganiladi.

Kalit soʻzlar: Tilning ikki ma'noliligi, amfiboliya, ambivalentlik, semantik noaniqlik,

sintaktik koʻpma'nolik, mantiqiy tahlil, kontekst, nutq strukturasi.

Аннотация. В данной статье рассматривается явление многозначности языка в

тексте. Посвящен внапизу с лингвистической точки зрения. Такая ситуация связана с
различными факторами, создающими двусмысленность и двусмысленность в тексте в
ходе речевого процесса, и она важна в таких областях, как языкование, языковая
система, логика, философия и литература. В статье рассматриваются теоретические
основы этого явления его влияние на процессы письменной и устной речи.

Ключевые слова: Неоднозначность языка, амфиболия, амбивалентность,

семантическая многозначность, синтаксическая многозначность, логические анализ,
контекст, структура речи.

Abstract. This article deals with the phenomenon of ambiguity of language in the text

devoted to analysis from a linguistic point of view.This situation is related to various factors that
create ambiguity and ambiguity in the speech process,in the text and it is important in such fields
as linguistics, language system,logic, philosophy and literature.The article examines the
theoretical foundations of this phonomenon,its impact on the processes of written and oral
speech.

Key words: Ambiguity of language, amphibole, ambivalence, semantic ambiguity,

syntactic ambiguity, logical analysis, context, discourse structure.

Til inson muloqotining asosiy vositasi boʻlib, uning tuzilishi va ishlash mexanizmlari

hamisha lingvistik tadqiqotlarning markazida boʻlib kelgan. Til tizimi va nutq jarayonlari
koʻpincha koʻpma'nolik hodisasi bilan ajralib turadi. Ushbu holat tildan foydalanishda, matn
boʻladigan boʻlsa, undagi gaplarda noaniqlikni, turli talqinlar va muloqot jarayonida
tushunmovchiliklar yuzaga kelishiga sabab boʻlishi mumkin. Tilshunoslikda ushbu
koʻpma'nolilikning turli shakllari atroflicha oʻrganilgan boʻlib, ular orasida amfiboliya va
ambivalentlik tushunchalari muhim oʻrin tutadi. Bu tushunchalarni matn muammolari deb
hisoblasa ham boʻladi.

1

"Matn muammolarini oʻrganish va uning yaxlit ilmiy nazariyasini

1

M.Yoʻldoshev, S.Muhammedova, M.Saparniyozova “Matn lingvistikasi -” Toshkent: "Ishonchli

hamkor"nashriyoti, 2011.-14b.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

969

xorijdagi faollaridan biri nemis tilshunosi R.Harveg 1974-yilda matn lingvistikasining
tilshunoslikda toʻliq asoslanishi uchun kamida yuz yil kerak boʻlishini ta'kidkagan edi. Ammo
bugun bu gapning aytilganiga hali 40 yil ham boʻlgani yoʻq. Lekin butun dunyoda muntazam va
qizgʻin olib borilgan jiddiy ilmiy izlanishlar tadqiqotlarning tabiiy natijasi oʻlaroq, “matn
lingvistikasi”, “matn grammatikasi” alohida fan va oʻquv predmet sifatida shakllanganligi keng
eʼtirof etilgan va buni hech kim inkor qilmaydi."Amfiboliya va ambivalentlik hodisalarini
grammatik hodisalar desak ham boʻladi.Yuqorida biz uni atroflicha oʻrganilganini bilib oldik.

2

“Sintaksisning asosiy birligi gap ekanligi hamisha e'tirof etilgan, matn yoki uning

birliklari gapdan yirik, oliy sintaktik-kommunikativ birliklar hisoblanishi lozimligi bugungi
matn lingvistikasining asosiy qoidalaridan biriga aylanib ulgurdi”. Shunday ekan,faqat yozuvda
aks etgan fapnigina gap deb,ogʻzaki nutqdagi gapni gap boʻla olmaydi deyish toʻgʻri
boʻlmasligini isbotlashning hojati yoʻq,albatta. Agar faqat yozuvda ifodalangan yaxlit nutqnigina
matn deyiladigan boʻlsa,mantiq gapni ham faqat yozuvdagisinigina tan olishi kerakligini taqozo
etadi. Ammo buning mumkin emasligi tabiiy. Shunday qilib, amfiboliya va ambivalentlik
tushunchalarining matnda uchraydigan hodisa ekanligi oydinlashdi.

3

“Bu tushunchalar tilimiz uchun yangi tushunchalar hisoblanadi.Bu hodisalar tilning

ikki ma'noliligini keltirib chiqaradi”. Amfiboliya tilning ritorik vosita yoki nutq shakli boʻlib,
uning sintaktik tuzilishiga koʻra soʻz yoki gapni noaniq yoki notoʻgʻri talqin qilish.Ushbu
lingvistik hodisa jumlani turli yoʻllar bilan tushunish mumkin boʻlganda yuzaga keladi,bu esa
chalkashlikka olib keladi. Amfiboliyaga misol tariqasida – “Kechikkanlar uchun joy yoʻq”
gapini oladigan boʻlsak, ikki xil talqin qilishimiz mumkin: birinchi ma'nosi – “Kechikkanlar
uchun maxsus joy ajratilmagan”. Ma'no shundan iboratki, kech qolsa, joy berilmaydi. Ikkinchi
ma'nosi esa– “Kechikkan odamlar endi hech qanday joyga ega emaslar”. Bu holda gap qatʼiyroq
qilib, kechikkanlar uchun hech qanday joy qolmaganini bildiradi.Bu jumlada amfiboliya paydo
boʻlishining sababi-soʻzlarning sintaktik noaniqligi hisoblanadi. Ambivalentlik hodisasi haqida
toʻxtaladigan boʻlsak, biz, avvalo, bu soʻzning lugʻaviy maʼnosiga eʼtibor qaratishimiz lozim.

"Ambivalentlik-lotincha soʻzdan olingan boʻlib,(“ambo”-“ikkala” va “valentia”-“kuch”)

ya'ni kishida bir vaqtning oʻzida ikki qarama qarshi hissiyot yuzaga kelishi degan maʼnoni
anglatadi. “Ambivalentlikning oʻziga yarasha xususiyatlari mavjud boʻlib, ular quyidagilardir:

1.Koʻpincha leksik va semantik hodisa sifatida namoyon boʻladi.

2.Kontekstga bogʻliq ma'no oʻzgarishi sodir boʻladi.
Ambivalentlik hodisasiga misol tariqasida – “U juda yaxshi inson” gapini oladigan

boʻlsak,ikki tomonlama tushunishimiz mumkin:birinchisi-toʻgʻridan toʻgʻri ijobiy ma'no-
gapiruvchi shaxs mazkur insonni chin dildan yaxshi deb hisoblaydi. Ikkinchisi-kinoyali ma'no.
Gapiruvchi aslida bu insonni yaxshi emas,balki ikkiyuzlama yoki yomon deb oʻylaydi,ammo
kinoyali “yaxshi” deb atamoqda. Fikrlarimizning isboti sifatida mana shu gap ikki qarama qarshi
munosabatlarni ifodalagan. Ikkilamchi ma'nolarning tilshunoslikda, adabiyotda va she'riyatda
ahamiyati katta. Bu kabi ma'nolar oʻquvchini chuqurroq fikrlashga undaydi.”

2

M.Yoʻldoshev,S.Muhammedova,M.Saparniyozova

“Matn

lingvistikasi

-”

Toshkent:"Ishonchli

hamkor"nashriyoti,2011.-20 b

3. Sobirova Sh. “Mumtoz adabiyotda qoʻllangan ambivalent va presuppozitsiya hodisalari (Alisher Navoiyning
“Mahbub ul -qulub” asari misolida)-maqola.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

970

Bu maqolaning ahamiyati shundaki,tilning ikki ma'noliligi amfiboliya va ambivalentlik

muloqotda va kontekstual jarayonda muhim rol oʻynaydi.Bu hodisalar nutq tushunilishining
noaniqligiga sabab boʻlib kelmoqda.

4

“Til-ijtimoiy hodisa.Uni ijtimoiy munosabatlarsiz,boshqa

odamlar bilan muloqot qilmasdan egallash mumkin emas. “Yuqoridagi jarayonlar ijtimoiy
munosabatlarga putur yetkazishi mumkin. “Tilni ishlatishda uning asosiy grammatik qoidalariga
amal qilish talab etiladi. Til odamlarning tajribasini tashkillashtiradi va umumlashtiradi. Shuning
uchun butun madaniyat kabi u rasm boʻlib qolgan ma'nolarni shakllantiradi.Ishtirokchilar qabul
qiladigan,ular tomonidan ishlatiladigan va ular tomonidan tushuniladigan ma'nolarning
mavjudligidagina kommunikatsiya mumkin boʻladi.Haqiqatdan ham, kundalik hayotda
insonlarning munosabati odamlar bir birini tushunayotganligiga ishonch komilligiga koʻp
jihatdan bogʻliqdir. “Ushbu maqolada yuqoridagi ikki hodisa-amfiboliya va ambivalentlik
hodisalari taqqoslanib,ularning tabiati,kelib chiqish holatlari, yozma va ogʻzaki nutqdagi roli
tahlil qilindi.Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatdiki,amfiboliya va ambivalentlikni oʻrganish
tilshunoslik nazariyasi uchun dolzarb boʻlib, ularning ilmiy tahlili muloqot jarayonlarining
yanada aniq va samarali boʻlishiga yordam beradi.

REFERENCES

1.

M.Yoʻldoshev, S.Muhammedova, M.Saparniyozova “Matn lingvistikasi -” Toshkent:
"Ishonchli hamkor"nashriyoti,2011.-14b.

2.

Sobirova Sh. “Mumtoz adabiyotda qoʻllangan ambivalent va presuppozitsiya
hodisalari(Alisher Navoiyning “Mahbub ul -qulub” asari misolida)-maqola.

3.

A.E.Mamajonov “Zamonaviy lingvistika” - Toshkent: “Noshir” nashriyoti,2019.-22b.

4.

Turniyozov N. “Matn lingvistikasi” (ma'ruzalar matni)-Samarqand.2004.15-b.

5.

Sh.Safarov Pragmalingvistika.Toshkent.2008.

6.

Yuldoshev N.E.sodda gapning struktur tuzilishini oʻrganishga doir yondashuvlar\\
"FILOLOGIK TADQIQOTLAR: MUAMMO VA YECHIM" mavzusida xalqaro ilmiy -
nazariy anjuman materiallari.-2021.-C.271.
Internet saytlari:

7.

uz.opentran.net.

8.

Imlo.uz. https://imlo.uz

9.

Sinonim.uz. https://sinonim.uz.

10.

Wikipediya. https://ru.wikipediya.

4. A.E.Mamajonov “Zamonaviy lingvistika” - Toshkent: “Noshir” nashriyoti,2019.-22b.

References

M.Yoʻldoshev, S.Muhammedova, M.Saparniyozova “Matn lingvistikasi -” Toshkent: "Ishonchli hamkor"nashriyoti, 2011.-14b.

Sobirova Sh. “Mumtoz adabiyotda qoʻllangan ambivalent va presuppozitsiya hodisalari(Alisher Navoiyning “Mahbub ul -qulub” asari misolida)-maqola.

A.E.Mamajonov “Zamonaviy lingvistika” - Toshkent: “Noshir” nashriyoti,2019.-22b.

Turniyozov N. “Matn lingvistikasi” (ma'ruzalar matni)-Samarqand.2004.15-b.

Sh.Safarov Pragmalingvistika.Toshkent.2008.

Yuldoshev N.E.sodda gapning struktur tuzilishini oʻrganishga doir yondashuvlar "FILOLOGIK TADQIQOTLAR: MUAMMO VA YECHIM" mavzusida xalqaro ilmiy -nazariy anjuman materiallari.-2021.-C.271.

Internet saytlari:

uz.opentran.net.

Imlo.uz. https://imlo.uz

Sinonim.uz. https://sinonim.uz.

Wikipediya. https://ru.wikipediya.