ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
971
TILSHUNOSLIKDA TRANSFORMATSIYA, KONVERSIYA VA INVERSIYANING
BIR-BIRIDAN FARQI
Jabborova Sevinch Yoqubjon qizi
QarDU Filologiya fakulteti Filologiya va tillarni о‘qitish (о‘zbek tili)yo’nalishi
1-bosqich talabasi.
Yo’ldosheva Nilufar Ergashevna
Ilmiy rahbar.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15467205
Annotatsiya. Ushbu maqolada tilshunoslikda muhim bо‘lmish transformatsiya,
konversiya va inversiya tushunchalari hamda ularning farqlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil
qilinadi. Har uchala tushuncha til birliklarining shakl, vazifa yoki tartibini о‘zgartirishga
asoslangan bо‘lsa-da,ular til tizimida turlicha vazifaga ega.Transformatsiya lingvistik hodisa
bо‘lib, gap yoki sо‘z tuzilishini о‘zgartirish orqali yangi grammatik yoki semantik ma’no hosil
qilish jarayonidir. Konversiya morfologik vositalarsiz sо‘z turkumining о‘zgarishi natijasida
yangi ma’no hosil bо‘lishidir. Inversiya esa gap komponentlarining odatiy tartibining buzilishi
orqali gap urg‘usini о‘zgartirish yoki stilistik ta’sir hosil qilish uchun qо‘llaniladi. Ushbu
maqolada uch tushunchaning ta’riflari keltiriladi, misollar asosida tahlil qilinib, ularning
lingvistik xususiyatlari, о‘zaro bog‘liqligi va farqlari yoritiladi,shuningdek, har bir hodisaning
sintaktik va semantik xususiyatlariga alohida e’tibor qaratilib, ularning til tizimidagi о‘rni
kо‘rib chiqiladi. Nazariy yondashuvlar hamda amaliy misollar orqali ushbu lingvistik
hodisalarning mohiyatini kengroq ochib beriladi, о‘zbek va boshqa tillardagi tadqiqotlari va
namunalari о‘rganiladi.Shu bilan birga,maqolada transformatsiya va inversiyaning asosan
sintaktik darajada,konversiyaning esa morfologik-grammatik darajada yuz berishi,ularning
о‘zaro aloqador, biroq ajralib turuvchi jihatlaridan biri sifatida kо‘rsatiladi.
Kalit sо‘zlar: Transformatsiya, konversiya, inversiya, lingvistik о‘zgarishlar, sintaktik
transformatsiya, semantik transformatsiya, sintaktik inversiya.
Аннотация. В этой статье будут проанализированы важные в лингвистике
понятия трансформации, преобразования и инверсии, а также их различия с научно-
теоретической точки зрения. Хотя все три концепции основаны на изменении формы,
функции или порядка языковых единиц, они выполняют разные задачи в языковой
системе. Трансформация-это лингвистическое явление, процесс создания нового
грамматического или семантического значения путем изменения структуры
предложения или слова. С другой стороны, преобразование-это образование нового
значения в результате изменения категории слова без морфологических средств.
Инверсия, с другой стороны, используется для изменения акцента предложения
или создания стилистического эффекта за счет нарушения обычного порядка
компонентов предложения. В данной статье даны определения трех понятий,
проанализированы на примерах и освещены их лингвистические особенности, взаимосвязи
и различия, а также рассмотрена их роль в системе языка с особым вниманием к
синтаксическим и семантическим особенностям каждого явления. С помощью
теоретических подходов и практических примеров более широко раскрывается сущность
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
972
этих языковых явлений, изучаются их исследования и примеры на узбекском и других
языках.
Однако в статье показано, что трансформация и инверсия происходят в основном
на синтаксическом уровне, тогда как преобразование происходит на морфолого-
грамматическом уровне как один из их взаимосвязанных, но отличительных аспектов.
Ключевые слова: трансформация, преобразование, инверсия, языковые изменения,
синтаксическая трансформация, семантическая трансформация, синтаксическая
инверсия.
Abstract. This article analyzes the concepts of transformation, conversion and inversion,
which are important in linguistics, and their differences scientifically-theoretically. While all
three concepts are based on changing the form, task, or order of language units, they have a
different function within the language system. Transformation is a linguistic phenomenon, the
process of generating a new grammatical or semantic meaning by changing the structure of a
sentence or word. In contrast, conversion is the formation of a new meaning as a result of a
change in word order without morphological means. Inversion, on the other hand, is applied to
change the stress of a sentence through a violation of the usual order of the components of a
sentence, or to produce a stylistic effect. This article will give definitions of the three concepts,
analyze on the basis of examples, highlight their linguistic features, interrelationships and
differences, and also consider their role in the language system, paying special attention to the
syntactic and semantic features of each phenomenon. Through theoretical approaches and
practical examples, the essence of these linguistic phenomena is revealed more broadly, studies
and samples of Uzbek and other languages are studied. At the same time, the article points out
that transformation and inversion occur mainly at the syntactic level, and conversion occurs at
the morphological-grammatical level, as one of their interrelated but distinguishing aspects.
Keywords: transformation, conversion, inversion, linguistic changes, syntactic
transformation, semantic transformation, syntactic inversion.
KIRISH
Hozirgi zamonaviy tilshunoslikda til birliklarining shakliy va mazmuniy oʻzgarishlari,
jumladan, ularning sintaktik va semantik tuzilishidagi transformatsiyalar dolzarb tadqiqot
mavzularidan biri hisoblanadi. Ushbu oʻzgarishlar tilning doimiy rivojlanishini va jamiyat
ehtiyojlariga moslashuvchanligini koʻrsatadi. Transformatsiya, konversiya va inversiya kabi
lingvistik hodisalar turli tillarda nutqiy faollikni taʼminlash, uslubiy imkoniyatlarni kengaytirish
va maʼno ifodasining samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ular orqali
soʻzlovchilar oʻz fikrlarini aniq, taʼsirchan va estetik jihatdan goʻzal shaklda ifodalash
imkoniyatiga ega boʻladilar.
Transformatsiya deganda, gap tuzilishining oʻzgarishi orqali yangi grammatik maʼno
hosil boʻlishi tushuniladi. Bunda gapning sintaktik qurilishi oʻzgaradi, lekin asosiy maʼno
saqlanib qoladi. Konversiya bir soʻz turkumidan ikkinchi soʻz turkumiga oʻtish jarayonidir,
bunda soʻzning shakli oʻzgarmaydi, faqat vazifasi oʻzgaradi. Misol uchun, ot feʼlga aylanadi
yoki aksincha. Inversiya esa sintaktik birliklarning tartibini o‘zgartirish orqali urg‘uni, uslubiy
ta’sirni yoki ma’no ifodasini o‘zgartirish hodisasidir. Ushbu jarayonlarning har biri til tizimidagi
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
973
o‘ziga xos funksiyaga ega bo‘lib, ularning tadqiqi sintaksis va semantika o‘rtasidagi bog‘liqlikni
anglashga yordam beradi.
Bu jarayonlar nafaqat nazariy jihatdan qiziqarli, balki amaliy jihatdan ham muhimdir.Shu
sababli, maqolamizda transformatsiya, konversiya va inversiya tushunchalarining lingvistik
mohiyati va oʻziga xos xususiyatlari oʻrganiladi. Shuningdek, ularning oʻzbek va boshqa
tillardagi namoyon boʻlish xususiyatlari misollar orqali tahlil qilinadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI
Transformatsiya nazariyasining lingvistik xususiyatlari va uni tadqiq qilish jahon olimlari
tomonidan atroflicha o'rganilgan. Xususan, Z.Xarris, N.Xomskiy, R.B.Liz, E.V.Severtyan,
L.S.Barxudarov, Apresyan, K.Shaumyan, P.À.Soboleva, V.S.Xrakovskiy, V.N.Koduxov,
Y.V.Paducheva, Yu.S.Stepanov, V.G.Àdmoni, L.N.Zasorina, Y.S.Kubryakova, hamda
S.Samarenkinalarning tadqiqotlarida ushbu masalaga ma'lum darajada e'tibor qaratilgan.
Transformatsiya nazariyasi ilk bor Noam Xomskiy tomonidan generativ grammatika
doirasida ishlab chiqilgan bo‘lib, unda gap tuzilishining o‘zgarish jarayonlari tahlil qilingan.
Xomskiy transformatsiyani lingvistik birliklarning bir shakldan boshqasiga o‘tishi sifatida
tushuntiradi va uni sintaktik tuzilmalarning asosiy elementi deb hisoblaydi. Ushbu nazariya
keyinchalik ko‘plab tilshunoslar tomonidan rivojlantirildi. Xususan,Xomskyning nazariyasiga
ko’ra, transformatsiyalar tilning asosiy grammatik qoidalari orqali so’zlar va gaplar o’rtasidagi
o’zgarishlardir. Bu nazariyada tilning o’zgarishi faqat sintaksis va morfologik o’zgarishlarga
qaratilgan bo’lib, ma’no va tilning boshqa aspektlariga kamroq e’tibor qaratilgan. Shunga
qaramay, o’zbek tilshunosligida bu nazariyani kengaytirish va o’zlashtirish jarayonida tilning
semantik va pragmatik o’zgarishlari ham hisobga olinadi.
Konversiya hodisasi morfologik va semantik o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lib, u turli
tillarda so‘z turkumlarining o‘zgarishini ifodalaydi. Masalan, ingliz tilida fe’lning otga aylanishi
(to run – a run) yoki o‘zbek tilida sifatning otga aylanishi (yangi-yangilik). Bu jarayon O.
Jespersen va boshqa tadqiqotchilar tomonidan o‘rganilgan. Inversiya tushunchasi esa, asosan,
sintaktik o‘zgarishlarga taalluqli bo‘lib, gapning odatiy tartibining buzilishi orqali stilistik ta’sir
yaratadi. Inversiya tadqiqotlari A. M. Peshkovskiy va rus tilshunosligida keng o‘rganilgan bo‘lib,
bu uslubiy hodisa adabiy matnlarda keng qo‘llaniladi.
O‘zbek tilshunosligida ushbu lingvistik hodisalar S. Sirojiddinov, Sh. Rahmatullaev, A.
Madvaliyev, N. Mahmudov, G. Abdurahmonov, A. Jo‘rayev kabi olimlar tomonidan chuqur
o‘rganilgan. Transformatsiya masalasi S. Sirojiddinov va Sh. Rahmatullaev tomonidan sintaktik
jihatdan tahlil qilingan. Ularning tadqiqotlarida o‘zbek tilida gaplarning aktiv va passiv
shakllarga o‘tishi, murakkab gaplarning sodda gaplarga aylanishi kabi transformatsion jarayonlar
o‘rganilgan.
Sh. Rahmatullayev sintaktik transformatsiyaga quyidagicha izoh beradi:“Sintaktik
bo‘lak vazifasida leksemashakl va birikmashakldan tashqarigapshakl ham kelishi mumkin.
Buning uchun gapshakl tarkibida ma’lum grammatik o‘zgarish amalga oshiriladi.
Gapshakl tarkibida amalga oshiriladigan bunday o‘zgarishlarga transformatsiya deyiladi
(lot. transformatio – aylanish, boshqa shaklga o‘tkazish)”.[1] Professor Azim Hojiyev
transformatsiya tushunchasini quyidagicha izohlaydi:“Transformatsiya (lot. transformatio –
qayta tuzish). Asosiy sintaktik strukturani til qonun-qoidalari asosida o‘zgartirib, ikkinchi tur
sintaktik struktura hosil qilish.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
974
Masalan,
aniq
konstruksiyaning
majhul
konstruksiyaga
aylantirilishi
(transformatsiyalanishi): Qizcha she’rni o‘qidi. – She’r qizcha tomonidan o‘qildi kabi.[2]
Konversiya hodisasi A. Madvaliyev va N. Mahmudov tomonidan o‘zbek tilining so‘z
yasalishi va morfologik xususiyatlari doirasida tadqiq etilgan. Jumladan, sifatlarning otga
aylanishi (yomon → yomonlik), fe’llarning otga aylanishi (kelmoq → kelish), otlarning fe’lga
aylanishi (oydin → oydinlashmoq) kabi jarayonlar atroflicha o‘rganilgan.Inversiya masalasi esa
G. Abdurahmonov tomonidan o‘zbek tili stilistikasi va sintaktik strukturalari doirasida tahlil
qilingan. U adabiy matnlarda so‘z tartibining buzilishi (inversiya) orqali ekspressivlik va
emotsionallik hosil qilish usullarini tadqiq etgan.
MUHOKAMA
Transformatsiya, konversiya va inversiya tushunchalari lingvistika, tarjimashunoslik va
kompyuter lingvistikasi sohalarida keng qo‘llaniladi.Transformatsiya – til birliklarining shakl
yoki tuzilishini o‘zgartirish orqali yangi ma’no hosil qilish jarayoni. Bu sintaktik, morfologik
yoki semantik darajada ro‘y berishi mumkin.Masalan, Men kitob o‘qiyman. (aniq nisbat) Kitob
men tomonimdan o‘qiladi. (majhul nisbat) Konversiya so‘z turkumlari o‘rtasidagi o‘zgarish
jarayonini ifodalaydi, bunda so‘zning shakli o‘zgarmasdan boshqa so‘z turkumiga
aylanadi.Yozish (fe’l) → yozish (ot) → "Mening yozishim chiroyli." Inversiya esa so‘z tartibini
o‘zgartirish orqali ifoda uslubini yoki gap urg‘usini o‘zgartirishga xizmat qiladi. Misol uchun,
Men bu kitobni juda yoqtirdim. (oddiy so’z tartibi) Juda yoqtirdim men bu kitobni. (inversiya)
Oʻzbek tilida kesim har doim gapning oxirida keladi(mustasno holatdan tashqari). Bu qoidaning
mustasno holati aynan inversiya hodisasidir.
Garchi kesim gap oxirida kelmasa-da nazmga oʻzgacha koʻrk bagʻishlaydi:
Olam oqqanida sovuqqa toʻlib,
Yugurdim. Shavkatimdan qizidi badan.
Yugurdim yurakning jahdiga koʻnib,
Oyogʻimga toʻkdi maysalar shabnam. (Usmon Azim "Mangu umid")[3]
Nazariy nuqtayi nazardan, bu uch tushuncha bir-biriga yaqin bo‘lsa ham, ularning
qo‘llanilish doirasi va lingvistik xususiyatlari bilan farqlanadi. Transformatsiya yanada umumiy
jarayon bo‘lib, konversiya va inversiyani ham o‘z ichiga olishi mumkin. Inversiya odatda
sintaktik o‘zgarishlarga asoslangan bo‘lsa, konversiya grammatik o‘zgarishlarni o‘z ichiga
oladi.Amaliyotda ushbu tushunchalar matn tahlili, tarjima jarayoni va tilshunoslik tadqiqotlarida
keng qo‘llaniladi. Masalan, ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjima jarayonida transformatsiya va
inversiya usuli tez-tez qo‘llanadi. Quyida O’.Genrining qalamiga mansub “The last leaf “ asari
va uni o’zbek tiliga tarjima qilishda foydalanilgan bir nechta transformatsiyalarni ko’rib
chiqamiz. (Ingliz tilidan Ma’ruf Abdullayev tarjimasi )[4] Misol: ”She has a very little chance to
survive. Let us day, it is nearly impossible,” he said as he was playing with his clinical
thermometer. - Uning tuzalib ketishini men, aytaylik, o’ndan bir ehtimol degan bo’lardim,--dedi
u termometridagi simobni silkitarkan. Bu yerda “a very little chance” (juda kichik imkoniyat)
jumlasi “o’ndan bir” iborasi orqali ifodalangan. Tarjimon playing ya’ni ” o’ynamoq” so’zini ham
”silkitmoq’’ so’zi bilan almashtirgan chunki bu o’rinda silkitmoq so’zi kontekstga munosibroq
bo’lgan va tabiiyroq ko’ringan.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
975
Ingliz tilida "Never have I seen such a view" shaklida kelgan gap o‘zbek tilida “Men hech
qachon bunday manzarani ko‘rmaganman” deb oddiy so‘z tartibida tarjima qilinishi mumkin.[5]
Bu inversiyaning sintaktik o‘zgarishlarga ta’sir qilishini ko‘rsatadi.
Konversiya esa yangi so'z yasash usuli bo'lib, bunda bir grammatik turkumdagi so'z
boshqa grammatik turkumga o'tadi. Yangi so'z avvalgisidan morfologik, sintaktik xususiyatlariga
ko'ra farq qiladi. Masalan, Yomonga yondoshsang, balosi yuqar. Konversiyani quyidagi
ko'rinishlari mavjud: 1) Substantivatsiya- konversiya yo'li bilan ot hosil bo'lishi; 2)
Adyektivatsiya- sifat hosil bo'lishi; 3) Adverbializatsiya — ravish hosil bo'lishi. Rus tilida
konversiyaning sifatdan ot hosil bo'lish hodisasi ko'p uchraydi. Masalan, портной, крепостной,
взрослый, заведующий, часовой kabi. Nemis tilida otdan fe’l yasalish hollarini ko'ramiz:
Pfeffern-garim dori, pfeffern-garmdori sepish, haus-uy, hausen-yashamoq. Ingliz tilida fe’ldan ot
yasash, yoki, aksincha, otdan fe’l yasash ko'p uchraydi. Look-qaramoq; a look- nazar; stone-
tosh; to stone-tosh otmoq. Fransuz tilida, poste-pochta, poste-pochtadan jo'natmoq. krepostnoy,
chasavoy kabi. Nemis tilida otdan fe’l yasalish hollarini ko‘ramiz:Pfeffern-garimdoriy, pfeffern-
garmdori sepish, haus-uy, hausen-yashamoq.Ingliz tilida fe’ldan ot yasash, yoki aksincha otdan
fe’l yasash ko‘p uchraydi. Look-qaramoq- a look- nazar; stone-tosh; stone-tosh otmoq.Fransuz
tilida, poste-pochta, poste-pochtadan jo‘natmoq.[6]
Inversiya deb gap bo‘laklarining o‘rin almashinishi yoki gap bo‘laklari joylashish
tartibining ma’lum bir maqsad bilan o‘zgarishi hodisasiga aytiladi. Inversiya og‘zaki nutqqa xos
xususiyat. Badiiy matnda qahramonlar nutqini jonli nutqqa yaqinlashtirishda, ularning tilini
individuallashtirishda
mazkur
usuldan
foydalaniladi:
Bolangni
olib
ketsang-chi!
Ko‘rmayotipsanmi, bu yerda odamlar ishlab o‘tiripti! (A.Qahhor) – Tashla u toshni! – deb do‘q
qilib qoldi onam. Ko‘chaning o‘rtasidan haydatib ketdim aravani. – Bilasizmi, nimaga ergashdim
sizga? – deb qolsa bo‘ladimi shunda. (Sh.Xolmirzayev)[7]
NATIJA
Transformatsiya, konversiya va inversiya lingvistik tizimdagi muhim hodisalardan bo‘lib,
ularning tadqiqi tilshunoslikning turli yo‘nalishlarida keng qo‘llaniladi. Transformatsiya
jarayonlari gap va so‘z shakllarining o‘zgarishiga asoslangan bo‘lib, sintaktik va semantik
jihatdan muhim o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Konversiya esa so‘z turkumlarining hech
qanday morfologik o‘zgarishlarsiz boshqa turkumga o‘tishini ta’minlaydi va leksik tizimning
dinamik xususiyatlarini ifodalaydi. Inversiya esa so‘z tartibini o‘zgartirish orqali sintaktik va
stilistik effektlar yaratadi.U tinglovchining diqqatini jalb qilish uchun gapning bir bo’lagini
boshqa bo’laklardan g’ayrioddiy joyga qo’yish orqali namoyon bo’ladi.
Maqolada ushbu lingvistik hodisalarning o‘zbek tilidagi namunalari, shuningdek, ingliz,
rus, nemis va fransuz tillaridagi o‘xshash jarayonlar bilan qiyosiy tahlili o‘tkazildi. Natijalar
shuni ko‘rsatadiki, transformatsiya, konversiya va inversiya lingvistik imkoniyatlarni
kengaytirishda, tarjima jarayonlarini soddalashtirishda va matn tahlilini chuqurlashtirishda
muhim ahamiyat kasb etadi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, transformatsiya til tizimining
moslashuvchanligi va ifoda imkoniyatlarini kengaytiradi, konversiya esa so‘z yasalish
jarayonlarida muhim rol o‘ynaydi. Inversiya nutqning emotsional va stilistik jihatdan ifodali
bo‘lishini ta’minlaydi. Ushbu farqlar tarjima jarayonlarida, lingvistik tahlil va matn yaratish
jarayonlarida muhim ahamiyat kasb etadi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
976
XULOSA
Transformatsiya, konversiya va inversiya lingvistik hodisalarning o‘ziga xos farqlari
ularning sintaktik, morfologik va semantik jihatlarida namoyon bo‘ladi.
Transformatsiya til birliklarining grammatik tuzilishini qayta shakllantiradi, bunda so‘zlar
yoki gap qismlarining tartibi va tuzilishi o‘zgarishi mumkin, ammo umumiy ma’no va sintaktik
bog‘liqlik saqlanadi. Bu jarayon, asosan, tarjima va matnni qayta ishlashda qo‘llanilib, sintaktik
moslashuv va semantik moslikni ta’minlashga yordam beradi.Konversiya so‘z turkumlarining
hech qanday morfologik o‘zgarishsiz boshqa turkumga o‘tish jarayoni bo‘lib, bu hodisa so‘z
yasalish tizimining dinamik va fleksibil xususiyatlarini ko‘rsatadi. Konversiya natijasida so‘z
yangi kontekstda qo‘llanilib, unga yangi grammatik vazifa yuklanadi. Ushbu jarayon lug‘at
tarkibining kengayishi va yangi so‘z shakllarining paydo bo‘lishida muhim rol
o‘ynaydi.Inversiya esa sintaktik birliklarning odatiy tartibini o‘zgartirish orqali gap tuzilishiga va
matnning stilistik ifodasiga ta’sir ko‘rsatadi. Bu jarayon, ayniqsa, poetik nutq, badiiy matnlar va
emotsional ifodalarda keng qo‘llaniladi. Inversiya orqali matn yoki nutqning urg‘usi, ohangi va
ta’sirchanligi oshiriladi, bu esa kommunikativ maqsadlarni yanada samarali ifodalash imkonini
beradi.Shunday qilib, ushbu uch lingvistik hodisa o‘zaro bog‘liq bo‘lsa-da, har biri o‘ziga xos
vazifa va lingvistik xususiyatlarga ega. Transformatsiya til tizimini qayta shakllantirishda,
konversiya esa so‘z yasalish jarayonlarida asosiy rol o‘ynaydi. Inversiya esa sintaktik tuzilishga
ta’sir qilib, matnning ifodalilik darajasini oshiradi. Ushbu hodisalarni o‘rganish lingvistik tahlil,
tarjima amaliyoti va sun’iy intellekt asosida ishlov berish jarayonlari uchun muhim ahamiyatga
ega.
REFERENCES
1.
Rahmatullayev Sh.Hozirgi o’zbek adabiy tili. -Toshkent.:2010.-B. 351.
2.
Hojiyev A. Lingvistik terminlarning izohli lug’ati.-Toshkent.:1985.- B.94.
3.
Abdurayimova Y. O’zbek she’riyatida inversiya hodisasi.E-Conference Series.-2023.-
B.258.
4.
M. Abdullayev tarjimasi “ So’nggi yaproq”. “Sharq yulduzi ” jurnali. 2011y, 4-son.
5.
Azimova S, Obidova S.Lingvistikada transformatsiya tushunchasi transformatsiyalarning
tarjimada qo‘zanilish turlari. So‘nggi ilmiy tadqiqotlar nazariyasi respublika ilmiy-uslubiy
jurnali. 2024-yil may,5-son.
6.
I. Yo’ldoshev, O’.Sharipova. Tilshunoslik asoslari. Oliy o’quv yurtlari uchun qo’llanma.-
T.: Iqtisod-moliya, 2007.-131 b.
7.
Yo’ldoshev M., Muhamedova S., Saparniyazova M. Matn lingvistikasi [Matn]: o’quv
qo’llanma.- Toshkent:” ISHONCHLI HAMKOR ”,2021.- 121 b.
