ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1006
15-17 YOSHLI BADMINTONCHILARNING TEZKORLIK VA KUCH SIFATLARINI
OSHIRISH SAMARADORLIGI
Ortiqov Eldor Abdug‘affor o‘g‘li
Jismoniy tarbiya va Sport ilmiy tadqiqotlar institutining 1-bosqich magistranti
Chichiq Shahri, O‘Zbekiston .
gmail:
eldorartikov2002@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15467546
Annotatsiya. Ushbu maqola 15–17 yoshdagi badmintonchilarning tezkorlik va kuch
sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot natijalarini o‘z ichiga oladi. Tadqiqotda
maxsus mashg‘ulotlar tizimi tajriba va nazorat guruhlari o‘rtasida taqqoslash metodikasi
asosida sinovdan o‘tkazildi. Tajriba guruhida 8 hafta davomida tezkorlik va mushak kuchi
ko‘rsatkichlarini oshirishga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlar olib borildi. Natijada sportchilarning
harakat faoliyati, reaksiya tezligi va jismoniy holati sezilarli darajada yaxshilandi (p<0,001).
Taklif etilgan metodika o‘smir badmintonchilarning tayyorgarligini yangi darajaga ko‘tarishda
samaradorligini isbotladi va matematik-statistik tahlil orqali baholandi.
Kalit so‘zlar: Badminton, tezkorlik, kuch, o‘smirlar, jismoniy tayyorgarlik, mashg‘ulot,
sport ko‘rsatkichlari.
ЭФФЕКТИВНОСТЬ ПОВЫШЕНИЯ КАЧЕСТВ БЫСТРОТЫ И СИЛЫ У
БАДМИНТОНИСТОВ В ВОЗРАСТЕ 15-17 ЛЕТ
Аннотация. Данная статья содержит результаты научного исследования,
направленного на развитие качеств быстроты и силы у бадминтонистов в возрасте 15–
17 лет. В исследовании применялась специально разработанная система тренировок,
которая была протестирована на основе сравнительного метода между
экспериментальной и контрольной группами. В экспериментальной группе в течение 8
недель проводились тренировки, направленные на повышение показателей быстроты и
мышечной силы. В результате активности, скорость реакции и общее физическое
состояние спортсменов значительно улучшились (p<0,001). Предложенная методика
доказала свою эффективность в повышении уровня подготовки юных бадминтонистов
до нового уровня и была оценена посредством математическо-статистического анализа.
Ключевые слова: Бадминтон, быстрота, сила, подростки, физическая
подготовка, тренировки, спортивные показатели.
EFFECTIVENESS OF ENHANCING SPEED AND STRENGTH QUALITIES IN 15-17-
YEAR-OLD BADMINTON PLAYERS
Abstract. This article encompasses the results of a scientific study focused on enhancing
the speed and strength qualities of badminton players aged 15–17. The study employed a
specially developed training system, tested using a comparative methodology between
experimental and control groups. The experimental group underwent 8 weeks of training aimed
at improving speed and muscular strength indicators. As a result, the athletes' activity levels,
reaction speed, and overall physical condition significantly improved (p<0,001). The proposed
methodology demonstrated its effectiveness in elevating the training level of young badminton
players to a new stage and was evaluated through mathematical-statistical analysis.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1007
Keywords: Badminton, speed, strength, adolescents, physical training, workouts, sports
performance.
Dolzarbligi:
Hozirgi kunda badminton sport turi Respublikamizda jadal rivojlanib
bormoqda shu boisdan “Bolalar va o‘smirlar sportini har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha
Prezident tamonidan sportga oid qaror va Farmonlar ishlab chiqilmoqda. 2021-yil 4-martdagi
Prezident qarori № PQ–5005” bunga misoldir [1].
Zamonaviy sport turlari, xususan, badmintonda sportchining texnik, taktik va psixologik
tayyorgarligi bilan bir qatorda, jismoniy sifatlar — ayniqsa tezkorlik va kuch muhim ahamiyat
kasb etadi. Badminton o‘yinida tez harakatlanish, qaror qabul qilishdagi chaqqonlik, kuchli zarba
berish va tez pozitsiyani o‘zgartirish sportchining raqib ustidan ustunlikka ega bo‘lishida hal
qiluvchi omillar sanaladi. Kuch va tezkorlik sifatlarini rivojlantirish uchun maxsus mashg‘ulotlar
tizimini ishlab chiqish va qo‘llash ilmiy va amaliy jihatdan dolzarb masala hisoblanadi.
Tadqiqot maqsadi:
15–17 yoshdagi badmintonchilar jismoniy tayyorgarligining muhim
tarkibiy sifatlari bo‘lgan tezkorlik
va
kuch ko‘rsatkichlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ilmiy
asoslangan mashg‘ulot tizimini ishlab chiqishdan iborat
.
Tadqiqot vazifasi: -
Tezkorlik va kuch sifatlarini rivojlantirishga taaluqli adabiyotlarni
tahlil qilish.
-Maxsus mashg‘ulotlar ishlab chiqish
-Maxsus mashg‘ulotlarni samaradorligini natijalar orqali baholash.
Tadqiqot obyekti:
Sifatida Chirchiq shahrida joylashgan Olimpiya va Paraolimpiya
sport turlariga tayyorlash markazining 15-17 yoshli 16 ta badmintonchilar tanlab olingan.
Tadqiqotning o‘rganilganlik darajasi:
Mavzu doirasida xorij va mahalliy olimlarning
tadqiqotlari ilmiy maqolalari o‘rganildi shular jumlasidan,
xorij olimlaridan
J. Abianing
tadqiqotlarida ta’kidlanishicha badmintonchilarning mushak kuchi ishlab chiqarish qobiliyatiga
suvsizlanishning ta’sirini haqida fikir yuritgan. Uning fikricha, 15-17 yoshli badmintonchilar
uchun mushak kuchi va tezkorlikni rivojlantirishda to‘g‘ri gidratsiya muhim ahamiyatga ega.
Suvsizlanish mushaklarning qisqarish tezligini pasaytiradi va bu tezkorlik sifatlariga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi. Abian maxsus mashqlar, masalan, qisqa muddatli sprintlar mashqlarni gidratsiya
rejimi bilan birgalikda qo‘llashni tavsiya qiladi. Bu yondashuv yosh sportchilarning kuch va
tezkorlik sifatlarini oshirishda samarali hisoblanadi [2].
Navbatdagi Xorij olimi D. Cabello Manriquening tadqiqotlarida raqobatbardosh
badmintonning xususiyatlarini tahlil qilib, tezkorlik va kuch sifatlarining o‘yin samaradorligidagi
muhim rolini ta’kidlaydi. Uning tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, 15-17 yoshli badmintonchilar
uchun maydondagi tezkor harakatlanish va kuchli zarbalarni amalga oshirish qobiliyati muhim
ro‘l o‘ynaydi [3].
Tadqiqot natijalari va muhokamasi:
Tadqiqot 15–17 yoshdagi 20 nafar badminton
sportchilari ishtirokida olib borildi. sportchilar tasodifiy tanlash asosida ikki guruhga
nazorat
guruhi (NG-10
)
va tajriba guruhi (TG-10) ga ajratildi. Har ikki guruh dastlabki testlar orqali
jismoniy holat darajasi bo‘yicha tenglashtirildi. Tadqiqot davomida nazorat guruhi umumiy
jismoniy tayyorgarlikka yo‘naltirilgan an’anaviy mashg‘ulotlarni davom ettirdi, tajriba guruhi
esa 8 haftalik maxsus tuzilgan dastur asosida shug‘ullandi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1008
Mazkur dastur tezkorlik, reaksiya va zarba kuchi kabi sifatlarini rivojlantirishga
yo‘naltirilgan bo‘lib, haftasiga 3 marotaba 60 daqiqalik maxsus mashg‘ulotlar kompleksidan
iborat.
1-jadval
15-17 yoshli badmintonchilarning tezkorlik va kuch sifatlarini oshirishga qaratilgan
maxsus mashqlar keltirilgan va ushbu yoshdagilar uchun eng yaxshi natijalar na’muna
sifatida qayd etilgan.
Maxsus mashqlar
Takrorlash
soni
Marta,
soniya
Dam olish
oraqlig‘i
4x10 moksimon yugurish (soniya)
2
10.20 s.
4 daqiqa
60 metrga yugurish (soniya)
2
8.60 s.
3 daqiqa
Turnikda tortilish (marta)
2
11 ta
2 daqiqa
Qo‘llar bilan yerga tayangan holda qo‘llarni
bukub yoyish (anjimaniya) marta
2
25 ta
2 daqiqa
1 kg to‘ldirma to‘pni uloqtirish (metr)
3
9.50 m.
1 daqiqa
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1009
Nazorat guruhi badminton sportchilarining tezkorlik va kuch sifat ko‘rsatkichlari
bo‘yicha tadqiqot boshlanishi va tadqiqot oxiri natijalari tahlil qilindi. 4x10 moksimon yugurish
natijalari bo‘yicha tadqiqot boshi natijasi o‘rtacha 12,12 soniyani tashkil qilgan bo‘lsa, tadqiqot
oxirida bu ko‘rsatkich 11,74 soniyaga yaxshilandi. Ushbu o‘zgarish sportchilarning tezkorlik
ko‘rsatkichlari biroz yaxshilanganini ko‘rsatadi. 60 metrga yugurish bo‘yicha ham o‘zgarish
qayd etildi: tadqiqot boshi natijasi 9,32 soniya bo‘lsa, tadqiqot oxirida bu ko‘rsatkich 9,07
soniyani tashkil qildi. Turnikda tortilish testi natijalariga ko‘ra, tadqiqot boshida sportchilar
o‘rtacha 8 marta tortilishgan bo‘lsa, tadqiqot oxirida bu ko‘rsatkich 9,2 martani tashkil etdi.
Ushbu o‘sish sportchilarning kuch va chidamlilik qobiliyatining oshganini bildiradi. Qo‘llar
bilan yerga tayangan holda qo‘llarni bukub yoyish (anjimaniya) tadqiqot boshida o‘rtacha 21.3
martani tashkil qilib, tadqiqot oxirida esa bu natija o‘rtacha 23.2 martani qayt etdi. 1 kgli
to‘ldirma to‘pni uloqtirish testi bo‘yicha tadqiqot boshida badminton sportchilari o‘rtacha 8,79
metr masofaga uloqtirishgan bo‘lsa, tadqiqot oxirida bu natija 9,07 metrga yetdi. Ushbu
o‘zgarish sportchilarning kuch va texnik tayyorgarligining oshganini ko‘rsatmoqda. Biroq,
o‘zgarishlar tajriba guruhiga nisbatan nisbatan kichikroq bo‘lib, bu mashg‘ulotlarning ta’siri
tajriba guruhida ko‘proq samarali bo‘lganini ko‘rsatadi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1010
Tajriba guruhi badminton sportchilarining tezkorlik va kuch sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha
tadqiqot boshlanishi va tadqiqot oxiri natijalari tahlil qilindi. 4x10 moksimon yugurish natijalari
bo‘yicha tadqiqot boshi natijasi o‘rtacha 12,24 soniyani tashkil qilgan bo‘lsa, tadqiqot oxirida bu
ko‘rsatkich 11,66 soniyaga yaxshilandi. Ushbu o‘zgarish sportchilarning tezkorlik ko‘rsatkichlari
sezilarli darajada yaxshilanganini ko‘rsatadi. 60 metrga yugurish bo‘yicha ham o‘zgarish qayd
etildi: tadqiqot boshi natijasi 9,37 soniya bo‘lsa, tadqiqot oxirida bu ko‘rsatkich 9,00 soniyaga
yaxshilandi. Turnikda tortilish testi natijalariga ko‘ra, tadqiqot boshida sportchilar o‘rtacha 8,60
marta tortilishgan bo‘lsa, tadqiqot oxirida bu ko‘rsatkich 10,70 martaga oshdi. Ushbu o‘sish
sportchilarning kuch va chidamlilik qobiliyatining sezilarli darajada oshganini bildiradi. Qo‘llar
bilan yerga tayangan holda qo‘llarni bukub yoyish (anjimaniya) tadqiqot boshida o‘rtacha 21,70
martani tashkil qilib, tadqiqot oxirida esa bu natija o‘rtacha 24,80 martaga yetdi. 1 kg li to‘ldirma
to‘pni uloqtirish testi bo‘yicha tadqiqot boshida badminton sportchilari o‘rtacha 8,80 metr
masofaga uloqtirishgan bo‘lsa, tadqiqot oxirida bu natija 9,65 metrga yetdi. Ushbu o‘zgarish
sportchilarning kuch va texnik tayyorgarligining sezilarli darajada oshganini ko‘rsatmoqda.
Natijalar tajriba guruhida mashg‘ulotlarning yuqori samaradorligini va sportchilarning
ko‘rsatkichlari sezilarli yaxshilanganini tasdiqlaydi.
3,07
2,62
15
8,92
3,21
4,71
4,01
24,41
14,28
9,6
0
5
10
15
20
25
30
4x10 moksimon
yugurish
(soniya)
60 metrga
yugurish
(soniya)
Turnikda
tortilish
(marta)
Qo‘llar bilan
yerga tayangan
holda qo‘llarni
bukub yoyish
(anjimaniya)
marta
1 kg to‘ldirma
to‘pni
uloqtirish
(metr)
N
isb
iy
o
'si
sh
%
NG
TG
1-rasm. Ushbu diagrammada nazorat va tajriba guruhlarining nisbiy o‘sish
ko‘rsatkichlari foizlarda keltirilgan.
Xulosa qilib aytganda:
Tadqiqot natijalari 15–17 yoshli badmintonchilarning tezkorlik
va kuch sifatlarini oshirishga qaratilgan maxsus mashg‘ulotlar tizimining samaradorligini
tasdiqladi. Tajriba guruhi sportchilarida 4x10 moksimal yugurish testi natijalari 4,71%
yaxshilangan bo‘lsa, nazorat guruhida bu ko‘rsatkich atigi 3,07% ga o‘sdi. 60 metrga yugurishda
tajriba guruhi 4,01% ga, nazorat guruhi esa 2,62% ga yaxshilash kuzatildi. Turnikda tortilish testi
natijalarida tajriba guruhida 24,41% ga, nazorat guruhida 15% ga o‘sish ro‘y berdi. Qo‘llarni
bukub yoyish (anjimaniya) testida tajriba guruhi 14,28% ga, nazorat guruhi 8,92% ga
yaxshilandi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1011
1 kg li to‘pni uloqtirishda tajriba guruhi 9,60% ga, nazorat guruhi esa 3,21% ga o‘sish
ko‘rsatdi. Ushbu ma’lumotlar maxsus mashg‘ulotlar tizimining tajriba guruhida sezilarli darajada
yuqori samaradorlikka erishganini ko‘rsatdi, bu esa badmintonchilarning jismoniy
tayyorgarligini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish imkonini beradi. Natijalar
sportchilarning tezkorlik va kuch ko‘rsatkichlarini rivojlantirishda maxsus mashg‘ulotlarning
muhimligini va amaliy qo‘llash imkoniyatlarini tasdiqlaydi.
REFERENCES
1.
2021-yil 4-martdagi Prezident qarori № PQ–5005: “Bolalar va o‘smirlar sportini har
tomonlama rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”.
2.
Abián J, del Coso J, González C, et al. Dehydration and muscle force production in
badminton players during a national championship [abstract]. In: II National Hydration
Congress. Madrid: 2011. p. 29.
3.
Cabello Manrique D, González-Badillo JJ. Analysis of the characteristics of competitive
badminton. Br J Sports Med. 2003;37(1):62–6.
4.
Tong Y-M, Hong Y. The playing pattern of world’s top single badminton players. In:
Hong Y, Johns P, Sanders R, editors. 18th International Symposium on Biomechanics in
Sports. Hong Kong: 2000. p. 1–6.
Raxmatov I. "Badminton asoslari". Toshkent, 2022.
5.
Zhang B, Li F, Jiang W. Mixed doubles match technical and tactical analysis of world
badminton champion based on mathematical statistics. Adv Phys Educ. 2013;3(4):154–
7.
Isroilov B. "O‘smir sportchilar bilan ishlash". Qarshi, 2018.
6.
Джон Эдвардс Бадминтон. Техника, тактика, тренировка. TheCrowoodPressLtd 2014.-
96р.
7.
Саламов Р.С. Теоретические основы спортивной тренировки. - Т.: УзДЖТИ, 2005,
238 6
8.
Справочник Бернда-Фолькера Брамса по бадминтону. Тренировки, тактика,
соревнования. Мейденхед: Meyer and Meyer Sport (UK) Ltd., 2014.-400р.
9.
Щербаков А.В., Щербакова Н.И. Игра бадминтон. Москва, 2009, 121 с.
