Authors

  • Fazilat Mirvohidova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.91304

Abstract

Barchamizga ma’lumki 2023-yilning 30-aprel sanasida mamlakatimizda juda ham muhim siyosiy jarayon yuz berdi, ya’ni referendum bo’lib o’tdi. Referendumning bosh maqsadi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini yangidan qabul qilish edi. 2023-yil 1- apreldan O’zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi maqullanib, kuchga kirdi. Unga ko’plab o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi. Barcha moddalar takomillashtirildi, yangi normalar qo’shildi. Har bir sohaga alohida-alohida ahamiyat qaratilib, uni rivojlantirish bosh maqsadga aylandi desak mubolag’a bo’lmaydi.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODER

N SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1046

YANGI TAHRIRDAGI KONSTITUTSIYADA OLIY MAJLIS FAOLIYATINING

TAKOMILLASHTIRILISHI – PARLAMENTARIZM SARI YANGI QADAM

Mirvohidova Fazilat Mirfayzulla qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti 2-bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15472663

Barchamizga ma’lumki 2023-yilning 30-aprel sanasida mamlakatimizda juda ham muhim

siyosiy jarayon yuz berdi, ya’ni referendum bo’lib o’tdi. Referendumning bosh maqsadi
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini yangidan qabul qilish edi. 2023-yil 1- apreldan
O’zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi maqullanib, kuchga kirdi. Unga
ko’plab o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi. Barcha moddalar takomillashtirildi, yangi
normalar qo’shildi. Har bir sohaga alohida-alohida ahamiyat qaratilib, uni rivojlantirish bosh
maqsadga aylandi desak mubolag’a bo’lmaydi.

HOKIMIYATLAR BO’LINISHI

— davlat nazariyasining asosiy prinsiplaridan biri

bo’lib, unga ko’ra yagona davlat hokimiyati mustaqil va bir-biriga bo’ysunmaydigan organlarga
bo’linadi. Ushbu prinsipning vazifasi davlat hokimiyati to’laligicha bir shaxs yoki organ qo’lida
jamlanishiga yo’l qo’ymaslikdan iborat. Zero, hokimiyatning to’liq bir shaxs yoki organ qo’lida
jamlanishi demokratiyaga inson huquq va erkinliklariga bevosita xavf tug’diradi, avtoritar tuzum
o’rnatilishiga olib keladi. Hokimiyatlar bo’linishi prinsipi birinchi marta 1787-yil AQSH
Konstitutsiyasida o’z ifodasini topgan. Bu yerda uch hokimiyat nafaqat ajratilgan, balki «o’zaro
muvozanat va cheklovlar tizimi» orqali bir-birini nazorat qiladi. Hokimiyatlar bo’linishi –
siyosiy hokimiyatning markazlashuviga yo’l qo’ymaslikka, uni cheklash va nazorat etishga
qaratilgan tamoyil. G’arbiy Yevropa siyosatchilari va olimlari tomonidan ishlab chiqilgan va
amalda qo’llaniladi. U ijro etuvchi, qonun chiqaruvchi va sud hokimiyatlarining bir- biridan
mustaqilligi, bir-biriga ta‘sir ko’rsatish mexanizmlarining mavjudligi (veto huquqi, impichment,
hukumatning amalda kimga tobeligi va h.k..) hamda nazorat mexanizmlari borligi bilan
xarakterlanadi. Hokimiyatlar bo’linishi – Konstitutsiyaviy, huquqiy davlatning bosh belgilaridan
biri. Hokimiyatlar bo’linishining Lokk modeli, Monteske modeli, Sun-Yatsen modellari mavjud.
Lokk «kelishuvli» modelni asoslaydi. Uning modelida qonunchilik hokimiyati boshqalardan
ustun va, shu bilan birga, hokimiyatlar o’rtasida doimiy o’zaro hamkorlik va o’zaro ta‘sir
mavjud. Lokk modeli zamonaviy parlament monarxiyalari yoki respublikalarida rivojlantirildi.
shaharL.Monteske hokimiyatlar bo’linishi nazariyasining bugungi kunda amal qilayotgan
ikkinchi, teng, mustaqil va bir-birini nazorat etuvchi hokimiyatlar modelining muallifidir:
hokimiyatlar o’rtasidagi munosabatlar shunday qurilishi kerakki, ular davlat vazifalarini mustaqil
hal qilgani holda, har biri o’z huquqiy vositalari bilan bir-birini muvozanatga solishi va biror
organ hokimiyatni bir tomonlama egallab olishining oldini ola bilishi lozim. Bugungi kunda bu
model AQSH Konstitutsiyasining negizini tashkil etadi. Tarixiy tajriba hokimiyatlar bo’linishi
tamoyili izchil va uyg’un holda aynan prezidentlik boshqaruvida namoyon bo’lishi tasdiqlandi.
XX asrning boshlarida hitoy siyosiy arbobi Sun Yatsen hokimiyatni uchga emas., mamlakat
an‘analaridan kelib chiqqan holda, beshga bo‗lishni taklif etgan. Qonunchilik, ijro va sud
hokimiyatlari qatoriga nazorat va imtihon hokimiyatlarini kiritgan. Hokimiyatlar bo’linishi
nazariyasining asosiy tamoyillarini qisqacha quyidagicha ifodalash mumkin: hokimiyatning
yagona manbai (xalq) mavjudligi; hokimiyatlar bo’linishi Konstitutsiyada belgilab beriladi; har


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODER

N SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1047

bir hokimiyat tarmog’i o’z faoliyati sohasiga ega va shu tariqa uning faoliyati cheklanadi.
Konstitutsiyaga ko’ra qonunchilik, ijro va sud hokimiyati turli odamlarga va turli organlarga
topshiriladi; har bir organ boshqa organ faoliyatini tiyib va muvozanatga solib turish
mexanizmlariga ega, lekin uning qarorini bekor qila olmaydi; barcha hokimiyatlar mustaqil va
biri ikkinchisini hokimiyatdan chetlata olmaydi biri ikkinchisini hokimiyatdan chetlata olmaydi;
hech bir hokimiyat boshqasiga berilgan vakolatlardan foydalana olmaydi; sud siyosiy hokimiyat
emas va shu tariqa siyosiy ta‘sirlardan holi – u faqat qonun asosida faoliyat yuritadi.
hokimiyatlar bo’linishi nazariyasi bilan birga va unga qarama-qarshi ravishda yagona davlat
hokimiyati nazariyasi ham rivojlangan. Uning mohiyati davlat hokimiyatining yagonaligi,
markazlashganligi, bo’linmasligi va qudratliligi tushunchalarida bayon etiladi. Qadimgi Sharq
davlatlari – Misr, Fors davlatlari, O’rta asr xristian davlatlari, mualliflardan Makiavelli, Gobbs,
nemis huquqshunosi Samuel Puffendorf, Russo, Marks, Lenin, Stalin, fashizm mafkurasida ana
shunday davlatchilik g’oyasi mukammal ishlab chiqilgan edi. Hokimiyatlar bo’linishi prinsipi
parlamentar davlatlarda kamroq darajada amal qiladi, chunki ularda parlament ijro etuvchi
hokimiyat organlaridan ustun turadi. Hokimiyatlar bo’linishi O’zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining 11-moddasida konstitutsiyaviy tuzumning asoslaridan biri sifatida
mustahkamlab qo’yilgan bo’lib, unga ko’ra ―O’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining
tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo’linishi prinsipiga
asoslanadi. Ushbu prinsip mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlariga nisbatan qo’llanilmaydi.

Parlamentarizm — davlat hokimiyati tuzilishi. Bunda parlament imtiyozli mavqega ega

boʻlib, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi organlarning funksiyalari aniq belgilab beriladi.
Parlamentarizmda hukumat parlament tomonidan tuziladi va uning oldida javob beradi. P. tarixi
Angliyada 1215-yil kabul qilingan "Erkinlikning Buyuk hartiyasi"dan boshlansada, 16-18-
asrlardagi inqiloblar davrida vujudga kelgan. Bu davrning ilgʻor vakillari davlatni oqilona tuzish
va tashkil qilish uchun hokimiyatni avvalo qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga
boʻlish kerakligini daʼvat qilganlar va shu yoʻl bilan mavjud davlat mexanizmi sistemasida
mamlakatda qonun chiqarish va sudlovni amalga oshirish ustidan oʻz nazoratini oʻrnatishga,
hatto hukumatni tashkil qilishda qatnashishga muvaffaq boʻlganlar.

Parlament — (inglizcha: parliament, fransuzcha: parlement) davlatning davlat hokimiyati

organlaridan biridir. Parlament vakillik muassasasi boʻlib, uning deputatlari xalq tomonidan
saylanadi va parlamentda uning manfaatlari himoya qilinadi. Parlament qonunchilik
hokimiyatini amalga oshiradi, yaʼni davlatning qonunlarini qabul qilishda mutlaq huquqqa ega
boʻladi. Parlament davlatning ichki va tashqi siyosatini belgilash va amalga oshirishda
qatnashadi, davlat budjetini tasdiqlaydi, davlatning soliq asoslarini va umumdavlat soliqlari
hamda yigʻimlari turlari belgilab beradi. Parlament boshqa davlat organlarini shakllantirishda
davlatning oliy mansabdor shaxslarini tayinlashda qatnashadi — bu ishlarni oʻzi bajaradi, yoki
tegishli nomzodlar bilan kelishib bajariladi. Parlament davlat qonunlari ijrosi ustidan va ijroiya
hokimiyati organlarining faoliyati ustidan, yangi qonunlarning tasdiqlanishi ustidan parlament
nazoratini amalga oshiradi.

Konstitutsiyaga muvofiq O’zbekiston Respubikasida Oliy Majlis, Prezident, Vazirlar

Mahkamasi, sud hokimiyati organlari davlat hokimiyatni amalga oshiradilar. Davlat hokimiyat
organlari o’zaro hamkorlik qila turib bir-biriga ta’sir o’tkazadilar, jamiyatda tartibotni


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODER

N SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1048

ta’minlaydilar va kishilarni birlashtiruvchi g’oyalarni ro’yobga chiqaradilar. Har bir hokimiyat
organining vakolatlari hokimiyat vakolatlari doirasidan chetga chiqish, uni suiiste’mol qilish va
davlat hokimiyatining boshqa organlari faoliyat sohasiga aralashishning oldini olish maqsadida
nihoyatda aniq-ravshan belgilab beriladi. Hokimiyatning davlat organlari faoliyatida eng
muhimi, bu – O’zbekiston Respiblikasi Konstitutsiyasining 11- moddasida mustahkamlab
qo’yilganidek, hokimiyatlarning bo’linishi prinsipini amalga oshirish imkoniyati. Bu shuni
anglatadiki, qonunchilik, ijro va sud hokimiyati o’z faoliyatlarini mustaqil, bir-biriga xalal
bermasdan amalga oshiradi.

Oliy Majlis ayni paytda hokimiyatning qonun chiqaruvchi va vakillik organi hisoblanadi,

ya’ni deputatlar va senatorlar ularni saylagan xalq manfaatlarini ifodalaydi.

O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun

chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan
— Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat. O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati vakolat muddati — besh yil.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qonunga muvofiq

saylanadigan bir yuz ellik deputatdan iborat.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati hududiy vakillik palatasi bo‘lib, Senat

a’zolaridan (senatorlardan) iborat.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari
deputatlarining tegishli qo‘shma majlislarida mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish
yo‘li bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda —
to‘rt kishidan saylanadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining to‘qqiz nafar a’zosi
fan, san’at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa
tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan hamda alohida xizmat ko‘rsatgan eng obro‘li
fuqarolar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.

Saylov kuni yigirma besh yoshga to‘lgan hamda kamida besh yil O‘zbekiston

Respublikasi hududida muqim yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati, shuningdek O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi bo‘lishi mumkin. Deputatlikka nomzodlarga
qo‘yiladigan talablar qonun bilan belgilanadi.

Ayni bir shaxs bir paytning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining

Qonunchilik palatasi deputati va Senati a’zosi bo‘lishi mumkin emas.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputati bir vaqtning

o‘zida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, viloyatlar, tumanlar, shaharlar
davlat hokimiyati vakillik organlarining deputati bo‘lishi mumkin emas.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining

birgalikdagi vakolatlari quyidagilardan iborat:

1)

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish, unga o‘zgartirish va

qo‘shimchalar kiritish;

2)

O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy qonunlarini, qonunlarini qabul

qilish, ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODER

N SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1049

3)

xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya va denonsatsiya qilish;

4)

O‘zbekiston Respublikasining referendumini o‘tkazish to‘g‘risida va uni o‘tkazish

sanasini tayinlash haqida qaror qabul qilish;

5)

O‘zbekiston Respublikasi ichki va

tashqi siyosatining asosiy

yo‘nalishlarini belgilash hamda davlat strategik dasturlarini qabul qilish;

6)

O‘zbekiston Respublikasi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi hamda sud hokimiyati

organlarining tizimini va vakolatlarini belgilash;

7)

O‘zbekiston Respublikasi tarkibiga yangi davlat tuzilmalarini qabul qilish va

ularning O‘zbekiston Respublikasi tarkibidan chiqishi haqidagi qarorlarni tasdiqlash;

8)

bojxona, valyuta va kredit ishlarini qonun yo‘li bilan tartibga solish;

9)

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan O‘zbekiston

Respublikasining Davlat budjetini qabul qilish, unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;

10)

O‘zbekiston Respublikasi davlat qarzining eng yuqori miqdorini belgilash;

11)

soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni joriy qilish;


12)

O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalarini qonun

yo‘li bilan tartibga solish, chegaralarini o‘zgartirish;

13)

tumanlar, shaharlar, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, ularning nomini hamda

chegaralarini o‘zgartirish;

14)

davlat mukofotlari va unvonlarini ta’sis etish;

15)

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasini tuzish;

16)

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilini va

uning o‘rinbosarini saylash;

17)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasiga hujum

qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma
majburiyatlarini bajarish zaruriyati tug‘ilganda urush holati e’lon qilish to‘g‘risidagi farmonini
tasdiqlash;

18)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy yoki qisman safarbarlik e’lon

qilish, favqulodda holat joriy etish, uning amal qilishini uzaytirish yoki tugatish to‘g‘risidagi
farmonlarini tasdiqlash;

19)

O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi har yilgi

milliy ma’ruzani eshitish;

20)

parlament tekshiruvini o‘tkazish;

21)

ushbu Konstitutsiya va qonunlarda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga

oshirish.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi mutlaq vakolatlari

quyidagilardan iborat:

1)

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining ijro etilishi ustidan nazoratni amalga

oshirish;

2)

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini ko‘rib chiqish;

3)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston

Respublikasi Bosh vaziri nomzodini ko‘rib chiqish va ma’qullash;


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODER

N SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1050

4)

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan

rivojlantirishning dolzarb masalalari yuzasidan, shuningdek Vazirlar Mahkamasi a’zolarining o‘z
faoliyati masalalari yuzasidan hisobotlarini eshitish;

5)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston

Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zoligiga nomzodlarni ko‘rib chiqish va ma’qullash;

6)

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mamlakat ijtimoiy- iqtisodiy

hayotining eng muhim masalalari bo‘yicha har yilgi ma’ruzasini eshitish;


7)

davlat organlarining mansabdor shaxslariga parlament so‘rovini yuborish va

parlament nazoratining boshqa shakllarini amalga oshirish;

8)

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri va uning

o‘rinbosarlarini, qo‘mitalarning raislari va ularning o‘rinbosarlarini saylash;

9)

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan O‘zbekiston

Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatini daxlsizlik huquqidan mahrum
etish to‘g‘risidagi masalalarni hal etish;

10)

o‘z faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib-qoidalari bilan bog‘liq

masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish;

11)

siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan,

shuningdek davlatning ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilish;

12)

ushbu Konstitutsiya va qonunlarda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga

oshirish.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi o‘zini o‘zi tarqatib

yuborish to‘g‘risida deputatlar umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik
ovozi bilan qaror qabul qilishi mumkin.

O‘zbekiston

Respublikasi

Oliy

Majlisining

Senati

mutlaq

vakolatlari

quyidagilardan iborat:

1)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston

Respublikasi Konstitutsiyaviy sudini, Oliy sudini, Sudyalar oliy kengashini, respublika
korrupsiyaga qarshi kurashish organining rahbarini va respublika monopoliyaga qarshi
organining rahbarini saylash;

2)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston

Respublikasi Bosh prokurori va O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi lavozimlariga
nomzodlarni ko‘rib chiqish hamda ma’qullash;

3)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan taklif etilgan O‘zbekiston

Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimiga nomzod yuzasidan maslahatlashuvlar
o‘tkazish;

4)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston

Respublikasining chet davlatlardagi va xalqaro tashkilotlar huzuridagi diplomatik hamda boshqa
vakolatxonalari rahbarlarini tayinlash va ularni lavozimidan ozod etish;

5)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston

Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining raisini tayinlash va uni lavozimidan ozod etish;


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODER

N SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1051

6)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vazirliklarni va boshqa respublika ijro

etuvchi hokimiyat organlarini tuzish hamda tugatish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash;

7)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan amnistiya to‘g‘risidagi

hujjatlarni qabul qilish;

8)

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy banki boshqaruvi raisining hisobotlarini eshitish;

9)

O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi va xalqaro tashkilotlar

huzuridagi diplomatik hamda boshqa vakolatxonalari rahbarlarining o‘z faoliyati masalalari
bo‘yicha hisobotlarini eshitish;

10)

davlat organlarining mansabdor shaxslariga parlament so‘rovini yuborish va

parlament nazoratining boshqa shakllarini amalga oshirish;

11)

mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga o‘z faoliyatini amalga oshirishda

ko‘maklashish;

12)

mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining qarorlarini, ular qonunchilik

normalariga muvofiq bo‘lmagan taqdirda, bekor qilish;

13)

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisini va uning

o‘rinbosarlarini, qo‘mitalarning raislari va ularning o‘rinbosarlarini saylash;

14)

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan O‘zbekiston

Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosini daxlsizlik huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi
masalalarni hal etish;

15)

o‘z faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib-qoidalari bilan bog‘liq

masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish;

16)

siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan,

shuningdek davlat ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilish;

17)

Qonunchilik palatasi tarqatib yuborilgan davrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy

Majlisining qonunlarni qabul qilishga doir vakolatlarini bajarish, bundan Konstitutsiya va
konstitutsiyaviy qonunlar mustasno;

18)

ushbu Konstitutsiya va qonunlarda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga

oshirish.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati o‘zini o‘zi tarqatib yuborish to‘g‘risida

senatorlar umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi bilan qaror
qabul qilishi mumkin.

Vakolat muddati tugagach, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik

palatasi va Senati tegishincha yangi chaqiriq Qonunchilik palatasi va Senati ish boshlaguniga
qadar o‘z faoliyatini davom ettirib turadi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining birinchi

majlislari tegishincha Qonunchilik palatasiga saylovdan keyin ikki oydan kechiktirmay va Senat
tarkib topganidan keyin bir oydan kechiktirmay Markaziy saylov komissiyasi tomonidan
chaqiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi majlislari sessiyalar

davrida o‘tkaziladi. Sessiyalar, qoida tariqasida, sentyabrning birinchi ish kunidan boshlab
kelgusi yilning iyun oyi oxirgi ish kuniga qadar o‘tkaziladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODER

N SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1052

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati majlislari zaruratga qarab, lekin yiliga

kamida uch marta o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining majlislari, agar ular ishida barcha

deputatlar, senatorlar umumiy sonining yarmidan ko‘pi ishtirok etayotgan bo‘lsa, vakolatli
hisoblanadi.

Konstitutsiyaviy qonunlarni qabul qilishda barcha deputatlar, senatorlar umumiy sonining

kamida uchdan ikki qismi ishtirok etishi shart.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati majlislarida,

shuningdek ularning organlari majlislarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Bosh vazir,
Vazirlar Mahkamasining a’zolari, Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi raislari,
Bosh prokuror, Markaziy bank boshqaruvining raisi ishtirok etishlari mumkin. O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va uning organlari majlislarida Senat Raisi,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati va uning organlari majlislarida Qonunchilik
palatasi Spikeri ishtirok etishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati alohida-

alohida majlis o‘tkazadilar.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma

majlislari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qasamyod qilganda, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining, ichki va tashqi siyosatining eng muhim
masalalari yuzasidan nutq so‘zlaganda, chet davlatlarning rahbarlari nutq so‘zlaganda
o‘tkaziladi. Palatalarning kelishuviga binoan qo‘shma majlislar boshqa masalalar yuzasidan ham
o‘tkazilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlariga va Senati

a’zolariga ularning deputatlik yoki senatorlik faoliyati bilan bog‘liq xarajatlar belgilangan
tartibda qoplanadi.Qonunchilik palatasi deputatlari hamda Senatda doimiy asosda ishlovchi
Senat a’zolari o‘z vakolatlari davrida ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq
to‘lanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shug‘ullanishlari mumkin emas.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati va Senati a’zosi

daxlsizlik huquqidan foydalanadilar. Ular tegishincha Qonunchilik palatasi yoki Senatning
roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi yoki sud tartibida
beriladigan ma’muriy jazo choralariga tortilishi mumkin emas.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki yangi tahrirdagi

Konstitutsiyada Oliy Majlisning vakolatlari kengaytirilgan, takomillashtirilgan. Bu bizning
parlamentarizmni rivojlantirishga, mukammal huquqiy davlat barpo etishimizga qo’yilgan katta
qadamlardan biridir.

Zero, adolat va huquq ustuvor bo’lgan davlatda tinchik hamisha bardavom bo’ladi!