988
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
SAID MUHAMMAD ALIM LABIB HAYOTI VA FA’OLIYATI
Olfat Islamuddin Rajab ug‘li
Termiz davlat universiteti
o‘zbek tili va adabiyot ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15478304
Annotatsiya. Ushbu maqolada zamonamizning atoqli adibi, Afg‘oniston o‘zbek adabiyoti
va she’riyatining yirik namoyandalaridan biri Said Muhammad Alim Labibning hayoti va ilmiy-
badiiy faoliyati haqida qisqacha to‘xtalib o‘tiladi. Unda shoirning adabiy merosi, ijodiy
izlanishlari va ma’naviy-ma’rifiy qarashlari yoritilib, uning o‘zbek she’riyatiga qo‘shgan
bebaho hissasi, xalq qalbida tutgan o‘rni va adabiyot tarixidagi ahamiyati ochib beriladi.
Kalit so‘zar: Said Muhammad Alim Labib, shoir va adib, Afg‘onistion, she’riyat, o‘zbek
adabiy muhit.
Abstract. This article briefly explores the life and scholarly-literary activities of Said
Muhammad Alim Labib, a distinguished contemporary writer and one of the prominent figures of
Afghan Uzbek literature and poetry. It highlights his literary legacy, creative endeavors, and
spiritual-intellectual outlook, emphasizing his invaluable contribution to Uzbek poetry, his place
in the hearts of the people, and his significance in the history of literature.
Keywords: Said Muhammad Alim Labib, poet and writer, Afghanistan, poetry, Uzbek
literary environment.
KIRISH
Hozirgi zamon o‘zbek va fors-dari adabiyoti, ilm-fani, san’ati hamda tarixiga beqiyos
hissa qo‘shgan, serma’no fikr va nozik tuyg‘ularni nafis ifodalay olgan, betakror iste’dod sohibi
Said Muhammad Alim “Labib” o‘zining yorqin qiyofasi bilan adabiy olamda munosib o‘rin
egallagan. U o‘z ilmi va badiiy zakovati, nazm borasidagi chuqur tafakkuri bilan o‘zbek va fors-
dari she’riyatiga o‘zgacha ruh, yangi nafas olib kirgan ijodkordir. Labibning yurakdan to‘kilgan,
ohangdor va hayotiy she’rlari, badiiy go‘zallikka boy, ma’naviy yuksaklikni targ‘ib qiluvchi
durdona asarlari ko‘plab kitobxonlar qalbidan chuqur joy egallagan. U nafaqat shoir, balki nasr
yo‘nalishida ham o‘zini sinab ko‘rgan, ilmiy-tadqiqot ishlari, maqolalari va badiiy-ijodiy asarlari
orqali adabiy jamoatchilik e’tiborini qozongan ijodkor sifatida tanilgan. Ayniqsa, o‘zining
“Labib” taxallusi bilan xalq orasida e’tibor topgan Alim Labib Afg‘oniston o‘zbek she’riyatining
eng yorqin yulduzlaridan biri sifatida qadrlanadi. Uning asarlarida Vatan muhabbati, xalqona
donishmandlik, insonparvarlik, tarixiy xotira va ma’naviy uyg‘oqlik o‘z ifodasini topgan.
Shunday qilib, u o‘z ijodi bilan nafaqat o‘zbek va fors-dari tillarida yozuvchi zamondoshlar
orasida, balki butun turkiy va forsiy adabiyot ixlosmandlari orasida ham munosib hurmat-
ehtiromga sazovor bo‘lgan.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Tadqiqot davomida ilmiy bilishning obyektivlik tamoyillariga tayangan holda, fakt va
manbalar asosida tahliliy yondashuv qo‘llanildi. Mazkur ilmiy izlanishda Said Muhammad Alim
Labibning sermazmun hayot yo‘li, ijodiy faoliyati hamda uning nazmiy va nasriy asarlari chuqur
tahlil qilindi. Shoirning adabiy merosi, uslubiy xususiyatlari va ma’naviy-falsafiy qarashlari
ilmiy asosda o‘rganilib, u yaratgan asarlarining adabiyot tarixidagi o‘rni yoritib berildi.
989
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
MUHOKAMA VA NATIJALAR
O‘zbek va fors-dari tillarida yaratilgan zamonaviy adabiyot, madaniyat, san’at va tarixga
she’riyat va adabiyot yo‘li bilan ulkan hissa qo‘shgan, qalbi va tafakkuri bilan ikki tilda o‘zbek
va fors-darida adabiy uyg‘unlik yaratgan yirik adabiy shaxsiyat haqida so‘z yuritmoqchimiz. Bu
zot o‘zining to‘xtovsiz izlanishlari, badiiy ilhomi va chuqur bilimlari bilan nazm olamiga dadil
qadam qo‘ygan, she’rlarida go‘zallik, ruhiy noziklik va ma’naviy teranlikni uyg‘unlashtira olgan,
qalblarga quvonch va ilhom baxsh etgan ijodkordir. Uning nozik ohang va ruh bilan yo‘g‘rilgan
she’rlari nafaqat musiqiy jilolarga boy, balki ikki xalq madaniyatining qalbini birlashtiruvchi
ma’naviy ko‘prik vazifasini o‘taydi. U o‘zbek va fors-dari tillarida yozgan badiiy durdonalari
bilan ko‘plab kitobxonlar qalbida chuqur iz qoldirgan. Uning faqatgina she’riyat emas, balki nasr
sohasida ham tahqiqiy va ilmiy maqolalari, adabiy-tarixiy asarlari bor bo‘lib, ular xalq orasida
keng e’tirof va ehtiromga sazovor bo‘lgan.
Adabiy sohalarda “Labib” taxallusi bilan mashhur bo‘lgan bu ulug‘ inson XX asrning
birinchi yarmida Afg‘oniston Islom Respublikasida zohir bo‘lgan atoqli zullisonayn ya’ni ikki
tilda yozuvchi, shoir, adib va tadqiqotchilardan biridir. Said Turdixon o‘g‘li Said Muhammad
Alim Labib hijriy 1336-yilda, milodiy 1957-yilda, Afg‘onistonning tarixiy va madaniy jihatdan
boy hududi bo‘lmish Faryob viloyatining Andxoy tumaniga qarashli Xon Chahorbog‘
qishlog‘ida ziyoli va ruhoniy oilada dunyoga kelgan. Ilm va adabiyatga chanqoqlik, ma’rifatga
muhabbat unga bolaligidan singdirilgan. Shu bois, u yoshlik chog‘laridanoq she’r va ilm ahlining
suhbatlarida ulg‘ayib, so‘z sehrining sir-asroriga oshno bo‘lgan. Bugun Said Muhammad Alim
Labib nomi nafaqat Afg‘oniston, balki butun turkiy va forsiy adabiyot ixlosmandlari orasida
katta ehtirom va hurmat bilan tilga olinadi. Ota – onasi savodli kishilar bo‘lganligi tufayli
maktab yoshigacha oila muhitida Quroni-karimni va dini mavzularga oid kitoblar,forscha va
turkcha mumtoz shoirlarning divonlarini o‘rganishga harakat qilgan,natijada ko‘zi va qo‘li
o‘qish, yozish bilan tanishkandan so‘ng, boshlang‘ich ta’limni tug‘ilgan joyida olgan. U1-
sinfdan 6-sinfgacha Xon Chahorbog‘ boshlang‘ich maktabida o‘qigan, 7-sinfdan boshlab esa
Andxoydagi Abu Muslim nomidagi maktabiga qabul qilingan. 1976- yil Abu Muslim nomidagi
maktabni a’lo baholar bilan tamomlagan. Shoir o‘zi tug’ulib o‘sgan makoni haqida shunday
yozadi.
Andxuyim, ona tuprog‘im,
Sen chiqmaysan esimdan bir dam.
Seni yo‘qlab, vasfing yozgani,
Oldim yana qo‘limga qalam.
1976-yili Kobul universitetining Аdabiyot va insoniy ilmlar fakultetining fors tili va
adabiyot bo‘limiga o‘qishga kirdi. Shu yilning o‘zida davlat tomonidan tahsilni davom ettirish
uchun Rossiya Fedratsiyasiga yuborildi. 1984-yili Voronej davlat universiteti filologiya
fakultetida o‘qishni bitirib filologiya fanlari bo‘yicha magistrlik darajasini olishga erishdi.
Keyinchalik Sadriddin Аyniy nomidagi Tojikiston davlat pedagogika universitetida filologiya
fanlari nomzadligi dissertatsiyasini himoya qilib, Rossiya fedratsiyasi fan va oliy taʼlim vazirligi
tamonidan filologiya fanlari nomzadi (PhD) ilmiy darjasi diplomini oldi. Labib 1984-1992
yillarda Kobul universiteti Til va adabiyot fakultetining o‘zbek tili va adabiyoti bo‘limida dars
berib hamda kafedra mudiri vazifasini bajardi. 1993-2003-yillarda Balx universitetida, 2003-
2006 yillarda Foryob oliy o‘quv yurtida faoliyat yuritdi. 2001-2002 yillari orasida Balx
universiteti va 2006-2008 yillar orasida esa Taxor universitetida rektorlik vazifasini ham olib
bordi, 2008- 2014-yillari orasida Kobul universiteti til va adabiyot fakulteti turkologiy
990
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
kafedrasida dars berdi. 2014-yilning o’rtalaridan 2020-yilgacha Turkiya Respublikasida, Аnkara
universiteti Zamonaviy turk lahjalari va adabiyotlari bo‘limida chet ellik ustoz sifatida tadris
qildi. Shoir o‘zbek va fors-dariy tillarida ijod qilib kelmoqda uning yozgan sheʼrlari 1972-yildan
boshlab Аfgʼoniston va qo‘shni mamlakatlar nashriyalarida chop etilib kelmoqda. Shoirning
o‘zbek tilidagi sheʼrlarini o‘z ichiga olgan birinchi she’riy to’plami «So‘z injulari» nomi bilan
Afg’oniston yozuvchilar uyushmasi tomonidan 1989-yil Kabulda nashr etilgan, ikkinchi she’riy
to’plami «Tuygʼularim, qaygʼularim» nomli sheriy to‘plami 2005-yil, Mazori sharifda chop
etilgan. Fors-dariy va o‘zbek tillaridagi tanlangan sheʼrlari 2010-yili Mazori sharifda «Yak tasvir
dar du oyina» («Ikki ko‘zguda bir tasvir») nomi bilan chop etilgan edi. Forscha va o‘zbek tilidagi
sheʼrlarini o‘z ichiga olgan “Gulbongi xomushiy/Jimlik nagʼmasi” deb nomlangan to‘rtinchi
sheʼriy to‘plami esa 2021-yil ham Kobul va ham Аnqarada bosilib chiqdi. “Mirzo Niyoz Balxiy”
Afg’onistonlik zullisonayn shoiri haqida yozgan asari 2022-yil kobulda chop etilgan shoirning
yana bir fors tilida yozilgan asari “Durhoiy-maoniy” 2024-yili Mazorisharif Mavlono matbuotida
chop etilgan bulardan tashqari shoirning bir qancha sherlari qo‘shiqqa aylanib hozirgi kunda
butun xalqning o‘rtasida shirin avozlar bilan ishitilib kelmoqda. Uning ilmi-tadqiqiy maqolalari,
ilmi tarjimalari va she’rlari “Anis”, “Hevod”, “Nido-i- islom”, “Junbush”, “Roh” kabi jarida va
ro’znomalar, “Ijtimo-iulum”, “Balx”, “Yog’du”, Xuroson”, “Sabo”, “Chovush” kabi ilmi
majallalarida bo’lganidek, Tojikistondagi ilim nashriyalarda va Turkiyadagi “Mudarn Turkluk
arashtirma dargisi” da nashir etilgan. Dotsent S.M. Labib adabiyot nazariyasi, adabiy-badiiy
tanqid, o‘zbek adabiyoti tarixi, navoiyshunoslik, tilshunoslik, tarixiy, ijtimoiy mavzularga oid bir
qator risola va maqolalar muallifi hamdir. “Tazkirai Muqimxoniy”, Xorazmiyning
“Muhabbatnoma”si va Mavlono Lutfiy devoni kabi asarlarning tanqidiy matnini ham tayyorlab,
asliy yozuvida (arab alifbosida) nashr etgan. Shayxzoda Otoyi devonini ham arab alifbosida
nashrga tayyorlagan. Shuni aytishmiz mumkinki Labib o‘z manoviy boyligi bilan xalq o‘rtasida
tanilgan shu bilan birgalikda shoirning yuqirida nomi keltirilgan durdona asarlari hamda pur
mazmun sherlari, o‘zbek va fors tilida yozilgan sheri to‘plari va boshqa qilgan ilmiy va badiiy
faoliyati bilan hozirgi o‘zbek adabiyatimizga katta hissa qo‘shgan, Turli sharoyitlarda qilgan
daqiq va muayyan adabi ishlari, o‘z eli va tili uchun qilgan buyuk xizmaztlari, shirin va litofatli
manzumlari; kuylashi, rostlik va sadoqat yo`llarida tutgan ezgu niyatlari va hamda yillar
bo‘yicha qilgan boshqa ishlari bilan o`zbek- fars adabiyotiga juda katta va ulkan hissa qo`shgan
farzonalardan biri hisoblanadi.
Labib universitetlarda dars berishdan tashqari, 1995- yildan 1998- yil bahorigacha
Mozori Sharif shahrida chop etilgan Amir Alishir Navoiy madaniy jamiyatining "Yag‘du" (Nur)
nomli adabiy-madaniy oylik jurnalining bosh muharriri ham bo‘lgan. Adib o‘zbek va driy tllarida
she’r yozadi uning yozgan she’rlari 1972- yildan buyon mamlakat poytaxti Kobul va ayrim
veloyatlar matbuotida hamda qo‘shni mamlakatlarda chiqayotgan bazi bir nashriyalarda chop
etilib kelmoqda. Uning o‘zbek tilidagi sherlaridan bir to‘plam
“so‘z injulari”
nomi bilan
Afg‘oniston yozuvchilari uyushmasi tamonidan 1989-yilda nashr etilgan edi,ikkinchi majmuasi
“Tug‘ularim, qayg‘ularim”
envoni ostida 2005- yil Mazorsharif shahrida chopdan chiqdi
ushbu to‘plam esa shoirning o‘zbek va dariy tillaridagi sherlaridan tanlangan parchalarni o‘z
ichiga oladi. Keyingi yillarda ham zamonaviy shoirlarning bir qator she’riy to‘plamlari uning
tahriri va so‘zboshi bilan chop etilgan.
Ustoz Labib Kobul, Faryob, Javzjon, Taxar va Bag‘lon universitetlari hamda Afg‘oniston
Fanlar akademiyasining ko‘plab ilmiy xodimlarining ilmiy tadqiqot ishlarida rahbarlik qilgan.
991
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
Adib asosan o‘zbek va dariy tillarida ijod qilgan biroq uning rus tilidagi ijod
namunalarini ham uchratishimiz mumkin forsiy-dariy va o‘zbek (o‘zbekcha) turk tilida she’rlar
yozgan. Uning ilk she’ri (Buyuk maqsad) nomi bilan 1972-yildan boshlab Afg‘oniston
matbuotida chop etilgan.
Uning o‘zbek tilidagi ikkita she’riy to‘plami:
1.
“So‘z Injuluri”
(So‘z marvaridlari) – 1989- yilda Afg‘oniston yozuvchilar uyushmasi
tomonidan Kobulda chop etilgan kitob 2000 jilddan iborat.
Asardan bir parcha she’r:
Da’vo bila kimsa o‘z haddidan ortiq,
So‘zda ulush olmas rasdidan ortiq.
Bu nuktani ko‘zda tut o‘qirdi nomim,
Kim yo‘qman adabda mubtadidan ortiq.
2.
“Tuyg‘ularim, Qayg‘ularim”
(Mening hissiyotlarim va g‘amlarim) –2005-yilda Baxtar
madaniy jamg‘armasi va nashriyoti tomonidan Mozori Sharif shahrida chop etilgan kitob o‘zi
1000 nisxadan iborat. Shuningdek, uning forsiy-dariy va o‘zbek tilidagi she’rlaridan iborat (Ikki
ko‘zguda bir tasvir) nomli to‘plami 2009-yilda (2010 yil boshlarida) chop etilib, adabiyot
ixlosmandlari va she’riyat shaydolariga taqdim etilgan.
Labib va uning adabiy-tanqidiy faoliyati
Muallifning ijodlari adabiyot nazoriyasi adabiy- badiiy tanqid, o‘zbek adabiyot tarixi,
tilshunoslik va shu kabi tarixi, ijtimoiy mavzularga oid bir qator resola va maqolalarning
muallifi hamdir. Hamda shu mavzularda bo‘lgan ko‘p asarlarning chit tili manbalaridan dariy va
o‘zbek tillariga tarjima qilib nashrga topshirgan. Uning ilmi-tahqiqi asarlari hamda ilmiy
tarjimalari jumladan: “Anis” “Hivod” “Nidoyislom” “Junbish” “Roh” va boshqa jarida jurnallar
“Erfon” “Ijtimoiy ulum” “Balx” “Yog‘du” “Sabo” “Xurasaon” va “Chavush” kabi ilmiy va
adabiy mujallalarda bosilib chiqqan.
Shoirning she’rlarida
doimo go‘zallikka muhabbat, insoniyat g‘urbatidan shikoyat va
yolg‘izlikdan ohu-faryod, shuningdek, ma’naviy haqiqatga yetishish intilishlarini o‘zida aks
ettiradi. She’riyat—inson fitratining oshkora yoki yashirin timsolidir. Zero, inson “o‘z aslidan
uzoqlashganida, yana unga qaytish umidida bo‘ladi”. Shu bois shoirning burchi—atrofdagi
haqiqatlarni aks ettirish, hayotning achchiq va shirin voqeliklarini yoritish, inson orzu-umidlarini
ifoda etish va moddiy olam bilan ruhiy olam o‘rtasida bog‘liqlik yaratishdir. Bu mas’uliyat
shoirlarga yuklatilgan. She’riyat inson ma’naviyatining eng yuqori timsollaridan biri bo‘lib,
qadimgi Eron, bugungi Afg‘oniston va Markaziy Osiyo madaniyatining ajralmas qismidir. Biz
she’r bilan yashab kelganmiz, u orqali nafas olib, dunyoni anglaganmiz. She’riyat inson
qalbidagi tub hissiyotlar bilan bog‘liq bo‘lib, insoniyat hayotining muhim ramzlarini o‘zida
jamlaydi. O‘quvchilar she’riy matnga kirib, uning tashqi go‘zalligi, til va musiqiyligini anglagan
sari shoirning ichki kechinmalari va fikr olamini yanada chuqurroq his qilishadi. Aristoteldan
tortib bugungi kunga qadar shoirlar, faylasuflar va adabiyot nazariyotchilari she’r mohiyatini
turlicha ta’riflashgan. Ularning ba’zilari she’rning tasviriy kuchini, ba’zilari esa uning inson
hayotiga bo‘lgan ta’sirini ta’kidlagan. Biroq, biz she’riyat sirlarini to‘liq anglay oldikmi? Javob,
shubhasiz, yo‘q! Aynan shu noma’lumlik va sirli jihatlar she’riyatni betakror bir san’atga
aylantirgan.
Umuman olganda Labibning
she’riyati klassik adabiyot an’analariga asoslangan bo‘lsa-
da, u shaxsiy va o‘ziga xos uslubni yaratishga intilgan. Uning she’rlari orasida masnaviy, g‘azal,
qasida, ruboiy, musammat va nima yo‘nalishidagi she’rlar uchraydi.
992
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
U klassik uslubda mahorat bilan ijod qilgan bo‘lib, bu borada katta muvaffaqiyatga
erishgan. Biroq, Labib shunchaki an’analarni takrorlamaydi. Uning she’rlari shaxsiy
kechinmalar, ichki iztiroblar va hayotiy tajribalar bilan boyitilgan. U jamiyatdagi muammolar va
o‘z kechinmalarini ijodiy ifoda etib, til va uslubda tabiiylikka intiladi.
Shoirning she’riyatidagi mavzular
Labibning she’riyati gumanistik qadriyatlar, insoniylik, tabiat, go‘zallik va muhabbatga
asoslangan. Uning til va uslubidagi go‘zallik shoirning ichki olamini aks ettirib, she’riyatini
yanada mazmunli qiladi. Uning insonparvarligi va axloqiy pokligi she’rlarida ham o‘z ifodasini
topgan. Bugungi adabiy tanqid faqat shoir shaxsini emas, balki asarning o‘zini tahlil qilishga
e’tibor qaratadi. Biroq psixologik va sotsiologik tahlil orqali shoirning she’riy olami bilan uning
shaxsiyati o‘rtasidagi bog‘liqlikni ham tushunish mumkin.
Shoirning adabiy va ilmiy faoliyati
Said Muhammad Alem Labib zamonaviy o‘zbek va fors–dariy tillarida ijod qiluvchi
taniqli shoir, adabiyotshunos va tarjimon sifatida tanilgan. Uning she’riy faoliyati 1972-yillardan
boshlab Afg‘oniston va unga qo‘shni mintaqalardagi nashriyotlarda chop etila boshlagan.
Shoirning o‘zbek tilida yozilgan sherlarini jamlagan ilk to‘plam
«So‘z injulari»
1989-
yilda Kobul shahrida chop etilgan bo‘lib,ushbu sheri to’plam 28 ta g’azalni o‘z ichiga qamrab
olgan. Keyinchalik
«Tuyg‘ularim, qayg‘ularim»
(2005,yil Mozori Sharif) nomli ikkinchi
to‘plami nashr qilingan. ushbu sheri to‘plam 4 qism va 43 sheri bobdan iborat bu sherlarning
ichida g’azal, qasida, ruboiy muxammas shu kabi janrlarda yozgan sherlari kiritilgan. Labibning
ikki tilda yozilgan tanlangan she’rlari 2010-yilda
«Yaktasvir dar du oyina»
(
«Ikki ko‘zguda
bir tasvir»
) nomi bilan Mozori Sharifda chop etilgan. Unda shoirning o‘zbekcha va dariy tilidagi
eng saralangan she’rlari jamlangan. Bu to’plamda shoirning 90 bo’lak Forscha va 115 bo’lak
O’zbekcha she’ri o’rin olgan. (oldingi ikki to’plamdan ham bir muncha she’rlar bu to’plamga
kiritilgan). Shuningdek, 2021-yilda uning forsiy va o‘zbek tillaridagi tanlangan asarlari
«Gulbongi xomushiy»
(
«Jimlik nag‘masi»
) nomi bilan Kobul va Anqara shaharlarida nashr
etilgan. Labibning saylangan forsiy–dariy tilidagi she’rlari alohida to‘plam holida
«Durhoi
ma’oniy»
(
«Ma’no injulari»
) nomi bilan 2024-yilda Istanbul shahrida chop etilgan ushbu
to‘plam 95 bob she’rlarni o‘z ichiga olgan bir katta to‘plam bo‘lib shoirning fors tilida yozgan
har turdagi sherlari, janr va sana’tlarda yozilgan sherlardan iborat. Labib she’rlarida tazod,
tanosub, ihem, jinos, laf va nashr, talmih kabi lafziy va ma’naviy san’atlar keng qo‘llangan.
Masalan, quyidagi baytda
sabza, gul, nastarin
so‘zlari o‘zaro ma’naviy tanosubda ishlatilgan:
Fors tili misolida:
«Habad az giyohi harza in gulistoni manz
To sabza jushad u gul, ham nastarin baroyad»
Shuningdek, Labib she’rlarida talmih san’ati ham yaqqol seziladi. Misol uchun, quyidagi
baytda:
O‘zbekcha sher misolida:
«Ruxt gitinamo oyina va ko‘zing jahonbin jam
Ey ko‘ngil saltanatining Iskandari va Jamshidim, qayt!»
Shoir bu yerda Iskandar va Jamshid kabi afsonaviy qahramonlarga ishora qilib,
o‘quvchini fors adabiyotining hamasiy va afsonaviy matnlariga murojaat qilishga undaydi. Said
Muhammad Alem Labib nafaqat shoir, balki faol ilmiy izlanish olib borayotgan adabiyotshunos
olim sifatida ham e’tirof etiladi.
993
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
U adabiyot nazariyasi, adabiy-badiiy tanqid, o‘zbek adabiyoti tarixi, navoiyshunoslik,
tilshunoslik, tarixiy va ijtimoiy mavzularga oid ilmiy risolalar va maqolalar muallifi hisoblanadi.
U tomonidan “
Tazkirai Muqimxoniy
”, Xorazmiyning **«Muhabbatnoma»**si va
Mavlono Lutfiy devoni kabi muhim asarlarning tanqidiy matnlari tayyorlangan va ular arab
yozuvidagi asl shaklida chop etilgan.
Labib ko‘p tilli olim sifatida ham alohida e’tiborga loyiq: u fors, pashtu, rus, ingliz va
turk tillarini puxta egallagan bo‘lib, arab tili grammatikasi asoslarini ham chuqur biladi. Uning
ilmiy va adabiy merosi nafaqat Afg‘oniston, balki butun Markaziy Osiyo madaniy va ilmiy
muhitida muhim o‘rin egallaydi.
A) Kitoblar:
1.
Mavlono Lutfiy Hiraviy hayoti va adabiy merosi
Kobul universiteti, Til va adabiyot
fakulteti, 1992
— Mavlono Lutfiy Hiraviyning hayoti va asarlari haqida tadqiqiy asar. O‘rta asr
turkiy adabiyotining yirik namoyandalaridan birining ilmiy tahlili.
2.
Adabiy tanqid mavzuida bir izlanish
Balx universiteti, Adabiyot va gumanitar fanlar
fakulteti, 2002
— Adabiy tanqid yo‘nalishida yozilgan ilmiy izlanish. Zamonaviy adabiy tahlil
metodlariga oid.
3.
Adabiyot nazariyasi (darslik)
Kobul: “Qadim Xuroson” nashriyoti, 2020
— O‘zbek tilida yozilgan adabiyot nazariyasiga oid darslik. Akademiklar va talabalar uchun
foydali manba.
4.
Navoiy asarlari timsollari dunyosiga sayohat
“Oydi” madaniy uyushmasi nashriyoti,
Matbaai Kotib, Kobul, 2011-yilda chop etilgan.
— Alisher Navoiy tavalludining 570 yilligiga
bag‘ishlangan maqolalar to‘plami. Navoiy ijodidagi timsollarni tahlil qiladi.
5.
O‘zbek tili va adabiyoti (10-sinf darsligi)
Kobul: Afg‘oniston maorif vazirligi
nashriyoti, 2012
— O‘rta maktab o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan darslik. O‘zbek tilining
asoslari va adabiyotidan tanlangan matnlar kiritilgan.
6.
Mirzo Niyoziy Balxiy va uning XIX asr Afg‘oniston fors va o‘zbek adabiyotidagi roli
(Ph.D dissertatsiyasi, S. Ayniy nomidagi Tojikiston davlat pedagogika universiteti, 2017)
— XIX
asr Afg‘oniston adabiyotida muhim o‘rin tutgan adib Mirzo Niyoziy Balxiy haqida ilmiy ish.
Tojik va rus tillarida yozilgan.
7.
Zindagoniy va ofaridahoi Alisher Navoiy
(Dr. Azizullo Arral bilan hamkorlikda),
Kobul: “Voja” chopxonasi, 1403/2025
— Alisher Navoiy hayoti va ijodiyoti forsiy (dariy) tilida
yoritilgan. Xalqaro ilmiy hamkorlik mahsuli.
Afg‘onistonda O‘zbek Adabiyoti va Tilshunosligi Sohasidagi Tadqiqotlar:
Bibliografik Tahlil
Afg‘oniston o‘zbeklari orasida adabiyot va tilshunoslik sohasida olib borilgan ilmiy
izlanishlar mintaqadagi madaniy va ilmiy hayotning ajralmas qismidir. Quyida keltirilgan asarlar
bu sohadagi yirik tadqiqotlarni, darsliklarni va adabiy tanqid namunalarini o‘z ichiga oladi.
Mavlono Lutfiy Hiraviy ijodi va hayoti, Afg‘oniston ilmiy muhitida alohida e’tibor
qozongan. Kobul universiteti Til va adabiyot fakultetida 1992-yilda chop etilgan
“Mavlono
Lutfiy Hiraviy hayoti va adabiy merosi”
nomli tadqiqiy asarda shoirning hayoti, adabiy
qarashlari va asarlari keng yoritilgan. Bu asar o‘rta asr turkiy adabiyotini o‘rganishda muhim
manba sifatida xizmat qiladi. 2002-yilda Balx universitetining Adabiyot va gumanitar fanlar
fakultetida taqdim etilgan
“Adabiy tanqid mavzuida bir izlanish”
asari esa o‘zbek
adabiyotshunosligida tanqid nazariyalarining shakllanishi va qo‘llanilishi masalalarini
o‘rganishga bag‘ishlangan.
994
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
Adabiyot nazariyasi masalalariga bag‘ishlangan yana bir muhim manba bu
“Adabiyot
nazariyasi”
darsligidir (Kobul: Qadim Xuroson nashriyoti, 2020). Ushbu darslik o‘zbek
adabiyotshunosligining nazariy asoslarini o‘rgatishda keng qo‘llaniladi. Alisher Navoiy ijodi
ham Afg‘onistonda faol o‘rganilayotgan mavzulardan biridir. 2011-yilda “Oydi” madaniy
uyushmasi tomonidan chop etilgan
“Navoiy asarlari timsollari dunyosiga sayohat”
nomli
maqolalar to‘plamida buyuk mutafakkir ijodidagi timsollar, obrazlar va badiiy tafakkur tahlil
qilingan. Mazkur to‘plam Alisher Navoiy tavalludining 570 yilligiga bag‘ishlangan. Afg‘oniston
maktablari uchun mo‘ljallangan
“O‘zbek tili va adabiyoti”
(10-sinf o‘quvchilari uchun darslik,
Kobul: Afg‘oniston maorif vazirligi nashriyoti, 2012) asari esa o‘zbek tilining normativ asoslari
va adabiy namunalarini yosh avlodga yetkazish maqsadida tayyorlangan bo‘lib, darslik sifatida
ahamiyatlidir. O‘zbek va fors tillarining o‘zaro ta’sirini o‘rganishda
“Mirzo Niyoziy Balxiy va
uning XIX asr Afg‘oniston fors va o‘zbek adabiyotidagi roli”
nomli Ph.D dissertatsiyasi
alohida e’tiborga loyiq. Ushbu tadqiqot 2017-yilda S.Ayniy nomidagi Tojikiston davlat
pedagogika universiteti huzurida yozilgan bo‘lib, XIX asr adabiy jarayonlarini yoritadi. So‘nggi
yillarda esa Alisher Navoiy merosi forsiy (dariy) tilida ham o‘rganilmoqda. Dr. Azizullo Arral
bilan hamkorlikda yozilgan va 1403/2025-yilda “Voja” chopxonasida nashr etilgan
“Zindagoniy
va ofaridahoi Alisher Navoiy”
asari Navoiy hayoti va ijodini forsiy til o‘quvchilariga
tanishtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Umuman olganda, ushbu manbalar Afg‘onistondagi
o‘zbek adabiyoti, adabiyotshunosligi va tilshunoslik sohasida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar
salmog‘ini ko‘rsatadi. Mazkur asarlar zamonaviy o‘zbek adabiyotining shaxlanishida va yosh
avlodni ona tili va adabiyotga hurmat ruhida tarbiyalashda katta o‘rin tutadi.
B) Maqolalardan bir qismi:
Muallif o‘zbek, tojik, forsiy, va rus tillarida
adabiyotshunoslik, tilshunoslik, tanqidchilik hamda madaniyatshunoslik sohalarida 40dan ortiq
maqolalar nashr etgan.
V) She’r to‘plamlari:
Muallif o‘zbekcha va forscha she’rlardan iborat bir necha she’r
to‘plamlarini ham nashr etgan:
1.
“So‘z injulari”
– Tanlangan o‘zbekcha she’rlar (Kobul, 1989).
2.
“Tuyg‘ularim, qayg‘ularim”
– O‘zbek tilidagi she’rlar to‘plami (Mazori Sharif, 2005).
3.
“Yak tasvir dar du oyina / Ikki ko‘zguda bir tasvir”
– O‘zbekcha va forscha she’rlar
(Mazori Sharif, 2010).
4.
“Gulbongi xomushiy / Jimlik nag‘masi”
– O‘zbekcha va forscha she’rlar (Kobul, 2020).
5.
“Durhoi ma’niy”
– Saylangan dariy she’rlar (Istanbul, 2024).
XULOSA
Ushbu tadqiqi risolada yoritilgan turli bahs va manzumalardan ma`lum bo`lishicha,
ma`oni kalomining ustozi ulug` zullisonayin shoir, mutafakir va yozuchi; hurmatli ustoz Said
Muhammad Alim Labib taxminan o`zining ko‘proq yoshini ijod bilan o`tkazgan. Turli
sharoyitlarda qilgan daqiq va muayyan adabi ishlari, o‘z eli va tili uchun qilgan buyuk
xizmaztlari, shirin va litofatli manzumlari; kuylashi, rostlik va sadoqat yo`llarida tutgan ezgu
niyatlari va hamda yillar bo‘yicha qilgan boshqa ishlari bilan o`zbek- fars adabiyotiga juda katta
va ulkan hissa qo`shgan farzonalardan biri hisoblanadi. Shoirning she’rlari chuqur falsafiy va
ma’naviy kechinmalarni o‘zida aks ettiradi. U an’anaviy ruboiy va g‘azal shakllarida yozsa-da,
ularning mohiyatini zamonaviy mazmun bilan boyitgan. Uning badiiy tasvirlari, tasavvufiy va
romantik mavzulari she’riyatini yanada ta’sirchan qiladi.
Afg‘oniston she’riyati Eron adabiyoti bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, zamonaviy
adabiy tendensiyalar bilan boyib bormoqda.
995
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
Labib esa klassik adabiyot an’analarini saqlab qolgan holda o‘ziga xos uslub yaratgan
ijodkordir.Uning she’riyati ko‘p qirrali bo‘lib, sevgi, tasavvuf, falsafa va zamonaviy hayotga oid
mavzularni qamrab oladi. U o‘zining ijodiy yondashuvi, poetik tajribasi va falsafiy qarashlari
bilan zamonaviy o‘zbek va forsiy she’riyatida o‘z o‘rniga ega.So‘z yakunida, shoirga ijodiy
muvaffaqiyat va Afg‘oniston xalqi uchun tinchlik va barqarorlik tilayman!
REFERENCES
1.
“So‘z Injuluri” (So‘z marvaridlari) – 1989- yilda Afg‘oniston yozuvchilar uyushmasi
tomonidan Kobulda chop etilgan kitob 2000 jilddan iborat.
2.
Tuyg‘ularim Qayg‘ularim–2005-yilda Baxtar madaniy jamg‘armasi va nashriyoti
tomonidan Mozori Sharif shahr.
3.
Said Muhammad Alim Labibning Zahiriddin Muhammad Boburning g’azallariga nazira
(1986) iyun oyi.
4.
Nadim, M.H., 2021. ETHNOCULTURAL SITUATION OF UZBEK PEOPLE IN
NORTHERN AFGHANISTAN.
Theoretical & Applied Science
,
6
, pp.490-492.
5.
“Ikki ko’zguda bir tasvir”, 2010-yil, 114-115-betlar 84.
6.
M.H.H. Foryobiy “ko‘rkam chinor” Anqara T. 2021.
7.
Humayun, Nadeem Muhammad. "ALISHER NAVOIYING «HAYRATUL-ABROR»
DOSTONIGA ISHLANGAN «HAMMOMDAGI UCHRASHUV» MINIATYURASIGA
SHARH VA NAVOIY QURDIRGAN BA’ZI INSHOOTLAR."
Philological research:
language, literature, education
9.10 (2024).
8.
Nadim, Muhammad Humayun. "ETNOREALIYALARNING MILLIY ETNOGRAFIK
LEKSIKADA AKS ETISHI (Afg ‘oniston o ‘zbeklari misolida)."
Philological research:
language, literature, education
5, no. 5 (2024): 20-23.
