1009
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
MAKTABLARDA BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHILARINING KASBIY
RIVOJLANISH SOATLARINI TASHKIL ETISH JARAYONLARINI
TAKOMILASHTIRISH
Botirov Hamid Xakimovich
Yuridik fanlari nomzodi, dotsent.
Temirova Rushana Ravshan qizi
A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti magistranti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15478413
Annotatsiya. Ushbu maqolada maktablarda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy
rivojlanish soatlarini tashkil etish jarayonlarini takomillashtirish masalalari yoritilgan.
Xususan, o‘qituvchilarning zamonaviy pedagogik yondashuvlar, metodik innovatsiyalar
va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o‘zlashtirishga qaratilgan faoliyatlarini tizimli
tashkil etish muhimligi ta’kidlanadi. Maqolada kasbiy rivojlanish soatlarining samaradorligini
oshirishga xizmat qiluvchi mexanizmlar, amaliy tavsiyalar hamda ilg‘or tajribalar asosida
ishlab chiqilgan takliflar keltirilgan. Tadqiqot natijalari boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining
malakasini oshirish va ta’lim sifatini yaxshilashga qaratilgan islohotlarni samarali amalga
oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Kalit so’zlar: boshlang‘ich ta’lim, o‘qituvchi malakasi, kasbiy rivojlanish, metodik
innovatsiyalar, pedagogik kompetensiya, ta’lim sifati, kasbiy rivojlanish soatlari, AKT,
zamonaviy metodlar
Аннотация. В данной статье освещены вопросы совершенствования процессов
организации часов профессионального развития учителей начальных классов в школах. В
частности, подчеркивается важность системной организации деятельности,
направленной на освоение современного педагогического подхода, методических
инноваций и информационно-коммуникационных технологий. В статье представлены
механизмы, практические рекомендации и предложения, разработанные на основе
передового
опыта,
способствующие
повышению
эффективности
часов
профессионального развития. Результаты исследования имеют важное значение для
эффективной реализации реформ, направленных на повышение квалификации учителей
начальных классов и улучшение качества образования.
Ключевые
слова:
начальное
образование,
квалификация
учителя,
профессиональное развитие, методические инновации, педагогическая компетентность,
качество образования, часы профессионального развития, ИКТ, современные методы
Abstract. This article explores the issues related to improving the organization of
professional development hours for primary school teachers. In particular, it emphasizes the
importance of systematically organizing activities aimed at mastering modern pedagogical
approaches, methodological innovations, and information and communication technologies. The
article presents mechanisms, practical recommendations, and proposals developed based on
advanced experiences to enhance the effectiveness of professional development hours. The
research findings play a significant role in effectively implementing reforms aimed at improving
the qualifications of primary school teachers and enhancing the quality of education.
Keywords: primary education, teacher qualification, professional development,
methodological innovations, pedagogical competence, quality of education, professional
development hours, ICT, modern methods
1010
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
Kirish
Bugungi kunda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar maktab
o‘qituvchilarining, xususan, boshlang‘ich sinf pedagoglarining kasbiy mahorati va malakasini
muntazam oshirib borishni dolzarb vazifa sifatida ilgari surmoqda. Chunki boshlang‘ich ta’lim
bosqichi o‘quvchilarning keyingi bilim olish jarayonlariga mustahkam poydevor yaratadi. Shu
sababli, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining zamonaviy pedagogik yondashuvlar, innovatsion
metodlar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o‘zlashtirishi ta’lim sifati va
samaradorligini oshirishda muhim omil hisoblanadi.
O‘qituvchilarning kasbiy rivojlanish soatlari ular uchun nazariy va amaliy bilimlarni
yangilash, pedagogik kompetensiyalarni rivojlantirish, shuningdek, ilg‘or tajribalarni o‘rganish
imkonini beradi. Ammo bu jarayonning samarali tashkil etilishi, rejalashtirilgan va tizimli
ravishda olib borilishi zarur.
Mamlakatimizda pedagog kadrlarning uzluksiz kasbiy rivojlanishini ta’minlash
maqsadida 2025-yil 1-yanvardan boshlab barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida malaka
oshirishning “Kasbiy rivojlanish soati” bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yildi.
1
Boshlang'ich sinf
o’qituchilarining kasbiy rivojlanishiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mavzuga doir adabiyotlar sharhi
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy rivojlanishini ta’minlash, ularning pedagogik
salohiyatini oshirish va zamonaviy o‘quv-tarbiya talablariga moslashuvchanligini shakllantirish
bugungi ta’lim sohasining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Mazkur yo‘nalishda olib borilgan
ilmiy-amaliy tadqiqotlar, milliy va xorijiy adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, o‘qituvchilarning
uzluksiz kasbiy rivojlanishi ta’lim sifati va natijadorligini belgilovchi asosiy omillardan biri
hisoblanadi.
O‘zbekistonlik olimlardan G‘. Yo‘ldoshev, M. Isroilov, R. Jo‘rayevlarning asarlarida
boshlang‘ich ta’lim tizimidagi o‘qituvchilarning metodik tayyorgarligi, innovatsion
texnologiyalarni qo‘llash amaliyoti va kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish masalalari
yoritilgan. Ularning tadqiqotlarida kasbiy rivojlanish soatlarini samarali tashkil etish uchun zarur
bo‘lgan metodik yondashuvlar va pedagogik sharoitlar tahlil etilgan.
Bundan tashqari, xalqaro tajribada, xususan, UNESCO, OECD va boshqa tashkilotlar
tomonidan ishlab chiqilgan hisobotlar va tavsiyalarda o‘qituvchilarning kasbiy o‘sishini
ta’minlovchi tizimiy yondashuvlar, o‘quv-modul asosidagi treninglar va mentorlik dasturlarining
ahamiyati alohida ta’kidlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024-yil 7-
avgustdagi "Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘qituvchilari uchun “Kasbiy rivojlanish kuni” va
“Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarini bosqichma-bosqich joriy etish to‘g‘risida"gi 246-son
buyrug‘i bilan Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻqituvchilari uchun “Kasbiy rivojlanish kuni”
va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarini tashkil etish tartibi belgilab qo‘yildi.
2
Ushbu buyrug‘ga
asosan, haftaning 6 kuni fanlar kesimida taqsimlanib, “Kasbiy rivojlanish soati” tashkil
etiladigan kunlar belgilandi.
Tadqiqot metodologiyasi
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda ta’lim tizimini modernizatsiya qilish jarayonida
o‘qituvchilarning, xususan, boshlang‘ich sinf pedagoglarining kasbiy rivojlanishiga alohida
1
http://lex.uz//uz/docs/-6981085v
2
https://xalqtaliminfo.uz/document-show/105
1011
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
e’tibor qaratilmoqda. Malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimi 2017–2024- yillar davomida bir
necha bosqichda isloh qilindi. Quyida ushbu jarayondagi asosiy bosqichlar va o‘zgarishlar
keltirilgan:
1. Normativ-huquqiy asoslarning yangilanishi
2018- yilda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi yangi qonun, shuningdek, Prezident
farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida o‘qituvchilarning malaka oshirish tizimi
bosqichma-bosqich takomillashtirildi. 2020- yilda tasdiqlangan
“O‘qituvchilarning malaka
oshirish va qayta tayyorlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasi”
bu boradagi islohotlarga
strategik yo‘nalish berdi.
2. Modul va masofaviy ta’limga o‘tish
2020–2021- yillarda pandemiya sharoitida o‘qituvchilarning malaka oshirish kurslari
masofaviy shaklda o‘tkazila boshlandi. Bu esa tizimni raqamlashtirishga turtki bo‘ldi. Ayniqsa,
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun zamonaviy metodikalarga oid onlayn kurslar va vebinarlar
yo‘lga qo‘yildi.
3. Amaliyotga yaqin, ehtiyojga yo‘naltirilgan kurslar
2022- yildan boshlab malaka oshirish kurslari faqat nazariy bilimlarga emas, balki
amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga
,
kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishga
qaratila
boshlandi. Trening va seminarlar o‘qituvchilarning amaliy faoliyatida duch keladigan real
muammolar asosida tuzilmoqda.
4. Diferensial va individual yondashuvlar
Yangi tizimda o‘qituvchilarning tajribasi, bilim darajasi va ehtiyojlariga qarab malaka
oshirish kurslari
individual tarzda
rejalashtirilmoqda. Masalan, ilg‘or o‘qituvchilarga mentorlik
va trenerlik faoliyatini yuritish imkoniyatlari yaratilmoqda.
5. O‘z-o‘zini rivojlantirishga rag‘batlantirish
Malaka oshirish faqat rasmiy kurslar bilangina cheklanmay, o‘qituvchining mustaqil
o‘qishi, innovatsiyalarni o‘zlashtirishi va tahliliy faoliyati ham hisobga olinadigan tizim
shakllanmoqda. Bu jarayonlarda o‘quvchilar portfeli va faoliyat natijalari asosiy mezonlardan
biri sifatida baholanmoqda.
6. Hamkorlik va xalqaro tajriba integratsiyasi
2021–2024 yillar davomida xalqaro tashkilotlar (UNESCO, UNICEF, British Council,
JICA va boshqalar) bilan hamkorlikda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun treninglar, master-
klasslar, malaka oshirish dasturlari amalga oshirildi. Bu esa xalqaro tajribalarni milliy kontekstga
moslashtirish imkonini berdi.
Tahlil va natijalar
O‘zbekistonda ta’lim sifatini oshirishda o‘qituvchilarning, ayniqsa boshlang‘ich sinf
pedagoglarining kasbiy rivojlanishi muhim omillardan biri hisoblanadi. Boshlang‘ich sinf
o‘qituvchilari nafaqat bilim beruvchi, balki bolaning shaxs sifatida shakllanishiga bevosita ta’sir
ko‘rsatuvchi yetakchi pedagogdir. Shu sababli ularning malaka va metodik tayyorgarligi uzluksiz
rivojlantirib borilishi zarur.
Kasbiy rivojlanish soatlari — bu o‘qituvchining o‘z faoliyati mobaynida zamonaviy
pedagogik texnologiyalar, fan yutuqlari, axborot-kommunikatsiya vositalarini o‘zlashtirish va
amaliyotda qo‘llash malakasini oshirishga xizmat qiluvchi tashkiliy-pedagogik jarayondir.
Mazkur soatlarning mazmunan boy, metodik jihatdan asoslangan va amaliyotga
yo‘naltirilgan bo‘lishi ta’lim tizimi islohoti samaradorligini belgilovchi omildir.
1012
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
Bugungi kunda respublikamizda malaka oshirish kurslari Davlat pedagogika institutlari,
Malaka oshirish markazlari, pedagogik innovatsiya va axborot texnologiyalari markazlari
tomonidan tashkil etilmoqda. Shuningdek, masofaviy ta’lim formatida onlayn vebinarlar, virtual
laboratoriyalar va interaktiv kurslar orqali ham kasbiy rivojlanish imkoniyatlari yaratilgan.
Shunga qaramasdan, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari o‘rtasida olib borilgan so‘rovnoma
va kuzatishlar kasbiy rivojlanish soatlarining ba’zi jihatlarda samaradorligi pastligicha
qolayotganini ko‘rsatmoqda. Xususan, ayrim hududlardagi o‘qituvchilar bu kurslarni formal
jarayon sifatida qabul qilayotganligi, mavzularning ularning amaliy faoliyatiga to‘liq mos
kelmasligi yoki an’anaviy metodikalarga tayanayotgani kabi muammolar kuzatilmoqda.
Tadqiqot doirasida Toshkent, Andijon va Navoiy viloyatlaridagi 12 ta maktabda faoliyat
yuritayotgan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazildi. Unda jami 110
nafar o‘qituvchi qatnashdi. So‘rovnoma natijalari quyidagicha bo‘ldi:
•
67%
o‘qituvchilar kasbiy rivojlanish soatlari mavzularining ularning amaliy faoliyatiga
to‘g‘ridan-to‘g‘ri mos kelmasligini ta’kidladilar.
•
72%
respondent zamonaviy metodik yondashuvlar va AKT bo‘yicha yetarli darajada
chuqurlashtirilgan mashg‘ulotlar mavjud emasligini bildirdi.
•
59%
o‘qituvchilar masofaviy kurslar formatining interaktivlik va muloqot yetishmasligi
sababli unchalik samarali emasligini ta’kidladi.
•
Shu bilan birga,
83%
o‘qituvchilar kasbiy rivojlanish soatlariga ehtiyoj borligini,
ayniqsa, amaliy treninglar va tajriba almashish formatida tashkil etilsa, ularning kasbiy o‘sishiga
kuchli turtki bo‘lishini qayd etdilar.
Shuningdek, kuzatuvlar shuni ko‘rsatdiki, ilg‘or tajribalarni tatbiq qilayotgan
maktablarda kasbiy rivojlanish mashg‘ulotlari quyidagi shakllarda muvaffaqiyatli tashkil
etilmoqda:
•
Mini-treninglar va ustoz-shogird tizimida o‘zaro o‘rganish.
•
Praktikumlar va dars tahlili asosidagi metodik mashg‘ulotlar.
•
Faol va reflektiv yondashuv asosida muammo yechish mashg‘ulotlari.
•
O‘qituvchilarning portfellarini yuritish va individual o‘sish yo‘nalishlarini ishlab chiqish.
Ushbu natijalar asosida kasbiy rivojlanish soatlarining mazmunini tubdan qayta ko‘rib
chiqish, ularni o‘qituvchilarning real ehtiyojlariga asoslangan holda tashkil etish, shuningdek,
innovatsion usullar va motivatsion yondashuvlar orqali tizimlashtirish lozimligi ko‘rinmoqda.
Dunyoning
ilg‘or
ta’lim
tizimlariga
ega
mamlakatlarida
boshlang‘ich
sinf
o‘qituvchilarining kasbiy rivojlanishi uzluksiz, tizimli va ehtiyojga yo‘naltirilgan tarzda yo‘lga
qo‘yilgan. Ularning tajribasi O‘zbekistondagi amaliyot uchun qimmatli namuna bo‘la oladi.
1. Finlyandiya tajribasi
Finlyandiyada o‘qituvchilar jamiyatda yuqori maqomga ega bo‘lib, ularning kasbiy
rivojlanishi doimiy ilmiy-tadqiqot asosida amalga oshiriladi. Har bir o‘qituvchi yiliga kamida 3
hafta davomida
amaliy tadqiqotlar, yangi metodlar va tajriba almashish
orqali o‘z
malakasini oshiradi. Kasbiy rivojlanish faoliyatlari o‘qituvchilarning o‘zlari tomonidan
rejalashtiriladi va aksariyat hollarda
jamoaviy refleksiyalar
, dars tahlillari, loyiha asosidagi
mashg‘ulotlar ko‘rinishida o‘tadi.
2. AQSh tajribasi
AQShda kasbiy rivojlanish (Professional Development) faoliyatlari maktab, tuman va
shtat darajasida
mahalliy ehtiyojlar asosida
tashkil etiladi. O‘qituvchilar o‘z faoliyatiga oid
muammolar bo‘yicha maxsus seminarlar, vebinarlar, mentorlik dasturlarida qatnashadilar.
1013
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
"Peer Coaching"
(o‘qituvchilararo murabbiylik) va
"Lesson Study"
(darsni birgalikda
tahlil qilish) metodlari keng qo‘llaniladi.
3. Janubiy Koreya tajribasi
Janubiy Koreyada o‘qituvchilar har 3 yilda kamida bir marotaba
sertifikatli kasbiy
rivojlanish kurslarida
qatnashishlari shart. Bular davlat tomonidan bepul tashkil etiladi.
Maxsus "e-Hakseup" platformasi orqali o‘qituvchilarning onlayn o‘quv faoliyati
monitoring qilinadi. Shuningdek, o‘qituvchilar o‘zlari ishlab chiqadigan dars ishlanmalari uchun
grantlar va rag‘batlar
oladilar.
4. Singapur tajribasi
Singapurda har bir o‘qituvchiga yiliga o‘rtacha 100 soatdan ortiq kasbiy rivojlanish
uchun imkoniyatlar yaratiladi. Ular o‘z ixtisosliklari bo‘yicha chuqurlashtirilgan modullarda
ishtirok etadilar. Ta’lim vazirligi tomonidan o‘qituvchilarga mo‘ljallangan
"Teacher Growth
Model"
ishlab chiqilgan bo‘lib, bunda o‘qituvchining kasbiy rivojlanish yo‘li bosqichma-
bosqich belgilangan.
Xulosa
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy
rivojlanish soatlarini tizimli va samarali tashkil etish ta’lim sifatini oshirishda muhim omil
hisoblanadi. Mavjud amaliyotda kasbiy rivojlanish mashg‘ulotlari ko‘pincha formal xarakterda
o‘tmoqda, bu esa o‘qituvchilarning real ehtiyojlari va zamonaviy pedagogik yondashuvlar bilan
bog‘liq talablariga to‘liq javob bermaydi.
Kasbiy rivojlanish soatlarini takomillashtirish uchun quyidagi xulosalarga kelindi:
1.
Kasbiy rivojlanish faoliyati o‘qituvchilarning amaliy muammolariga yo‘naltirilgan
bo‘lishi kerak, ya’ni darsda uchrayotgan real holatlar asosida tahliliy va reflektiv mashg‘ulotlar
tashkil etilishi maqsadga muvofiq.
2.
O‘qituvchilar ehtiyojiga asoslangan individual rivojlanish rejalari ishlab chiqilishi, ularni
bosqichma-bosqich kuzatib borish tizimi yo‘lga qo‘yilishi lozim.
3.
Ilg‘or xorijiy tajriba asosida faol metodlar – ustoz-shogirdlik, dars tahlili, loyiha asosida
o‘rganish kabi formatlar kasbiy rivojlanish soatlariga integratsiya qilinishi kerak.
4.
AKT vositalaridan foydalanib masofaviy va gibrid formatdagi kurslar tashkil etilishi,
ularning sifat monitoringi amalga oshirilishi muhim.
5.
Mahalliy metodik markazlar faoliyati kuchaytirilib, joylarda professional o‘sishga
ko‘maklashuvchi metodistlar tarmog‘i shakllantirilishi zarur.
Umuman olganda, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy rivojlanishini zamonaviy
yondashuvlar asosida yo‘lga qo‘yish, ta’lim tizimidagi islohotlarning muvaffaqiyatli amalga
oshirilishiga xizmat qiladi.
REFERENCES
1.
Kuzmina, Н.В. & Mitina, Л.М. (2000).
Pedagogical development of teachers: theory
and practice
. Moskva: Publishing House "Pedagogika".
2.
Zimnyaya, I.A. (2017).
Pedagogical competence of a modern teacher
. Saint
Petersburg: Herzen University Press.
3.
Shakirova, G.A. (2018).
Innovation in education: modern approaches
. Tashkent:
National Publishing House.
4.
Usmonov, F.X. (2019).
Methodical innovations in primary education
. Tashkent:
Education Press.
1014
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
5.
Karimov, I.A. (2015).
Uzbekistan's educational reforms and their impact on teaching
quality
. Tashkent: Uzbekistan Academy of Sciences Press.
6.
Ismoilov, B. (2020).
ICT in teaching: prospects and challenges in the context of
Uzbekistan
. Tashkent: Innovative Education Press.
7.
Blokhin, A.V. (2016).
Modern methods in primary education: theoretical and
practical aspects
. Moscow: Academy of Pedagogical Sciences.
8.
UNESCO. (2016).
Global Education Monitoring Report: Education for people and
planet. Creating sustainable futures for all
. Paris: UNESCO Publishing.
9.
Pishchikova, E.Yu. (2017).
The role of continuous professional development in
enhancing teacher performance
. Moscow: Moscow State University Press.
10.
The World Bank. (2021).
Education and Training: Supporting Teachers in the
Digital Age
. Washington, D.C.: The World Bank Group.
