May, 2025-Yil
370
YASHIL IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDA ISLOMIY MOLIYA
MAHSULOTLARI ORQALI MOLIYALASHTIRISHNING USTUVOR
YOʻNALISHLARI
Kariyeva Munis Dilshodovna
Oʻzbekiston Respublikasi Bank-Moliya Akademiyasi MBA 23-09 guruh magistranti
+99897 732-91-33
https://doi.org/10.5281/zenodo.15477304
Annotatsiya. Global iqtisodiyot miqyosida ekologik barqarorlikni taʼminlash bugungi
kunning dolzarb muommolaridan biri hisoblanadi. Islomiy moliya- ekologik loyihalarni
moliyalashtirish orqali iqtisodiy oʻsishning global muommolariga yechim topishda samarali usul
sifatida oʻziga xos yoʻndashuvni taklif qiladi.
Kalit soʻzlar: yashil iqtisodiyot, islomiy moliya, ekologik barqarorlik, shariat, yashil sukuk,
ESG, vaqf.
Yashil iqtisodiyot uzoq muddatli istiqbolli global muommolarga yechim topishda muhim
rol oʻynaydi. Yashil iqtisodiyot-ekologik barqarorlik bilan iqtisodiy oʻsish integratsiyasiga
yoʻnaltirilgan tabiy resurslardan samarali foydalanish, ekologik muhitga jiddiy zarar
yetkazmasdan iqtisodiy oʻsishni taʼminlash va ijtimoiy farovonlikni oshirishga qaratilgan iqtisodiy
modeldir. Yashil iqtisodiyotning asosiy tamoyillari, yani resurlarni samarali boshqarish – tabiiy
resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish va qayta tiklanuvchi energiya manbalariga oʻtish,
ekologik toza texnologiyalarni qoʻllash bilan birga, atrof muhitga zarar yetkazmaydigan
innovatsion texnologiyalardan foydalanish hamda ijtimoiy adolat va farovonlik tamoyillari asosida
jamiyat a’zolari uchun sogʻlom muhit yaratib, yangi ish oʻrinlarini tashkil etishni qoʻllab
quvvatlaydi.
Atrof muhitning ifloslanishi va iqlim oʻzgarishi iqtisodiy barqarorlik va inson
farovonligiga jiddiy xavf soladi. Ananaviy yashil iqtisodiyot bu muommolarni bozor
mexanizmlari orqali hal etish imkoniyatini bersa, islomiy moliya bu borada axloqiy va diniy
yoʻndoshuvni oʻz ichiga olgan muqobil yaxlit modelni taklif etadi. Zero, islomiy moliya
tamoyillari yashil iqtisodiyotning asosiy tamoyillariga muvofiqligi nuqtayi nazaridan,
mamlakatlarning iqtisodiy oʻsishida natijalarga erishishi uchun samarali usuldir.
Maʼlumki, islomiy moliya shariat qoidalariga asoslangan moliya tizimi (Muhammad
Usmoniy Taqiy, 2023) boʻlib, unga koʻra inson yerdagi resurslarning muhofazasiga masʼul
May, 2025-Yil
371
boʻlishi bilan birga, tabiatga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlishi kerak. Islomiy moliyada
isrofgarchilik va ortiqcha sarf xarajat man etilishini inobatga olgan holda, atrof muhitga, jamiyatga
zarar yetkazuvchi har qanday iqtisodiy faoliyat taʼqiqlangan. Ekologik barqarorlikni taʼminlashga
qaratilgan iqtisodiyot esa ayni islomiy moliya tamoyillari bilan uygʻunlikda masulyatli iqtisodiy
faoliyatni aks ettiradi.
1-jadval. Islomiy moliya va yashil iqtisodiyotning oʻxshash mezonlari
T/r
Mezonlar
Islomiy moliya
Yashil iqtisodiyot
1.
Barqarorlik
Moliyaviy
va
ijtimoiy
barqarorlikni taʼminlaydi
Ekologik
va
iqtisodiy
barqarorlikni qoʻllab quvvatlaydi
2.
Zarar
yetkazishni
ta’qiqlash
Atrof muhitga jamiyatga
iqtisodiy zarar taʼqiqlanadi
Atrof
muhitga
zarar
yetkazadigan
faoliyatni
kamaytirishni talab etadi
3.
Tabiiy
resurslardan
oqilona foydalanish
Isrofgarchilik va ortiqcha
sarf xarajat ta’qiqlanadi
Tabiiy
resurslardan
samarali
foydalanish muhim sanaladi
4.
Tavakkalchilik
Haddan
tashqari
tavakkalchilik (noaniqlik)
va
spekulatsiya
ta’qiqlanadi
Haddan tashqari havfli va zararli
loyihalar cheklanadi
5.
Adolat va tenglik
Ijtimoiy
adolat
va
moliyaviy
tenglik
ta’minlashga qaratilgan
Ekologik adolat va resurslardan
teng foydalanish imkoniyatiga
asoslanadi
6.
Masulyatli investitsiya
Halol
faoliyatni
moliyalashtiradi
Atrof
muhitga
zarar
yetkazmaydigan
loyihalarni
moliyalashtiradi
Muallif nuqtayi nazari
Jahon iqtisodiyoti iqlim oʻzgarishi va resurslarning kamayib borishi muommolariga javob
sifatida barqaror rivojlanish yoʻliga
oʻtmoqda (UNEP, 2021). Yashil iqtisodiyot ulushining oʻsishini moliyalashtirish katta hajmdagi
moliyaviy resurslar talab etadi va islomiy moliya tizimi ekologik barqarorlikka mos keluvchi bir
qancha vositalarni taklif etadi. Xususan, yashil sukuk, islomiy bank xizmatlari orqali
moliyalashtirish (murobaha, mushoraka, ijara bitimlari) va vaqf, zakot mablagʻlari (Ahmed&
Mohieldin, 2019) yordamida barqaror va foizsiz moliyalashtirish mehanizmlarini taqdim etib,
atrof muhitga zarar yetkazmaydigan iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishga xizmat qiladi (Elasrag,
2017).
May, 2025-Yil
372
Yashil sukuk islomiy aktivga asoslangan va foizdan xoli mahsus obligatsiya turi
hisoblanib, ekologik va barqaror loyihalarini rivojlantirishni moliyalashtirish uchun chiqariladi.
Bunday obligatsiyalar qayta tiklanadigan energiya, ekologik trasport, chiqindini qayta ishlash va
suvni boshqarish infratuzilmasi kabi loyihalar uchun mablagʻ jalb qilishga imkon beradi. Yashil
sukuk bozorida Malayziya, Indoneziya, Birlashgan Arab Amirliklari yetakchi ulushga ega
hisoblanadi. Dunyodagi ilk yashil sukuk Malayziyada 2017-yil chiqarilgan boʻlib, 60 milliard
AQSH dollarlik mablagʻlar qayta tiklanuvchi energiya loyihalariga yoʻnaltirilgan (Securities
Comission Malaysia, 2020). Keyinchalik Indoneziya 2018-yilda
1,25 milliard AQSH dollarlik global yashil sukuk chiqarib yetakchi davlatga aylandi. Yashil sukuk
orqali ekologik loyihalarni moliyalashtirishning bir necha afzalliklari sifatida, foizsiz
moliyalashtirish va real aktivga asoslanganlik global investorlarni qiziqishi ortishiga sabab
boʻladi(OECD, 2021).
Shuningdek, koʻplab islomiy banklar yashil iqtisodiyotga mos keluvchi mushoraka
(hamkorlik asosida sarmoya) va murobaha (ustama haq evaziga ekologiya loyihalarni
moliyalashtirish), ijara (ekologik texnologiyalarni ijaraga berish orqali) kabi mexanizmlardan
foydalangan holda yashil texnologiyalar, ekologik startaplar va uglerod chiqindilarini kamaytirish
loyihalarini moliyalashtirishga xizmat qiladi. Murobaha mahsuloti orqali quyosh panellarini sotib
olish va sotish amaliyotlari, mushoraka mahsuloti asosida esa shamol elektr stansiyalarini qurish
ishlari hamda ekologik transport vositalarini ijara bitimi asosida moliyalashtirish orqali sanoat va
infratuzilmani barqaror faoliyat yuritishiga xizmat qiladi. Masalan, Malayziya islomiy banklari
tomonidan 2019-yilda quyosh energiyasi loyihalarini moliyalashtirish uchun 200 million AQSH
dollari ajratgan boʻlsa, Bilashgan Arab Amirliklari islomiy banklari yashil energiya va
chiqindilarni qayta ishlash loyihalariga 1 milliard AQSH dollarlik moliyalashtirish liniyalarini
taqdim etdi. Islomiy bank xizmatlari orqali ekologik loyihalarni moliyalashtirish global bozorda
dastlabki bosqichda boʻlsada, yashil sukuklarga muqobil sifatida katta salohiyatga ega (LSEG,
2023).
Islomiy jamgʻarma hisoblangan vaqf fondi mablagʻlari xam jamiyat manfaatlari yoʻlida
foydalaniladigan, ijtimoiy va ekologik loyihalarni moliyalashtirish vositasi sifatida qoʻllaniladi.
Tarixiy nuqtayi nazardan, vaqf fondi mablagʻlari sogʻliqni saqlash, talim va jamiyat
infratuzilmasini rivojlantirishda muhim rol oʻynagan. Bugungi kunda esa vaqf fondi mablagʻlarini
ekologik barqarorlikni taminlash uchun yoʻnaltirilgan loyihalarni ham moliyalashtiradi. Jumladan,
Malayziyada “Oʻrmon vaqfi” loyihasi doirasida yirik daraxt ekish dasturlari amalga oshirilgan,
Misr va Turkiyada vaqf mablagʻlari yordamida quduq va suv omborlari qurilgan. Shu bilan birga,
May, 2025-Yil
373
vaqf fondi mablagʻlari asosida ekologik ma’rifiy loyihalar, ekologik ta’lim dasturlari doirasida
grantlar ajratilgan. Zakot mablagʻlari orqali ekologik barqarorlikni ta’minlashga erishish
imkoniyati bir qator davlatlarda oʻz aksini topgan. Misol tariqasida, Saudiya Arabistoni va
Malayziyada zakot fondi mablagʻlari yashil loyihalarni moliyalashtirish uchun sarflanmoqda.
Islomiy mikromoliyalashtirish orqali qishloq joylardagi ekologik biznes loyihalar qoʻllab
quvvatlash yashil iqtisodyotni mikromoliya loyihalar doirasida ham rivojlanish imkoniyatini
kengaytiradi. Jumladan, Indoneziya, Sudan, Bangladesh kabi davlatlarda mikromoliyaviy
institutlar orqali qishloq xoʻjaligi uchun ekologik investitsiyalar jalb qilinadi
Yuqoridagi keng imkoniyatlarga qaramasdan, bugungi kunda islomiy moliyaning ekologik
barqarorlikni taʼminlashdagi integratsiyasi ba’zi qiyinchiliklarga duch keladi. Bunday
qiyinchiliklar sirasiga ekologik barqarorlikni taminlash uchun shariat standartlarining (shariatga
muvofiqlik) mavjud emasligi, bozor xabardorligini yetishmasligi, global moliya tizimi bilan
cheklangan integratsiyasi kabi omillarni yashil iqtisodiyotni islomiy moliya mahsulotlari asosida
moliyalashtirishga toʻsiq boʻladi. Muhim jihati shuki, ekologik loyihalari islomiy moliya vositalari
orqali moliyalashtirishda shariatga muvofiqlik alohida ahamiyatga ega. Shunga qaramasdan,
barqaror moliyaga global qiziqish islomiy moliyaning rolini kengaytirishsh uchun imkoniyatlar
yaratadi.
Xulosa sifatida shuni takidlash joizki, islomiy moliya mahsulotlari nafaqat moliyaviy
barqarorlik, balki ekologik barqarorlikka erishish uchun mos va axloqiy yoʻndashuvni taqdim
etadi. Yashil sukuk, islomiy bank xizmatlari orqali moliyalashtirish, zakot va vaqf fondi
mablagʻlari, shuningdek islomiy mikromoliyalash dasturlari orqali ekologik loyihalarni
moliyalashtirish yashil iqtisodiyotni rivojlantirish uchun muhim moliyaviy mehanizm hisoblanadi.
Bu esa uzoq muddatli barqaror investitsiyalarni qoʻllab quvvatlaydi. Ushbu vositalarni
kengaytirish global ekologik muommolarga samarali yechim boʻlishi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Ahmed, H. va Mohieldin, M. (2019
). Sustainable development goals and the role of
islamic finance. World bank.
2.
Elasrag, H. (2017) Towards a new role of the Institution of Waqf.
3.
IFSB (2021) Islamic financial services industry stability report. Islamic Financial Services
Board.
4.
LSEG. (2023). Islamic Finance ESG Outlook . Islamic Finance Council
5.
Muhammad Usmoniy Taqiy(2023) Islom moliyasiga kirish
May, 2025-Yil
374
6.
OECD. (2021) Public-private partnerships for sustainability. OECD publishing
7.
Securities Commission Malaysia. (2020). Green sukuk issuance: Market trends and
regulatory developments.
8.
UNEP. (2021) Financing sustainable development: The role of islamic finance. United
Nations Environment Programme.
9.
World bank.(2020) . Green sukuk: Financing sustainable development.
