Authors

  • Dilfuza Boynazarova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.91916

Keywords:

Sherobod Denov Boysun Sarijo’y Yurchi Sina Qarluq Po‘stindara Xidrasha (Xidirsho) Do‘rmon va Gardaqo‘rg‘on.

Abstract

Surxon vohasida esa Sherobod, Denov, Boysun, Sarijo’y va Yurchi kabi bekliklar bo’lgan va bular turli davrlarda tashkil etilib yugatilib turilgan. Ushbu maqolada esa Surxon vohasining shimoliy qismida joylashgan bekliklarni tadqiq qilamiz.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1135

XVIII – XIX ASR OXIRIGACHA DAVRDA SHIMOLIY SURXON VOHASIDAGI

BEKLIKLARNING MA’MURIY-HUDUDIY BO’LINISHI

Boynazarova Dilfuza Saʼdullayevna

Oltinsoy tumani 54-umumiy oʻrta taʼlim maktabining tarix fani oʻqituvchisi.

tel

: +99891-233-36-19.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15477926

Annotatsiya. Surxon vohasida esa Sherobod, Denov, Boysun, Sarijo’y va Yurchi kabi

bekliklar bo’lgan va bular turli davrlarda tashkil etilib yugatilib turilgan. Ushbu maqolada esa
Surxon vohasining shimoliy qismida joylashgan bekliklarni tadqiq qilamiz.

Kalit so’zlar: Sherobod, Denov, Boysun, Sarijo’y, Yurchi, Sina, Qarluq, Po‘stindara,

Xidrasha (Xidirsho), Do‘rmon va Gardaqo‘rg‘on.

Аннотация. В сурхандарьинском оазисе были такие бекства, как Шерабад, Денов,

Бойсун, Сариджой и Юрчи, которые были созданы и утрачены в разные периоды. В этой
статье мы исследуем бекства, расположенные в северной части Сурхандарьинского
оазиса.

Ключевые слова: Шерабад, Денов, Бойсун, Сарыджой, Юрчи, Сина, Карлук,

Постиндара, Хидраш (Хидирша), Дорман и Гардакурган.

Abstract. In Surkhan Oasis, however, there were stations such as Sherabad, Denov,

Boysun, Sarijoy and Yurchi, and these were tshkililildi yugatli at different times. And in this
article we will research the stations located in the northern part of the Surkhan Oasis.

Keywords: Sherabad, Denov, Boysun, Sarijoy, Yurchi, Sina, Qarluq, Poshindara,

Khidrasha (Khidirsho), Durmon and Gardaqurgan.

Buxoro amirligi XVIII - XIX asrlarda ma’muriy-hududiy jihatdan bekliklarga (viloyat)

bo’lingan. Buxoro amirligining sharqiy hududllari va budungi Surxondayo viloyati hududlari
ilmiy adabiyotlarda “Sharqiy Buxoro yerlari” deb nomlangan. Buxoro amirligi qo‘shbegisining
1915-yilgi ma’lumotiga ko‘ra, Sharqiy Buxoroda Boysun, Sherobod, Sarijo‘y, Dehnov, Hisor,
Qo‘rg‘ontepa, Baljuvon, Ko‘lob, Darvoz bekliklari joylashgan bo‘lib, ular “viloyat” deb
atalgan. Har bir viloyat amlokdorliklarga bo‘lingan.

Surxon vohasida esa Sherobod, Denov, Boysun, Sarijo’y va Yurchi kabi bekliklar

bo’lgan va bular turli davrlarda tshkil etilib yugatilib turilgan. Ushbu maqolada esa Surxon
vohasining shimoliy qismida joylashgan bekliklarni tadqiq qilamiz.

Surxon vohasining

Denov bekligi

XVI - XVII acp o‘rtalarida Buxoro amirligining Hisor

hokimligi mulki hisoblangan. Rus sayyohi A.Mayev Hisor o‘lkasi 9 beklikka bo‘lingani haqida
ma’lumot bergan. Sayyohning ta’kidlashicha, quyidagi bekliklar bo‘lgan: Boysun, Sherobod,
Denov, Yurchi, Hisor, Baljuvon, Ko‘lob, Qo‘rg‘ontepa, Qabodiyon va Darband. Tarixiy
manbalarda qayd etilishicha, Hisor mustaqil mulklik bo‘lgan davrda ham uning siyosiy-
ma’muriy markazi Surxon vohasi edi. Denov vohadagi eng qulay geografik hududda joylashgan,
iqlimi, suv resurslari dehqonchilik qilish uchun nihoyatda qulay, sarhadlari Hisortog‘
qo‘ltiqlarigacha cho‘zilgan iqtisodiy va strategik ahamiyatga ega beklik edi. Shu sababli ko‘plab
tarixchi. sharqshunos, tadqiqotchilar Denovning strategik o‘rniga yuqori baho berganlar.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1136

Topograf L.F.Kostenkoning yozishicha: «Denov Hisor o‘lkasining mahalliy aholi

markazlari bilan bog‘lanadigan qulay hududda joylashib, inchunun, Surxon voha sining yuqori
oqimidagi butun aholi yashaydigan markazlarni bog‘laydigan boy madaniy taraqqiyotga ega,
hosildor tuproqli joy». Polkovnik D.N.Logofet yozadi: «Denov Hisor o‘lkasidagi yirik,
ahamiyatli, mashhur shaharlardan biridir. Eng muhimi, birinchidan, harbiy qal’a sifatida butun
vohaning janubidagi himoya tayanchi bo‘lsa, ikkinchidan, savdo shahri sifatida ulug‘vor
ahamiyat kasb etadi. Uchinchidan, Hisor o‘lkasining beklik markazi sifatida faoliyat ko‘rsatadi».

Hisor o‘lkasi Buxoro amirligi kuch-qudratli bo‘lgan davrda unga bo‘ysungan,

kuchsizlangan vaqtda birdaniga o‘z mustaqilligini e’lon qilgan. Tarixiy manbalarda qayd
etilishicha, amir Nasrullo tomonidan Denov begi etib Abdulkarim dodxoh tayinlangan. Amir rus
qo‘shinidan mag‘lubiyatga uchrab, kuchsizlangan vaziyatda unga bo‘ysunishni istamagan.

Umuman, Buxoro amiriga qarshi harakat markazida hamisha Denov shahri turgan.
Sherobod bekligidagi singari Denov bekligida ham ijtimoiy-siyosiy vaziyat tufayli

amloklik soni o‘zgarib turgan. XVIII asr ikkinchi yarmidan XІX asr o‘rtalariga qadar beklikda
quyidagi amlokliklar bo‘lgan: Sina, Qarluq, Po‘stindara, Xidrasha (Xidirsho), Do‘rmon va
Gardaqo‘rg‘on. Amlokliklarda quyidagi miqdorda aholi yashagan. Sina 1130 xo‘jalik, 5650
kishi, Qarluq 610 xo‘jalik, 3050 kishi, Po‘stindara 365 xo‘jalik, 1775 kishi, Xidirsho 485
xo‘jalik, 2425 kishi, Do‘rmon 295 xo‘jalik, 1475 kishi, Gardiqo‘rg‘on 325 xo‘jalik, 1475 kishi,
jami 4595 xo‘jalik, 25525 kishi. Gardiqo‘rg‘on amlokdorligi Denov shahrining rabotini ham o‘z
ichiga oladi. Shuning uchun Denov shahrida 90 xo‘jalik turgan, unga qal’a ahli ham kirgan.
Denov bekligining Qarluq amlokdorligidagi Mirshodi qishlog‘i tarixiy manbalarda ko‘p tilga
olingan. Avvalambor, u Boysun Denov yo‘lida joylashgan. Qishloqda chorva mollari bozori
bo‘lib, Janubi-Sharqiy Tojikistondan mollar olib kelingan. Bu yerga nafaqat Buxoro, balki butun
O‘rta Osiyodan chorva mollari xarid qilishga savdogarlar kelishardi. Sabab, chorva mollari narxi
uncha yuqori bo‘lmagan. Masalan, 1889 yili qo‘y 20-30 tanga, echki 15-20 tanga, yirik shoxli
mol 40-50 tanga, ot 120-150 tanga, tuyalar 250-350 tanga sotilgan.

XІX asr o‘rtalariga qadar mavjud bo‘lgan beklardan biri Yurchidir. Yurchi Denovdan 8

km shimolda joylashgan. Yurchi turkcha «yo‘l boshlovchi» yoki «oqsoqol» degan ma’noni
anglatadi. Bu yerda dehqonchilik qilish uchun Xo‘jaipok suvidan foydalanilgan. Beklik
amlokliklari haqida manbalarda quyidagi ma’lumot berilgan. Arxeolog olim Z. Xoliqov
Sangardak, Poshor, Chambuloq, O‘rtaqo‘ri, Yurchi shahri, Y.Avazov Sangardak, Poshor,
Chambuloq, O‘rtakuri, Yurchi; F.Ochildiyev Sangardak, Poshor, Chambuloq va Yurchi shahrini
amlokliklar sifatida keltirib o‘tgan. Umuman, Yurchi bekligi Denov bekligi tarkibiga kirishi
arafasida 5 amloklik bo‘lgan: Sangardakda 48 hovli, 240 kishi, Poshorda 48 hovli, 240 kishi,
Chambuloqlarda 16 hovli, 80 kishi, O‘rtaqurida 16 hovli, 80 kishi, Yurchi shahrida 200 hovli,
1200 kishi.

Yurchi shahri o‘rta asrlardagi Sangardak o‘rnida, ya’ni Qizilsuvning chap qirg‘og‘ida

barpo etilgan. XІX asr ikkinchi yarmidan beklik Denovga qaram amloklik sifatida mavjud edi.
D.N.Logofet Yurchi shahrini Denov bekligining yirik amlokdorligi va obod shahri sifatida e’tirof
etgan, shaharda 2000 aholi yashaganini ta’kidlagan. Yurchi Denov shahridan 3-4 tosh (1 tosh -
8,5-9 km) masofada joylashganligini va Yurchi qo‘rg‘oni Denov qo‘rg‘oniga nisbatan
mustahkam va savlatli bo‘lganligini qayd etgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1137

Qashqadaryo vohasida Kesh va Kitob qanday ahamiyatga ega bo‘lsa, Surxon vohasida

Denov va Yurchi shahar va qo‘rg‘onlari shunday muhim ahamiyatga ega edi. Yuqorida
ta’kidlaganimizdek, XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib Yurchi bekligi tugatilib, Denov bekligi
tarkibiga qo‘shib yuborildi. Bu davrda Denov beklikligida amlokliklar soni o‘n bittaga yetdi.

Sangardak, Poshor, Chambuloq, O‘rtaqo‘ri, Yurchi, Sina, Qorliq, Pustindara, Xidirsho,

Do‘rmon, Gardiqo‘rg‘on.

XІX asrning 70-yillarida Denov bekligi tarkibida yana o‘zgarish yuz berib, O‘rtaqo‘ri,

Poshor, Chambuloq va Yurchi amlokliklari Sarijo‘y beklikligiga o‘tkazildi. Qisqa vaqt beklik
sifatida faoliyat ko‘rsatgan Sarijo‘y bekligi tarixiy manbalarda qayd etilgan. Xususan, Sharqiy
Buxoro bekliklari XIX asrning 70- yillarida Buxoro amirligi tarkibiga qo‘shib olingan vaqtda
Sarijo‘y beklik sifatida e’tirof etilgan. Haqiqatan, Buxoro amiri tomonidan Hisor begi Ostanaqul
qo‘shbegiga otaliq unvonini berish bilan birga Sarijo‘y, Sariosiyo, O‘rtaqo‘ri, Poshor,
Chambuloq va Yurchi amlokliklarini tanho sifatida beradi. Ostanakul qo‘shbegi esa, o‘z
navbatida, mana shu olti amloklikni o‘g‘liga beklik sifatida beradi va shu tariqa yangi Sarijo‘y
bekligi tashkil topadi. Sarijo‘y alohida beklik bo‘lsa-da, uning ham siyosiy, ham iqtisodiy
nazorati to‘liq Ostanaqul qo‘shbegi nazoratida bo‘lgan. 1887 yili Sarijo‘y bekligi tugatilib,
Sarijo‘y va Sariosiyo amlokliklari Hisor bekligi tarkibiga, O‘rtaqo‘ri, Poshor. Chambuloq va
Yurchi Denov bekligi tarkibiga o‘tkaziladi.

Xullas, birinchidan, Surxon vohasi bekliklarining ma’muriy boshqaruv tizimi Buxoro

amirligi manfaatlari nuqtayi nazaridan tashkil etilgandi. Ikkinchidan, ma’muriy-hududiy
boshqaruv Buxoro amirligi tomonidan beklik markazi va u bilan tutash amlokliklar joylashuvi,
xo‘jaligi, aholisi soni, milliy tarkibi hisobga olingan holda shakllantirilgan, ijtimoiy-iqtisodiy
manfaatlar e’tiborga olinmagandi. Uchinchidan, Buxoro amiri tomonidan boshqarilgan
ma’muriy-hududiy boshqaruv tizimiga ushbu sohadan xabardor, aniq bilim va tajribaga ega
mutaxassislar tayyorlanmagan va lavozimlarga layoqatli mutaxassislar qo‘yilmagan.

To‘rtinchidan, har bir amloklik va beklikning boshqaruv tizimi bilan bog‘liq qonunlar

yaratilmagani tufayli ushbu boshqaruv tizimi faqat yagona qonunga, ya’ni og‘zaki, to‘g‘ridan
to‘g‘ri ko‘rsatma berishga asoslangan hamda mas’uliyat his etilmagan.

REFERENCES

1.

Qobulov E.A. Sharqiy Buxoro tarixi. Toshkent-2021-yil

2.

Ananyev A.G. Sherobod vohasi yerlarini Surxon vohasi yordamida sug’orish loyihasi.
Toshkent. 2002-y

3.

X.S.Termiziy. Dastur ul-muluk. Toshkent-1997.

4.

Muhammadjonov A.R. Населенные пункты Бухарского эмирата. - Ташкент:
Университет, 2001. - 416 б.

5.

Jumayev, M. (2024). SURXONDARYO VILOYATIDAGI BA’ZI TOPONIMLAR VA
ULARNING TAHLILI. Modern Science and Research, 3(12), 953-955.

6.

Erkin oʻgʻli, J. M. (2023). TOPONOMIKANING ASOSIY BO'LIMLARI VA
ULARNING TARIX UCHUN AHAMIYATI. Better Intellektual tadqiqotlar, 9 (2), 121-
125.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1138

7.

Jumayev, M. (2023). TARIXIY NOMLARNING MANBALARI VA TA’LIQNING
ILMIY ASOSLARI. Zamonaviy fan va tadqiqotlar , 2 (10), 568-576.

8.

Jumayev, M. (2023). SOURCES OF HISTORICAL NAMES AND SCIENTIFIC BASIS
OF STUDY.

Modern Science and Research

,

2

(10), 568-576.

References

Qobulov E.A. Sharqiy Buxoro tarixi. Toshkent-2021-yil

Ananyev A.G. Sherobod vohasi yerlarini Surxon vohasi yordamida sug’orish loyihasi. Toshkent. 2002-y

X.S.Termiziy. Dastur ul-muluk. Toshkent-1997.

Muhammadjonov A.R. Населенные пункты Бухарского эмирата. - Ташкент: Университет, 2001. - 416 б.

Jumayev, M. (2024). SURXONDARYO VILOYATIDAGI BA’ZI TOPONIMLAR VA ULARNING TAHLILI. Modern Science and Research, 3(12), 953-955.

Erkin oʻgʻli, J. M. (2023). TOPONOMIKANING ASOSIY BO'LIMLARI VA ULARNING TARIX UCHUN AHAMIYATI. Better Intellektual tadqiqotlar, 9 (2), 121-125.

Jumayev, M. (2023). TARIXIY NOMLARNING MANBALARI VA TA’LIQNING ILMIY ASOSLARI. Zamonaviy fan va tadqiqotlar , 2 (10), 568-576.

Jumayev, M. (2023). SOURCES OF HISTORICAL NAMES AND SCIENTIFIC BASIS OF STUDY. Modern Science and Research, 2(10), 568-576.