ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1213
INSON HUQUQLARI HIMOYASI: GLOBAL TALABLAR VA MAHALLIY
AMALIYOTLAR
Xasanova Aziza Sherzod qizi
Toshkent davlat yuridik universiteti
Jinoiy odil sudlov fakulteti 1-kurs A potok 3-guruh talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15490826
Annotatsiya. Globallashuv shiddat bilan rivojlanayotgan dunyoda inson huquqlarini
ta’minlash va himoya qilish xalqaro hamjamiyatning asosiy vazifasi bo‘lib kelmoqda. Davlat
uning tarkibida xalq bo‘lganligi uchun ham davlat hisoblanadi. Agarda u o‘z hududidagi
insonlarning huquqlarini himoya qilolmasa va insonlarga huquqlaridan foydalanish
imkoniyatini ta’minlay olmasa uning davlatchiligiga ziyon yetishi aniq. Shuning uchun ham
inson manfaatlari oliy o‘ringa qo‘yilmoqda. Hech narsa undan ustun bo‘lishi mumkin emas.
Dunyo mamlakatlarining ichki va tashqi siyosatdagi asosiy maqsadi inson huquqlarini
oliy qadriyat sifatida mustahkamlash bo‘lib kelmoqda va bu tamoyilni amalga oshirish uchun
bir qancha sa’y- harakatlar amalga oshirilmoqda. Ayollarning, bolalarning, yoshlarning,
keksalar va nogironlarning manfaatlari milliy konstitutsiyalarda va xalqaro hujjatlarda
mustahkamlandi. Bunga zid harakatlarni amalga oshirganlar va inson huquqlarini poymol
qilganlar belgilangan tartibda javobgarlikka tortilmoqdalar.
Abstract. In a world where globalization is rapidly developing, ensuring and protecting
human rights has become the main task of the international community. A state is a state
because it has a people in its composition. If it cannot protect the rights of people on its territory
and cannot provide people with the opportunity to exercise their rights, it is clear that it will
harm statehood. That is why human interests are put in the highest place. Nothing can be above
it. The main goal of the countries of the world in their domestic and foreign policies is to
strengthen human rights as a supreme value, and a number of efforts are being made to
implement this principle. The interests of women, children, youth, the elderly and people with
disabilities have been enshrined in national constitutions and international documents. Those
who commit actions contrary to this and violate human rights are being held accountable.
Аннотация. В стремительно развивающемся мире глобализации главной задачей
международного сообщества является обеспечение и защита прав человека.
Государство является государством, когда оно включает в себя людей. если она
не сможет защитить права людей на своей территории, если она не сможет
предоставить людям возможность пользоваться своими правами, то ясно, что это
нанесет вред государственности. именно поэтому интересы человека имеют высший
приоритет. ничто не может превзойти его. Основной целью стран мира во внутренней
и внешней политике является укрепление прав человека как высшей ценности, и
предпринимаются некоторые усилия по реализации этого принципа. интересы женщин,
детей, молодежи, пожилых людей и инвалидов закреплены в национальных
конституциях и международных документах. Лица, действовавшие вопреки этому и
нарушившие права человека, привлекаются к ответственности в установленном пор.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1214
Kalit so‘zlar: Inson hquqlari, BMT, Ombudsman, genotsid, odam savdosi, bola
huquqlari, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, demokratiya.
KIRISH
Inson huquqlari-bu insonga bevosita tegishli bo‘lgan va uning jamiyatdagi rolini
belgilab beradigan normalar tizimi hisoblanadi. Shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, ekologik
va siyosiy huquqlar shaxsning ajralmas huquqidir. Muayyan davlatning birinchi vazifasi,
albatta, inson huquqlarini ta’minlash hisoblanadi. Bu inson huquqlari ustuvorligi prinsipidan
kelib chiqqan vazifalardan biridir. Inson huquqlari biri ikkinchisini to‘ldiruvchi normalar
hisoblanadi. Shaxsiy huquqlar insonning tabiiy huquqidir va u ajralmasdir. Tabiiy huquqlar
asrlar davomida shakllanadi va uni biror-bir davlat o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirolmaydi.
Davlat faqat tabiiy huquqlarni himoya qiluvchi askar vazifasini bajaradi, holos. Boshqa
huquqlar, masalan, siyosiy erkinliklar aynan shaxsiy huquqlar sababligina yuzaga keladi.
Chunki odamning yashash huquqi mavjud bo‘lmasa va himoya qilinmasa saylash va
saylanish huquqi bo‘lganligining foydasi yo‘q.
Dunyodagi har bir davlatda ham inson huquqlariga oid muayyan qonunchilik tizimi
shakllangan. Bu qonunchilikning negizini, avvalambor, konstitutsiyalar tashkil etadi. Barcha
davlatlar konstitutsiyalarida inson va fuqaro huquqlari va erkinliklariga maxsus bo‘lim, boblar
ajratilgan. Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari joriy qonunlarda o‘z aksini
topgan.
1
Shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasini ham bunga misol qilishimiz
mumkin. Konstitutsiyamizda inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni va qadr-qimmati oliy
qadriyat sifatida mustahkamlangan. Mamlakatimizda inson huquqlarini milliy va xalqaro
darajada ta’minlash uchun bir qator strategiyalar va konsepsiyalar ishlab chiqilmoqda. Ushbu
hujjatlardagi vazifalarni amalga oshirish uchun davlat organlarining bir qator vazifalar belgilab
berilmoqda.
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston davlat siyosatining inson huquq va erkinliklarini
himoya qilish sohasidagi quyidagi tamoyillari va asosiy yo‘nalishlari shakllandi:
birinchidan, demokratiya va inson huquqlarining umume’tirof etilgan g‘oya va
qadriyatlariga, shuningdek, inson huquqlari sohasida xalqaro majburiyatlarga sodiqlik;
ikkinchidan,
kuchli
huquqiy
davlatchilik
va
adolatli
fuqarolik
jamiyatini
shakllantirishga asoslangan milliy manfaatlar ustuvorligi;
uchinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlab qo‘yilgan
shaxs manfaatlarining jamiyat va davlat manfaatlaridan ustunligi;
to‘rtinchidan, bosqichma-bosqichlik tamoyili – davlat va jamiyatni isloh etish va
modernizatsiya qilishning eng muhim tarkibiy qismi ekanligi;
beshinchidan, ochiqlik va shaffoflik tamoyili. Ushbu tamoyil bu sohadagi barcha
muammolarni muhokama qilish va hal etiish xalq bilan, fuqarolik jamiyatining barcha
institutlari bilan hamda xalqaro sheriklar bilan muloqotda amalga oshirilishini anglatadi.
2
1
Inson huquqlari: darslik / A.R.Mo‘minov, M.A.Tillabayev; masúl muharrir A.X.Saidov. – 2-nashr. – T.:Adolat,
2013. -26 b. – ( Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 65 yilligiga bag‘ishlanadi.
2
Саидов А. Х. Узбекистон ва Инсон ҳукуклари умумжахон декларацияси. – Тошкент: “Адолат”, 2018. –
154 б.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1215
USULLAR
Ushbu maqolani yozishda inson huquqlari va uning himoyasini to‘liq o‘rganishga
yordam beradigan bir qancha usullardan foydalanildi:
Qiyosiy usul:
Bunda bir nechta davlatlarning inson huquqlari bo‘yicha yuritayotgan
siyosatlari bir-biriga solishtirildi. Davlatlar inson huquqlarini ta’minlash va himoya qilish
bo‘yicha mavjud bo‘lgan qonunchilik tizimi, ichki huquqiy mexanizmlari, xalqaro siyosatda
ishtirok etish darajalari orqali qiyoslandi.
Tizimli usul:
Ushbu usulda shaxsiy, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va ekologik
huquqlar o‘zaro bir-biriga bog‘langan tarzda, biri ikkinchisidan yiroqlashtirilmagan holatda
o‘rganildi. Ya’ni ushbu huquqlar yagona bir tizim – inson huquqlari sifatida o‘rganildi.
Tarixiy usul:
Bunda tarixga ko‘proq e’tibor qaratildi. Inson huquqlarining tarixiy
rivojlanish bosqichlari chuqurlashtirilgan holatda o‘rganildi. Qadimgi davrda, o‘rta asrlarda,
yangi davrda va eng yangi davrda inson huquqlariga qanchalik e’tibor berilganligi va Sharq
hamda G‘arbda bu jarayonlar qanday kechganligiga urg‘u berildi.
NATIJALAR
Hozirda ham inson huquqlarini xalqaro darajada himoya qilish insoniyatning bosh
vazifasi bo ‘lib qolmoqda. Bu borada, ayniqsa, globallashuv va texnika asrida bir qancha
qiyinchiliklar yuzaga kelmoqda. Ba’zan davlatlarning o‘zlari ham inson huquqlarini ta’minlash
va himoya qilishda xatolarga yo‘l qo‘ymoqda. Insonlarning jinsiga, irqiga, qaysi millatga
mansubligiga, diniy va siyosiy e’tiqodiga ko‘ra farqlash avj olib, bu genotsid darajasiga
yetmoqda. Natijada ko‘plab begunoh ayollar, bolalar, erkaklar qirilib ketmoqda. Buning oldini
olish uchun Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan Genotsid jinoyatining oldini olish va
jazolash to‘g‘risidagi konvensiya (Convention on the prevention and punishment of the crime
of genocide) qabul qilingan. O‘zbekiston Respublikasi ham O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining 1999-yil 20-avgustdagi 835-1-son Qarori bilan ushbu konvensiyaga qo‘shilgan.
Unga ko‘ra ushbu jinoyatlar genotsid hisoblanadi:
-
guruh a’zolarini o‘ldirish;
-
guruh a’zolariga og‘ir jismoniy yoki ruhiy shikast yetkazish;
-
guruhni yo‘q qilishga mo‘ljallangan turmush sharoitlarini o‘rnatish;
-
guruh ichida tug‘ilishning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni qo‘llash;
-
guruh bolalarini boshqa guruhga majburan o‘tkazish.
3
Inson huquqlarini buzuvchi global xavf-xatarlardan yana biri bu odam savdosidir. Odam
savdosi – kuch bilan tahdid qilish yoki kuch ishlatish yoxud boshqa majburlash shakllaridan
foydalanish, o‘g‘irlash, firibgarlik, aldash, hokimiyatni suiiste’mol qilish yoki vaziyatning
qaltisligidan foydalanish orqali yoxud boshqa shaxsni nazorat qiluvchi shaxsning roziligini
olish uchun uni to‘lovlar yoki manfaatdor etish evaziga og‘dirib olish orqali odamlardan
foydalanish maqsadida ularni yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish.
4
https://www.un.org/en/genocideprevention/documents/atrocity-crimes/Doc.1_ConventionGenocide.pdf
Convention on the prevention and punishment of the crime of genocide. Article II
4
Odam savdosiga qarshi kurashish to'g'risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonuni// yangi tahrir
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1216
Bunga qarshi kurashish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi “Odam savdosiga qarshi
kurashish to‘g‘risida” Qonunini qabul qilgan. Ushbu qonunga muvofiq O‘zbekiston
Respublikasi Ichki Ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi, Davlat
xavfsizlik xizmati, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi,
O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik
muassasalari, Sog‘liqni saqlash vazirligi odam savdosiga qarshi kurashishga doir faoliyatni
amalga oshiruvchi davlat organlari hisoblanadi.
Inson huquqlariga xavf tug‘diruvchi bu va boshqa illatlarga qarshi kurashish uchun har
bir davlat o‘zining alohida strategiya va yo‘nalishlarini belgilab olgan.
MUHOKAMA
Inson huquq va erkinliklarini ta’minlash va himoya qilishda 1945-yil 24-oktabrda
tashkil etilgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining o‘rni beqiyos. Ushbu tashkilot davlatlarga
inson huquqlari sohasida o‘zining sinalgan tavsiyalarini beradi va ularni inson huquqlarini
himoya qilish bo‘yicha birlashishga chaqiradi.
Ayniqsa BMT tomonidan 1948-yil 10-dekabrda qabul qilingan “Inson huquqlari
umumjahon deklaratsiyasi” alohida ahamiyatga ega. Ushbu hujjatning 2- moddasida – “har bir
inson biror bir kamchiliksiz, irqi, terisining rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa
e’tiqodidan, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishidan, mulkiy ahvoli, qaysi tabaqaga mansubligi va
boshqa hloatlardan qat’iy nazar, mazkur Deklaratsiyada e’lon qilingan barcha huquq va
erkinliklar sohibi bo‘lishi kerak.” - deb, yozib qo‘yilgan.
5
Shuningdek, BMTga a’zo davlatlar tomonidan bolalarga alohida e’tibor qaratilganligini
aytib o‘tish kerak. Bolalarning huquqlarini ta’minlash va himoya qilish maqsadida 1989-yil 20-
noyabrda Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyani qabul qilishgan.
A’zo davlatlar bolaning yoki uning ota-onasining yoki qununiy vasiysining irqi, rangi,
jinsi, tili, dini, siyosiy yoki diniy e’tiqodidan qat’iy nazar, o‘z yurisdiksiyasi doirasidagi har bir
bolaga ushbu konvensiyada belgilangan huquqlarni ta’minlash va hurmat qilinishini
ta’minlaydi.
6
O‘zbekiston Respublikasida inson huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlarni milliy
qonunchilikka bosqichma-bosqich implementatsiya qilish va huquqni qo‘llash amaliyotining
o‘z modeli yaratilgan.
1992-yilda parlament tomonidan konstitutsiya qabul qilindi, uning ikkinchi bo‘limini
Inson huquqlari to‘g‘risida o‘zbek billi deyish mumkin. Insonning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy,
ijtimoiy va madaniy huquqlariga oid qonunchilik tizimi yaratilgan: insonning huquqlari va
asosiy erkinliklarini tartibga soluvchi 12 ta konstitutsion qonun, 17 ta kodeks va 700 tadan ortiq
qonun qabul qilingan.
7
Inson huquqlarini yetarli darajada ta’minlash va ularning buzilishini oldini olish
maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzurida Inson huquqlari bo‘yicha vakili
lavozimi ta’sis etilgan.
5
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi// 2-modda
6
https://www.ohchr.org/en/instruments-mechanisms/instruments/convention-rights-child
Convention on the rights of the child// Article 2
7
Саидов А. Х. Узбекистон ва Инсон ҳукуклари умумжахон декларацияси.-Тошкент: “Адолат”, 2018.-155 б.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1217
Uning faoliyatini tartibga solish maqsadida “Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha
vakili (Ombudsman) to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili mansabdor
shaxs bo‘lib, unga davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar
tomonidan inson huquqlari hamda erkinliklari to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan
parlament nazoratini ta’minlash vakolatlari berilgan.
8
XULOSA
Xulosa qilib aytganda inson uning hayoti va huquqlari oliy qadriyat hisoblanishini tarix
isbotlagan. Davlatlar bu tamoyilni o‘zlarining bosh vazifasi qilib olinmoqda. Buni o‘zlarining
Konstitutsiyasi va uning asosida qabul qilingan boshqa qonun hujjatlarida belgilab qo ‘ymoqda.
Inson huquqlari buzilishini har tomonlama cheklash maqsadida xalqaro hamkorlikni
kuchaytirishmoqda. Xalqaro maydonda o‘zlarining faol harakatlari bilan buni keng targ‘ib
qilishmoqda.
Hozirgi kunda insonni va uning huquqlarini buzuvchi bir nechta g‘ayrioddiy harakatlar
yuzaga keldi. Bu jinoyatlarning oldini olish maqsadida davlatlar o ‘zaro kelishib harakat
qilishmoqda. Shuningdek, bu jinoyatlarga qarshi kurashish uchun o‘zlarining mahalliy
amaliyotlarini yuzaga keltirishmoqda.
REFERENCES
1.
Inson huquqlari: darslik / A.R.Mo‘minov, M.A.Tillabayev; masúl muharrir A.X.Saidov. –
2- nashr. – T.:Adolat, 2013. -504 b. – (Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul
qilinganligining 65 yilligiga bag‘ishlanadi.)
2.
Саидов А. Х. Узбекистон ва Инсон ҳукуклари умумжахон декларацияси. –
Тошкент: “Адолат”, 2018. – 240 б.
3.
https://www.un.org/en/genocideprevention/documents/atro
city- crimes/Doc.1_ConventionGenocide.pdf
4.
Convention on the prevention and punishment of the crime of genocide.
5.
Odam savdosiga qarshi kurashish to'g'risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonuni// yangi
tahrir
6.
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi//
7.
https://www.ohchr.org/en/instruments-mechanisms/instruments/convention-rights-
child
Convention on the rights of the child//
8.
9.
“Oliy Majlisning Inson huquqlari bo ‘yicha vakili to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi
Qonuni//
8
8
“Oliy Majlisning Inson huquqlari bo ‘yicha vakili to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni// 1-modda
