Authors

  • Ruxsora To`rayeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.92191

Keywords:

poliradikulonevrit Giyen-Barre nevrit orqa miya likvor nervus trigeminus nervus facialis plegiya

Abstract

Poliradikulonevrit-hozirgi kunda bolalar patologiyalari orasida mavsumiylik xususiyatiga ega bo`lgan va bolalar o`limiga, nogironligiga sabab bo`layotgan kasallikdir. Kasallik nerv innervatsiyalovchi sohaning funksiyasining susayishi yoki kuchayishi bilan namoyon bo`lib, har ikki holatda ham bemorning hayotiy ko`rsatkichlarini tushishiga sabab bo`ladi.

background image

1104

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

BOLALARDA O’TKIR POLIRADIKULONEVRITNING PATOGENETIK

O`ZGARISHLARI

To`rayeva Ruxsora

Osiyo xalqaro universiteti talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15493647

Annotatsiya.

Poliradikulonevrit-hozirgi

kunda

bolalar

patologiyalari

orasida

mavsumiylik xususiyatiga ega bo`lgan va bolalar o`limiga, nogironligiga sabab bo`layotgan
kasallikdir. Kasallik nerv innervatsiyalovchi sohaning funksiyasining susayishi yoki kuchayishi
bilan namoyon bo`lib, har ikki holatda ham bemorning hayotiy ko`rsatkichlarini tushishiga
sabab bo`ladi.

Kalit so`zlar: poliradikulonevrit, Giyen-Barre, nevrit, orqa miya, likvor, nervus

trigeminus, nervus facialis, plegiya

ПАТОГЕНЕТИЧЕСКИЕ ИЗМЕНЕНИЯ ПРИ ОСТРОМ

ПОЛИРАДИКУЛОНЕВРИТЕ У ДЕТЕЙ

Анноиация. Полирадикулоневрит в настоящее время является сезонным

заболеванием среди детской патологии и основной причиной смертности и инвалидности
детей. Заболевание проявляется ослаблением или усилением функции иннервирующей
области нерва и в обоих случаях вызывает снижение жизненных показателей пациента.

Ключевые слова: полирадикулоневрит, синдром Гийена-Барре, неврит, спинной

мозг, спинномозговая жидкость, тройничный нерв, лицевой нерв, плегия.

PATHOGENETIC CHANGES OF ACUTE POLYRADICULONEURITIS IN

CHILDREN

Abstract. Polyradiculoneuritis is currently a seasonal disease among children's

pathologies and causes death and disability in children. The disease is manifested by a
weakening or strengthening of the function of the nerve innervating area, and in both cases it
causes a decrease in the patient's vital signs.

Keywords: polyradiculoneuritis, Guillain-Barré, neuritis, spinal cord, cerebrospinal

fluid, trigeminal nerve, facial nerve, plegia

Kasallikda ko‘plab periferik nervlar va ildizlar zararlanadi. Yallig‘lanish natijasida kelib

chiqqan poliradikulonevropatiyalar birlamchi hisoblanib ularning sababi infeksiya, neyroviruslar.

Ikkilamchi poliradikulo nevritlar infeksion kasalliklarning asorati hisoblanib toshmali

terlama, bo‘g‘ma, ichburug‘, brutsellyoz, bezgak va boshqa kasalliklar sabab bo‘ladi. Toksik
polinevropatiyalar o‘tkir va surunkali zaharlanish oqibatida kelib chiqadi. Masalan: ekzogen
faktorlardan – alkogol, simob, mishyak, qo‘rg‘oshin va boshqalar ta’sirida zaharlanish natijasida.

Endogen sabablariga qandli diabet, homilani toksikoz bilan o‘tishi, o‘sma kasalliklari

kiradi. Bulardan tashqari avitaminozlar, tugunli periartritlar, vegetativ nerv tizimi kasalliklar ham
polinevritlarni chaqirishi mumkin. Infeksion poliradikulonevritlarda nerv o‘zagida miyelin
pardani yemirilishi, o‘q silindrni degeneratsiyasi, pardalarda yallig‘lanish jarayoni bilan birga
orqa miya ildizlarida shish, infiltrattsiya kuzatiladi. Bu jarayonda umurtqalararo tugunlarda ham
o‘zgarish ketadi. Toksik polinevropatiyalarda nerv o‘zaklarida distrofik o‘zgarishlar ustun bo‘lib,
mushak to‘qimasida degenerativ o‘zgarishlar kuzatiladi.

Klinik belgilari.

O‘tkir infeksion poliradikulonevrit yilni kuz faslida ko‘proq kuzatiladi.

Kasallik o‘tkir, tana harorati 38-390C ga ko‘tarilib, kataral o‘zgarishlar: burun bitishi,

yo‘tal, bosh og‘rig‘i bilan boshlanadi.


background image

1105

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

So‘ngra oyoq va qo‘llarni distal qismlarida uyushish, chumoli yurganga o‘xshash, igna

sanchgani kabi paresteziyalar hamda og‘riq paydo bo‘ladi. Harakat doirasidagi zararlanish turli
darajada bo‘lib, oyoq qo‘llarni distal qismida yengil parezdan to chuqur falaj, mushaklar
atrofiyasi, gipotoniyasi, pay reflekslaridan oldin axill, karporadial, keyin tizza va tirsak
reflekslari chaqirilmaydi. Sezgini yuzaki va chuqur turlari, qo‘l va oyoqlarni distal qismida
“qo‘lqop” va “paypoq” ko‘rinishida kamayadi yoki yo‘qoladi. Shular bilan bir qatorda nerv
o‘zaklarini tortishish belgilari (Lasseg, Vasserman, Bexterev, Neri va boshqalar) va meningeal
belgilar (Kernig, pastki Brudzinskiy) ijobiy bo‘lishi mumkin. Ko‘p hollarda vegetativ
o‘zgarishlar, terilarni yupqalashishi, oyoq-qo‘l kaftlarini muzlashi, teri rangini o‘zgarishi
ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Bioximik analizlardan qonda leykotsitoz, likvorda esa sitoz va
oqsil titri oshganligi xarakterlidir. Qo‘l va oyoqlarning zararlangan mushaklarida elektr
qo‘zg‘aluvchanlik tekshirilganda to‘liq yoki qisman degeneratsiya reaksiyasi kuzatiladi. Qayta
tiklash kasallikni 2-3 haftasidan boshlanadi; og‘riq kamayadi, sezgi paydo bo‘ladi, og‘ir hollarda
kasallik 4-5 oygacha cho‘zilishi va asorati qolishi mumkin. Kasallikni kechishiga qarab o‘tkir,
o‘rta o‘tkir va surunkali davrlarga bo‘linadi. Poliradikulonevritni bir turini Giyen-Barre sindromi
deyilib, bunda kasallik o‘tkir, tana haroratini ko‘tarilishi bilan boshlanib, oyoq-qo‘llarda atrofik
falaj kuzatiladi, hamda bosh miya nervlarini zararlanishi bilan kechadi. Orqa miya suyuqligida
oqsil miqdori oshib, hujayralari normada yoki biroz ko‘payadi, biroz ksantroxomiya bo‘lishi
mumkin. Poliradikulonevritning – yuqoriga ko‘tariluvchi shakli Landri falaji bo‘lib, bu kasallik
juda tez boshlanadi. Orqa miya ildizlari zararlanishi oldin oyoqlarda keyin qo‘llarda kuzatilib,
bulbar bosh miya nervlari shikastlanadi, nafas, yurak, qon tomirlar faoliyati buziladi. Likvorda
oqsil hujayra dissotsiyasi kuzatiladi. Vegetativ polinevritlar ham uchrashi mumkin. Bular asosan
kasbga bog‘liq bo‘lib, tebranish (vibratsiya), doimiy sovuq faktor ta’sir qilish, jismoniy kuch
talab qiladigan va mahalliy faktorlar ta’sir qilish (tikuvchilar, sut sog‘uvchilar, qaziydigan
mashinada ishlaydiganlar va boshqalar) natijasida paydo bo‘lib, asosan qo‘llar shikastlanadi va
belgilari vazomotor – trofik o‘zgarishlar ko‘rinishida bo‘ladi (ko‘karish, muzlash, shishish, terini
yupalashishi va qurishi, gipergidroz).

Differensial diagnostika.

Poliradikulonevropatiya kasalligini Sharko Marining nevral

amiotrofiyasi, poliomiyelit, yon amiotrofik skleroz kabi kasalliklar bilan taqqoslash kerak.

Davolash.

Infeksion poliradikulonevritni o‘tkir davrida o‘rin-ko‘rpa rejimi qilinib,

yallig‘lanishga qarshi dorilar (antibiotiklar, urotropin, salitsilatlar), og‘riq qoldiruvchilar, vitamin
V guruhidan V1, V12 katta miqdorda, askarbin va nikotin kislotalar beriladi. Asab mushak
o‘tkazuvchanligini yaxshilovchi dorilardan prozerin, galantamin, kalimin, nivalin berish tavsiya
etiladi. Fizioterapiya muolajalar (quruq issiqlik, Bernar toki, UVCh, monogalvanizatsiya,
vannalar) tavsiya etiladi. Tiklanish davrida biostimulyatorlardan aloe, shishasimon tana, lidaza,
gumizol, fizioterapiya, ozakerid, igna bilan davolash, elektrostimulyatsiya usullaridan
qo‘llaniladi. Qoldiq davrida fiziobalneologiya davolashlardan: oltingugurt, vodorod, sho‘r ishqor
vannalari va dam olish profilaktoriyalari tavsiya etiladi. Vegetativ polinevritlarda yuqorida
ko‘rsatilgan dori muolajalardan tashqari ganglioblokator (pilokarpin, 0,1x3 mahal, geksonin
0,25x3 mahal) tavsiya qilinadi.

REFERENCES

1.

Алиев, М. Д. (2010). Злокачественные опухоли костей. Саркомы костей, мягких
тканей и опухоли кожи, (2), 3-8.

2.

Хаитов, Р. М., & Кадагидзе, З. Г. (2018). Иммунитет и рак.


background image

1106

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

3.

Narzulaeva, U. (2024). PATHOGENETIC MODELS OF CHRONIC HEART FAILURE.
В CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND INNOVATION (Т. 3, Выпуск
12, сс. 154–157). Zenodo.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14557952

4.

Umida Rakhmatulloevna Narzulaeva. (2023). Important Aspects of Etiology And
Pathogenesis of Hemolytic Anemias. American Journal of Pediatric Medicine and Health
Sciences

(2993-2149),

1(7),

179–182.

Retrieved

from

https://grnjournal.us/index.php/AJPMHS/article/view/817

5.

Narzulaeva, U. (2023). PATHOGENETIC MECHANISMS OF MICROCIRCULATION
DISORDERS. International Bulletin of Medical Sciences and Clinical Research, 3(10),
60–65. Retrieved from https://researchcitations.com/index.php/ibmscr/article/view/2811

6.

Narzulaeva, U. (2023). PATHOGENETIC SIGNIFICANCE OF HYPERLIPIDEMIA IN
THE CLINICAL COURSE OF ARTERIAL HYPERTENSION. International Bulletin of
Medical Sciences and Clinical Research, 3(11), 86-91.

7.

Нарзуллаева, У. Р., Самиева, Г. У., & Пардаева, З. С. (2020). Pathogenetic aspects of
verified risk factors such as arterial hypertension and dyslipidemia in the development of
chronic heart failure. American Journal of Medicine and Medical Sciences, 10(10), 776-
779.

8.

Namozov, E. (2024). KЛИНИКО-МОРФОЛОГИЧЕСКИЕ ФОРМЫ РАКА
МОЧЕВОГО ПУЗЫРЯ.

Modern Science and Research

,

3

(12), 911-914.

9.

Namozov, E. (2024). OПУХОЛИ ПОЧЕК.

Modern Science and Research

,

3

(11), 884-

886.

10.

Namozov, E. (2024). PRECANCEROUS DISEASES OF THE STOMACH.

Modern

Science and Research

,

3

(10), 506-508.

11.

www.tma.uz,

12.

www.ziyonet.uz,

13.

www.book.ru,

14.

medinfa.ru.

15.

http://elibrary.ru

16.

http://www.freebooks4doctors.com/

17.

http://www.medscape.com/

18.

http://www.meducation.net/

19.

http://www.thecochranelibrary.com

References

Алиев, М. Д. (2010). Злокачественные опухоли костей. Саркомы костей, мягких тканей и опухоли кожи, (2), 3-8.

Хаитов, Р. М., & Кадагидзе, З. Г. (2018). Иммунитет и рак.

Narzulaeva, U. (2024). PATHOGENETIC MODELS OF CHRONIC HEART FAILURE. В CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND INNOVATION (Т. 3, Выпуск 12, сс. 154–157). Zenodo. https://doi.org/10.5281/zenodo.14557952

Umida Rakhmatulloevna Narzulaeva. (2023). Important Aspects of Etiology And Pathogenesis of Hemolytic Anemias. American Journal of Pediatric Medicine and Health Sciences (2993-2149), 1(7), 179–182. Retrieved from https://grnjournal.us/index.php/AJPMHS/article/view/817

Narzulaeva, U. (2023). PATHOGENETIC MECHANISMS OF MICROCIRCULATION DISORDERS. International Bulletin of Medical Sciences and Clinical Research, 3(10), 60–65. Retrieved from https://researchcitations.com/index.php/ibmscr/article/view/2811

Narzulaeva, U. (2023). PATHOGENETIC SIGNIFICANCE OF HYPERLIPIDEMIA IN THE CLINICAL COURSE OF ARTERIAL HYPERTENSION. International Bulletin of Medical Sciences and Clinical Research, 3(11), 86-91.

Нарзуллаева, У. Р., Самиева, Г. У., & Пардаева, З. С. (2020). Pathogenetic aspects of verified risk factors such as arterial hypertension and dyslipidemia in the development of chronic heart failure. American Journal of Medicine and Medical Sciences, 10(10), 776-779.

Namozov, E. (2024). KЛИНИКО-МОРФОЛОГИЧЕСКИЕ ФОРМЫ РАКА МОЧЕВОГО ПУЗЫРЯ. Modern Science and Research, 3(12), 911-914.

Namozov, E. (2024). OПУХОЛИ ПОЧЕК. Modern Science and Research, 3(11), 884-886.

Namozov, E. (2024). PRECANCEROUS DISEASES OF THE STOMACH. Modern Science and Research, 3(10), 506-508.

www.tma.uz,

www.ziyonet.uz,

www.book.ru,

medinfa.ru.