1114
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
УДК 611.019: 616.711-007.55
BUYRAKNING ORGANIZMDAGI AHAMIYATIVA PATALOGIYALARI
U.M. Ismoilov
https://orcid.org/0009-0009-0166-1103
Osiyo Xalqaro Universiteti, Klinik fanlar kafedrasi, Buxoro, O’zbekiston.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15493698
Annotatsiya. Ushbu maqola buyrakning fiziologik va anatomik tuzilishi, organizm immun
tizimidagi o’rni va turli xildagi patalogik holatlari haqida ma’lumot berishga qaratilgan fikrlar
majmui. Buyrak organizm ichki muhit doimiyligini saqlashda, suv va mineral tuzlar
almashinuvida va arterial bosimni me’yorda ushlashda muhim organ hisoblanadi. Tadqiqotda
buyrak tosh kasalligi, buyrak tomirlar anomaliyalari, BE (buyrak yetishmovchiligi) va
buyrakning yomon sifatli o’smalari kabi patalogiyalari yaratilgan. Zamonaviy tibbiyotda
buyrakning faoliyati haqida qisman ma’lumot beruvchi va buyrak kasalliklarini tashhislash
uchun “Sistatin S“ oqsilidan keng foydalanib kelinmoqda. Shuningdek, buyrakni olib tashlash
ya’ni nefrektomiya organizmga salbiy va ijobiy ta’sir ko’rsatishi haqida ma’lumot keltirilgan.
Maqola buyrakning klinik ahamiyatini tushunishga va uning patalogiyalarini davolash bo’yicha
muhim ilmiy yondashuvlarni o’rganishga asoslangan.
Kalit so’zlar: Buyrak, buyrak tosh kasalligi, buyrak tomirlar anomaliyalari, BE (buyrak
yetishmovchiligi), buyrakning yomon sifatli o’smasi, nefroktamiya.
Buyrak (ren) mikroskopik tuzilishga ega. Buyrak lomber (L1 dab L5 gacha bo’lgan
umurtqa) mintaqada joylashgan. U qondan suyuqlik ajratib chiqaruvchi juft organ. U to’q qizil
rangli loviyasimon a’zo bo’lib, katta yoshdagi odamlarda uzunligi 10-12 sm va og’irligi 120-200
gr ni tashkil etadi. Bu ko’rsatkichlar inson yoshi va jinsiga qarab o’zgaradi. Buyrak boshqa ichki
organlardan farqli ravishta embrion davrida uch turi hosil bo’ladi. Buyrak oldingi yuzasi qavariq,
orqa yuzasi esa yassiroq shaklda bo’ladi. Yuqorigi uchi, pastki uchi, qavariq lateral chekkasi,
botiq o’rta chekkasi tafovvut qilinadi. Chap buyrakning yuqori qismi XI ko’krak umurtqasining
o’rtasida pastki qismi III bel umurtqasining yuqori chekkasi qismiga to’g’ri keladi. O’ng
buyrakning yuqori qismi XI ko’krak umurtqasining pastki sohasiga, pastki uchi esa III bel
umurtqaning o’rta qismiga to’g’ri keladi. Buyrakning oldingi yuzasi qorin parda bilan qoplangan
bo’lib, ichki a’zolarga tegib turadi. O’ng buyrak jigar, chambar ichak va o’n ikki barmoqli
ichakka tegib turadi. Chap buyrak oshqazon, oshqazon osti bezi, och ichak, taloq va chambar
ichakka tegib turadi. Buyrak filtrlovchi a’zo bo’lib, ko’plab vazifalarni o’z ichiga oladi. Ulardan
chiqaruv, ekskretor vazifa ya’ni buyraklar organizmdagi ortiqcha suv, noorganik va organik
moddalar, mochevina, siydik kislota, kreatinin, ammiak va yot moddalarni chiqarib tashlaydi;
suv muvozanatini saqlash; ichki muhit suyuqliklarini osmotik va ion barqarorligini ta’minlash;
kislota asos muvozanatini saqlash; himoya; elektropoez va gomeostazda ishtirok etish; oqsil,
yog’, uglevodlar almashinuvida ishtirok etish; qon bosimini boshqarish; fiziologik moddalar
ishlab chiqarish: renin, eritropoetin, vitamin D3, prostoglandinlar, bradikininlar, urokinazalardan
iborat hisoblanadi. Qisqacha qilib, umumlashtirganimizda buyraklar ekskreator, gomeostatik,
metabolitik, inkreator va himoya vazifalarini bajarishni o’z ichiga oladi. Buyrak anatomik
tuzilishiga ko’ra 2 qismdan: buyrak moddasi va buyrak sinusidan iborat. Buyrak moddasi
po’stloq (cortex) va mag’iz (medulla) qismlaridan iborat.
Buyrakning struktur morfofunksional birligi nefron hisoblanadi. Nefron har bir buyrakda
1 mln va undan ortiqroq miqdorda bo’ladi.
1115
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
Nefron siydik hosil qilishda katta ahamiyat kasb etadi. Nefron malpigi koptokchasidan
boshlanadi. Malpigi koptokchasi esa 2 qavat bo’lib joylashgan Shumlyanskiy Baumen
kapsulasidan iborat. Po’stloq nefronlari buyrakning po’stloq qismining deyarli barcha qismida
bo’ladi. Po’stloq nefronining naychalari kalta hisoblanadi. Mag’iz oldi ya’ni yukstamedullar
nefron esa buyrakning mag’iz qismida keng tarqalgan. Po’stloq va yukstamedullar nefronlarning
soni bir-biridan tubdan farq qiladi. Ularning nisbati 5: 1 hisoblanadi.
Buyrak kasalliklari uning tuzilishi yoki funksiyalarining o’zgarishi bilan bog’liq
muammolar keltirib chiqaradi. Buyrakning keng tarqalgan kasalliklariga:
1.
Buyrak tosh kasalligi (nefrolitiaz). Bu kasallik buyrakda ko’p uchraydigan kasalliklardan
biriri hisoblanadi. Toshlar, asosan, o’ng buyrahda ko’p uchraydi. Statistika ma’lumotlariga
tayanib ko’radigan bo’lsak, 100 nafar insonning buyrak tosh kasalliklaridan 15-20 kishisida
ikkala buyrakda kasalliklar uchrashi mumkin. Buyrak toshlarining eng ko’p uchraydigan
turlariga fosfor, ko’mir kislotasining kalsiyli tuzlari hisoblanadi. Kamyob tarqaladigan turlariga:
struvitlar, uraf toshlarini misol tariqasida qarashimiz mumkin. Buyrak toshlarini unung turli xil
joylarida uchrashi mumkin. Masalan: buyrak jomida, siydik nayida, siydik chiqarish kanali ,
siydik pufagi va kosachalarda joylashadi. Toshlarning turlarini har xilligi ularni keltirib
chiqaradigan sabablarga bog’liq bo’ladi. Ularga kam suyuqlik ichish, tuzli mahsulotlar
me’yoridan ortiq iste’mol qilish, siydik yo’llari infeksiyasi yoki kam siydik (mochevina ) ajratish
misol bo’ladi. Nefrolitiaz ya’ni buyrak tosh kasalliklaridan so’ng qoladigan asoratlar ham
mavjud:
-
O’tkir va surunkali pielonefrit
-
Gidronefroz
-
Siydik naychasi okkluziyasi
2.
Buyrak tomirlar anomaliyasi. Buyrak anomaliyalari ikki turda tafovvut qilinadi. Ular
buyrak tomirlarining tug’ma va mustaqil holda anomaliyaga uchrashi hisoblanadi. Bu kasallik
embriogenez davrida ham vujudga kelishi mumkin. Masalan, rivojlanishdan to’xtash yoki
tuzilishining saqlanib qolishi tufayli. Buyrak arteriya tomirlarining tug’ma o’zgarishlari
buyrakning qon bilan ta’minlanishi buzilishining sababi buyrak arteriyasining anevrizmasi klinik
tomondan buyrakdan qon ketishi bilan aniqlanadi.
3.
BE (buyrak yetishmovchiligi) – asosan buyrak qondagi moddalar almashinuvi
mahsulotlarini tozalay olmasligidan va qon plazmasining tarkibi barqaror bo’lmasligidan kelib
chiqadi. Bu kasallik koptokchalarning kamligi yoki filtrlanish jarayoni sekin kechishidan keyin
rivojlanadi. Buyrak yetishmasligi o’z novbatid :
a.
Oligouriya – siydik miqdorining kamayishi.
b.
Anuriya – qovuqqa siydik tushishining to’xtab qolishi.
c.
Gipostenuriya – siydik nisbiy zichligining pasayishi kasalliklarini ham keltirib chiqaradi.
Buyrak yetishmovchiligi o’tkir va surunkali bo’lishi mumkin:
-
O’tkir buyrak yetishmovchiligi buyraklarning faoliyatlarining sustlashishi natijasida
yuzaga keladi.
-
Surunkali buyrak yetishmovchiligi qandli diabet va qon bosimi ko’tarilishi natijasida
yuzaga keladi.
4.
Buyrakning yomon sifatli o’smasi buyrak to’qimalarida paydo bo’ladi. Buyrakda saraton
kelib chiqishining aniq sabablari yo’qligi tufayli bir nechta taxminlarni keltirishimiz mumkin.
Masalan: surunkali buyrak yetishmovchiligi tufayli dializ bilan davolanuvchilar, genetik
omillar tufayli va ba’zi hollarda gipertenziya ham kasalliklarning avj olishiga turtki bo’ladi.
1116
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
Buyrak saratoni bilan kasallangan bemorlarning belgi va xususiyatlari mavjud. Ularga
misol tariqasida gemoturiya (qon aralash siydik kelishi), tez-tez charchoq, qorin bo’shlig’i ushlab
tekshirilganida shishlar, orqa va yon tomonlarda davomiy og’riqni keltirishimiz mumkin. Buyrak
saratonini bartaraf etish uchun eng samarali usullardan biri bu jarrohlik usulidir. Unda buyrakni
qisman olib tashalash yoki nefrektomiya amaliyotlari bajariladi.
Nefrektomiya bu – buyrakning zararlangan qismini olib tashlash amaliyoti.
Nefrektomiya o’z navbatida uch turga ajratiladi. 1. Qisman nefrektomiya – kasallangan
buyrakning faqatgina zararlangan qismini olib tashlash. 2. Radikal nefrektomiya – buyrakning
barcha qismlari bilan birga olib tashalanishi bo’ladi. 3. Laporoskopik nefrektomiya bu- qisman
va radikal nefrektomiya amaliyotlari uchun ishlatiladigan usul. Unda kichik kesmalardan
foydalaniladi. Nefrektomiya faqat saratonda buyrakni olib tashlash uchun emas, balki
transplantatsiya uchun donordan sog’lom buyrakni olib tashlash uchun ham amalga oshiriladi.
Hozirda zamonaviy tibbiyotda turli xil tahlillar kirib kelmoqda shu tahlillardan biri bu
SISTATIN S oqsil tahlili. Bu tahlil buyrak faoliyati haqida ma’lumot beruvchi tahlillardan biri
hisoblanadi. So’ngi yillar davomida SISTATIN S tahlili tadqiqotlarda asosiy ob’yektga
aylanmoqda. SISTATIN S oqsili buyraklar faoliyatini baholash uchun qo’shimcha ma’lumotlar
beradi va buyrak kasalliklariga tashxis qo’yishga ham yordam berishi mumkin. SISTATIN bu-
oqsil bo’lib, u asosan o’pka, taloq va ichak kabi organlarda va asosan buyraklarda ishlab
chiqariladi. SISTATIN mushaklarda joylashgan kreatinin oqsili bilan birgalikda metabolizmda
ham qatnashadi va buyraklar orqali chiqarib yuboriladi. Sistatin darajasi qonda barqaror bo’ladi
va uning konsentratsiyasi jinsga, tana vazniga va yoshga bog’liq bo’lmaydi. Shu sababli sistatin
oqsili buyraklar faoliyatini to’liq baholay oladi.
Buyrakning normal ishlashini ta’milash uchun sog’lom turmush tarziga amal qilish zarur
va shart. Vitaminlar va minerallarga boy oziq- ovqatlar iste’mol qilish foydadan holi emas.
Buyrakni sog’lom saqlashda jismoniy mashqlar bajarish, qonda qand miqdorini nazoratda
ushlash, qon bosimini me’yorlashtirish, tana vazni va ratsionga e’tibor berish, qabul qilinayotgan
dorilarga e’tiborli bo’lish va miqdorini kamaytirish lozim. Haddan ortiq achchiq oziq – ovqatlar
iste’mol qilish va kofe muntazam ichib yurish buyrak uchun salbiy ta’sir ko’rsatadi.
XULOSA
Buyrak organizmning osmoregulyatsiyasini bir me’yorda saqlaydigan, qonni
filtrlaydigan, metabolik mahsulotlarni parchalaydigan, inson organizmida renin ishlab
chiqaradigan vitaminlar sintezida ishtirok etadidagan organizmining ajralmas tizimi sifatida
muhim o’rin egallaydi. Buyraklar ortiqcha suyuqlikni, pH va qon bosimini bir me’yorda saqlab
turadi.
Buyraklar tashqi tomondan membrana bilan qoplangan va uning ostida parenxima
joylashgan va qonni filtrlaydigan yagona ichki moddadir. Buyraklar qonni tozalash jarayonida
buyraklarning asosiy struktur birligi nefronlar ishtirok etadi. Qon nefronlardan o’tganda u yerda
filtrlanadi va siydik hosil bo’ladi. Buyraklar inson organizmi uchun juda muhim organ
hisoblanadi.
Buyraklar shuningdek, qon bosimini bir me’yorda ushlab turishda ishtirok etadi, qizil
suyak iligi tomonidan qizil qon hujayralari ishlab chiqarishni rag’batlantiradi va elektrolitlar
darajasini tartibga solib turadi. Organizmda buyraklar ish faoliyati buzulishi natijasida yuzaga
keladigan patalogik holatlar, shuningdek, gidronefroz, pielonefrit, glomerulonefrit va boshqa
kasalliklar buyrak funksiyasini susaytirib, o’z faoliyatini olib borishga qarshilik ko’rsatadi.
1117
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
Buyrakning patalogik holatlari, asosan, autoimmun kasalliklar, buyraklarning turli
moddalar ta’sirida o’tkir va tez shikastlanishi (spirtli mahsulotlar iste’mol qilish, turli allergik
dorilar qabul qilish, alkogol hamda tamaki mahsulotlari), buyraklar qon tomirlarida tromblarning
hosil bo’lishi, qo’shimcha yondosh kasalliklarning bo’lishi, bularning barchasi buyraklarning
faoliyatini asta – sekinlik bilan sekinlashtirib boradi. Bularning oldini olish uchun buyrak
kasalliklarini erta aniqlash, to’g’ri tashxis qo’yish hamda davo choralarini qo’llash muhim
hisoblanadi.
REFERENCES
1.
Алексеева О. Р.// Неотложнайа тирапийа в схема и таблсацах. Нижний Новгород
2002
2.
Abarov Z. S. Rahimov G. N . va boshqalar . \\ Amaliy diabetologiya jadvallar ( vrachlar
uchun
qo’llanma )Toshkent 2007 341-346
3.
Калинина А. В. Логинова А .В Логинова А Ф Логинова А. Ф Хазанов А. И \\
Гастроентирологийа И гипатологийю . диагностика и лечение Руководство для
врачей Москва 2011 . 532- 536
4.
Пропедевтика внутренних болезней
Н .А. Моисеев В.С ГЭОТАР-Мидиа
2004
5.
Малая ме дицинская энциклопедия .\\М. Медицинская энциклопедия 1991-96 гг 2.
243-247
6.
N Abdullayev. H Karimov . B Irisqulov .Patologik fiziyologiya 387-397 398-402
7.
Новиков. Ю К Совреннъе подходъ клечению пневмоний\\Русский Медицинский
Журнал 2007.С .1-7 465-501
