1154
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
SIYOSIY PARTIYALAR NAZORATINI SAMARALI QILISH YО‘LLARI
Aliyev Ulug’bek Bekmurotovich
Samarqand Davlat Universiteti Tarix Fakulteti 2- bosqich magistranti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15493830
Annotatsiya. Maqolada nazorat tizimining muhim vositasi bо‘lgan siyosiy partiyalar
nazoratini samarali qilish masalasi о‘rganilgan. Unda nazorat faoliyatini samarali qilish
borasida ikkita asosiy muammo ya’ni nazorat faoliyatiga doir bilimni yetarli emasligi va
befarqlik kayfiyati borligi qayd qilingan. Ushbu muammolarni yechimi ijtimoiy nazoratga doir
bilimni berish va daxldorlik hissini shakllantiradigan ma’naviyatni yuksaltirish bilan bog‘liqligi
asoslab berilgan.
Kalit so’zlar: Siyosiy partiyalar, ijtimoiy tartib, ijtimoiy nazorat, ijtimoiy taraqqiyot,
buyrokratiya, nominak demokratiya, real demokratiya, ijtimoiy nazorat, deputatlar korpusi,
ijtimoiy fikr, parlament, daxldorlik hissi, befarqlik kayfiyati, fuqorolik jamiyati, ijtimoiy
tartibsizlik, korrupsiya, harakatlar strategiyasi, jamoatchilik nazorat.
О‘zbekiston mamlakati dadil qadamlar bilan rivojlanib dunyoda о‘zini munosib о‘rniga
ega bо‘lib bormoqda. Lekin bugungi kunga kelib mamlakatimizni yanada rivojlantirishda ayrim
muammolar tо‘siq bо‘lmoqda. Bunda eng asosiy muammo ijtimoiy tartibning barqarorligi tо‘liq
ta’minlanmaganligi bilan bog‘liq. Ijtimoiy tartibni barqarorligiga asosiy tо‘siq bu buyrokratiya
va korrupsiya illatidir. Buyrokratiya va korrupsiyaning asosiy sababi demokratiyaning
kuchsizligi natijasida qonunni buzish imkoniyatiga ega bо‘lgan mansabdor shaxsning
mavjudligi. Ushbu xususda gapirib О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Bizda bugun nominal
demokratiya bor biz uni real demokratiyaga aylantirishimiz kerak”
1
deb ta’kidladilar. Qonunni
buzish imkoniyati borligining sababi esa, demokratiyaning muhim elementi bо‘lgan nazorat
faoliyatining zaifligi bilan bog‘liq. Nazorat faoliyati qonun ustuvorligi va jazoni muqarrarligini
ta’minlashga qodir bо‘lishi uchun nazorat tizimli xarakterda bо‘lishi bо‘lishi lozim. Nazorat
tizimi davlat va jamiyatning sheriklikdagi nazoratidan iborat bо‘lib ularning vositalari yagona
mexanizm sifatida ishlab turishi lozim.
Bunday nazoratni ya’ni davlat va jamiyatning
birgalikdagi nazoratini ijtimoiy nazorat degan tushuncha bilan ifodalash mumkin.
Bugungi
kunda bizlarda davlat nazorati nisbatan kuchli, jamiyat nazorati esa nisbatan kuchsiz. Jamiyat
tomonidan nazoratni amalga oshiradigan asosiy vositalar bu siyosiy partiyalar, deputatlar
korpusi va mahalla instituti hisoblanadi. Shuning uchun О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
SH.M.Mirziyoyev yuqorida qayd qilingan ma’ruzalarida asosiy e’tiborni siyosiy partiyalar va
deputatlar nazoratini kuchaytirish masalalariga qaratdilar.
2
Ushbu mavzuda gapirishdan oldin siyosiy partiyalarni funksiyalarini aniqlab olish kerak.
Ma’lumki siyosiy partiyalarning xalqaro miqyosda e’tirof etilgan uchta asosiy funksiyasi bor.
Bular nomzodlar bilan ishlash, deputatlar bilan ishlash va ijtimoiy fikrni shakllantirish
funksiyalaridir. Ushbu funksiyalarni amalga oshirilishi nazorat faoliyati bilan bog‘liq
hisoblanadi. Chunki nomzod bilan, deputat bilan ishlash deganda jamiyatda ochiqlik va
oshkoralikni ta’minlash orqali ijtimoiy fikrni shakllantirishga qodir bо‘lgan Parlament nazoratini
shakllantirish tushuniladi.
1
Mirziyoyev SH.M. 2017-2021 yillarda О‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning besh ustuvor yо‘nalishi
bо‘yicha Harakatlar strategiyasi. Toshkent 2017 yil
2
Mirziyoyev SH.M.
Parlamentimiz haqiqiy demokratiya maktabiga aylanishi, islohotlarning tashabbuskori va
asosiy ijrochisi bо‘lishi kerak. Toshkent 2017 yil
1155
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
Umuman yana shuni e’tirof etish kerakki ijtimoiy fikrni shakllantirishni о‘zi nazoratning
muhim elementi hisoblanadi. Siyosiy partiyalar va deputatlar nazorat faoliyatining pastligini
asosiy sabablaridan biri ularda nazorat faoliyatiga doir bilimning yetarli emasligidir. Ikkinchi
muhim sabablardan biri bu befarqlik kayfiyatini tо‘liq jilovlanmaganligi va daxldorlik hissini
yetarli darajada shakllanmaganligi. Shuning uchun muhtaram Prezidentimizning ma’ruzalari
Parlament haqiqiy demokratiya maktabiga aylanishi, islohotlarning tashabbuskori va ijrochisi
bо‘lishi kerak deb nomlangan. Parlament demokratiya maktabiga aylanishi uchun uni nazorati
kuchli bо‘lishi kerak, chunki demokratiya bu nafaqat hokimiyat xalq tomonidan shakllanishi
balki xalq tomonidan nazorat qilinishi hamdir.
Parlament islohotlarning tashabbuskori va ijrochisi bо‘lishi uchun eng avvalo unda
befarqlik kayfiyati jilovlanib daxldorlik hissi shakllangan bо‘lishi lozim. Befarqlik kayfiyati
jilovlanib daxldorlik hissi shakllanishi insonning ma’naviy yuksalishiga bog‘liq. Ushbu fikr
mulohazalardan kelib chiqib muhtaram Prezidentimizning ma’ruzalarida kо‘tarilgan
ikkita
muammoning yechimi ikkita narsaga bog‘liq
deb aytish mumkin. Birinchi muammo, siyosiy
partiyalar va deputatlar korpusining nazorat faoliyatini demokratiya talabi darajasidan orqada
qolayotganligi. Ikkinchi muammo, siyosiy partiyalar va deputatlardagi befarqlik kayfiyatini
jilovlanmaganligi va daxldorlik hissining zaifligi. Ma’ruzada befarqlikni dushmanlikka
tenglashtirilishi ushbu muammoni naqadar muhimligini yaqqol kо‘rsatib turibdi.
Birinchi muammoning yechimi siyosiy partiyalarni va deputatlarni nazorat faoliyatiga
doir bilim bilan qurollantirishga bog‘liq. Ikkinchi muammoning yechimi esa, siyosiy partiyalar
va deputatlarni ma’naviy yuksaltirish bilan bog‘liq. Bu ikkita yechimga erishish uchun esa
siyosiy partiyalar va deputatlarga “Ijtimoiy nazorat” faniga doir bilimlarni berish kerak. Chunki
ushbu fan nafaqat nazoratga doir bilimni beradi balki inson ma’naviyatini yuksaltirishga ham
xizmat qiladi. Nega deganda ijtimoiy nazoratni amalga oshirish faqat nazorat faoliyatiga doir
bilimgagina bog‘liq emas buning uchun ma’naviyat negizida shakllanadigan daxldorlik hissi
ham zarur. Shuning uchun siyosiy partiyalar va deputatlarga “Ijtimoiy nazorat” fanini о‘qitish
maqsadga muvofiq hisoblanadi. Chunki ijtimoiy nazoratga doir bilim har ikkala muammoni
yechishga xizmat qiladi. Boshqacha qilib aytganda
ikkita muammoning yechimi bir narsaga
bog‘liq
ya’ni ijtimoiy nazoratga bog‘liq.
Ushbu fanga doir bilim ijtimoiy-gumanitar fanlarning ya’ni tarixchi, faylasuf, sotsiolog,
politolog, psixolog va boshqalarni hamkorlikdagi tadqiqotlari natijasida ishlab chiqiladi. Ushbu
fanning ahamiyati shundan iboratki bugungi kunda ta’lim tizimidagi biror-bir fan nazorat
faoliyatiga doir bilimni kompleks tarzda bermaydi. Aynan shuning uchun ham bugungi kunda
jamiyat nazorati, jumladan, siyosiy partiyalar va deputatlar nazorati talabga javob bermayapdi.
Shuning uchun “Ijtimoiy nazorat” fanini nafaqat siyosiy partiyalar va deputatlarga balki
barcha fuqarolik jamiyati institutlariga о‘qitish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan
bо‘lishi lozim. Nazorat faoliyatiga doir bilimni aholining keng qatlamlariga singdirish uchun eng
avvalo ushbu faoliyatga doir bilimlarni ishlab chiqishni yо‘lgan qо‘yish lozim. Buning uchun
“Ijtimoiy nazorat”ga doir bilimni ishlab chiqishga keng imkoniyatlar yaratish choralarini kо‘rish
kerak. Bunda oliy ta’lim tizimida “Ijtimoiy nazorat” kafedrasini ochish va jamiyatshunos
olimlarni tadqiqotlarini amalga oshirishga sharoit yaratish muhim ahamiyatga ega. Bu borada
SamDUda ma’lum bir ishlar boshlab yuborilgan va 2012 yildan buyon “Ijtimoiy nazorat”
3
fani
ishlab chiqilib va talabalarga о‘qitilib kelinmoqda.
3
Nabiyev F.X. Ijtimoiy nazorat. Samarqand 2016 yil
1156
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
Nazorat faoliyatiga doir bilimning muhimligini angalab olish uchun insonning azaliy orzusi
bо‘lgan baxtli hayotni qurish ham nazorat bilan bog‘liqligini bilish kerak. Bosh maqsadimiz bо‘lgan
odamlarga
baxtli hayotni
beradigan ozod va obod farovon jamiyat qurishning eng muhim sharti bu
adolatli ijtimoiy tartibning о‘rnatilganligidir. Chunki farovon jamiyat ijtimoiy taraqqiyotga bog‘liq
bо‘lsa, ijtimoiy taraqqiyot esa ijtimoiy tartibga bog‘liq. Ijtimoiy tartib muammosi barcha vaqtlarda
eng murakkab, eng dolzarb muammo bо‘lgan va bugungi kunda ham xuddi shunday bо‘lib
qolmoqda.
Ijtimoiy tartib
huquq va axloq normalariga rioya qilish ta’minlanganlik holati bо‘lib u
nazorat faoliyati
orqali ta’minlanadi. Lekin nazorat faoliyati ijtimoiy tartibni о‘rnatishga qodir
bо‘lishi uchun u davlat va jamiyatning sherikligidagi nazoratidan iborat bо‘lishi lozim. Davlat va
jamiyatning sheriklikdagi nazorati
ijtimoiy nazorat
degan tushuncha bilan ifodalanadi. Tarix
shundan guvohlik bermoqdaki agar nazoratni faqat yuqoridan davlat amalga oshirsa ijtimoiy tartibni
о‘rnatish muammo bо‘lib qoladi.
Davlat nazorati kuchayib borgan sari buyrokratiya va korrupsiya kuchayib borib ijtimoiy
tartibsizlik kelib chiqadi. Ijtimoiy tartibsizlik esa har qanday jamiyat uchun halokatli oqibatlarni
keltirib chiqarishi mumkin bо‘lgan milliy xavfsizligimizga eng xavfli tahdid bо‘lib hisoblanadi.
Shuning uchun О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev о‘z faoliyatida
asosiy e’tiborni korrupsiyaga qarshi kurash olib borishga qaratmoqda, chunki aynan ana shu
korrupsiya illati ijtimoiy tartibni о‘rnatishga tо‘siq bо‘lmoqda
. Muhtaram Prezidentimizning
tashabbuslari bilan 2016- yilning 5- oktabrda “Korrupsiyaga qarshi kurashish tо‘g‘risida” gi qonun
ishlab chiqish taklif qilindi va qisqa vaqtda mazkur qonun ishlab chiqilib 3 - yanvar 2017- yilda
matbuotda e’lon qilindi. Mazkur qonun ijtimoiy tartibni о‘rnatishda muhim ahamiyatga ega bо‘lgan
huquqiy asos bо‘lib xizmat qiladi. Shu о‘rinda ijtimoiy tartibdan eng manfaatdor shaxs Prezident
ekanligini ta’kidlab о‘tish lozim. Buni oila misolida ham kо‘rish mumkin, oiladagi tartibdan eng
manfaatdor odam bu ota-ona ekanligi oddiy haqiqatdir. Mamlakatni ham katta oila deb olsak undagi
tartibdan eng manfaatdor odam davlat rahbari ya’ni prezident ekanligini kо‘rish mumkin.
Muhtaram Prezidentimz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ishlab chiqilgan О‘zbekistonni
2017-2021 yillarda rivojlantirish Harakatlar Strategiyasida va Oliy Majlis palatalari, siyosiy
partiyalar hamda О‘zbekiston Ekologik harakati vakillari bilan bо‘lgan uchrashuvdagi
“Parlamentimiz haqiqiy demokratiya maktabiga aylanishi, islohotlarning tashabbuskori va
asosiy ijrochisi bо‘lishi kerak” nomli
ma’ruzalarida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish
mexanizmini shakllantirish va siyosiy partiyalar, deputatlar nazoratini kuchaytirish ustuvor vazifa
sifatida belgilab berilgan. Siyosiy partiyalar va deputatlar nazoratini amalga oshirishda hamda
jamoatchilik nazorati mexanizmini ishlab turishida nazorat faoliyatiga doir bilimni beradigan
“Ijtimoiy nazorat” fani muhim rol о‘ynaydi.
Ijtimoiy nazorat о‘quv kursi orqali muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning
ma’ruzalari, chiqishlari, intervyulari va asarlarini tizimli ravishda о‘rganish imkoniyati ham
kengayadi.
Chunki Prezident asarlarida adolatli ijtimoiy tartibni о‘rnatish muammosi va uning
о‘rnatilishi ijtimoiy nazoratga bog‘liqligi masalasi markaziy о‘rinni egallaydi, nega deganda
yuqorida ta’kidlaganimizdek nazorat faoliyati beradigan ijtimoiy tartibdan eng manfaatdor shaxs
Prezident hisoblanadi. Barcha vaqtlarda davlat rahbarlari va donishmandlar qanday qilsak jamiyatda
tartib bо‘ladi? degan savolni javobini qidirib kelishgan. Bugungi kunga kelib ijtimoiy tartibni
о‘rnatishning eng maqbul yо‘li sifatida demokratiya va uning tarkibiy elementi bо‘lgan ijtimoiy
nazorat tan olinmoqda. Shuning uchun muhtaram Prezidentimiz asarlarida ijtimoiy tartib va
ijtimoiy nazorat masalalari markaziy о‘rini egallagan.
1157
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
Yuqoridagi fikr mulohazalardan kelib chiqib “Ijtimoiy nazorat” о‘quv kursini oliy
ta’lim tizimiga kiritishni va siyosiy partiyalar hamda deputatlarni malakasini oshirishda
о‘qitilishini taklif qilamiz.
Ijtimoiy nazoratga doir bilim demokratiya sharoitida yashashga qodir
bо‘lgan avlodni tarbiyalashda va fuqarolik jamiyatini, jumladan siyosiy partiyalarni, deputatlarni
kuchli qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Fuqarolik jamiyatini kuchli qilish esa zamonamiz
mohiyati bо‘lgan “Kuchli davlatdan-kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyili asosida ishlab
chiqilgan Harakatlar strategiyasi talabi bо‘lib hisoblanadi. Chunki Harakatlar Strategiyasida
fuqarolik jamiyati institutlarini kuchli qilish va jamoatchilik nazoratini takomillashtirish ustuvor
vazifa sifatida belgilab berilgan.
4
Harakatlar strategiyasi talablaridan kelib chiqib 2017- yilning 20- aprelida ishlab chiqilgan
“Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risidagi” О‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti PQ – 2909 sonli Qarori Oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatni
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqin holda, kadrlar tayyorlash
mazmunini tubdan qayta qurish, xalqaro standartlar darajasiga mos oliy ma’lumotli mutaxassislar
tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratishni asosiy maqsad sifatida belgilab bergan.
5
Mamlakatni
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim sharti ijtimoiy tartib hisoblanadi va uning о‘rnatilishi
ijtimoiy nazoratga bog‘liq. Masalan, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda qulay investitsion
muhit hal qiluvchi rol о‘ynaydi. Qulay investitsion muhit deganda ijtimoiy nazorat orqali
ta’minlanadigan adolatli ijtimoiy tartib о‘rnatilgan muhit tushuniladi.
Uzluksiz ta’lim tizimida “Ijtimoiy nazorat” fanini joriy qilinishi bosh maqsadimiz bо‘lgan
farovon jamiyat qurishni ta’minlaydigan ijtimoiy tartibni о‘rnatishga xizmat qiladi.
Buni
quyidagi konsepsiya bilan ifodalash mumkin:
“ijtimoiy nazorat-ijtimoiy tartib-ijtimoiy
taraqqiyot-farovon jamiyat”
ya’ni ijtimoiy nazorat ijtimoiy tartibni ta’minlaydi, ijtimoiy tartib esa
ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlaydi, ijtimoiy taraqqiyot esa farovon jamiyatni ta’minlaydi.
Siyosiy partiyalar va deputatlar о‘quv kursida asosiy e’tibor yuqorida qayd qilingan
maqsad va vazifalardan kelib chiqib siyosiy partiyalar va deputatlarni nazoratga doir bilim bilan
qurollantirish hamda ma’naviy yuksalish asosida befarqlik kayfiyatini jilovlab daxldorlik hissini
shakllantirishga xizmat qiladigan bilimlarni beradigan mavzularga qaratish maqsadga muvofiq
bо‘ladi. Nazoratga doir bilim bilan qurollangan siyosiy partiya о‘zini funksiyalarini amalga
oshirishga qodir bо‘ladi. Siyosiy partiyalarning asosiy funksiyalari nomzodlar bilan ishlash,
deputatlar bilan ishlash va ijtimoiy fikrni shakllantirishdan iborat. Ijtimoiy fikrni shakllantirish
nazorat faoliyatining mahsuli va nazoratning eng ta’sirli vositasi hisoblanadi. Nazorat faoliyatiga
doir bilim jamiyatning ham siyosiy, ham huquqiy madaniyatini oshirishga xizmat qiladi. Shuning
uchun nazorat faoliyatiga doir bilim siyosiy partiyalarni kuchli qilishga xizmat qiladi deb aytish
mumkin.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning Oliy Majlis palatalari,
siyosiy partiyalar hamda О‘zbekiston Ekologik harakati vakillari bilan 2017- yil 12- iyulda
bо‘lgan videoselektor yig‘ilishidagi “Parlamentimiz haqiqiy demokratiya maktabiga aylanishi,
islohotlarning tashabbuskori va asosiy ijrochisi bо‘lishi kerak” nomli ma’ruzasi talablaridan
kelib chiqib deputatlar va siyosiy partiyalar faoliyatini yanada jonlantirish maqsadida ularga
nazorat faoliyatiga doir bilimlarni va axloqiy tarbiya negizida shakllanadigan ma’naviyatni
4
Mirziyoyev SH.M. 2017-2021 yillarda О‘zbekiston Respublikasini rivvojlantirishning besh ustuvor yо‘nalishlari
bо‘yicha Harakatlar strategiyasi. Toshkent 2017 yil
5
О‘zbekiston respublikasi Prezidenti PQ -2909 sonli 2017 yil 20 apreldagi “Oliy talim tizimini yanada
rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi qarori. Toshkent 2017 yil
1158
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
yuksalishiga xizmat qiladigan g‘oyalarni beradigan о‘quvlarni tashkil etish tо‘g‘risida taklif
berish mumkin. Nazoratga doir bilim bilan qurollangan va befarqlikni jilovlab daxldorlik hissini
shakllantirishga xizmat qiladigan ma’naviy yuksaklikka erishgan siyosiy partiyalar о‘zini nazorat
funksiyasini amalga oshirishga qodir bо‘ladi. Siyosiy partiyalar nazorati esa о‘z navbatida
mamlakatimizda shakllanayotgan nazorat mexanizmini harakatga keltirib adolatli ijtimoiy
tartibni о‘rnatishga qodir bо‘lgan nazorat tizimini shakllantiradi. Adolatli ijtimoiy tartib esa
jamiyat taraqqiyotini ta’minlab orzu qilinayotgan farovon jamiyatni qurishga sharoit yaratadi.
REFERENCES
1.
Mirziyoyev SH.M. 2017-2021 yillarda О‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning besh
ustuvor yо‘nalishi bо‘yicha Harakatlar strategiyasi. Toshkent 2017 yil
2.
Mirziyoyev SH.M. Parlamentimiz haqiqiy demokratiya maktabiga aylanishi, islohotlarning
tashabbuskori va asosiy ijrochisi bо‘lishi kerak. Toshkent 2017 yil
3.
Mirziyoyev SH.M. 2017-2021 yillarda О‘zbekiston Respublikasini rivvojlantirishning besh
ustuvor yо‘nalishlari bо‘yicha Harakatlar strategiyasi. Toshkent 2017 yil
4.
О‘zbekiston respublikasi Prezidenti PQ -2909 sonli 2017 yil 20 apreldagi “Oliy talim
tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi qarori. Toshkent 2017 yil
5.
Nabiyev F.X. Ijtimoiy nazorat. Samarqand 2016 yil
