O‘QUVCHILARNING IJODIY QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY-METODIK ASOSLARI (BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI DARSLARI MISOLIDA)

Abstract

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirish masalasi nazariy va metodik jihatdan yoritilgan. Xususan, ona tili darslari misolida o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, tasavvuri va nutqiy faolligini oshirishga xizmat qiluvchi samarali usullar tahlil qilinadi. Ijodkorlikni rivojlantirishda darsning mazmuni, metodikasi hamda o‘qituvchining yondashuvi muhim omillar sifatida ko‘rib chiqiladi.

Source type: Journals
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
Branch of knowledge

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Navruzova, M., & Kadirova , M. . (2025). O‘QUVCHILARNING IJODIY QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY-METODIK ASOSLARI (BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI DARSLARI MISOLIDA). Modern Science and Research, 4(5), 1276–1282. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/92723
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirish masalasi nazariy va metodik jihatdan yoritilgan. Xususan, ona tili darslari misolida o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, tasavvuri va nutqiy faolligini oshirishga xizmat qiluvchi samarali usullar tahlil qilinadi. Ijodkorlikni rivojlantirishda darsning mazmuni, metodikasi hamda o‘qituvchining yondashuvi muhim omillar sifatida ko‘rib chiqiladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1276

O‘QUVCHILARNING IJODIY QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHNING

NAZARIY-METODIK ASOSLARI

(BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI DARSLARI MISOLIDA)

Navruzova Muyassar Gaybullayevna

Filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD)

Osiyo xalqaro universiteti dotsenti.

Kadirova Muqaddas Boltayevna

Osiyo xalqaro universiteti.

70110401- Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi

MM2-BT-24-guruh magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15492395

Annotatsiya. Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini

shakllantirish va rivojlantirish masalasi nazariy va metodik jihatdan yoritilgan. Xususan, ona tili
darslari misolida o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, tasavvuri va nutqiy faolligini oshirishga
xizmat qiluvchi samarali usullar tahlil qilinadi. Ijodkorlikni rivojlantirishda darsning mazmuni,
metodikasi hamda o‘qituvchining yondashuvi muhim omillar sifatida ko‘rib chiqiladi.

Kalit so‘zlar: ijodiy qobiliyat, boshlang‘ich ta’lim, ona tili darsi, metodika, mustaqil

fikrlash, o‘qituvchining roli, ta’lim mazmuni.

THEORETICAL AND METHODOLOGICAL FOUNDATIONS OF DEVELOPING

STUDENTS' CREATIVE ABILITIES

(ON THE EXAMPLE OF PRIMARY SCHOOL MOTHER TONGUE LESSONS)

Abstract. This article explores the theoretical and methodological foundations of

developing creative abilities in primary school students. Using native language (mother tongue)
lessons as a case study, it examines effective strategies that enhance students’ imagination,
independent thinking, and verbal activity. The study highlights the importance of lesson content,
teaching methods, and the teacher’s role in fostering creativity.

Key words: creative ability, primary education, mother tongue lesson, methodology,

independent thinking, teacher’s role, educational content

ТЕОРЕТИКО-МЕТОДИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ РАЗВИТИЯ ТВОРЧЕСКИХ

СПОСОБНОСТЕЙ УЧАЩИХСЯ

(НА ПРИМЕРЕ УРОКОВ РОДНОГО ЯЗЫКА В НАЧАЛЬНОЙ ШКОЛЕ)

Аннотация. В данной статье рассматриваются теоретические и методические

основы развития творческих способностей у учащихся начальных классов. На примере
уроков родного языка анализируются эффективные методы, способствующие
формированию воображения, самостоятельного мышления и речевой активности.

Отмечается значимость содержания урока, методики преподавания и роли

учителя в развитии креативности.

Ключевые слова: творческие способности, начальное образование, урок родного

языка, методика, самостоятельное мышление, роль учителя, содержание образования.


Kirish.

Zamonaviy ta’limning eng muhim vazifalaridan biri bu – o‘quvchilarning shaxsiy

salohiyatini, xususan, ijodiy qobiliyatlarini erta bosqichdayoq aniqlash va rivojlantirishdir.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1277

Boshlang‘ich ta’lim bu jarayonda hal qiluvchi bosqich bo‘lib, o‘quvchining intellektual,

ijtimoiy va axloqiy shakllanishida asosiy rol o‘ynaydi.[ 1 ] Ijodkorlik – bu insonning mustaqil,
noan’anaviy, moslashuvchan fikrlay olishi, yangilik yaratishga bo‘lgan intilishidir. Bu qobiliyat
har bir bolada tug‘ma tarzda mavjud bo‘lsa-da, uni rivojlantirish uchun to‘g‘ri ta’limiy muhit,
samarali metodlar va individual yondashuv zarur. Psixolog va pedagog olimlar, jumladan, L.S.
Vygotskiy, J. Gilford, M. Runko tadqiqotlarida ijodkorlik tafakkur bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, u
bolaning so‘z boyligi, ifoda qilish qobiliyati, tasavvuri orqali namoyon bo‘lishi ta’kidlangan. Shu
bois, ona tili darslari bu qobiliyatni rivojlantirishda eng qulay fanlardan biri hisoblanadi. Til
vositasida bola o‘z ichki kechinmalarini, tasavvurlarini, kuzatuvlarini erkin ifoda etadi. Yangi
O‘zbekiston sharoitida o‘quvchilarning tafakkurini kengaytirish, ijodiylik va erkin fikrlashini
rag‘batlantirish davlat ta’lim siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylangan. Prezident Shavkat
Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Farzandlarimiz zamonaviy bilimlar bilan birga, chuqur tafakkur,
mustaqil fikr va ijodiy qarashga ega bo‘lishi kerak”.[ 2 ] Ushbu maqola aynan boshlang‘ich sinf
o‘quvchilari misolida ijodiy qobiliyatni rivojlantirishning nazariy va metodik asoslarini tahlil
qilish, amaliy tavsiyalar ishlab chiqish, darsda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan ijodiy mashqlar va
yondashuvlarni tavsiflashni maqsad qilgan. Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining
ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning nazariy-metodik asoslari ko‘rib chiqiladi. Xususan,
maqolada ijodiy fikrlash tushunchasi, uning psixologik xususiyatlari, boshlang‘ich sinfda ijodiy
faoliyatni tashkil etishning samarali usullari, ona tili darslarida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan
metodik yondashuvlar tahlil qilinadi. Maqola quyidagi ilmiy vazifalarni hal etishga qaratilgan:

Ijodiy qobiliyat va ijodiy fikrlash tushunchalarining nazariy asoslarini o‘rganish

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijodiy salohiyatni shakllantirishga ta’sir etuvchi

omillarni aniqlash;

Ona tili darslarida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan metodik vositalarni tizimlashtirish;

O‘qituvchining ijodiy yondashuvi va ta’lim muhiti yaratishdagi rolini aniqlash;

Ilg‘or tajriba va amaliy mashg‘ulotlar orqali o‘quvchilarning ijodkorlik darajasini oshirish

yo‘llarini asoslash.

Mazkur izlanish nazariy tahlil va metodik tajriba asosida olib boriladi. Tadqiqot natijalari

boshlang‘ich ta’limda ona tili darslarining ijodiylikni shakllantirishdagi o‘rnini belgilash,
metodik qo‘llanmalar va dars ishlanmalari ishlab chiqishda asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Asosiy Qism.

Ijodiy fikrlash – bu mavjud bilimlar asosida yangi g‘oyalar, qarashlar yoki

echimlar yaratish jarayonidir. U nafaqat san’atga oid sohalarda, balki barcha hayotiy
vaziyatlarda, ayniqsa, muammoli holatlarni hal qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Psixologiyada ijodkorlik tafakkurning yuqori bosqichi sifatida ko‘riladi. Amerikalik

tadqiqotchi Guilford ijodiy fikrlashni divergent (yoyilgan) fikrlash deb atab, uni tezkorlik,
moslashuvchanlik, original yechim topish kabi komponentlarga ajratgan[3].

Ta’lim jarayonida ijodkorlikni rivojlantirish — bu faqatgina maxsus iqtidorli bolalar

bilan bog‘liq bo‘lgan tushuncha emas. Har bir bola ma’lum darajada ijodiy salohiyatga ega.
Pedagogik nuqtayi nazardan, bu salohiyatni erta bosqichda aniqlab, uni rag‘batlantirish va
tarbiyalash mumkin va zarurdir. Zamonaviy ta’lim konsepsiyasi ijodkorlikni asosiy
kompetensiyalar tarkibiga kiritgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1278

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va “Ilm-fan va

innovatsiyani rivojlantirish strategiyasi”da ham o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, tanqidiy
yondashuv va ijodiy tafakkurni shakllantirish muhim yo‘nalish sifatida belgilangan[ 4 ]. Ijodiy
fikrlashni rivojlantirish orqali o‘quvchi o‘z bilimini amaliyotda qo‘llashni, yangicha
yondashishni va muqobil echimlar topishni o‘rganadi. Bu esa nafaqat bilimni yod olishga emas,
balki uni tahlil qilish, solishtirish, umumlashtirish, ifodalashga asoslanadi. Shunday ekan, ta’lim
jarayonida ijodiylikni qo‘llab-quvvatlovchi muhit va metodika alohida ahamiyat kasb etadi.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari (7–10 yosh) psixologik rivojlanish nuqtai nazaridan o‘ziga

xos davrni bosib o‘tadilar. Bu davrda tasavvur, obrazli fikrlash, eslab qolish, diqqatni jamlash
kabi asosiy kognitiv jarayonlar jadallashadi. Shuningdek, bu yosh davrida bolaning ijodiy
salohiyati eng faol rivojlanadigan bosqich hisoblanadi. Vygotskiy fikriga ko‘ra, bola tasavvur
orqali real voqelikni yangidan yaratishga, uni o‘zicha qayta ishlashga qodir bo‘ladi. Ijodiy
faoliyat bu yoshda o‘yin, rasm chizish, so‘z bilan ishlash, hikoya to‘qish kabi shakllarda
namoyon bo‘ladi. Shuning uchun o‘qituvchi bolaning psixologik ehtiyojlarini hisobga olgan
holda, uni quvnoq, erkin va ochiq muhitda ijodga jalb etishi lozim. Bundan tashqari, bu yoshdagi
bolalar uchun tan olinish, rag‘bat, qiziqarli faoliyatlar juda muhimdir. Agar o‘quvchi o‘z
g‘oyalarini erkin ifoda eta olsa, uning o‘ziga bo‘lgan ishonchi ortadi va bu ijodkorlik uchun
tabiiy poydevorga aylanadi. Ona tili – bu bola uchun nafaqat aloqa vositasi, balki tafakkur va
dunyoqarashni ifodalovchi asosiy vositadir. Dars jarayonida matnlar tahlili, hikoya tuzish, insho
yozish, so‘z boyligini oshirish kabi faoliyatlar ijodiy fikrlashni rivojlantirishga xizmat qiladi. Shu
sababli ona tili darslari ijodiy yondashuvlar uchun eng samarali platformalardan biridir.

Boshlang‘ich sinflardagi ona tili darslari faqat grammatik bilimlarni emas, balki

bolalarning estetik didi, ifodali nutqi, kuzatuvchanligi, tasvirlash qobiliyatini rivojlantirishga
qaratilishi lozim. Masalan, "Tasvirlab ber" yoki "Tugallanmagan hikoyani davom ettir" kabi
topshiriqlar orqali o‘quvchi o‘z tasavvurini so‘z bilan ifoda etishga o‘rganadi[9]. Yana bir
muhim jihat — o‘qituvchi darsni qanday tashkil qilishi. Agar darsda ochiq savollar, erkin
munozaralar, jamoaviy ishlanmalar ko‘p bo‘lsa, o‘quvchi o‘z g‘oyasini erkin aytadi, taklif qiladi,
bu esa ijodiy yondashuvga olib keladi. Shuningdek, ilg‘or xorijiy tajribalar ham shuni
ko‘rsatmoqdaki, ona tili asosida ijodiy tafakkurni shakllantirish natijalari boshqa fanlardagi
muvaffaqiyatlarga ham bevosita ta’sir qiladi.

Ijodiy fikrlashni shakllantirishda zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida ishlab

chiqilgan dars metodikasi muhim o‘rin tutadi. Bu metodika o‘quvchining tafakkurini
faollashtirish, uning tasavvurini kengaytirish va o‘z g‘oyalarini erkin ifoda eta olishiga imkon
yaratishga qaratilgan bo‘lishi kerak. An’anaviy yodlashga asoslangan darslar o‘rniga, tanqidiy va
ijodiy tafakkurni rivojlantiruvchi topshiriqlar asosida tashkil etilgan darslar o‘quvchilarni
mustaqil qaror qabul qilishga, turli nuqtai nazarlarga ochiq bo‘lishga o‘rgatadi. Pedagogik
tajribalar shuni ko‘rsatadiki, ijodiy fikrlashni rivojlantirishga yo‘naltirilgan topshiriqlar orqali
o‘quvchilar nafaqat til boyligini, balki obrazli tafakkur, kontekstda o‘ylash, matn asosida yangi
mazmun yaratish, xulosalash, tahlil qilish ko‘nikmalarini ham egallaydi.[7] Bu kabi topshiriqlar,
masalan, tugallanmagan hikoyani davom ettirish, mavzudan kelib chiqqan holda yangi ssenariy
yozish, ifodali fikrlar orqali o‘z nuqtai nazarini himoya qilish kabi shakllarda berilishi mumkin.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1279

Bunday yondashuvlar bilan o‘tilgan darslarda o‘quvchi passiv tinglovchi emas, balki faol

ishtirokchi sifatida o‘z fikrini shakllantirish va bayon qilish jarayonida doimiy harakatda bo‘ladi.

Shuningdek, o‘quvchilarning tahliliy va baholovchi fikrlash malakalari rivojlanadi.
Darsni tashkil etishda faol ta’lim metodlariga asoslanish, xususan, munozaraviy metodlar,

rolli mashg‘ulotlar, savol-javoblar va tahliliy turlar ijodiy fikrlashni tabiiy tarzda shakllantirishga
xizmat qiladi[9]. Ayrim ta’lim tizimlarida keng qo‘llanilayotgan Bloom taksonomiyasiga
asoslangan topshiriqlar ijodiylikni bosqichma-bosqich shakllantirishga imkon beradi. Unga
ko‘ra, o‘quvchining bilimi avval tushunish, so‘ngra qo‘llash, tahlil, sintez va nihoyat baholash
bosqichlari orqali rivojlanadi. Ushbu yondashuv ijodiy fikrning chuqurligini ta’minlaydi[4].

Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida ijodiylikni rivojlantirishga qaratilgan amaliy

mashqlar va topshiriqlar o‘quvchilarning nutq faolligini, tasavvuri va ifodali fikrlashini
kuchaytiradi. Tajriba asosida aniqlanishicha, dars davomida tugallanmagan matnni davom
ettirish, hikoya asosida yangi ssenariy yaratish, muayyan so‘zdan ko‘plab gaplar tuzish, so‘z
asosida ifodali fikrlar yozish kabi topshiriqlar o‘quvchining tasavvurini boyitadi va nutqiy
salohiyatini kengaytiradi. Bunday mashqlar orqali o‘quvchi fikrini erkin ifoda qilish, voqealarni
bog‘lash, o‘z tasavvuridagi obrazlarni so‘z bilan aks ettirish kabi malakalarni egallaydi. Guruhli
ishlarda esa o‘quvchilarning ijtimoiylashuv darajasi oshadi, o‘zaro fikr almashish, bahs-
munozarada qatnashish, tengdoshlar fikriga hurmat bilan qarash kabi ko‘nikmalar shakllanadi.

Bu esa ijodiylikning bir bo‘lagi bo‘lgan kommunikativ kompetensiyalarning rivojiga

xizmat qiladi. Suhbat mashg‘ulotlari, erkin munozaralar yoki bahsli savollar asosida tashkil
etilgan darslar esa bolalarda mustaqil fikrlashga, dalillashga va o‘z nuqtai nazarini asoslashga
imkon yaratadi. O‘qituvchi tomonidan berilgan ochiq turdagi savollar o‘quvchini o‘ylashga,
analiz qilishga, ilgari surilgan fikrlarga o‘zcha munosabat bildirishga undaydi. Bu uslubda
tashkil etilgan darslar o‘quvchilarni faollashtiribgina qolmay, balki ijodiy salohiyatining
ochilishini ham rag‘batlantiradi[11]. Ijodiylikni rivojlantirishda o‘qituvchi hal qiluvchi shaxsdir.

U nafaqat bilim beruvchi, balki o‘quvchining ijodiy qobiliyatlarini aniqlovchi,

rag‘batlantiruvchi va yo‘naltiruvchi rolini bajaradi. O‘qituvchi o‘z darsini oddiy, yodlovchi va
passiv shaklda emas, balki fikrlovchi, bahslashuvchi, izlovchi sharoitda tashkil qilsa, o‘quvchi
ham o‘zini erkin tutadi, fikrini ochiq ayta oladi va ijodiy yondasha boshlaydi. Shuningdek,
darsda qulay psixologik muhit yaratish, o‘quvchining fikrini baholamasdan, uni rag‘batlantirish,
har qanday g‘oyani qadrlash orqali bolaning o‘ziga ishonchini oshirish mumkin. Bunday
muhitda bola o‘z g‘oyasini aytishdan qo‘rqmaydi, aksincha, har doim yangi fikr topishga harakat
qiladi. Bu esa ijodiy salohiyatning kuchayishiga xizmat qiladi.

O‘qituvchining ijodiy yondashuvi – bu uning metodik vositalarni yangilab borishi,

o‘quvchilarning qiziqishlariga moslab dars jarayonini tashkil etishi, turli materiallardan
foydalanib, darsni jonlantira olishi bilan belgilanadi. Xususan, badiiy matnlar asosida
muhokamalar, dramatizatsiya ishlari, rolli o‘yinlar o‘quvchilarning ijodkorlik darajasini
oshiradi[5]. Ilmiy-pedagogik tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, ijodiy muhit mavjud bo‘lgan
sinflarda o‘quvchilarning mustaqil fikr, tahliliy qarash, obrazli tafakkur va nutq madaniyati
yuqori darajada shakllanadi. Shu bois ijodiy o‘qituvchi — ijodkor shaxslarni tarbiyalaydi, degan
tamoyil pedagogik faoliyatning bosh g‘oyalaridan biri bo‘lib qolmoqda.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1280

Xulosa.

Boshlang‘ich ta’lim bosqichida o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini

rivojlantirish zamonaviy ta’limning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada
ko‘rib chiqilgan nazariy va metodik asoslar shuni ko‘rsatadiki, har bir bolaning ichki salohiyatini
aniqlash va to‘g‘ri yo‘naltirish orqali uni ijodiy faoliyatga jalb etish mumkin va zarur. Ijodiy
fikrlashning tabiati, u bilan bog‘liq psixologik jarayonlar, shuningdek, ta’limda samarali
metodlarning ahamiyati bugungi o‘qituvchining nazaridan chetda qolmasligi lozim. Tadqiqot
natijalari shuni tasdiqlaydiki, ona tili darslari o‘quvchilarda ijodiy tafakkur, ifodali nutq,
mustaqil fikr, tahliliy yondashuv kabi muhim kompetensiyalarni shakllantirishda muhim omil
hisoblanadi. Xususan, erkin yozuv, matn asosida fikr bildirish, dramatik ifoda, guruhli ishlar,
munozara va rolli o‘yinlar o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini faollashtirishda samarali bo‘lib
chiqmoqda. Maqolada ta’kidlanganidek, ijodiy muhit yaratish, o‘quvchilarni erkin fikr aytishga
undash, ularning g‘oyalarini qadrlash, o‘qituvchining doimiy izlanishda bo‘lishi va zamonaviy
metodik yondashuvlarni joriy etishi ijodiy fikrlashni shakllantirishda asosiy shartlardan
hisoblanadi. Pedagogik amaliyotda ijodkor o‘qituvchi — ijodkor avlodni tarbiyalaydi, degan
tamoyil o‘z isbotini topmoqda. Shunday qilib, o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini
rivojlantirish, ayniqsa, boshlang‘ich ta’limda, keng qamrovli yondashuvni talab etadi. Ta’lim
jarayonida o‘quvchining individual xususiyatlarini hisobga olgan holda, samarali metod va
vositalar orqali ijodkorlikni rag‘batlantirish bugungi pedagogik faoliyatning asosiy mezoni bo‘lib
qolmoqda.

REFERENCES

1.

Navruzova, M. (2023). ОЦЕНКА В ШКОЛАХ РАЗНЫХ СТРАН: ОБЩЕЕ И
РАЗЛИЧИЕ.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

28

(28).

2.

Navruzova, M. (2023). HUSNIХАT DАRSLАRIDА TА’LIMIY O’YINLАRDАN
SAMARALI FОYDАLАNISH.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

28

(28).

3.

Navruzova,

M.

(2023).

INSON

TANA A’ZOLARI ISHTIROK ETGAN

MAQOLLARNING LINGVOKULTUROLOGIK TADQIQI.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ

ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

28

(28).

4.

Gaybullayevna, N. M. (2023). LINGUOPOETIC INTERPRETATION OF MEDICAL
UNITS IN EXAMPLES OF UZBEK FOLKLORE.

Web of Semantic: Universal Journal

on Innovative Education

,

2

(6), 317-325.

5.

Navruzova, M. (2023). TIBBIY BIRLIKLAR VA ULARDA TILNING GENDER
IFODASI.

Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения

,

2

(8), 50-53.

6.

Navruzova, M. (2023). ON LEXICAL CHARACTERISTICS OF EUPHEMISMS AS
MEDICAL LINGUISTIC UNITS.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

43

(43).

7.

Navruzova, M. (2023). TIBBIY BIRLIKLARNING LEKSIK QAMROVI VA
ULARNING XALQ JONLI TILI BILAN BOG ‘LIQLIGI.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ

ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

43

(43).

8.

Navruzova, M. (2023). TIBBIY BIRLIKLARNING FOLKLOR ASARLARIDAGI
GENDEROLOGIK TAVSIFI.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

43

(43).


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1281

9.

Navruzova, M. (2023). “FOLKLOR TILI” TUSHUNCHASINING MAZMUN-
MOHIYATI.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

43

(43).

10.

Navruzova, M. G. (2024). EUPHEMISMS AND THEIR CONTENT.

YOUTH, SCIENCE,

EDUCATION: TOPICAL ISSUES, ACHIEVEMENTS AND INNOVATIONS

,

3

(1), 52-62.

11.

Наврузова, М. (2022). ТИББИЁТ СОҲАСИДА ЎЗБЕК ТИЛИ.

Innovations in

Technology and Science Education

,

1

(5), 177-182.

12.

Muyassar, N. (2022). TIBBIYOT OLAMIDA MULOQOT MADANIYATI.

Innovations

in Technology and Science Education

,

1

(5), 183-187.

13.

Navruzova, M. (2023). MILLIY VA DINIY QADRIYATLAR ASOSIDA TA’LIMDA
TIBBIY MULOQOT MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ

ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

28

(28).

14.

Navrozova,

M.

(2021).

TIBBIY

BIRLIKLAR

ASOSIDA

SHAKLLANGAN

TOPONIMLAR: TIBBIY BIRLIKLAR ASOSIDA SHAKLLANGAN TOPONIMLAR.

Журнал иностранных языков и лингвистики

,

4

(9).

15.

Наврузова, М. Г. (2022). ЎЗБЕК ТИЛИДА ТИББИЙ БИРЛИКЛАРНИНГ
ЛИНГВОМАДАНИЙ ХУСУСИЯТЛАРИ.

Scientific Impulse

,

1

(5), 788-796.

16.

Navruzova, M. (2023). ЎЗБЕК ТИЛИДА ТИББИЙ ЭВФЕМИЗМЛАРНИНГ
ЛИНГВИСТИК ХУСУСИЯТЛАРИ.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

28

(28).

17.

Navruzova, M. (2023). НАУЧНО-ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ И МЕТОДОЛОГИЧЕСКИЕ
ОСНОВЫ ФОРМИРОВАНИЯ ПСИХОЛОГИЧЕСКИХ УСЛУГ.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ

ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

28

(28).

18.

Navruzova, M. (2023). Тиббий бирликлар тадқиқи.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ

ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

28

(28).

19.

Navruzova, M. (2023). TIBBIY TERMINLAR HAQIDA AYRIM MULOHAZALAR.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

28

(28).

20.

Navruzova, M. (2022). MAQOLLARDA-SOMATIK BIRLIKLAR.

Инновационные

исследования в современном мире: теория и практика

,

1

(28), 257-265.

21.

Navruzova, M. (2023). ТИББИЁТ ВА ТЕРМИНОЛОГИЯ.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ

ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

27

(27).

22.

Navruzova, M. (2023). O ‘ZBEK XALQ MAQOLLARIDA TIBBIY BIRLIKLARINING
QO ‘LLANILISHINI KORPUS VOSITASIDA TADQIQ ETISH.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ

ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

28

(28).

23.

Gaybullaevna, N. M. (2021). LINGUCULTUROLOGICAL PROPERTIES OF MEDICAL
UNITS OF UZBEK LANGUAGE.

Journal of Contemporary Issues in Business &

Government

,

27

(4).

24.

Gaybullaevna, N. M. (2021). LINGUCULTUROLOGICAL PROPERTIES OF MEDICAL
UNITS OF UZBEK.

Journal of Contemporary Issues in Business and Government Vol

,

27

(4).

25.

Navruzova, M. (2023). ТИББИЙ ТЕРМИНЛАРНИНГ ШАКЛЛАНИШ АСОСЛАРИ.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

28

(28).

26.

Gaybullaevna, N. M. Etymology of Uzbek Medical Terms.

JournalNX

,

7

(06), 169-171.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1282

27.

Gaybullaevna, N. M. (2021). Fundamentals of medical termsformation in uzbek language.

Middle European Scientific Bulletin

,

12

, 488-491.

28.

Navrozova, M. G. (2021). XALQONA TIBBIY BIRLIKLARDA MANO KOCHISH
USULLARI.

Academic research in educational sciences

,

2

(CSPI conference 1), 1487-

1491.

29.

Наврузова, М. Г. (2020). Креативность педагога-условие инновационности его
профессиональной деятельности.

Вопросы науки и образования

, (11 (95)), 109-111.

30.

Navruzova, M. (2023). Lexical-semantical features of some medical linguistic units.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

28

(28

References

Navruzova, M. (2023). ОЦЕНКА В ШКОЛАХ РАЗНЫХ СТРАН: ОБЩЕЕ И РАЗЛИЧИЕ. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 28(28).

Navruzova, M. (2023). HUSNIХАT DАRSLАRIDА TА’LIMIY O’YINLАRDАN SAMARALI FОYDАLАNISH. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 28(28).

Navruzova, M. (2023). INSON TANA A’ZOLARI ISHTIROK ETGAN MAQOLLARNING LINGVOKULTUROLOGIK TADQIQI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 28(28).

Gaybullayevna, N. M. (2023). LINGUOPOETIC INTERPRETATION OF MEDICAL UNITS IN EXAMPLES OF UZBEK FOLKLORE. Web of Semantic: Universal Journal on Innovative Education, 2(6), 317-325.

Navruzova, M. (2023). TIBBIY BIRLIKLAR VA ULARDA TILNING GENDER IFODASI. Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения, 2(8), 50-53.

Navruzova, M. (2023). ON LEXICAL CHARACTERISTICS OF EUPHEMISMS AS MEDICAL LINGUISTIC UNITS. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 43(43).

Navruzova, M. (2023). TIBBIY BIRLIKLARNING LEKSIK QAMROVI VA ULARNING XALQ JONLI TILI BILAN BOG ‘LIQLIGI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 43(43).

Navruzova, M. (2023). TIBBIY BIRLIKLARNING FOLKLOR ASARLARIDAGI GENDEROLOGIK TAVSIFI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 43(43).

Navruzova, M. (2023). “FOLKLOR TILI” TUSHUNCHASINING MAZMUN-MOHIYATI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 43(43).

Navruzova, M. G. (2024). EUPHEMISMS AND THEIR CONTENT. YOUTH, SCIENCE, EDUCATION: TOPICAL ISSUES, ACHIEVEMENTS AND INNOVATIONS, 3(1), 52-62.

Наврузова, М. (2022). ТИББИЁТ СОҲАСИДА ЎЗБЕК ТИЛИ. Innovations in Technology and Science Education, 1(5), 177-182.

Muyassar, N. (2022). TIBBIYOT OLAMIDA MULOQOT MADANIYATI. Innovations in Technology and Science Education, 1(5), 183-187.

Navruzova, M. (2023). MILLIY VA DINIY QADRIYATLAR ASOSIDA TA’LIMDA TIBBIY MULOQOT MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 28(28).

Navrozova, M. (2021). TIBBIY BIRLIKLAR ASOSIDA SHAKLLANGAN TOPONIMLAR: TIBBIY BIRLIKLAR ASOSIDA SHAKLLANGAN TOPONIMLAR. Журнал иностранных языков и лингвистики, 4(9).

Наврузова, М. Г. (2022). ЎЗБЕК ТИЛИДА ТИББИЙ БИРЛИКЛАРНИНГ ЛИНГВОМАДАНИЙ ХУСУСИЯТЛАРИ. Scientific Impulse, 1(5), 788-796.

Navruzova, M. (2023). ЎЗБЕК ТИЛИДА ТИББИЙ ЭВФЕМИЗМЛАРНИНГ ЛИНГВИСТИК ХУСУСИЯТЛАРИ. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 28(28).

Navruzova, M. (2023). НАУЧНО-ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ И МЕТОДОЛОГИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ФОРМИРОВАНИЯ ПСИХОЛОГИЧЕСКИХ УСЛУГ. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 28(28).

Navruzova, M. (2023). Тиббий бирликлар тадқиқи. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 28(28).

Navruzova, M. (2023). TIBBIY TERMINLAR HAQIDA AYRIM MULOHAZALAR. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 28(28).

Navruzova, M. (2022). MAQOLLARDA-SOMATIK BIRLIKLAR. Инновационные исследования в современном мире: теория и практика, 1(28), 257-265.

Navruzova, M. (2023). ТИББИЁТ ВА ТЕРМИНОЛОГИЯ. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 27(27).

Navruzova, M. (2023). O ‘ZBEK XALQ MAQOLLARIDA TIBBIY BIRLIKLARINING QO ‘LLANILISHINI KORPUS VOSITASIDA TADQIQ ETISH. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 28(28).

Gaybullaevna, N. M. (2021). LINGUCULTUROLOGICAL PROPERTIES OF MEDICAL UNITS OF UZBEK LANGUAGE. Journal of Contemporary Issues in Business & Government, 27(4).

Gaybullaevna, N. M. (2021). LINGUCULTUROLOGICAL PROPERTIES OF MEDICAL UNITS OF UZBEK. Journal of Contemporary Issues in Business and Government Vol, 27(4).

Navruzova, M. (2023). ТИББИЙ ТЕРМИНЛАРНИНГ ШАКЛЛАНИШ АСОСЛАРИ. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 28(28).

Gaybullaevna, N. M. Etymology of Uzbek Medical Terms. JournalNX, 7(06), 169-171.

Gaybullaevna, N. M. (2021). Fundamentals of medical termsformation in uzbek language. Middle European Scientific Bulletin, 12, 488-491.

Navrozova, M. G. (2021). XALQONA TIBBIY BIRLIKLARDA MANO KOCHISH USULLARI. Academic research in educational sciences, 2(CSPI conference 1), 1487-1491.

Наврузова, М. Г. (2020). Креативность педагога-условие инновационности его профессиональной деятельности. Вопросы науки и образования, (11 (95)), 109-111.

Navruzova, M. (2023). Lexical-semantical features of some medical linguistic units. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 28(28