Authors

  • Nigora Yuldasheva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.92235

Keywords:

Boshlang‘ich ta’lim badiiy matn tahlil integrativ yondashuv fanlararo integratsiya metodika og‘zaki nutq estetik did tahliliy fikrlash.

Abstract

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini badiiy matnni tahlil qilishga o‘rgatishda integrativ yondashuvning samaradorligi tahlil qilinadi. Integrativ yondashuv asosida adabiyot, ona tili, tasviriy san’at, musiqa kabi fanlararo bog‘liqlikda o‘quvchilarning tahliliy fikrlashi, estetik didi va og‘zaki nutqi rivojlanishi ko‘rsatilgan. Tadqiqotda amaliy tajriba asosida bu yondashuvning dars jarayonida o‘quvchilarning faol ishtirokini ta’minlashi, o‘quv motivatsiyasini oshirishi va matnga chuqur yondashuvni shakllantirishdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, maqolada dars dizaynini integratsiyalashgan holda tashkil etish bo‘yicha metodik tavsiyalar ham bayon etilgan.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1292

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA BADIIY MATNLARNI TAHLIL QILISHDA

INTEGRATIV YONDASHUVNING SAMARADORLIGI

Yuldasheva Nigora Sultanovna

Guliston davlat pedagogika instituti magistranti.

+998-99-451-78-96.

yuldashevanigora07@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15492578

Annotatsiya. Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini badiiy matnni tahlil

qilishga o‘rgatishda integrativ yondashuvning samaradorligi tahlil qilinadi. Integrativ
yondashuv asosida adabiyot, ona tili, tasviriy san’at, musiqa kabi fanlararo bog‘liqlikda
o‘quvchilarning tahliliy fikrlashi, estetik didi va og‘zaki nutqi rivojlanishi ko‘rsatilgan.

Tadqiqotda amaliy tajriba asosida bu yondashuvning dars jarayonida o‘quvchilarning

faol ishtirokini ta’minlashi, o‘quv motivatsiyasini oshirishi va matnga chuqur yondashuvni
shakllantirishdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, maqolada dars dizaynini integratsiyalashgan
holda tashkil etish bo‘yicha metodik tavsiyalar ham bayon etilgan.

Kalit so‘zlar.Boshlang‘ich ta’lim, badiiy matn, tahlil, integrativ yondashuv, fanlararo

integratsiya, metodika, og‘zaki nutq, estetik did, tahliliy fikrlash.

Abstract. This article analyzes the effectiveness of the integrative approach in teaching

elementary school students how to analyze literary texts. It demonstrates how interdisciplinary
connections between subjects such as literature, native language, visual arts, and music
contribute to the development of students’ analytical thinking, aesthetic taste, and oral speech.

Based on practical experience, the study reveals that this approach increases student

engagement in lessons, boosts learning motivation, and fosters deeper comprehension of texts.

The article also provides methodological recommendations for designing integrative

lesson plans.

Keywords: Primary education, literary text, analysis, integrative approach,

interdisciplinary integration, methodology, oral speech, aesthetic taste, analytical thinking.

Аннотация. В данной статье рассматривается эффективность интегративного

подхода в обучении учащихся начальных классов анализу художественных текстов.

Показано, как межпредметные связи между литературой, родным языком,

изобразительным искусством и музыкой способствуют развитию аналитического
мышления, эстетического вкуса и устной речи учащихся. На основе практического опыта
раскрыто, что данный подход обеспечивает активное участие учащихся в учебном
процессе, повышает мотивацию к обучению и способствует более глубокому пониманию
текста. В статье также представлены методические рекомендации по организации
уроков на основе интеграции.

Ключевые слова: Начальное образование, художественный текст, анализ,

интегративный подход, межпредметная интеграция, методика, устная речь,
эстетический вкус, аналитическое мышление.


Kirish.

“Bugungi zamonaviy ta’lim tizimi o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, tahliliy

yondashish, estetik tafakkur va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishni asosiy maqsad qilib


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1293

qo‘ygan.

1

” Bu jumla orqali zamonaviy ta’limning asosiy talablari va kompetensiyaviy

yondashuvga asoslanganligi ko‘rsatilmoqda. Unga ko‘ra, bugungi o‘quvchi – faqat bilim oluvchi
emas, balki bilimni tahlil qiluvchi, fikr bildiruvchi va uni muloqotda ifodalay oladigan shaxs
bo‘lishi kerak. Mustaqil fikrlash va tahliliy yondashuv — XXI asr ko‘nikmalari ichida eng
muhimlaridan biri hisoblanadi. Estetik tafakkur — aynan badiiy matnlar vositasida shakllanadi.

Chunki badiiy matnlar orqali o‘quvchi hayotni badiiy idrok qiladi, go‘zallik va yomonlik,

yaxshilik va yovuzlik kabi tushunchalarni anglaydi. “Ayniqsa, boshlang‘ich sinfda o‘qitiladigan
ona tili va adabiyot darslarida badiiy matnlarni chuqur tahlil qilish orqali o‘quvchilarning tilga
bo‘lgan qiziqishini oshirish va madaniy ongini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega.

2

” Bu fikr

boshlang‘ich ta’limning o‘ziga xos jihatini yoritadi: o‘quvchilar hali o‘quv faoliyati odatlariga
to‘liq ega bo‘lmagan, ammo tilda o‘sib borayotgan bosqichda turadi. Badiiy matnlar — tilning
eng boy va ifodali shakli bo‘lib, ularni tahlil qilish orqali til o‘rganish jarayoni samaraliroq
bo‘ladi. Madaniy ongni shakllantirish – bu adabiyotning tarbiyaviy funksiyasi. O‘quvchi matn
orqali milliy qadriyatlar, axloqiy me’yorlar bilan tanishadi.

“Bu jarayonda integrativ yondashuv — ya’ni turli fanlar mazmunini o‘zaro bog‘lab, bir

butun metodik asosda dars o‘rganish — pedagogik samaradorlikni sezilarli darajada oshiradi.

3

Bu yerda maqolaning asosiy tadqiqot yondashuvi – integrativ metodga urg‘u berilmoqda.
Integrativ yondashuv — bu o‘quvchilarning bilimlarini turli fanlar kesimida

uyg‘unlashtirish orqali chuqurroq va barqarorroq o‘zlashtirishga erishish degani. Masalan, badiiy
matnni tahlil qilishda tarixiy kontekst, geografik joylashuv, musiqa, tasviriy san’at bilan
bog‘lanishlar berilsa, bola tushunchalarni yanada teranroq anglaydi. “Ushbu maqolada integrativ
yondashuv asosida badiiy matn tahlilining boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ta’siri, u orqali
erishiladigan natijalar va metodik tavsiyalar tahlil qilinadi.” Ya’ni maqolada: integrativ
yondashuvni qanday qo‘llash mumkinligini, bu yondashuvning qanday ijobiy (yoki ehtimoliy
kamchilikli)

natijalarga

olib

kelishini,

o‘qituvchilar

uchun

qanday

metodik

yo‘riqnoma/tavsiyalarni taklif qilish mumkinligi yoritililgan.

Metodologiya.

Ushbu tadqiqotda boshlang‘ich sinflarda badiiy matnlarni tahlil qilishda

integrativ yondashuvning samaradorligini aniqlash maqsadida aralash tadqiqot metodlaridan
foydalanildi. Metodlar quyidagilardan iborat:

1.

Kuzatish
Tadqiqotning birinchi bosqichida 4 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2-, 3- va 4-sinf ona

tili va adabiyot darslari jarayoni bevosita kuzatildi. Har bir maktabda 1 haftalik darslar (haftasiga
3 ta adabiyot darsi) monitoring qilindi. Kuzatuv jarayonida o‘qituvchilarning matn ustida ishlash
metodikasi, fanlararo bog‘liqlikni ta’minlash darajasi, o‘quvchilarning ishtiroki va faolligi
maxsus kuzatuv varaqalari asosida baholandi

4

.

2.

Eksperimental yondashuv
Tadqiqotning asosiy qismida ikki guruh shakllantirildi:

1

Karimov B. (2021). Integratsiyalashgan ta’lim: nazariya va amaliyot. – Toshkent: Fan.

2

Salimova N. (2022). Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan ishlash metodikasi. – Samarqand.

3

Abdurahmonova G. (2020). Ta’limda fanlararo integratsiya. – Buxoro: Pednashr.

4

G‘aniyeva, M. (2021). Boshlang‘ich sinfda kuzatuv metodidan foydalanish. Boshlang‘ich ta’lim jurnali, №3, 45–

49.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1294

Tajriba guruhi: badiiy matnlar integrativ metod asosida o‘qitildi (ya’ni, adabiyot

darslariga tarix, tabiatshunoslik, musiqa va tasviriy san’at elementlari kiritildi).

Nazorat guruhi: an’anaviy, ya’ni faqat matn asosidagi klassik dars usullari bilan o‘qitildi.
Har bir guruhga 60 nafardan o‘quvchi jalb qilindi (jami 120 nafar), har bir sinfda 10 dan

o‘quvchi. Eksperiment 1 oy davomida olib borildi (12 ta adabiyot darsi). Har darsdan keyin
qisqa diagnostik topshiriqlar o‘tkazildi.

3.

So‘rovnoma
Tadqiqot davomida o‘quvchilarning o‘z fikrini bildirishi, badiiy matnni qanday qabul

qilganliklari, darsda ishtirok darajasi va matnga nisbatan munosabatini aniqlash maqsadida
so‘rovnomalar o‘tkazildi. So‘rovnomada:

2-4-sinf o‘quvchilaridan 10 ta yopiq va yarim ochiq savollar berildi;

8 nafar boshlang‘ich sinf o‘qituvchisidan metodik yondashuv va farqlar haqida yozma

fikr olindi.

4.

Tahliliy-statistik metod

Eksperimentdan olingan natijalar statistik tahlil qilindi. O‘quvchilarning yakuniy

baholari, test natijalari va so‘rovnoma javoblari Excel va SPSS dasturlarida qayta ishlanib,
o‘rtacha ko‘rsatkichlar va farqlar foizlarda aniqlandi.

I Jadval: Tajriba va nazorat guruhi natijalari taqqoslamasi

Ko‘rsatkich

Tajriba guruhi (%)

Nazorat guruhi (%)

Matn mazmunini to‘liq tushunganlar

78

52

O‘z fikrini asoslab ifoda etganlar

72

46

Fanlararo bog‘lanishni aniqlay olganlar

69

38

Matnga ijodiy yondashganlar

75

41

Natijalar.

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, integrativ yondashuv asosida o‘tkazilgan

darslar o‘quvchilarning badiiy matnni tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishda an’anaviy
metodlarga nisbatan samaraliroq bo‘ldi. Tajriba guruhi ishtirokchilari bir necha muhim
kompetensiyalar bo‘yicha nazorat guruhiga nisbatan sezilarli darajada yuqori natijalarni
namoyon etdilar.

1.

Mustaqil fikrlash va mazmunli javoblar
Tajriba guruhi o‘quvchilarining 78 foizi matn ustida ishlashda mustaqil fikr bildirishga

intilgan, savollarga mazmunli, asosli javoblar bergan. Bu ko‘rsatkich nazorat guruhida 52 foizni
tashkil etdi. Xususan, “Asarda qaysi voqea sizga eng qiziq tuyuldimi va nima uchun?” kabi
ochiq savollarga berilgan javoblar tahlil qilinganda, tajriba guruhidagi o‘quvchilar sabab-oqibat
munosabatini aniqroq izohlay olganlar

5

.

2.

Nutq madaniyati va matn asosida xulosa chiqarish
Tajriba guruhi o‘quvchilari dars jarayonida matndan iqtibos keltirish, obrazlarga tavsif

berish va ular orasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatishda ancha faol bo‘lishdi.

5

To‘xtayeva D. (2021). Matn ustida ishlashda mustaqil fikrlashni shakllantirish. Boshlang‘ich ta’lim, №4, 31–35.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1295

Masalan, "Matndagi bosh qahramonning xarakterini 2–3 jumlada ifoda eting"

topshirig‘ida ularning 75 foizi mantiqan to‘g‘ri va mazmunli javob bergan, bu ko‘rsatkich
nazorat guruhida 49 foizni tashkil etdi².

3.

Fanlararo bog‘lanish va ijodiy tafakkur

Tajriba darslarida adabiyot bilan tabiatshunoslik, tarix, san’at va musiqa elementlarini

birlashtirgan topshiriqlar o‘quvchilarda ijodiy tafakkur va keng dunyoqarash shakllanishiga
xizmat qildi. So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, o‘quvchilarning 69 foizi matnni boshqa fanlardagi
bilimlar bilan bog‘lay oldi (nazorat guruhida bu ko‘rsatkich 38 foiz bo‘lgan).

4.

O‘qituvchilar fikri

So‘rovnomada ishtirok etgan 8 nafar o‘qituvchining 87,5 foizi integrativ metodika

o‘quvchilarning faol ishtirokini ta’minlashda juda samarali ekanini bildirdilar. Ularning fikricha,
bunday metodika o‘quvchilarni zeriktirmaydi, aksincha, har bir darsda yangilik kashf qilishga
undaydi.

5.

Diagnostik yozuvlar natijalari
Eksperiment davrida har 4 darsdan so‘ng o‘tkazilgan qisqa yozma nazorat ishlarining

natijalari quyidagicha:

II Jadval: O‘rtacha baholash natijalari (5 ballik tizimda)

Guruh

1-nazorat ishi

2-nazorat ishi

3-nazorat ishi

Yakuniy

Tajriba guruhi

4.0

4.2

4.4

4.3

Nazorat guruhi

3.5

3.6

3.7

3.6


Bu ko‘rsatkichlar integrativ metod asosida o‘qitilgan o‘quvchilarning o‘zlashtirishi 15–

20% ga yuqoriligini isbotlaydi.

Tahlil.

Integrativ yondashuv boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun matnni nafaqat o‘qish,

balki uni turli kontekstda tushunish, tahlil qilish va undan xulosa chiqarishni o‘rganishga imkon
beradi. Bunda adabiyot, tasviriy san’at, hayotiy tajriba, axborot texnologiyalari vositalari
birlashtirilgan holda qo‘llanilgani darslarni qiziqarli, boy va samarali bo‘lishini ta’minlagan.

Ayniqsa, badiiy matnni sahnalashtirish, rasm chizish, bahs-munozara tarzida

yondashuvlar o‘quvchilarda chuqur o‘zlashtirishni yuzaga chiqargan. Shuningdek, bu usul
o‘qituvchining darsga ijodkorlik bilan yondashishini, metodik jihatdan yangilik kiritishini
rag‘batlantiradi.

Xulosa

.

Integrativ yondashuv boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining badiiy matnni tahlil qilish

ko‘nikmalarini rivojlantirishda samarali usul hisoblanadi. U o‘quvchilarning faolligini, mustaqil
fikrlashini, ko‘p fanli bilimlarni uyg‘unlashtirish ko‘nikmasini oshiradi. Kelgusida ushbu
metodika asosida dars ishlanmalari ishlab chiqish, o‘quv qo‘llanmalari yaratish, o‘qituvchilar
malakasini oshirishni takomillashtirish zarur.

REFERENCES

1.

Karimov B. Integratsiyalashgan ta’lim: nazariya va amaliyot. – Toshkent: Fan, 2021.

2.

Salimova N. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan ishlash metodikasi. – Samarqand, 2022.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1296

3.

Abdurahmonova G. Ta’limda fanlararo integratsiya. – Buxoro: Pednashr, 2020.

4.

Vygotsky, L. S. (1978). Mind in Society: The Development of Higher Psychological
Processes. Harvard University Press.

5.

Marzano, R. J. (2003). What works in schools: Translating research into action. ASCD.

References

Karimov B. Integratsiyalashgan ta’lim: nazariya va amaliyot. – Toshkent: Fan, 2021.

Salimova N. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan ishlash metodikasi. – Samarqand, 2022.

Abdurahmonova G. Ta’limda fanlararo integratsiya. – Buxoro: Pednashr, 2020.

Vygotsky, L. S. (1978). Mind in Society: The Development of Higher Psychological Processes. Harvard University Press.

Marzano, R. J. (2003). What works in schools: Translating research into action. ASCD.