Authors

  • Nigora Yuldasheva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.96857

Keywords:

boshlang‘ich ta’lim baddiy matn tahlil integrative yondashuv fanlararo integratsiya metodika og‘zaki nutq tahliliy fikrlash.

Abstract

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini badiiy matnni tahlil qilishga o‘rgatishda integrativ yondashuvning ahamiyati, badiiy matnni o ‘qish, uni tushunish, tahlil qilish, bu jarayonda o‘quvchilarning kommunikativ qobiliyatini shakllantirish, fanlararo bog‘liqlikda o‘quvchilarning tahliliy fikrlashi, estetik didi va og‘zaki nutqini rivojlantirish, dunyoqarashini kengaytirish.

background image


May, 2025-Yil

683

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA BADIIY MATN ORQALI

INTEGRATSIYALAB O‘QITISHNING AHAMIYATI

Yuldasheva Nigora Sultanovna

GDPI «Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim)»

yo‘nalish magistranti.

e-mail:

yuldasheva0777@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15510925

Annotatsiya.

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini badiiy matnni tahlil

qilishga o‘rgatishda integrativ yondashuvning ahamiyati, badiiy matnni o ‘qish, uni tushunish,
tahlil qilish, bu jarayonda o‘quvchilarning kommunikativ qobiliyatini shakllantirish, fanlararo
bog‘liqlikda o‘quvchilarning tahliliy fikrlashi, estetik didi va og‘zaki nutqini rivojlantirish,
dunyoqarashini kengaytirish.

Kalit so‘zlar:

boshlang‘ich ta’lim, baddiy matn, tahlil, integrative yondashuv, fanlararo

integratsiya, metodika, og‘zaki nutq,tahliliy fikrlash.

Abstract.

This article discusses the importance of an integrative approach in teaching

elementary school students to analyze a literary text, reading, understanding, and analyzing a
literary text, forming students' communicative abilities in this process, developing students'
analytical thinking, aesthetic taste, and oral speech in interdisciplinary relationships, and
broadening their worldview.

Keywords:

elementary education, literary text, analysis, integrative approach,

interdisciplinary integration, methodology, oral speech, analytical thinking.

Аннотация.

В статье рассматривается значение интегративного подхода в

обучении младших школьников анализу художественного текста, чтению, пониманию и
анализу художественного текста, формированию коммуникативных способностей
учащихся в этом процессе, развитию аналитического мышления, эстетического вкуса,
устной речи учащихся в межпредметных связях, расширению их мировоззрения.

Ключевые слова:

начальное образование, художественный текст, анализ,

интегративный подход, межпредметная интеграция, методика, устная речь,
аналитическое мышление.

Kirish.

“Bugungi zamonaviy ta’lim tizimi o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, tahliliy

yondashish, estetik tafakkur va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishni asosiy maqsad qilib
qo‘ygan.

1

” Bu jumla orqali zamonaviy ta’limning asosiy talablari va kompetensiyaviy

yondashuvga asoslanganligi ko‘rsatilmoqda. . Mustaqil fikrlash va tahliliy yondashuv — XXI asr
ko‘nikmalari ichida eng muhimlaridan biri hisoblanadi. Estetik tafakkur — aynan badiiy matnlar
vositasida shakllanadi. Chunki badiiy matnlar orqali o‘quvchi hayotni badiiy idrok qiladi, go‘zallik
va yomonlik, yaxshilik va yovuzlik kabi tushunchalarni anglaydi. “Ayniqsa, boshlang‘ich sinfda
o‘qitiladigan ona tili va adabiyot darslarida badiiy matnlarni chuqur tahlil qilish orqali
o‘quvchilarning tilga bo‘lgan qiziqishini oshirish va madaniy ongini rivojlantirish muhim
ahamiyatga ega.

2

1

Karimov B. (2021). Integratsiyalashgan ta’lim: nazariya va amaliyot. – Toshkent: Fan.

2

Salimova N. (2022). Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan ishlash metodikasi. – Samarqand.


background image


May, 2025-Yil

684

Bu fikr boshlang‘ich ta’limning o‘ziga xos jihatini yoritadi: o‘quvchilar hali o‘quv faoliyati

odatlariga to‘liq ega bo‘lmagan, ammo tilda o‘sib borayotgan bosqichda turadi.

Badiiy matnlar — tilning eng boy va ifodali shakli bo‘lib, ularni tahlil qilish orqali til

o‘rganish jarayoni samaraliroq bo‘ladi. Madaniy ongni shakllantirish – bu adabiyotning tarbiyaviy
funksiyasi. O‘quvchi matn orqali milliy qadriyatlar, axloqiy me’yorlar bilan tanishadi.

“Bu jarayonda integrativ yondashuv — ya’ni turli fanlar mazmunini o‘zaro bog‘lab, bir

butun metodik asosda dars o‘rganish — pedagogik samaradorlikni sezilarli darajada oshiradi.

3

Bu yerda maqolaning asosiy tadqiqot yondashuvi – integrativ o‘qitishning qanchalar

ahamiyatiga kattaligiga urg‘u berilmoqda.

Adabiyotlar tahlili va metodologiya.

B.Myullerning yangi inglizcha va ruscha lug‘atida

mazkur terminga quyidagicha ta’rif berilgan: «Integral – 1) muhim; 2) to‘la, butun, yaxlit
integrallashgan, integrativ – to‘la va butun qilish, butunni tashkil qilish, o‘rtacha qiymati yoki
umumiy miqdorini aniqlash; 3)

mat.

integrallashtirish. Integratsiya –1.

mat.

integratsiya,

integrallash; 2. Bir-biriga birlashtirish».

Izohlardan ko‘rinadiki, «integral» atamasi matematik tushunchani ifodalaydi, «integratsiya

esa qismlarni birlashtirish tushunchasini bildiradi. Shu bois «integral», «integrallashgan»
atamalarini «integrativ», «integratsiya», «integratsiyalashgan» atamalariga sinonim sifatida
qo‘llash mutlaqo nojoiz.

X.To‘xtamatov o‘zining «Zamonaviy ta’limda an’anaviy va masofadan o‘qitish

shakllari integratsiyasi» metodik qo‘llanmasida mutaxassislarning ta’kidlashicha, «Integratsiya
tushunchasi fanda avvaldan mavjud bo ‘lgan turli qismlar va elementlarning birlashgan holda
faoliyat yuritish jarayonini ifoda qiladi»

4

. Integrativ yondashuv turli fanlardan olingan bilimlar,

ko‘nikma, malaka hamda tajribani hisobga olish, ularga tayanish ya’ni chet tilda kasbiy,
kommunikativ, ijtimoiy kompetentlikni integratsiyalash, barobar takomillashtirishni nazarda
tutadi.

Muhokama va natijalar:

Ona tili darslarida boshqa o‘quv fanlari bilan turli darajada

integratsiya amalga oshiriladi. B.Abdullayevaning ta’kidlashicha, o‘quv fanlarining o‘zaro
aloqadorligini ta’minlash usuli bo‘yicha: bir tomonlama, ikki tomonlama, ko‘p tomonlama

5

shakllantirishi mumkin. Shundan ko‘rishimiz mumkinki, dars jarayonini qanday mavzu
bo‘lishidan qat’iy nazar uni tashkil etish pedagogikning salohiyatiga bog‘liqdir. Aynan bu badiiy
matn orqali integratsiyalashga to‘xtaladigan bo‘lsak, ko‘p tomonlama shakllantirishi mumkin.

K.Mavlonova “Ona tili fanini adabiyot fani bilan badiiy matn orqali integratsiyalab

o‘qitish metodikasini takomillashtirish” ilmiy izlanishlari natijasida shunday deb ta’kidlab o‘tadi:
“Ona tili darslarida o‘tilayotgan mavzuga xos til hodisalari bilan shu til hodisalarining ma’no-
mazmuni kuchaytirish xususiyatlari ham badiiy matn orqali integrativlik asosida o‘rganiladi”.

6

3

Abdurahmonova G. (2020). Ta’limda fanlararo integratsiya. – Buxoro: Pednashr.

4

To ‘xtamatov X. Zamonaviy ta’limda an’anaviy va masofadan o ‘qitish shakllari integratsiyasi.//Pedagogika. –

Toshkent – 2015. - № 4 – B. 59-64

5

Abdullayeva B.S. Fanlararo aloqadorlikning metodologik-didaktik asoslari (ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishdagi

akademik litseylarda matematika o‘qitish misolida): Ped.fan.dok. … diss. – Toshkent – 2006 -264b.

6

Mavlonova K. Ona tili fanini adabiyot fani bilan badiiy matn orqali integratsiyalab o‘qitish metodikasini

takomillashtirish. – Toshkent -2019


background image


May, 2025-Yil

685

Shunday ekan aynan qanday badiiy matn bo‘lmasin, ma’no mazmuni jihatidan qaysi fanga

integratsiyalab o‘tish matn mazmunida yaqqol namoyon bo‘lib turadi.

Ona tili darslarida ikki o'quv fanini integratsiyalash asosida ijodiy ishlarni tashkil etishda,

G.Nikitinaning fikricha, o'quvchilar bajaradigan ta'limiy va ijodiy ish turlari muayyan izchillikda
tartiblanishi kerak.

7

Albatta, tartiblanmagan oldindan dars jarayoni to‘gri tashkil qilinmagan ta’lim

jarayonidan hech qanday samaradorlik olinmaydi. Buning natijasida ko‘pgina chalkashliklarga
olib kelinishi mumkin.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, integrativlashib o‘tilgan darslar sifati, an’anaviy tashkil

qilingan darslardan tubdan farq qilishini ko‘rishimiz mumkin. Bu ko‘rsatkich o‘z navbatida 13%ga
oshishini darsdan keyin olingan sinov testlaridan bilib olishimiz mumkin.

Xulosa.

Xulosa sifatida shuni aytola olamizki, Integrativ yondashuv boshlang‘ich sinf

o‘quvchilarining badiiy matnni tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishda samarali usul
hisoblanadi. U o‘quvchilarning faolligini, mustaqil fikrlashini, ko‘p fanli bilimlarni
uyg‘unlashtirish ko‘nikmasini oshiradi. Kelgusida ushbu metodika asosida dars ishlanmalari
ishlab chiqish, o‘quv qo‘llanmalari yaratish, o‘qituvchilar malakasini oshirishni takomillashtirish
zarur.

Foydalangan adabiyotlar

1.

Karimov B. (2021). Integratsiyalashgan ta’lim: nazariya va amaliyot. – Toshkent: Fan.

2.

Salimova N. (2022). Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan ishlash metodikasi. – Samarqand.

3.

Abdurahmonova G. (2020). Ta’limda fanlararo integratsiya. – Buxoro: Pednashr.

4.

To‘xtamatov X. Zamonaviy ta’limda an’anaviy va masofadan o‘qitish shakllari
integratsiyasi.//Pedagogika. – Toshkent – 2015. - № 4 – B. 59-64

5.

Abdullayeva B.S. Fanlararo aloqadorlikning metodologik-didaktik asoslari (ijtimoiy-
gumanitar yo‘nalishdagi akademik litseylarda matematika o‘qitish misolida): Ped.fan.dok.
… diss. – Toshkent – 2006 -264b.

6.

Mavlonova K. Ona tili fanini adabiyot fani bilan badiiy matn orqali integratsiyalab o‘qitish
metodikasini takomillashtirish. – Toshkent -2019

7.

Никитина Г.Г. Обучение младших школьников творческим работам на основое
интергация языковой и литературной подготовки. Составление рассказа по серии
сюжетный картинок // Начальная школа. – Москва, 2007. - № 5. – С. 55-57.






7

Никитина Г.Г. Обучение младших школьников творческим работам на основое интергация языковой и

литературной подготовки. Составление рассказа по серии сюжетный картинок // Начальная школа. –
Москва, 2007. - № 5. – С. 55-57.

References

Karimov B. (2021). Integratsiyalashgan ta’lim: nazariya va amaliyot. – Toshkent: Fan.

Salimova N. (2022). Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan ishlash metodikasi. – Samarqand.

Abdurahmonova G. (2020). Ta’limda fanlararo integratsiya. – Buxoro: Pednashr.

To‘xtamatov X. Zamonaviy ta’limda an’anaviy va masofadan o‘qitish shakllari integratsiyasi.//Pedagogika. – Toshkent – 2015. - № 4 – B. 59-64

Abdullayeva B.S. Fanlararo aloqadorlikning metodologik-didaktik asoslari (ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishdagi akademik litseylarda matematika o‘qitish misolida): Ped.fan.dok. … diss. – Toshkent – 2006 -264b.

Mavlonova K. Ona tili fanini adabiyot fani bilan badiiy matn orqali integratsiyalab o‘qitish metodikasini takomillashtirish. – Toshkent -2019

Никитина Г.Г. Обучение младших школьников творческим работам на основое интергация языковой и литературной подготовки. Составление рассказа по серии сюжетный картинок // Начальная школа. – Москва, 2007. - № 5. – С. 55-57.