Authors

  • Abbosali Abbosov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.92268

Keywords:

odob hol maqomi qurb muhabbat jazba sahvq uns mujohada mushohada.

Abstract

Mazkur maqolada Tasavvuf ilmida odob va hol maqomlari uning darajalari manbalar asosida tahlil etilgan.

background image

1248

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

TASAVVUF ILMIDA ODOB VA HOL MAQOMI

Abbosov Abbosali

BuxDU Islom tarixi va manbashunsoligi, falsafa kafedrasi o’qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15495291

Annotatsiya. Mazkur maqolada Tasavvuf ilmida odob va hol maqomlari uning darajalari

manbalar asosida tahlil etilgan.

Kalit so‘zlar: odob, hol maqomi, qurb, muhabbat, jazba, sahvq, uns, mujohada,

mushohada.

Odob bu – go‘zal xulq, nafsi zohir va nafsi botinni tarbiya qilishdir. So‘fiylarning

anglashlariga binoan odob to‘rtga bo‘linadi:

1.Shariat odobi. Bu – Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) shariati va sunnatiga amal

qilish.

2.Tariqat odobi. Bu – bir tariqatga bog‘lanib, odob va arkonini o‘rganib, shu bo‘yicha

harakat qilish.

3.Ma’rifat odobi. Bu – nafsi ammorani mag‘lub qilib, ilmi ilohiyni o‘zlashtirish.
4.Haqiqat odobi. Bu – Allohdan boshqasidan yuz burib, vahdat mayidan qonmoq.
Ibodat, zikr va fikrning sunnatga muvofiq bo‘lishi uchun himmat ko‘rsatardilar. U zot

sunnatga muvofiq suhbat yo‘li bilan muridlarni etishtirardi. U kishining quyidagi so‘zlari
mashhur bo‘lib ketgan: “Bizning yo‘limiz suhbatdir. Xilvatda shuhrat, shuhratda esa ofat bordir.

Xayr jamoat bilandir”

1

.

Hol ruhiyat bilan bog‘liq bo‘lgani uchun u tasavvufda maxsus ilm - ilmi hol orqali

o‘rganilgan. Tasavvuf ahli orasida «ilmi qol» va «ilmi hol» degan tushunchalar bo‘lgan. «Ilmi
qol» til bilan ifodalasa bo‘ladigan ilmlar, ya’ni zohiriy ilmlar, chunonchi shariat ilmi ham shunga
kirgan. «Ilmi hol» esa insondagi so‘z bilan tushuntirib bo‘lmaydigan g‘aroyib ruhiy kechinmalar,
favqulodda fe’l-atvor, xislatlarning namoyon bo‘lishidir.

Xuddi maqomotning bosqichlari bo‘lganiday, holning ham tasnif-ta’rifga keltirilgan

bosqichlari mavjud:

1.

Qurb

2.

Muhabbat

3.

Shavq

4.

Uns

5.

Mujohada

6.

Mushohada

7.

Mukoshafa

Qurb

(yaqinlik) – solikning o‘zini Alloh taologa yaqinlashganini his etish holati,

Xudoning huzurini bevosita sezish, Xudo nigohining tushishini ham anglatadi. Qurbni so‘fiylar
ko‘pincha Muhammad Mustafo sallallohu alayhi vasallamning Me’roj tuni Alloh huzuriga
etganlari bilan qiyoslaydilar.

Muhabbat

maqomi qalbda kuchli tug‘yonning ko‘tarilishi, betoqat va bezovta bo‘lib,

barcha go‘zalliklar manbai, qudratu nusrat, ne’matu rohat egasi Alloh tomon talpinishdir.

Shavq

– muhabbatning zo‘rayishi.

Uns

– (do‘stlashuv) esa ko‘nikish, Xudo mehriga, shafqatiga odatlanishni anglatadi.

1

Xoja Abduxoliq G‘ijduvoniy. Vasiyatnoma. – Toshkent. “Sharq”, – 1993y. – B.57.


background image

1249

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

Mujohada

– nafsni mahv etishga qat’iy intilish, tanaga mashaqqatni ravo ko‘rib,

ma’naviyat uchun jihod, ya’ni jangga kirish va g‘alaba qilish demak. Mana shunday jiddu jahd,
shiddatli ruhiy iztiroblardan keyin solik Haq jamolini mushohada eta boshlaydi

2

.

Mushohada

(ko‘rish) esa o‘z navbatida g‘ayb pardalarining ochilib, ilohiy sirlarning

kashf etilishiga yo‘l ochadi – mukoshafa martabasi hosil bo‘ladi.

Albatta, bu martaba – manzillarning ketma-ketlik tartibini shartli, deb bilmoq kerak.
Chunki bu holatlar solikda navbatma-navbat yuz berishi ham yoki birdaniga bir necha

xislat sohibiga aylanishi ham mumkin. Tariqat maqomotlari bilan hol martabalari orasidagi
aloqalar xususida shu gapni aytish mumkin. Voqean, ba’zi olimlar, jumladan, E.E.Bertels xavf,
rajo kabi biz maqomot manzillari sifatida ko‘rsatib o‘tgan maqomlarni hol martabasi deb qayd
etadi. Umuman, bu o‘rinda bir narsani aytib o‘tish joiz, ya’ni so‘fiylik iste’dodini nazarda tutish
kerak. CHunki har bir sohada bo‘lganiday, so‘fiylikning ham o‘ziga xos iste’dodi bor. Buni
tasavvufda jazba deb yuritganlar (ba’zilar buni ishq, junun so‘zlari bilan ham ifodalaganlar).

Jazba

– bu insondagi alohida ilohsevarlik mayli, ruhiy va tafakkuriy-shuuriy bir

tavajjuhdir. Hazrati Bahouddin Naqshbanddan bu martabaga qanday qilib erishdingiz, deb
so‘raganlarida, ul zot mana bu arabcha jumla bilan javob bergan ekanlar: “Jazbatun min jazabotil
haqqi yuvazil amalis saqalayni”, ya’ni: “Odamzot va jinlarning amali uchun Haqning jazbalari –
tortishlaridan bir tortish kifoya”.

Demak, jazba – tortish, Haqning bandalariga va bandalarning Haqqa intilishi, irodani

Ilohga bog‘laydigan dard. U ko‘ngilni betoqat etib, faqru fano yo‘liga etaklayveradi. Jazba
qancha kuchli bo‘lsa, solik shuncha tez tariqat odobini o‘zlashtirib, qalb ko‘zi ochiladi, holga
kiradi.

Maqomot xususida gap ketganda, shuni ham ta’kidlamoqchimizki, ayrim nazariyotchilar

maqomlar bilan hol martabalarini qo‘shib, tilga oladilar, ya’ni tariqatni “maqomot” va “hol” deb
ikki qismga bo‘lmasdan, ikkalasini birga olib qaraganlar. CHunonchi, “Piri Hirot” laqabini olgan
atoqli shayx Abdulloh Ansoriy “Manozil us-soirin” (“Sayr etuvchilarning manzillari”) nomli
kitobida yozadiki, “Haq yo‘liga kirgan soliklar turfa holatlarda bo‘ladilar va har bir holatning o‘z
sayri, bu sayrning boshlanish (ibtido) jarayoni va intihosi bo‘ladi”. Muallif bu holatlarni
“abvob”, ya’ni “eshiklar” deb ataydi, chunki har bir holatning kiradigan eshigi bo‘lishi muqarrar,
eshikdan kirgan odam esa o‘z holiga muvofiq muomala-munosabat, fe’lu atvor ko‘rsatadi

3

.

Shunday qilib, tariqat manzillari Abdulloh Ansoriy nazdida o‘nta holatdan iborat bo‘lib,

ular quyidagicha nomlanadi:

1.

Ibtido (boshlanish).

2.

Bob (eshik).

3.

Muomala.

4.

Hamida (maqtalgan) axloq.

5.

Usul.

6.

Avdiya (vodiylar).

7.

Ahvol.

8.

Valoyat (valiylik).

9.

Haqoyiq (haqiqatlar).

10.

Intiho (yakun) yoki vasl.

2

Komilov. N. Tasavvuf. – Toshkent.: “Movarounnahr”, 2009y. – B. 31-32.

3

Komilov. N. Tasavvuf. – Toshkent.: “Movarounnahr”, 2009y. – B. 32,33.


background image

1250

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

Hakim Termiziyning “Manozil ul-ibod min al-iboda” (“Bandalarning bandachilikdagi

manzillari”) asari ikki bobdan iborat bo‘lib, birinchi bobda alloma dastlab Allohga yetishish
yo‘lidagi manzillarni sanab o‘tgan. Ikkinchi bobda esa bandalarning ushbu manzillarga yetishish
uchun ega bo‘lishi lozim bo‘lgan tasavvufiy axloq va sifatlarning mohiyati ochib berilgan.

Tasavvuf ta’limotidagi bunday manzillar hol va maqomlar deb atalib, Hakim Termiziy

“Manozil ul-ibod min al-iboda” (“Bandalarning bandachilikdagi manzillari”) asarida hol va
maqom tushunchalari o‘rniga manzillar degan iborani ishlatgan. U insonlarning, xususan, o‘z
nafslarini yomon xulqlardan poklab, go‘zal xulqlar bilan ziynatlash yo‘liga kirganlarning
tasavvufdagi yetti manziliga ta’rif berilgan.

4

Hakim Termiziy inson kamolotini tahlil qilar ekan, Qur’oni Karim va hadislardan dalillar

asosida yetti manzilni ko‘rsatgan: Bular quyidagilardan iboratdir.

5

Birinchisi-tavba manzili;
ikkinchisi-dunyoda zohidlik manzili;
uchinchisi-adovatun-nafs manzili (nafsga dushmanlik manzili);
to‘rtinchisi-muhabbat manzili;
beshinchisi-qat’ul-havo manzili (hoyu havasni uzib tashlash va undan poklanish manzili);
oltinchisi-qo‘rquv manzili;
yettinchisi-qurbat manzillaridir.
Ma’lum bo‘ladiki, Ansoriyning “manozil” larida ruh dialektikasi chuqurroq aks etgan,

maqomlarga nisbatan bunda tadrijiy taraqqiyot, jarayon, turli jihatlarning o‘zaro vositaligi
kuchliroq. Voqean, maqom – bekat, ya’ni yo‘ldagi to‘xtalish bo‘lsa, manzil sayru tomosha
qiladigan joy ham, ruhning hordig‘i, o‘zini anglashi va yana olg‘a intilishiga imkon bor. Shayxi
kabir Ibn Arabiyning “Futuhoti Makkiya” asarida ham maqom va manzil, shu kabi “tariqat
rabotlari” birga olib qaraladi.

6

Ibn Arabiy ko‘rsatishicha, tariqatda 19 ta maqom, 360 ta manzil

va rabot (karvonsaroy) bor. Manzillar jumlasiga iymon, ishonch, sabr, toat, shukr kiradi.

Uningcha, ilmi holning ham darajalari bor, ular quyidagilardir:

1.

Alloh yo‘lidan bormoq.

2.

Alloh nazarida bo‘lmoq.

3.

Allohga vositachi bo‘lmoq.

4.

Alloh xizmatida bo‘lmoq.

5.

Allohga yor bo‘lmoq.

6.

Alloh uchun yashamoq.

7.

Allohga jon fido qilmoq.
Solikning ruhiy-ma’naviy kamolotini “sayr” yoki “safar” so‘zlari bilan tushuntirganlar.
Sayr va safar to‘g‘ri ma’noda ham qo‘llanilgan. CHunki safar qilish ajzu riyozat

turlaridan biri hisoblangan. Ko‘p so‘fiylar musulmon mamlakatlarini piyoda kezib chiqqanlar,
atoqli shayxlarning suhbatiga etishganlar. Ayniqsa, piyoda haj safariga borish so‘fiy uchun katta
sharaf deb qaralgan. Lekin tariqat safari deganda aksari ruhiy safar tushuniladi. Safar –
ko‘ngilning Haq sari tavajjuhi, bu to‘rt xil bo‘ladi:

1.

Sayr illalloh (Alloh tomonga sayr). Bu nafs manzillaridan ravshan ufqlarga etguncha

bo‘lib, qalb maqomidir va ilohiy ismlar tajalliyotining chiqadigan joyidir.

4

Ҳаким ат-Термизий Абу Абдуллоҳ ибн Али. Манозил ул-ибод мин ал-ибода.,( Шоший. A таржимон) –

Тошкент: Movarounnahr, 2003.; Қайта нашр- 2018.– Б.64.

5

Xaitov, L. (2024). ҲАКИМ ТЕРМИЗИЙ МЕРОСИДА ИЛМ МАСАЛАСИ.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ

ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

45

, 45.

6

Ибн ал-Араби. Мекканские откровения.- Санкт Петербург: Петербургское востоковедение, 1995.- 288 с.


background image

1251

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

2.

Sayr filloh (Alloh olamida sayr). Uning sifatlari bilan sifatlanish va ismlariga etishish orqali

oliy darajalarni topish, ruh maqomi va Vohidiyat huzurining nihoyatini tanish.

3.

Jam’ markazi va Ahadiyat huzuriga taraqqiy etib borish. Bu “qoba qavsayn” maqomidir.
Ikkilik bartaraf bo‘lgach esa, “av adno” maqomiga erishiladi.
“Qoba qavsayn” (ikki qosh orasi) va “av adno” (yanada yaqinroq) Payg‘ambar me’rojiga

ishora etuvchi so‘zlardir. Payg‘ambar yuzni faqat Alloh sari burib, unga yaqinlashganlar. “Qoba
qavsayn” maqomi Ilohga yaqinlashish (qurb) maqomidir.

4. Sayr billoh analloh (Allohdan yana o‘ziga qaytish)

7

.

Jam’dan keyingi farq yoki fanodan so‘ng keladigan baqo maqomi shudir.
Sayr va safar tushunchalarini soddaroq qilib izohlaydigan bo‘lsak, quyidagi ma’no hosil

bo‘ladi: birinchi safar – kasrat (dunyo) pardalarining vahdat (Iloh) yuzidan ko‘tarilishi; ikkinchi
safar – vahdat pardasini kasrat vujudidan ketkazish va botin orasidagi qaydlarni bartaraf etish,
aynan dunyoning o‘zida Uni ko‘rish; uchinchi safar – zohir (juz’)dan jam’ sari taraqqiy etish va
to‘rtinchi safar – haqdan yana xalqqa qaytishdir. Haqdan xalqqa qaytish deganda so‘fiylar
orasida: “rasti-rasidi” (“uzilding-etding”) degan ibora bor.

Buning ma’nosi xalqdan uzilsang – Haqqa etasan, demakdir. Ammo bu ibtidodagi niyat,

bunga erishgandan keyin esa, endi so‘fiy xalqqa Haqning buyruq va qaytariqlarini gapira olishi
mumkin bo‘ladi, shu bois xalqqa qaytish yana dunyo mashg‘ulotiga qaytish emas, balki dunyoga
Alloh nurini taratishdir

8

.

REFERENCES

1.

Azamatovich H. L. Hakim At Termiziy scientific heritage in the Hadis theme
//International Journal on Integrated Education. – 2019. – Т. 2. – №. 5. – С. 10-13.

2.

Ҳаким ат-Термизий Абу Абдуллоҳ ибн Али. Манозил ул-ибод мин ал-ибода.,(
Шоший. A таржимон) – Тошкент: Movarounnahr, 2003.; Қайта нашр- 2018.– Б.64.

3.

Xaitov, L. (2024). ҲАКИМ ТЕРМИЗИЙ МЕРОСИДА ИЛМ МАСАЛАСИ.

ЦЕНТР

НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

45

, 45.

4.

Komilov. N. Tasavvuf. – Toshkent.: “Movarounnahr”, 2009y. – B. 35,36.

5.

Xoja Abduxoliq G‘ijduvoniy. Vasiyatnoma. – Toshkent. “Sharq”, – 1993y. – B.57.

6.

Azamatovich, X. L. (2023). Hakim Termizi-Theoretician of Knowledge on Nafs.

Central

Asian Journal of Literature, Philosophy and Culture

,

4

(11), 32-38.

7.

Ибн ал-Араби. Мекканские откровения. - Санкт Петербург: Петербургское
востоковедение, 1995.- 288 с.

7

Komilov. N. Tasavvuf. – Toshkent.: “Movarounnahr”, 2009y. – B. 35,36.

8

Komilov. N. Tasavvuf. – Toshkent.: “Movarounnahr”, 2009y. – B. 36.

References

Azamatovich H. L. Hakim At Termiziy scientific heritage in the Hadis theme //International Journal on Integrated Education. – 2019. – Т. 2. – №. 5. – С. 10-13.

Ҳаким ат-Термизий Абу Абдуллоҳ ибн Али. Манозил ул-ибод мин ал-ибода.,( Шоший. A таржимон) – Тошкент: Movarounnahr, 2003.; Қайта нашр- 2018.– Б.64.

Xaitov, L. (2024). ҲАКИМ ТЕРМИЗИЙ МЕРОСИДА ИЛМ МАСАЛАСИ. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 45, 45.

Komilov. N. Tasavvuf. – Toshkent.: “Movarounnahr”, 2009y. – B. 35,36.

Xoja Abduxoliq G‘ijduvoniy. Vasiyatnoma. – Toshkent. “Sharq”, – 1993y. – B.57.

Azamatovich, X. L. (2023). Hakim Termizi-Theoretician of Knowledge on Nafs. Central Asian Journal of Literature, Philosophy and Culture, 4(11), 32-38.

Ибн ал-Араби. Мекканские откровения. - Санкт Петербург: Петербургское востоковедение, 1995.- 288 с.