28-05-2025
614-618
65
29
RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING SAYLOV TIZIMIGA KIRIB KELISHI VA UNING AHAMIYATI
Ushbu maqolada raqamli texnologiyalarning saylov tizimiga tatbiq etilishi va uning demokratik jarayonlarga ko’rsatadigan ta’siri tahlil qilinadi. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari saylovchilarning ishtirokini oshirish, saylov jarayonlarining shaffofligini ta’minlash hamda ovoz berish tizimining samaradorligini ta’minlashga xizmat qilmoqda. Elektron ovoz berish tizimlari, blokchein texnologiyasi, sun’iy intellekt va boshqa raqamli vositalarning saylov tizimiga tatbiq etilishining afzalliklari va mavjud xavf-xatarlari o’rganiladi. tadqiqot natijalariga ko’ra, raqamli texnologiyalarning saylov tizimiga joriy etilishi demokratik jarayonlarni modernizatsiya qilish va saylovlarning legitimligini oshirishning muhim omili ekanligi aniqlandi.