28-05-2025
1394-1400
59
22
RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING SAYLOV HUQUQINI TA’MINLASH MEXANIZMLARIGA TA’SIRI: HUQUQIY TARTIBGA SOLISH MASALALARI
Mazkur maqolada raqamli texnologiyalarning saylov huquqini ta’minlash mexanizmlariga ta’siri hamda uni huquqiy tartibga solish masalalari o’rganilgan. Zamonaviy raqamli texnologiyalarning saylov jarayoniga tatbiq etilishi fuqarolarning saylov huquqlarini amalga oshirishda yangi imkoniyatlar yaratish bilan birga, bir qator huquqiy muammolarni ham keltirib chiqaradi. Maqolada elektron ovoz berish tizimlari, blokchein texnologiyasi, sun’iy intellekt va raqamli identifikatsiya tizimlarining afzalliklari va xavflari, ularning saylov huquqini ta’minlashdagi ahamiyati tahlil qilingan. Xorijiy davlatlar tajribasi va O’zbekistonda raqamli saylov texnologiyalarini joriy etishning huquqiy asoslarini takomillashtirish bo’yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.