2025
MAY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 5
628
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI TARBIYACHI PEDAGOGLARINING
TARBIYALANUVCHILAR BILAN MULOQOTNI TASHKIL ETISH USULLARI VA
MULOQOTDA TARBIYAVIY JARAYON TAMOYILLARI
Ernazarova Shiyrinay Jumamuratovna
Nókis rayonı Mektepke shekemgi hám mektep bilimlendiriw bólimine qaraslı 19-sanlı mektep
ámeliyatshı psixologı.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15512141
Annotatsiya. Ushbu maqolada tarbiyachining tarbiyalanuvchilar bilan muloqoti
samarali bo‘lishi uchun amalda qo‘llanilib kelinadigan bir qator murakkab bo‘lmagan
pedagogik ta’sir etuvchi usullar; ishonchini qozonish usuli , ta’sir etish va ma’qullash usuli
haqida ma’lumotlar berilgan. Shu bilan bir qatorda o‘quvchilar bilan do‘stona munosabat,
muloqotni ijtimoiy hayot qonuniyatlari bilan bog‘lab olib borish, muloqotni tashkil etishda
mehnat faoliyatining o‘rni haqida yoritilgan.
Kalit so‘zlar: Do‘stona muloqot, ishonch, ma’naviy-tarbiyaviy, tarbiyachi,
tarbiyalanuvchi, ta’lim-tarbiyaviy, temperament, ijtimoiy muhit, odob normalari, qoidalari.
Аннотация. В статье представлен ряд простых педагогических приемов,
которые используются на практике для повышения эффективности общения педагога
с
учениками; Предоставляется информация о том, как завоевать доверие, влияние и
одобрение. В то же время рассматриваются такие вопросы, как построение
дружеских
отношений со студентами, связь общения с законами общественной жизни,
роль труда в
организации общения.
Ключевые слова: Дружеское общение, доверие, духовно-просветительский,
воспитатель,
образованный,
образовательно-воспитательный,
темперамент,
социальная среда, этикет, правила.
Abstract. This article provides information on a number of simple pedagogical methods
of influence that are used in practice to ensure effective communication between educators and
students; methods of gaining trust, methods of influencing and approving. At the same time, it
covers the role of friendly relations with students, linking communication with the laws of social
life, and the role of labor activity in organizing communication.
Keywords: Friendly communication, trust, spiritual and educational, educator, student,
educational and educational, temperament, social environment, norms of etiquette, rules.
2025
MAY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 5
629
Tarbiyachining tarbiyalanuvchilar bilan muloqoti samarali bo‘lishi uchun suhbatdoshni
o‘ziga moyil qilib olish zarur. O‘zaro moyillikka erishish uchun amalda qo‘llanilib kelinadigan
bir qator murakkab bo‘lmagan pedagogik ta’sir etuvchi usullardan foydalaniladi. Ularning eng
muhimlari tarbiyalanuvchi
ishonchini qozonish hamda ta’sir etish va ma’qullash
usullaridir.
–ishonchini qozonish usuli
tarbiyalanuvchilar bilan muloqot asosida ta’sir
ko‘rsatishning yuqori samara beradigan usulidir. U tarbiyalanuvchi ongiga qaratilgan bo‘lib,
idrok qilish orqali o‘quvchilar ishonchini qozonishni va ularning roziligini nazarda tutadi.
Ishonchini qozonish dalillash, isbotlash orqali olib boriladi. Ishonchini qozonish usuli
yordamida tarbiyachi
9
tarbiyachilarning dunyoqarashini shakllantiradi, ularda o‘z-o‘zini
tarbiyalashga nisbatan javobgarlik hissini oshiradi. Ishonchini qozonish usuli nafaqat tarbiyachi
bilan muloqot jarayonida, balki ta’limtarbiyaviy faoliyatdan tashqari holatlarda ham
tarbiyalanuvchiga ta’sir qiladi. Tarbiyalanuvchi ishonchini qozonish ijobiy yoki salbiy natijalar
paydo qilishi ham mumkin. Tarbiyachi ishontirish bilan tarbiyalanuvchida ijobiy xislatlarni
uyg‘otishi uchun tarbiyaviy metodlarni o‘z o‘rnida qo‘llashi shart. Tarbiya jarayonida har bir
tarbiyalanuvchining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olishi zarur. Tarbiyalanuvchilarning
qobiliyat va iqtidorlari, qiziqishlari, irodaviy xislatlari har xil bo‘lgani uchun bir
tarbiyalanuvchiga nisbatan foydali bo‘lgan ishonchini qozonish usuli, boshqasiga zararli
bo‘lishi mumkin. Shuning uchun har bir tarbiyalanuvchining ruhiyatini, psixologiyasini, ichki
dunyosini tarbiyachi muntazam o‘rganib borishi, tarbiyalanuvchilarning o‘ziga xos
xususiyatlarini, tarbiyalanuvchi temperamentining umumiy tiplarini o‘rganish metodikasini
bilish lozim. Masalan, ko‘rish va eshitish qobiliyati, faolligi, tez anglashi, sust fikr yuritishi,
hovliqma yoki vazminligi, sergap yoki kamgapligi, serg‘ayrat yoki g‘ayratsizligi, yalqov yoki
tirishqoqligi, pala-partish va chala ishlaydigan, yoki ishga tez kirishib ketishi kabilar nerv
faoliyati tizimiga bog‘liq bo‘lib, tarbiyachi tarbiyalanuvchilar ishonchini qozonishi uchun
ularni bilishi va zarur bo‘lgan xulosalarni ishlab chiqishi shart. Tarbiyalanuvchilar ishonchini
qozonishning yana bir muhim xususiyati tarbiyalanuvchilarni shaxs sifatida rivojlanishida o‘z-
o‘zini tarbiyalashidir. O‘z-o‘zini tarbiyalash tarbiyalanuvchining o‘zini o‘zi idora qilishi, o‘zida
erkinlikni, ijtimoiy mavqeini, tashabbuskorlik va mustaqillikni shakllantirishdir.
Tarbiyalanuvchining yashirin qobiliyatlari o‘z-o‘ziga ishonch orqali yuzaga chiqadi.
Tarbiyalanuvchi uchun o‘z o‘zini baholash qiyin jarayon. Tarbiyalanuvchi ta’lim-
tarbiya berayotgan tarbiyalanuvchilarga ishonch bilan ergashib, o‘ziga nisbatan ishonch ruhida
tarbiyalanar ekan, unda avvalo, mustahkam iroda shakllanadi, o‘z burchini to‘g‘ri tushunadi,
bilish va o‘rganishga qiziqishi kuchayadi, o‘z-o‘zini har tomonlama takomillashtirishga
2025
MAY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 5
630
intiladi, o‘ziga atrof muhitdagi o‘rtoqlari ko‘zi bilan xolisona baho beradi, o‘ziga ishonadi va
unda qoniqish hissi paydo bo‘ladi. Xarakteridagi salbiy odatlarni, zararli sifatlarni tez anglab,
ularni yo‘qotish va bartaraf etishga intiladi.
– ta’sir etish va ma’qullash usuli
muloqotning umumiy jarayonidir. Ikki
suhbatdoshning bir-birlariga ta’sir ko‘rsatishlari, tarbiyaviy maqsadni ma’qullattirish vositasi
sifatida o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, ushbu usul vositasida tarbiyachi tarbiyalanuvchi
ruhiyatiga va xulqatvoriga tarbiyaviy maqsadni ko‘zlab sezilarsiz ravishda psixologik ta’sir
ko‘rsatadi. Tarbiyalanuvchi psixikasida nazoratsiz kiradi. Ushbu usul, muloqot jarayonida
tarbiyachi tarbiyalanuvchilarda axloqiy-irodaviy xislatlarni faol takomillashtiradi. Tarbiyachi
xushmuomalaligi, muosharat odobining cheksiz qudrati bilan tarbiyalanuvchilar psixikasining
anglanmagan qirralariga pedagogik ta’sir etadi, tarbiyachi va tarbiyalanuvchining yaqindan
muloqotda bo‘lishini, bir-birlariga ishonchini, topshiriqlarni ma’qullab vaqtida bajarish uchun
javobgarlik hissini shakllantiradi. Tarbiyachi tarbiyalanuvchilar jamoasi bilan pedagogik
muloqotni har tomonlama mukammal tashkil etish va ko‘zlangan maqsadga erishishi uchun
tarbiyaviy jarayonning jamiyat talablariga mos keluvchi etakchi
tamoyil
laridan o‘rinli
foydalanishi lozim: Aslida muloqotdan maqsad tarbiyalanuvchilar bilan do‘stona munosabatni
ro‘yobga chiqarishdir. Tarbiyalanuvchi shaxsini hurmat qilish tarbiyachining insonparvarlik
tuyg‘ularidan kelib chiqadi. Tarbiyalanuvchi shaxsini hurmat qilish, ularga cheksiz mehr-
muxabbat ko‘rsatish va ularga ishonish shart. Bolalarga nisbatan hurmat tuyg‘usi ularning
kuchiga kuch qo‘shadi, o‘z imkoniyatlariga ishonch tuyg‘usini shakllantiradi, tarbiyaning
samaradorligini oshiradi.Tarbiyalanuvchi shaxsini hurmat qilish va munosabatni adolatli
talabchanlik mezonlari asosida qurishdir. Do‘stona muloqot tarbiyachi bilan tarbiyalanuvchi
o‘rtasidagi bilimlarni puxta o‘zlashtirilishini ta’minlaydi va mukammal shaxsiy fazilatlarni
tarkib toptirishga xizmat qiladi. Pedagogik jarayonda sodir bo‘ladigan muomala odobi
tarbiyachilarning axloqiy madaniyati, tarbiyalanganlik darajasida aks etadi. Tarbiyachining
o‘ziga va o‘z kasbiga, o‘quvchilarga bo‘lgan munosabati uning muloqotida yaqqol namoyon
bo‘lishi mumkin.
O‘z faoliyatini endigina boshlagan tarbiyachilar ayniqsa, har bir tarbiyalanuvchining
kelajagiga umid bilan qarashlari, unga individual yondashishga harakat qilishlari, tarbiyaviy
jazolash usullarini tartibsiz qo‘llamasliklari, o‘quvchilar jamoasi oldiga istiqbolli tarbiyaviy
maqsadlarni qo‘yishga intilishlari lozim. Yosh tarbiyachilar ma’lum bir pedagogik mahorat
sirlarini egallashga intilmasalar, o‘z fanidan bilimlari sayoz bo‘lsa, shaxslararo munosabatlarga
ijodiy
yondashmasalar,
kommunikativ
qobiliyatini
takomillashtirib
bormasalar,
2025
MAY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 5
631
tarbiyalanuvchilar uni asta - sekin tan olmay qo‘yishadi. Natijada tarbiyachi va
tarbiyalanuvchilar muloqotida tuzatib bo‘lmas xatoliklar paydo bo‘lishi mumkin. Yosh
avlodning o‘sib ulg‘ayishi va shakllanishiga hayot, ijtimoiy muhit qonuniyatlari ham
muntazam ta’sir etadi. Muhit ijtimoiy omillarning eng muhim xususiyati bo‘lib, u shaxsga
ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Muhit deganda, shaxsning tarbiyalanib,
shakllanishiga ta’sir etuvchi tashqi olam voqealari, hodisalar majmui tushuniladi. Muhit
tushunchasi o‘zida geografik-hududiy, ijtimoiy va mikromuhit xususiyatlarini ifodalaydi.
Ayniqsa, oila, maktab, do‘stlar davrasi, tengqurlar kabilarni o‘z ichiga oladigan
mikromuhit shaxsni tarbiyalash jarayoniga muhim ta’sir etishi pedagog va psixolog olimlar
tomonidan e’tirof etilgan. Oila muhiti tarbiyalanuvchining tarbiyasi va barkamol inson sifatida
shakllanishida o‘ziga xos muhim tarbiyaviy ta’sirga ega. SHuning uchun tarbiyachi muloqotni
tashkil etishda ota-onalar, mahalla faollari, tarbiyalanuvchilar jamoasi faollari, uchastka
nozirlari bilan doimiy aloqada bo‘lib, ular bilan birgalikda faoliyat olib borishi kerak.
Muloqotda ijtimoiy hayot qonuniyatlarini hisobga olish, tarbiyalanuvchilarni maqsadli
tarbiyalashda muvaffaqiyatlarga erishish uchun zamin yaratadi. Ta’lim muassasalarida
tarbiyalanuvchi mehnat faoliyati bilan o‘z qobiliyati va iste’dodini namoyon qiladi. Mehnat –
yosh avlodni yuksak ongli, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvorini namoyon qiluvchi, kasbiy
qobiliyatlarini uyg‘otuvchi, tarbiyaviy jarayonning eng qadimiy va sinalgan vositasidir. O‘quv
mehnati va ijtimoiy foydali mehnat tarbiyalanuvchi shaxsiga ijobiy ta’sir etadi, bu ikki faoliyat
birligi bolani jismonan chiniqtiradi va faollashtiradi, xulq mukammalligini ta’minlaydi,
tashabbuskor va izlanuvchan qilib shakllantiradi. SHunday ekan, tarbiyachi tarbiyalanuvchilar
bilan muloqotni ularning mehnatsevarligiga yoki dangasaligiga qarab belgilasa ham bo‘ladi.
Ta’lim muassasalarida bolalarni ilk yoshidan boshlab mehnatsevarlik ruhida, mehnatga
muxabbat va mehnat qiluvchilarga hurmat ruhida tarbiyalashda o‘zaro muloqotning o‘rni
cheksiz. Ta’lim muassasalarida o‘qishning o‘zi ham mehnatdir. Muloqotdan maqsad, ta’lim-
tarbiyaviy faoliyatda muvaffaqiyatlarga erishish uchun u mehnat tarbiyasi bilan aloqadorlikda
olib borilishi lozim. Tarbiyalanuvchilar ta’lim-tarbiya jarayonida milliy va umuminsoniy
qadriyatlarni, axloqiy normalarni o‘zlashtiradilar.
Tarbiyalanuvchi eng yaxshi insoniy
fazilatlarni, axloqodobni, muloqot madaniyatini asosan tarbiyachitimsolida anglab olishini
unutmaslik kerak.
Tarbiyalanuvchilar jamoasida tarbiyachilar bilan o‘zaro munosabatlar
insonparvarlik tamoyillariga asoslanadi. Ular odatda ikki xil bo‘lib biri rasmiy, ikkinchisi
norasmiy muomala deyiladi. Rasmiy muomala munosabatlari O‘zbekiston Respublikasining
Qonunlari, direktiv hujjatlariga asoslanadi.
2025
MAY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 5
632
Norasmiy muomala pedagogik etika va estetikaning qonuniyatlariga va tarbiyachi
odobiga asoslanadi va jamoaning har bir a’zosi tomonidan ixtiyoriy ravishda bajariladi.
Muloqot odobi psixologik qonuniyatlar, odob normalari va qoidalari, talablari hamda
tarbiyachilar jamoasining fikri asosida boshqariladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Mirziyоyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va оlijanоb xalqimiz bilan birga quramiz.
–T.: “О‘zbekistоn”, 2017.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi “Uzluksiz
ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi 1059-son Qarori 1-ilovasi. // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,
03.01.2020 y., 09/20/1059/4265-son
3.
Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. – Toshkent: “O‘zbekiston”, 2021. –
464 bet
4.
AZ Baxodirovna FORMATION OF A SPIRITUAL WORLDVIEW OF PRESCHOOL
CHILDREN THROUGH THE MEANS OF GENRES OF FOLK ORAL CREATIVITY
INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY
RESEARCH ISSN 2023
5.
A.Z.Baxodirovna “Maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlantirishda
tasviriy faoliyatning ahamiyati”, Science and innovation 3 (special issue 31), 34-37 2024y
6.
AZ Baxodirovna “Sharq matematik olimlarining asarlarida arifmetikaning rivojlanishi”,
Science and innovation 3 (special issue 31), 455-460b 2024y
7.
Р.F.Mиннуллина, A.Р Нуриева, З.Б.Азизова “Подготовка будущих воспитателей в
полилингвальном образовательном пространстве” Science and innovation 3 (special
issue 31), 88-91 2024y
8.
AZ Bahodirovna BО’LАJАK РЕDАGОGLАRNING KАSBIY-РЕDАGОGIK
KОMРЕTЕNTLIK АSОSLАRI Tafakkur manzili 4, 59-67 2023
9.
Muminova, G. "HONORARY WOMEN IN UZBEK ART." Science and Innovation 1.6
(2022): 244-247.
10.
Irmatova Ma’mura Djuraevna PERIOD OF KINDERGARTEN AGE - THE
BEGINNING STEPS OF EDUCATION, THE FORMATION OF SOCIALLY
NECESSARY CHARACTERIZATIONS IN A PERSON IJSSIR, Vol. 11, No. 06. June
2022 41-44 11.
2025
MAY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 5
633
11.
Kadirova, Dildora Nadjatbekovna. "PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES AT THE
CENTERS FOR THE DEVELOPMENT OF PRESCHOOL EDUCATIONAL." Bulletin
news in New Science Society International Scientific Journal 1.3 (2024): 86-92.
