May, 2025-Yil
741
MAKTABLARDA PSIXOLOGIK XIZMATNING AHAMIYATI VA ZAMONAVIY
YONDASHUVLARI
Ernazarova Shiyrinay Jumamuratovna
Nókis rayonı Mektepke shekemgi hám mektep bilimlendiriw bólimine qaraslı 19-sanlı mektep
ámeliyatshı psixologı
https://doi.org/10.5281/zenodo.15511513
Annotatsiya.
Mazkur tadqiqotlarda umumta’lim maktablarida psixologik xizmatning
o‘rni, asosiy yo‘nalishlari, dolzarb muammolari va ularni hal qilish yo‘llari haqida so‘z boradi.
O‘quvchilar bilan ishlashda zamonaviy psixologik yondashuvlar, texnologiyalar va
samarali metodlardan foydalanish zarurati yoritilgan.
Kalit so‘zlar
: maktab psixologi, psixologik xizmat, o‘quvchi shaxsi, diagnostika,
moslashuv, tarbiya.
Zamonaviy jamiyatda o‘quvchilarning nafaqat bilim darajasi, balki ularning ruhiy
salomatligi, shaxsiy rivojlanishi, ijtimoiy munosabatlardagi faolligi ham muhim ahamiyat kasb
etmoqda. Shu bois maktab ta’limida psixologik xizmatni to‘g‘ri tashkil qilish dolzarb masalaga
aylanmoqda. Har bir bola o‘z shaxsiy imkoniyatlarini to‘liq namoyon eta olishi uchun uni to‘g‘ri
tushunadigan, eshita oladigan va zarur hollarda yo‘naltira oladigan mutaxassis – maktab psixologi
kerak.
Psixologik xizmatning maqsadi va vazifalari
Maktabdagi psixologik xizmatning bosh maqsadi – bolalarni sog‘lom psixologik muhitda
rivojlantirish, o‘quvchilar shaxsiyati, hissiyoti va ijtimoiy xulq-atvoridagi o‘ziga xos jihatlarni
aniqlab, ularni rivojlantirishga yordam berishdan iborat.
Asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:
O‘quvchilarning ruhiy rivojlanish xususiyatlarini o‘rganish;
Psixologik muammolarga ega bolalarni aniqlash va ular bilan individual ishlash;
Kasb tanlash, o‘zini anglash jarayonlariga ko‘mak berish;
O‘qituvchilar va ota-onalar uchun psixologik maslahatlar tashkil qilish;
Maktabdagi sog‘lom muhitni shakllantirishga xizmat qilish.
Psixologik xizmatning yo‘nalishlari
1.Diagnostik ishlar
– turli psixologik testlar, kuzatishlar orqali o‘quvchilar psixik holatini
aniqlash.
Misol uchun:6-sinf o‘quvchilari orasida “O‘z-o‘zini baholash darajasi” testidan so‘ng
aniqlanishicha, 30% o‘quvchilarda o‘ziga ishonchsizlik borligi aniqlangan. Ushbu bolalar bilan
maxsus trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
2.
Konsultativ faoliyat
– bolalar, ota-onalar va pedagoglarga maslahatlar berish. Psixolog
ota-onalar, o‘qituvchilar va o‘quvchilarga individual yoki guruhli maslahatlar beradi. Ayniqsa,
oilaviy muammolari bo‘lgan yoki yangi muhitga moslasha olmayotgan o‘quvchilar bilan ishlashda
bu yo‘nalish muhim ahamiyatga ega
3.Korreksion-trening ishlar
– emotsional muammolar, o‘rtoqlashishdagi qiyinchiliklar,
o‘ziga ishonchsizlik kabi muammolarni bartaraf etishga qaratilgan mashg‘ulotlar
May, 2025-Yil
742
Misol uchun: “Ijobiy fikrlashni rivojlantirish” mavzusidagi mashg‘ulotlar davomida
o‘quvchilar salbiy fikrlarni konstruktiv yechimlarga aylantirishni o‘rganishdi
4.Profilaktik tadbirlar
– stress, agressiya, maktab zo‘ravonligi (bullying) holatlarining
oldini olish. Zo‘ravonlik (bullying), giyohvandlik, asabiylik, tajovuzkorlik kabi xavfli holatlarning
oldini olishga qaratilgan suhbatlar, seminarlar, tadbirlar tashkil etiladi.
Masalan: 9-sinflar uchun “Zo‘ravonliksiz maktab” loyihasi doirasida psixolog tomonidan
maxsus dramatik sahnalar orqali ogohlantiruvchi treninglar o‘tkazildi.
Afsuski, bugungi kunda psixologik xizmatga nisbatan ba’zida yuzaki yondashilmoqda.
Ko‘plab maktablarda:
-Psixolog shtati rasmiy mavjud bo‘lsa-da, real ishlar yetarli emas;
-Mutaxassislar tajribasiz yoki zaruriy metodik vositalar bilan ta’minlanmagan;
-Ota-onalar psixologik yordamga nisbatan befarq yoki salbiy munosabatda bo‘lishadi.
Bu holatlar o‘quvchilarning psixologik muammolari o‘z vaqtida aniqlanmasligiga olib
keladi va ularning ta’lim jarayonidagi ishtirokiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Maktab psixologi – bu oddiy maslahat beruvchi emas, balki har bir bolaga individual
yondashib, uning ichki dunyosini tushuna oladigan, himoya va qo‘llab-quvvatlash manbaidir.
Psixologik xizmatni rivojlantirish orqali maktab nafaqat bilim, balki tarbiya va ruhiy
sog‘lomlik maskaniga aylanishi kerak. Bu esa, bevosita kelajagimiz bo‘lgan bolalarning to‘laqonli
shaxs bo‘lib kamol topishida muhim o‘rin egallaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. – Toshkent, 2020.
2.
“Psixologik xizmat faoliyatini tashkil etish metodikasi”, Maktabgacha va maktab ta’limi
vazirligi, 2022.
3.
А. Xaydarov, “Maktab psixologiyasi asoslari”. – Toshkent: O‘qituvchi, 2021.
4.
Maslow A. “Motivatsiya va shaxsiyat”. – Toshkent, 2020.
