2025
MAY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 5
697
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI KORXONALARIDA SAMARADORLIKNI
OSHIRISHDA RAQAMLASHTIRISHNI RIVOJLANTIRISH
Umarova Hulkar Umidulloyevna
Osiyo xalqaro universiteti o’qituvchisi.
Xamidova Ra’no Karimovna
S1-MMT-24 guruh talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15512342
Annotasiya. Mazkur maqolada korxonalarda raqamli texnologiyalarni joriy etish,
ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga xizmat qilishi hamda yangi texnologiyalar
yordamida mahsulotlar ishlab chiqarish, ta’minot zanjiri, moliyaviy hisobotlar va boshqa
jarayonlar avtomatik tarzda boshqarilishi afzalliklari bayon etilgan.
Kalit so’zlar: Raqamlashtirish, samaradorlik, sanoat raqamlashtirish, raqamli
texnologiyalar, innovatsiyalar, avtomatlashtirish.
Kirish.
Hozirgi zamon global iqtisodiy rivojlanish sharoitida raqamli texnologiyalar korxonalar
samaradorligini oshirishning asosiy omillaridan biriga aylandi. O‘zbekiston Respublikasi ham
bu jarayondan chetda qolmayapti. Prezident Shavkat Mirziyoyevning tashabbuslari bilan
so‘nggi yillarda mamlakatda raqamlashtirish jarayonlari jadallik bilan olib borilmoqda. Bu esa
korxonalarda ish unumdorligini oshirish, resurslarni tejash, inson omiliga bog‘liq xatoliklarni
kamaytirish va raqobatbardoshlikni ta’minlashda muhim vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.
Bugungi raqobatbardosh va tezkor iqtisodiy muhitda O'zbekiston Respublikasi
korxonalarining samaradorligini oshirish uchun raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish
dolzarb masalaga aylanmoqda.Zamonaviy texnologiyalar jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan
davrda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan korxonalarining raqobatbardoshligini
ta’minlashda raqamlashtirishning roli tobora ortib bormoqda va bu holat ularning ishlab
chiqarish samaradorligini oshirishning muhim omili bo’lib sanaladi. Shu bois, davlatimizda
sanoat tarmoqlarini raqamlashtirish orqali ishlab chiqarish samaradorligini oshirish,
resurslardan oqilona foydalanish va iqtisodiyotni modernizatsiya qilishga alohida e’tibor
qaratilmoqda.
Samaradorlik — bu mavjud resurslardan ya’ni, vaqt, mablag‘, mehnat, materiallar va
boshqalardan oqilona va maqsadga muvofiq foydalanib, maksimal natijaga erishish darajasidir.
2025
MAY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 5
698
Korxonalarda samaradorlikni oshirishda raqamlashtirishning bir qator afzalliklari
mavjud. Ya’ni texnologiyalar orqali inson omilini kamaytirib, ish tezligini oshirish va
xatoliklarni kamaytirish kabi afzalliklarga egadir.
Raqamlashtirish an’anaviy ish jarayonlarini raqamli texnologiyalar asosida
avtomatlashtirish va optimallashtirishdir. Uning quyidagi afzalliklarini ko’rishimiz mumkin:
1.Ish jarayonlarini tezlashtiradi: Hujjat aylanishi, hisobotlar, hisob-kitoblar
avtomatlashtiriladi.
2.Xatoliklar kamayadi: Inson omiliga bog‘liq xatolarni kamaytirish orqali sifat nazorati
kuchayadi.
3.Resurslar tejab qoladi: Mablag‘, vaqt, ishchi kuchi samarali foydalaniladi.
4.Shaffoflik oshadi: Korxonalarda korrupsiyaviy xavf kamayadi.
5.Raqobatbardoshlik kuchayadi: Zamonaviy texnologiyalar orqali ishlab chiqarish
hajmi va sifati ortadi.
Yurtimizdada raqamlashtirish jarayonlarini amalga oshirishda bir nechta asosiy
yo‘nalishlar mavjud.Quyida ulardan bir nechtasini ko’rishimiz mumkin:
1. Elektron hukumat tizimi, bunda elektron hukumatni rivojlantirish orqali davlat
xizmatlari, soliq va bojxona ishlarini raqamli shaklga o‘tkazish, fuqarolar va tadbirkorlar uchun
xizmatlarni tez va shaffof tarzda taqdim etish mumkin. My.gov.uz platformasi orqali fuqarolar
va korxonalar turli xizmatlarni elektron tarzda olishlari mumkin.
2. Sanoatni raqamlashtirish, bunda O‘zbekistonning sanoat korxonalari raqamli
texnologiyalarni joriy etish orqali o‘z ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtiradi. Xususan,
smart texnologiyalar, IoT (Internet of Things) va ERP tizimlari kabi ilg‘or tizimlar orqali
korxonalar ishlab chiqarish samaradorligini oshirishi mumkin. Misol uchun, neft-gaz, kimyo
va yengil sanoat sohalarida raqamlashtirish jarayonlari muhim ahamiyat kasb etmoqda.
3. Qishloq xo‘jaligida raqamli texnologiyalar ,ya’ni qishloq xo‘jaligida dronlar, GPS va
IoT
texnologiyalari
yordamida
yerlarni
monitoring
qilish,
sug‘orish tizimlarini
avtomatlashtirish, hosildorlikni prognoz qilish kabi jarayonlar amalga oshirilmoqda. Bu, o‘z
navbatida, resurslardan samarali foydalanishni ta’minlaydi va ishlab chiqarish samaradorligini
oshiradi.
4. Bank va moliya sektorlarida mamlakatimiz banklari va moliya tashkilotlari raqamli
texnologiyalarni joriy etish orqali mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilamoqda. Mobil
bank xizmatlari, raqamli to‘lov tizimlari va blokcheyn texnologiyalari orqali naqd pulsiz hisob-
kitoblar tizimi rivojlanmoqda.
2025
MAY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 5
699
Raqamlashtirishni joriy etish orqali korxonalarda samaradorlikni oshirishning bir nechta
asosiy omillari mavjud:
1. Ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirishda raqamli texnologiyalar yordamida
ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish mumkin. Masalan, ishlab chiqarish liniyalarini
monitoring qilish va nazorat qilish uchun IoT texnologiyalaridan foydalanish ishlab chiqarish
samaradorligini oshiradi.
2. Moliya va hisob-kitoblarni boshqarishda moliyaviy boshqaruvni raqamlashtirish
orqali korxonalar o‘z daromad va xarajatlarini aniq va shaffof boshqarish imkoniyatiga ega
bo‘ladi. ERP tizimlari yordamida bu jarayonlar avtomatik tarzda boshqariladi, bu esa vaqt va
xarajatlarni tejashga imkon yaratadi.
3. Ta’minot zanjirini boshqarishda korxonalarning ta’minot zanjiri va logistika
jarayonlarini raqamlashtirish orqali etkazib berish va omborxona boshqaruvi samaradorligini
oshirish mumkin. Bu, o‘z navbatida, xarajatlarni kamaytiradi va mahsulotlarni iste’molchilarga
tezda yetkazib berishni ta’minlaydi.
4. Inson resurslaridan samarali foydalanishda raqamli tizimlar yordamida korxonalarda
xodimlar faoliyatini monitoring qilish, ishlash samaradorligini baholash va ma’lumotlarni tahlil
qilish mumkin. Bu jarayonlarni avtomatlashtirish orqali inson resurslaridan samarali
foydalanish imkoniyatini yaratadi.
Xulosa va takliflar.
Xulosa qilib aytganda, davlatimiz korxonalarida samaradorlikni
oshirishda raqamlashtirishning ahamiyati tobora ortib bormoqda. Raqamli texnologiyalarni
joriy etish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, resurslardan samarali foydalanish va
raqobatbardoshlikni ta’minlashda muhim omil bo‘lmoqda. Mamlakatda raqamlashtirish
jarayonlarini tezlashtirish va kengaytirish orqali O‘zbekiston global iqtisodiyotda yanada
muvaffaqiyatli ishtirok etishi mumkin. Shuningdek ,raqamlashtirish jarayonini amalga
oshirishda O‘zbekistonda hali ba’zi muammolar mavjud.Masalan:
-Raqamli savodxonlikning pastligi: Aksariyat korxonalarda raqamli savodxonlik past,
bu esa raqamli tizimlarni joriy qilishda qiyinchiliklar yaratadi.
-Texnologiyalarning qimmatligi: Ba’zi kichik va o‘rta korxonalar uchun yangi
texnologiyalarni joriy etish qimmat bo‘lishi mumkin.
-Infratuzilmaning yetishmasligi: Ba’zi hududlarda Internet tarmog‘i va boshqa raqamli
infratuzilma yetarli emas. Shu kabi kamchiliklarni bartaraf etish uchun quyidagi takliflarni
aytib o’tsak maqsadga muvofiq bo’ladi:
1.Raqamli savodxonlikni oshirish uchun ta’lim dasturlari va treninglar o‘tkazish.
2025
MAY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 5
700
2.Davlat tomonidan imtiyozlar va subsidiya taqdim etish.
3.Texnologik infratuzilmani rivojlantirish va yuqori tezlikdagi Internetga kirishni
kengaytirish..
Keltirilgan takliflar amalda qo’llash orqali korxonalarda raqamlashtirish muhiti
yaxshilanadi va iqtisodiyotning turli sohalarida o‘sish va samaradorlik ko’rsatkichlari sur'ati
oshadi.
Umuman olganda, raqamlashtirishning o‘zaro bog‘langan jarayonlarini joriy etish va
rivojlantirish O‘zbekiston iqtisodiyotining global raqobatbardoshligini oshirish, sanoatni
modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va iqtisodiy barqarorlikni
ta’minlashda muhim vositadir. Bu jarayonlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish orqali
O‘zbekiston nafaqat raqamli iqtisodiyotga, balki yuksak iqtisodiy rivojlanishga erishishi
mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.
Qudratova,
G.
M.
(2025).
TEXNOLOGIK
PARKLARNING
MINTAQA
INNOVATSION RIVOJLANISHINI TA'MINLASHDAGI AHAMIYATI.
YANGI
O‘ZBEKISTON, YANGI TADQIQOTLAR JURNALI
,
2
(8), 170-178.
2.
Sodiqova, N. (2025). IQTISODIYOT FANLARINI OʻQITISHDA TALABALAR
TEXNIK TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHNING AMALDAGI HOLATI VA
TAKOMILLASHTIRISH YOʻLLARI.
" ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ АКМЕОЛОГИЯ"
международный научно-методический журнал
,
2
(19).
3.
Bahodirovich, K. B. (2025, April). STRUCTURE OF THE CASH FLOWS
STATEMENT. In
CONFERENCE OF MODERN SCIENCE & PEDAGOGY
(Vol. 1,
No. 1, pp. 325-330).
4.
Алимова, Ш. А. (2025). УСТОЙЧИВЫЕ ЦЕПОЧКИ ПОСТАВОК: ОТ ТРЕНДА К
НЕОБХОДИМОСТИ
РАСШИРЕННАЯ
ВЕРСИЯ.
Modern
Science
and
Research
,
4
(5), 76-81.
5.
Toshov, M. H. (2025). SАNОАT KОRXОNАLАRIDА MEHNАTGА HАQ TО'LАSH
TIZIMINI BОSHQАRISH.
Modern Science and Research
,
4
(4).
6.
Azimov, B. (2025). METHODS AND MODELS FOR ASSESSING THE SOCIO-
ECONOMIC
EFFICIENCY
OF
REGIONAL
INNOVATION
INFRASTRUCTURE.
International Journal of Artificial Intelligence
,
1
(3), 685-691.
2025
MAY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 5
701
7.
Ikromov, E. I., & Safarova, J. (2025). O’ZBEKISTONDA YASHIL
TADBIRKORLIKNI
HUDUDLARDA
RIVOJLANTIRISHI
ISTIQBOLLARI.
Modern Science and Research
,
4
(4), 421-428.
8.
Raxmonqulova, N. O. (2025). DEVELOPMENT OF THE DIGITAL ECONOMY ON
A GLOBAL SCALE AND THE EXPERIENCE OF COUNTRIES.
SHOKH LIBRARY
.
9.
Shadiyev, A. X. (2025). MINTAQANING IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHINI
BOSHQARISH
MEXANIZMINI
TAKOMILLASHTIRISH.
STUDYING
THE
PROGRESS OF SCIENCE AND ITS SHORTCOMINGS
,
1
(7), 145-150.
10.
Naimova, N. (2025). THE IMPACT OF GLOBALIZATION ON MODERN
ECONOMIC
PROFESSIONS.
Journal
of
Multidisciplinary
Sciences
and
Innovations
,
1
(2), 153-155.
11.
Bazarova, M. (2025). FEATURES OF ASSESSING THE EFFECTIVENESS OF
INNOVATION RISK MANAGEMENT OF AN EDUCATIONAL ORGANIZATION
IN THE PROCESS OF DIGITAL TRANSFORMATION OF ACTIVITIES.
Journal of
Multidisciplinary Sciences and Innovations
,
1
(2), 161-164.
12.
Jumayeva, Z. (2025). THE ROLE OF MICROECONOMIC ANALYSIS IN
ENHANCING ECONOMIC EFFICIENCY THROUGH MARKET EQUILIBRIUM
ANALYSIS.
International Journal of Artificial Intelligence
,
1
(3), 634-637.
13.
Bobojonova, M. (2025). GREEN ENTREPRENEURSHIP IN UZBEKISTAN AND
ITS OPPORTUNITIES.
International Journal of Artificial Intelligence
,
1
(3), 592-595.
14.
Jumayeva, Z. (2025). THE FORMATION OF THE GREEN ECONOMY CONCEPT,
STAGES OF DEVELOPMENT AND ITS RELEVANCE.
International Journal of
Artificial Intelligence
,
1
(3), 262-266.
15.
Ibragimov, A. (2025). TAX POLICY AND IMPACT ON ECONOMIC
DEVELOPMENT.
International Journal of Artificial Intelligence
,
1
(3), 259-261.
16.
Djurayeva, M. (2025). ISSUES OF SMALL BUSINESS AND PRIVATE
ENTREPRENEURSHIP DEVELOPMENT.
International Journal of Artificial
Intelligence
,
1
(3), 596-598.
17.
Umarova, H. (2025). RIVOJLANGAN MAMLAKATLARDA KORXONA
RISKLARINI BOSHQARISH VA BAHOLASH AMALIYOTI TAHLILI.
Modern
Science and Research
,
4
(5), 158-161.
2025
MAY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 5
702
18.
Aslanova,
D.
(2025).
CHALLENGES
OF
IMPLEMENTING
MODERN
MANAGEMENT PRINCIPLES IN THE TOURISM INDUSTRY.
Journal of
Multidisciplinary Sciences and Innovations
,
1
(2), 119-121.
19.
Rajabova, D. (2025). SPECIFIC FEATURES AND FACTORS OF SUSTAINABLE
DEVELOPMENT OF THE INNOVATIVE ENVIRONMENT IN INDUSTRIAL
ENTERPRISES.
Journal of Applied Science and Social Science
,
1
(2), 474-479.
20.
Игамова, Ш. З. (2024). МЕТOДИЧЕCКИЕ РЕКOМЕНДАЦИИ ПO
ФOРМИРOВАНИЮ
OРГАНИЗАЦИOННO-ЭКOНOМИЧЕCКOГO
МЕХАНИЗМА OБЕCПЕЧЕНИЯ ЭФФЕКТИВНOCТИ ИННOВАЦИOННOГO
развития ПРЕДПРИЯТИЙ CТРOИТЕЛЬНЫХ МАТЕРИАЛOВ.
Gospodarka i
Innowacje.
,
43
, 335-340.
21.
Akramova, O. (2025). FOREIGN COUNTRIES IN EXPERIENCE INVESTMENT
ATTRACTIVENESS INCREASE MECHANISMS AND UZBEKISTAN IN
PRACTICE USE OPPORTUNITIES.
Journal of Multidisciplinary Sciences and
Innovations
,
1
(1), 395-398.
22.
Jumayev, B. (2025). BIG DATA: CUSTOMER CREDIT ANALYSIS USING
DIGITAL
BANKING
DATABASE.
International
Journal
of
Artificial
Intelligence
,
1
(2), 1056-1059.
23.
Gafarova, D. (2025). INNOVATION POLICY OF THE REPUBLIC OF
UZBEKISTAN: ACHIEVEMENTS AND PROSPECTS.
Journal of Multidisciplinary
Sciences and Innovations
,
1
(2), 165-167.
24.
Raximova, L. (2025). DIRECTIONS AND PRIORITY FEATURES OF THE
TRANSITION TO THE" GREEN ECONOMY".
Journal of Multidisciplinary Sciences
and Innovations
,
1
(2), 156-160.
