May, 2025-Yil
932
KORPORATIV NIZOLARNI HAL QILISHDA DA’VO MUDDATINI QO‘LLASH:
QIYOSIY HUQUQIY YONDASHUV
Suyunov Javohirbek Ilxom o‘g‘li
Toshkent davlat yuridik universiteti, Biznes huquqi mutaxassisligi magistranti
E-mail: javohirs981@gmail.com
Tel: (94) 437-55-99
https://doi.org/10.5281/zenodo.15540323
Annotatsiya. Mazkur mavzu orqali korporativ nizolarni hal qilishda da’vo muddati
institutining ahamiyati va amaliy roli qiyosiy huquqiy yondashuv asosida tahlil qilingan. Dastlab,
O'zbekiston Respublikasi iqtisodiy protsessual qonunchiligida da’vo muddati tushunchasi va uning
korporativ nizolarga nisbatan tatbiq etilishi yoritilgan. Shundan so‘ng, Germaniya, Fransiya va
AQSh kabi rivojlangan davlatlar tajribasiga asoslanib, da’vo muddati bo‘yicha me’yoriy tartiblar
o‘rganilgan hamda ularning samaradorlik jihatlari tahlil qilingan. Shuningdek, korporativ huquq
subyektlarining huquqiy manfaatlarini himoya qilishda da’vo muddatining aniqligi va maqbulligi
muhim omil sifatida ko‘rsatilgan.
Kalit so’zlar: Iqtisodiy protsessual huquq, korporativ nizo, da’vo muddatining turlari,
umumiy va maxsus da’vo muddatlari, umumiy va continental huquqiy tizimlari.
Abstract. This topic analyzes the significance and practical role of the statute of limitations
in resolving corporate disputes based on a comparative legal approach. Initially, the concept of the
statute of limitations and its application to corporate disputes within the economic procedural
legislation of the Republic of Uzbekistan is examined. Following that, the regulatory frameworks
regarding limitation periods in developed countries such as Germany, France, and the United States
are explored, with an emphasis on their effectiveness. Additionally, the importance of clarity and
appropriateness of limitation periods in protecting the legal interests of corporate law subjects is
highlighted.
Key words: Economic procedural law, corporate dispute, statute of limitations, types of
limitation periods, general and special limitation period, common law system, continental
(Romano-Germanic) legal system.
Mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlari faoliyatini himoya qilish, investorlar ishonchini
mustahkamlash va xususiy sektorning rivojlanishini ta'minlashda korporativ nizolarni samarali hal
etish muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa, ushbu nizolarni hal qilishda da’vo muddati institutining huquqiy
tabiatini o‘rganish va uning amaliyotdagi o‘rni katta ahamiyatga ega. Korporativ nizolar ko‘p
hollarda aksiyadorlar, ishtirokchilar va korxonalar o‘rtasida yuzaga keladi. Ushbu nizolarni hal
etishda da’vo muddati cheklovlari huquqiy aniqlik va barqarorlikni ta'minlash vositasi bo‘lib xizmat
qiladi. Ushbu ish korporativ nizolarni hal qilishda da’vo muddati institutining nazariy va amaliy
jihatlarini o‘rganish, shuningdek, O‘zbekiston huquqi tajribasini Germaniya va Fransiya huquqiy
tizimlari bilan qiyoslashga bag‘ishlangan.
Da’vo muddati
– bu subyektiv huquq buzilgan taqdirda shaxsning sud orqali o‘z huquqini
tiklash uchun qonun bilan belgilanadigan muayyan vaqt oralig‘idir
1
. Mazkur institut fuqarolik
huquqida muhim tartibga soluvchi vosita sifatida namoyon bo‘ladi. Uning asosiy maqsadi huquqiy
1
Imomov Nurillo Fayzullayevich. Fuqarolik huquqida muddatlar va da’vo muddati; - T.: TDYI. 2005. – 46-bet;
May, 2025-Yil
933
aniqlikni ta'minlash va vaqtinchalik omillar tufayli huquqni suiiste’mol qilishning oldini olishdan
iborat. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi
149-moddasiga
ko’ra
da’vo
muddati bu — shaxs o‘zining buzilgan huquqini da’vo qo‘zg‘atish yo‘li bilan himoya qilishi
mumkin bo‘lgan muddatdir. Fuqarolik Kodeksi da’vo muddati umumiy tartibda
3 yil
etib
belgilangan
2
. Biroq iqtisodiy ishlarning taalluqligiga ko’ra bir turi sifatida ko’riladigan korporativ
nizolar doirasida ushbu muddat biroz murakkab holatlarni yuzaga keltiradi. Chunki nizolarning
xarakteri o‘ziga xos bo‘lib, ko‘pincha moliyaviy hisobotlar, aksiyadorlar yig‘ilishi qarorlari yoki
rahbariyatning noqonuniy harakatlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Bu kabi holatlarda da’vo muddatining
qachon boshlanishi masalasi dolzarb hisoblanadi.
Korporativ nizolarni fuqarolik nizolaridan ajratib turuvchi asosiy belgilaridan biri – ularning
subyektlari maxsus (aksiyadorlar, ishtirokchilar, boshqaruv organlari) bo‘lishidir. Bundan kelib
chiqadiki, korporativ da’volar o‘zining huquqiy va amaliy murakkabligi bilan ajralib turadi. Shu
sababli da’vo muddati bu nizolarda ko‘proq huquqiy ishonchlilikni ta'minlashda muhim rol
o‘ynaydi. Shuningdek, da’vo muddati qonuniylik prinsipini himoya qiladi. Agar muayyan muddat
ichida subyekt o‘z huquqini himoya qilmasa, bu huquqdan foydalanish imkoniyati yo‘qoladi.
Ammo korporativ nizolarda bu masalaga ehtiyotkorlik bilan yondashish zarur: ayrim hollarda
nizoning mavjudligi o‘z vaqtida aniqlanmasligi mumkin.
Ana endi da’vo muddatining turlarini tahlil qiladigan bo’lsak, fuqarolik qonunchiligi da’vo
muddatlarining ikki xil ko’rinishini belgilaydi. Bunday tartib qadimgi Rim fuqarolik huquqida
yaratilgan bo’lib, Rim huquqi asos bo’lgan kontinental huquq tizimiga mansub davlatlarning
ko’pchiligida amal qiladi. Masalan, Fransiya, Yaponiya kabi davlatlarda ham da’vo muddatlari ikki
ko’rinishda mavjud. Fuqarolik Kodeksi da’vo muddatlarini to’g’ridan-to’g’ri: umumiy va maxsus
da’vo muddatlariga bo’ladi
3
. Biroq ularning tushunchasiga to’xtalib o’tmaydi. FK faqatgina
umumiy va maxsus da’vo muddatlari mavjudligini, hamda ularning amal qilish vaqtlarini o’zida
ifodalaydi.
Huquqiy adabiyotlarda da’vo muddatining turlariga doir doktirinal ilmiy ta’riflar ko’plab
huquqshunos olimlar tomonidan ishlab chiqilgan. Masalan, O.S. Ioffening fikricha, umumiy da’vo
muddati deb nomlanishiga sabab, bunday muddatlarning barcha fuqarolik munosabatlariga
qo’llanishidadir, agar qonunda bu qoidani istisno etuvchi o’zga holat belgilanmagan bo’lsa
4
. A.P.
Sergeyevning ta’kidlashicha, umumiy da’vo muddati qonun bilan maxsus muddatlar asosida
tartibga solinmaydigan barcha fuqarolik munosabatlariga tatbiq etiladigan muddatlardir
5
.
Umumiy qoidaga ko’ra, da’vo muddati uzluksiz davom etadi. Lekin, hayotda shunday
holatlar bo’ladiki, bu holatlar belgilangan muddat davomida buzilgan huquqni himoya qilishga
to’sqinlik qiladi, yoki shaxs ana shu to’sqinliklar va holatlar mavjud bo’lganligi uchun o’z
huquqlarini amalga oshira olmay qoladi.
Da’vo muddatining o’ta boshlashi
— bu huquqiy talabni
qo‘zg‘atish uchun kerakli vaqtning boshlanish nuqtasini anglatadi. Da’vo muddati odatda huquqiy
zarar yoki huquqning buzilganligi paytida boshlanadi. Biroq, ba'zi hollarda da’vo muddati haqiqatan
zarar ko‘rilgan kundan emas, balki zarar haqida bilim olingan kundan boshlanishi mumkin.
2
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik
kodeksi 150-moddasi
https://lex.uz/docs/-111189#-153662
3
Imomov Nurillo Fayzullayevich. Fuqarolik huquqida muddatlar va da’vo muddati; - T.: TDYI. 2005. – 59-bet;
4
Иоффе О.С Советское гражданское право. М.: Юрид. лит. 1967. – 334 с;
5
Гражданское право. Т.И // по. ред. А.И. Сергеева, Ю.К. Толстого. М.: Проспект. 2003. – 364 с.
May, 2025-Yil
934
Masalan, aksiyador o‘zining aksiyalariga nisbatan noqonuniy xatti-harakatlarni aniqlagach, bu
holatni sudga kiritishi mumkin. Biroq, agar aksiyador ilgari bu xatti-harakatlarni aniqlamagan
bo‘lsa, unda da’vo muddati zarar haqida xabar topgan kundan boshlab hisoblanadi, ya'ni bu muddat
to‘liq vaqtinchalik bo‘lib, zarar ko‘rilgan kundan emas, balki huquqiy bilishni olingan kundan
boshlanadi.
Da’vo muddatining uzaytirilishi
- agar da’vo qiluvchining huquqi yoki zararini
aniqlashda qiyinchiliklar yuzaga kelsa, ba'zi qonunlar da’vo muddatini uzaytirishga ruxsat beradi.
Bu holat, masalan, maxsus shartnomalar asosida yoki nizolarni hal qilishdagi texnik kechikishlar
natijasida yuzaga kelishi mumkin. Misol: Agar aksiyadorlarning huquqlari buzilganligi haqida aniq
hujjatli dalillar topilsa, da’vo muddati uzaytirilishi mumkin.
Da’vo muddatining to‘xtatilishi
-
ba'zi holatlarda da’vo muddati ba'zi shartlar asosida to‘xtatilishi mumkin. Masalan, agar
tomonlardan biri kasallik yoki boshqa og‘ir holat tufayli sudga murojaat qila olmasa, da’vo muddati
shu davrda to‘xtatilishi mumkin. Bunday hollarda, da’vo muddati shartli ravishda to‘xtatiladi va
tomonga sog‘aygandan keyin yana davom etadi. Misol uchun, agar aksiyador kasallik tufayli sudga
murojaat qila olmasa, da’vo muddati uning kasallik davri davomida to‘xtatilishi mumkin.
Korporativ nizolarni hal qilishda da’vo muddati institutining ahamiyati turli davlatlarda farq
qiladi. Har bir huquqiy tizimda bu institutning amaldagi tartibga solinishi o‘ziga xos xususiyatlarga
ega. Ushbu bo‘limda biz O‘zbekiston, Germaniya va Fransiya huquqiy tizimlarida korporativ
nizolarni hal qilishda da’vo muddati qanday belgilanganligini tahlil qilamiz. O‘zbekiston huquqiy
tizimida da’vo muddati asosan Fuqarolik kodeksi va iqtisodiy protsessual kodeks bilan belgilangan.
Korporativ nizolar bo‘yicha umumiy da’vo muddati 3 yilni tashkil etadi. Bu muddat, masalan,
aksiyadorlarning huquqlari buzilgan taqdirda, ularning da’vo qilish imkoniyatini cheklaydi.
Shuningdek, O‘zbekiston qonunchiligida da’vo muddati boshlanishi uchun maxsus qoidalar mavjud
bo‘lib, ular aksiyadorlar yig‘ilishi qarorlarining qonuniyligini tekshirishda va boshqaruv
organlarining noqonuniy harakatlariga qarshi da’vo qo‘zg‘atishda muhim o‘rin tutadi.
“Mas’uliyati
cheklangan jamiyatlar to‘g‘risida”
gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
41-moddasining birinchi qismiga ko‘ra jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining ushbu Qonun
va boshqa qonunchilik, jamiyatning ustavi talablari buzilgan holda qabul qilingan hamda jamiyat
ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan qarori ovoz berishda ishtirok
etmagan yoki bahsli qarorga qarshi ovoz bergan jamiyat ishtirokchisining arizasiga ko‘ra sud
tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Bunday ariza jamiyat ishtirokchisi qabul qilingan
qaror to‘g‘risida bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan kundan e’tiboran
ikki oy ichida
berilishi mumkin.
Bunda ikki oylik muddat yig‘ilishda ishtirok etgan ishtirokchi uchun qaror qabul qilingan kundan,
yig‘ilishda ishtirok etmagan ishtirokchi uchun esa u qaror to‘g‘risida bilgan yoki bilishi lozim
bo‘lgan kundan boshlab hisoblanadi.
Sudlar shuni e’tiborga olishlari lozimki,
“Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 41-moddasida
belgilangan ikki oylik muddat
maxsus da’vo
muddati
hisoblanadi va u sud tomonidan faqat nizodagi tarafning sudning hal qiluv qarori qabul
qilingunga qadar bergan arizasiga muvofiq qo‘llaniladi
6
. Ushbu muddatning o‘tkazib yuborilganligi
sabablari da’vogarning iltimosnomasiga asosan sud tomonidan uzrli deb topilib, FKning 159-
moddasiga muvofiq tiklanishi mumkin.
6
“Iqtisodiy sudlar tomonidan korporativ nizolarni hal etishning ayrim masalalari to‘g‘risida” gi 262-sonli Oliy sud
May, 2025-Yil
935
Germaniya huquqiy tizimida
korporativ nizolar bo‘yicha da’vo muddati haqida aniq tartib
belgilanadi. Germaniya Fuqarolik kodeksida (BGB) va Korporativ qonunchilikda korporativ
nizolarni hal qilish uchun bir qancha maxsus vaqt cheklovlari mavjud. Umumiy da’vo muddati
ko‘pincha 3 yil bo‘lib, lekin aksiyadorlarning aksiyalarini sotish yoki boshqaruv organlarining
qarorlari bilan bog‘liq da’volar uchun 1 yillik muddat belgilanadi
7
. Germaniya tizimida da’vo
muddati ko‘pincha nizoning yuzaga kelgan kunidan boshlab hisoblanadi, lekin ba'zi hollarda da’vo
muddati boshlanishi uchun maxsus holatlar talab qilinadi.
Fransiya huquqiy tizimida
ham da’vo muddati muhim ahamiyatga ega bo‘lib, Fransiya
fuqarolik kodeksi va tijorat kodeksi asosida korporativ nizolarni hal qilishda aniq vaqt cheklovlari
belgilangan. Fransiyada da’vo muddati ko‘pincha 5 yil bo‘lib, aksiyadorlarning huquqlarini buzish
yoki boshqaruv organlarining qarorlari bilan bog‘liq nizolarda bu muddat 2 yildan 5 yilgacha
o‘zgarishi mumkin
8
. Fransiya tizimida da’vo muddati, ayniqsa, moliyaviy hisobotlar va audit
tekshiruvlari bilan bog‘liq nizolarda ko‘proq uzaytirilishi mumkin. Buning sababi, ba'zi nizolarni
aniqlash va ularni isbotlash uchun uzoqroq vaqt talab qilinishi mumkin. Shunday qilib, O‘zbekiston,
Germaniya va Fransiya qonunchiliklaridagi farqlarni tahlil qilganimizda, da’vo muddati masalasi
har bir mamlakatda o‘zining maxsus yondashuvlari va tizimlariga asoslanganligini ko‘rishimiz
mumkin. O‘zbekiston huquqiy tizimida da’vo muddatining boshlanishi va uzaytirilishi masalalari
ba'zan aniq belgilangan bo‘lsa-da, Germaniya va Fransiya tizimlarida qo‘shimcha maxsus shartlar
mavjud. Bu farqlar, albatta, amaliyotda ham o‘z aksini topadi.
Korporativ nizolarni hal qilishda da’vo muddati institutining huquqiy jihatlari o‘zining
o‘zgarmas ahamiyatiga ega. Da’vo muddati nafaqat tomonlarning huquqlarini himoya qilish, balki
ularni isrof qilishning oldini olish uchun muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbekiston huquqiy
tizimida da’vo muddati, umumiy qoida sifatida, 3 yilni tashkil etsa-da, bu muddat korporativ
nizolarda qo‘llaniladigan maxsus qoidalar bilan o‘zgartirilishi mumkin. Shu bilan birga, bu
muddatning boshlanishi va uzaytirilishi bo‘yicha mavjud huquqiy me'yorlarning amaliyoti
ko‘pincha turli xil murakkab holatlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Germaniya va Fransiya huquqiy
tizimlarida ham da’vo muddati institutiga katta ahamiyat beriladi, ammo ularning yondashuvlari va
da’vo muddatini belgilash tartibi O‘zbekiston qonunchiligidan farq qiladi. Germaniyada, masalan,
1 yillik maxsus muddatlar va ba'zi hollarda da’vo muddatining uzaytirilishi masalasi ko‘proq
ta'kidlanadi. Fransiyada esa da’vo muddati ko‘proq moslashuvchan bo‘lib, nizolarni hal qilishda
ko‘proq vaqt talab qilishi mumkin.
Shu nuqtai nazardan, O‘zbekiston huquqiy tizimida korporativ nizolarni hal qilishda da’vo
muddati masalasida ba'zi takomillashtirishlarni amalga oshirish zarur. Xususan, da’vo muddati
boshlanishining aniqligi va uzaytirilishi bo‘yicha qonunchilikka yanada aniqroq normativlar
kiritilishi lozim. Germaniya va Fransiya tajribalarini o‘rganish, O‘zbekiston tizimiga qo‘shimcha
yondashuvlarni joriy etish imkoniyatlarini ko‘rsatadi. Masalan, sudga murojaat qilish uchun
ko‘proq vaqt ajratish, aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish va nizolarni hal
qilishda samarali mexanizmlar yaratish talab etiladi.
7
https://www.ihk.de/hamburg/en/fairplay/business-law/limitation-actions-german-law-1159426
8
invoice-sent-by-a-professional-for-the-services-provided-to-another-professional-_ad202.html
May, 2025-Yil
936
Yuqoridagi tahlillardan kelib chiqib xulosa qiladigan bo‘lsak, korporativ nizolarni hal
qilishda da’vo muddati instituti huquqiy aniqlik va barqarorlikni ta’minlashning muhim vositasi
sifatida O‘zbekiston iqtisodiy islohotlari kontekstida katta ahamiyatga ega. O‘zbekiston Fuqarolik
kodeksiga ko‘ra umumiy da’vo muddati 3 yilni tashkil etsa-da, korporativ nizolarga xos maxsus
muddatlar, masalan, “Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar to‘g‘risida”gi qonunning 41-moddasidagi
2 oylik muddat, nizolarni hal qilishda muhim rol o‘ynaydi. Biroq, da’vo muddatining boshlanishi
va uzaytirilishi masalalarida qonunchilikdagi noaniqliklar amaliy qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.
Qiyosiy tahlil shuni ko‘rsatadiki, Germaniya va Fransiya huquqiy tizimlarida da’vo muddati
ko‘proq moslashuvchan va maxsus shartlarga bog‘liq. Germaniyada korporativ nizolar uchun 1
yillik maxsus muddatlar, Fransiyada esa 2-5 yillik muddatlar qo‘llaniladi, bu esa nizolarni aniqlash
va isbotlash uchun qo‘shimcha vaqt ajratadi. O‘zbekiston qonunchiligida bunday moslashuvchanlik
yetishmaydi, bu esa aksiyadorlar va ishtirokchilar huquqlarini himoya qilishda muammolar keltirib
chiqaradi. Ushbu tezis korporativ nizolarning o‘ziga xos xususiyatlarini (subyektlar, huquqiy
murakkablik) va da’vo muddati institutining nazariy asoslarini muvaffaqiyatli yoritadi. Biroq,
amaliy muammolar va sud amaliyotidagi qiyinchiliklar yetarlicha chuqur tahlil qilinmagan.
O‘zbekiston huquqiy tizimida da’vo muddati masalasini takomillashtirish uchun aniqroq
normativlar kiritish, Germaniya va Fransiya tajribasidan foydalanib, muddatlarning
moslashuvchanligini oshirish va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish mexanizmlarini
kuchaytirish zarur. Ushbu choralar investorlar ishonchini mustahkamlash va xususiy sektor
rivojlanishiga xizmat qiladi.
REFERENCES
Normativ-huquqiy hujjatlar:
1)
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi;
2)
“Korporativ munosabatlarning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PQ-415-son;
3)
“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” gi
O‘RQ-370-son;
4)
“Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar to‘g‘risida” gi O‘RQ-310-son;
5)
“Iqtisodiy sudlar tomonidan korporativ nizolarni hal etishning ayrim masalalari to‘g‘risida”
gi OSPQ-262-son;
6)
“Iqtisodiy sudlar tomonidan fuqarolik qonun hujjatlarining da’vo muddatiga oid normalarini
qo‘llashning ayrim masalalari haqida” gi OSPQ-282-son.
Darslik, o‘quv qo‘llanma va maqolalar:
a)
Iqtisodiy protsessual huquq. Darslik. Mualliflar jamoasi. – Toshkent: Yuridik adbiyotlar
Publish, 2022-y;
b)
Korporativ nizolarni sudda ko‘rishga oid ayrim masalalar / amaliy qo‘llanma / S.Xolbayev,
M.Saidov. – Toshkent:, 2023.
c)
Korporativ nizolar: tushunchasi, turlari va ularni sudda ko‘rishning o‘ziga xos jihatlari
[Matn]: sudyalar va aholi uchun amaliy qo‘llanma / M.Saidov. – Toshkent: , 2019. – .
d)
Гражданское право. Т.И // по. ред. А.И. Сергеева, Ю.К. Толстого. М.: Проспект. 2003.
– 364 с.
May, 2025-Yil
937
Foydalanilgan saytlar:
1.
Lex.uz;
2.
https://www.ihk.de/hamburg/en/fairplay/business-law/limitation-actions-german-law-
1159426
3.
https://uza.uz/oz/posts/davoni-taminlash-instituti-qachon-qollaniladi_612379
