30-05-2025
1744-1751
275
72
KORPORATIV NIZOLARDA DA’VONI TA’MINLASHNING O‘ZBEKISTON VA XORIJIY SUD AMALIYOTIDAGI O‘ZIGA XOS JIHATLARI
Ushbu maqola korporativ nizolarda da’voni ta’minlashning O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlar (AQSh, Buyuk Britaniya va Rossiya) sud amaliyatidagi o‘ziga xos jihatlarini chuqur tahlil qilishga bag‘ishlanadi. Unda O‘zbekiston Iqtisodiy protsessual kodeksi (IPK) asosida da’vo ta’minlash choralarining huquqiy asoslari, qo‘llanilish tartibi va kelib chiqadigan amaliy muammolarini o‘rganadi, shuningdek, ushbu choralar korporativ nizolarni hal qilishda qanchalik samarali ekanligini baholaydi. Xorijiy tajriba sifatida AQShning Federal fuqarolik va iqtisodiy protsessual qoidalari, Buyuk Britaniyaning iqtisodiy protsessual qoidalari va Rossiyaning Arbitraj protsessual kodeksi asosida da’vo ta’minoti mexanizmlari tahlil qilinadi. Ushbu davlatlarning sud amaliyati O‘zbekiston bilan solishtirilganda, xususan, protsessual tezlik, choralarning xilma-xilligi va xalqaro nizolarni hal qilishdagi samaradorlik kabi jihatlarda sezilarli farqlarni ko‘rsatadi.