Authors

  • N.T. Qurbonova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.97816

Keywords:

futbol tayyorgarlik tanlash ilova dastur sport.

Abstract

Mazkur maqolada maktab o’quvchilarini futbol to’garaklariga jalb etish asosida ularni jismoniy va texnik tayyorgarligini oshirish va professional tarzda shug’ullanishlari uchun saralash va tanlash jarayonini tizimli tashkil etishga qaratilgan tajriba ma’lumotlari yoritilgan.

background image


May, 2025-Yil

731

13-14 YOSHLI MAKTAB O'QUVCHILARINI FUTBOL TO'GARAKLARIDA

SHUG'ULLANTIRISH ORQALI JISMONIY VA TEXNIK TAYYORGARLIGINI

RIVOJLANTIRISH USLUBIYATI

Qurbonova N.T.

O’zDJTSU.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15511462

Annotatsiya.

Mazkur maqolada maktab o’quvchilarini futbol to’garaklariga jalb etish

asosida ularni jismoniy va texnik tayyorgarligini oshirish va professional tarzda shug’ullanishlari
uchun saralash va tanlash jarayonini tizimli tashkil etishga qaratilgan tajriba ma’lumotlari
yoritilgan.

Kalit so’zlar:

futbol, tayyorgarlik, tanlash, ilova, dastur, sport.

Bugungi kunda yurtimizda sportning futbol turiga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Yurtboshimiz tomonidan chiqarilayotgan Qaror va Farmonlar ijrosini ta'minlash, yosh

futbolchilarni tanlash, saralash va futbol akademiyalariga yo'naltirish borasida keng ko'lamli ishlar
tashkil etilmoqda. Umumta'lim maktablarida yosh futbolchilarni tanlash, ularni futbol
to'garaklarida shug'ullantirish orqali mazkur muassasalarga dastlabki tanlashni amalga oshirish
imkoniyatini oshirish muhim omil sanaladi. Jumladan, ushbu Qaror va Ffarmonlarda maktablar
o'rtasida futbol musobaqalarini tashkil qilish muhim vazifa qilib belgilangan. Bu asosda barcha
maktablarda futbol to'garagini tashkil etish va futbolchilarni tayyorgarligini muntazam nazorat
qilish, ularning texnik, jismoniy, psixologik, nazariy tomondan tayyorlab borish masalasi alohida
belgilab qo'yilgan.

Ishning maqsadi. Takomillashtirilgan dastur va maxsus ilova yaratish asosida 13-14 yoshli

maktab o’quvchilarni jismoniy va texnik tayyorgarligini oshirish ma’lumotlarini taxlil qilish.

Biz tomonimizdan tashkil etilgan tajribada amaldagi futbol bo'yicha to'garaklarni tashkil

qilish dasturiga o'zgartirishlar kiritildi. Jumladan, mazkur dasturda futbol musobaqalarni tashkil
etish, testlash va ularning texnik tayyorgarligiga berilgan soatlar hajmini o'zgartirish kabi
muammolar mavjud edi. Shu sababli amaldagi dasturni takomillashtirish orqali, ya'ni bunda har
bir chorak bo'yicha mini blits turnirlarni dastur tarkibiga kiritish, texnik tayyorgarlikka ajratilgan
soatlar hajmini oshirish va jismoniy tayyorgarlikka yo'naltirilgan vositalarni maxsuslashtirilgan
holda qo'llash kabi omillar hisobga olindi va takomillashtirib borildi. Bundan tashqari, mazkur
tajribani amalga oshirishda futbolchilarning nazariya va amaliyot bog'liqligini ta'minlash
maqsadida mobil ilova ishlab chiqildi. Mazkur mobil ilova mazmunida dasturdagi barcha
tayyorgarlik tomonidan belgilangan mavzular bo'yicha nazariy ma'lumotlar aks ettirildi va nazariy
bilimlar va amaliyot uyg'unligini ta'minlash maqsadida, to'garakni tashkil qilishdan oldin, amalda
kelgusida qo'llaniladigan yuklamalarning mazmun-mohiyati video rolik va rasmlar orqali
o'quvchilarga yetkazildi. Ushbu ma'lumotlar asosida ularning nazariy bilimlari oshirildi va ular
amaliyot bilan ushbu malakalarini mustahkamlab, tayyorgarlik darajasiga ijobiy ta'sir ko'rsatish
maqsad qilib olindi. Bundan tashqari, takomillashtirilgan dastur mazmun-mohiyati tushuntirildi va
har bir chorakda musobaqalar tashkil etildi. Ushbu musobaqalarda amalda qo'llanilgan ko’nikma
va malakalarini namoyon bo'lishini nazorat qilish, ya'ni texnik harakatlarning samarali bajarilishini
ta'minlash, ularning ijrosi bo'yicha xulosalar olish imkoniyati mavjud bo'ldi.


background image


May, 2025-Yil

732

Bundan tashqari, mazkur musobaqalarda iqtidorli yosh sportchilarni tanlash va saralash

orqali ularni bosqichma-bosqich futbol akademiyasiga yo'naltirish tizimi ishlab chiqildi. Bu
tizimning alohida ustunligi shundaki, murabbiylar va seleksionerlarni mazkur turnirlarga o'quv-
mashg'ulot jarayoniga taklif qilish orqali futbolchilarni akademiya va sport maktablariga qabul
qilinishini ta'minlash va ularni ushbu sport turi bilan professional darajada shug'ullanishga
yo'naltiruvchi taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Ishlab chiqilgan mazkur taklif va tavsiyalar asosida tajriba guruhi futbolchilarining futbol

akademiyalarga o'tkazish masalasi ijobiy hal qilindi. Bundan tashqari, mazkur ishlab chiqilgan
ilova va dastur takomillashtirilgan dastur asosida futbolchilarning jismoniy va texnik-taktik
tayyorgarligi sezilarli darajada oshdi. Bu esa mazkur maktabda shug'ullanayotgan futbolchilarning
musobaqa faoliyati ko'rsatkichlariga ham ijobiy ta'sir ko'rsatgani aniqlandi. Shu sababli, olingan
natijalardan xulosa qilish mumkinki, biz tomonidan ishlab chiqilgan dastur va maxsus ilova barcha
oʻrta maktablarga tatbiq qilinsa, futbol to'garaklarida shug'ullanayotgan futbolchilarning integral
tayyorgarligini oshirish va ularni professional futbolchilarni tayyorlash jarayoniga taqdim etish
masalasini ijobiy hal etsa bo'ladi.

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2018 yil 25 yanvardagi
“Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2018 yil 16- martdagi
“Futbolni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3610-sonli qarori. http://Lex.uz

3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2019 yil 4 dekabrdagi
“O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5887-sonli farmoni. Xalq so‘zi gazetasi. 6-dekabr 252-son.

4.

Губа В. П. Показатели физического развития как основа модели юного футболиста
/ В.П.Губа, В.А.Левченков // Физическая култура - фактор укрепления здоровя,
профилактики и лечения заболеваний. - Смоленск, 1996. - С. 36-37.

5.

Губа В.П. Сравнителная характеристика показателей "быстрой" и "медленной"
силы при помощи метода компютерной диагностики у детей и спортсменов /
В.П.Губа, И.В.Строева // Научные труды ВНИИФК 1999 года. - М., 1999. - С.49-53.

6.

Германов Г.Н. Методологические подходы в управлении подготовкой юных и
квалифисированных спортсменов: научно -теоретический анализ / Г.Н. Германов,
С.И. Филимонова, И.А. Сабирова // Ученые записки университета им. П.Ф.
Лесгафта. - 2014. - №8 (114). - С. 48-56.




References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2018 yil 25 yanvardagi “Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2018 yil 16- martdagi “Futbolni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3610-sonli qarori. http://Lex.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2019 yil 4 dekabrdagi “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5887-sonli farmoni. Xalq so‘zi gazetasi. 6-dekabr 252-son.

Губа В. П. Показатели физического развития как основа модели юного футболиста / В.П.Губа, В.А.Левченков // Физическая култура - фактор укрепления здоровя, профилактики и лечения заболеваний. - Смоленск, 1996. - С. 36-37.

Губа В.П. Сравнителная характеристика показателей "быстрой" и "медленной" силы при помощи метода компютерной диагностики у детей и спортсменов / В.П.Губа, И.В.Строева // Научные труды ВНИИФК 1999 года. - М., 1999. - С.49-53.

Германов Г.Н. Методологические подходы в управлении подготовкой юных и квалифисированных спортсменов: научно -теоретический анализ / Г.Н. Германов, С.И. Филимонова, И.А. Сабирова // Ученые записки университета им. П.Ф. Лесгафта. - 2014. - №8 (114). - С. 48-56.

Most read articles by the same author(s)