Authors

  • Sevaraxon Mo'sinova
  • Nilufar Oʻrinova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.98482

Keywords:

Finlandiya ta’lim tizimi O‘zbekiston ta’limi innovatsion ta’lim ta’lim islohoti individual yondashuv ta’lim sifati ta’lim tajribasi.

Abstract

Ushbu maqolada zamonaviy ta’lim sohasida ilg‘or mamlakatlardan biri hisoblangan Finlandiya ta’lim tizimining asosiy tamoyillari tahlil qilinadi. Xususan, ta’lim sifati, o‘quv jarayonining tashkil etilishi, o‘qituvchilarning roli va o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar yoritilgan. Shuningdek, ushbu tizimning O‘zbekiston ta’lim tizimiga integratsiyalashuvi, uning imkoniyatlari va muammoli jihatlari muhokama qilinadi. Maqolada ta’limni demokratlashtirish, individual yondashuv, ijodkorlikni rivojlantirish kabi jihatlar asosida Finlandiya tajribasini O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish bo‘yicha amaliy takliflar berilgan

background image


May, 2025-Yil

814

FILANDIYA TA’LIMINI O‘ZBEKISTONDA QO‘LLASH

Mo'sinova Sevaraxon Farhodjon qizi

Farg‘ona Davlat Unversiteti

Pedagogika – psixologiya va san’atshunoslik fakulteti

Pedagogika psixologiya yoʻnalishi 4- kurs talabasi.

Oʻrinova Nilufar

Ilmiy rahbari.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15521478

Annotatsiya.

Ushbu maqolada zamonaviy ta’lim sohasida ilg‘or mamlakatlardan biri

hisoblangan Finlandiya ta’lim tizimining asosiy tamoyillari tahlil qilinadi. Xususan, ta’lim sifati,
o‘quv jarayonining tashkil etilishi, o‘qituvchilarning roli va o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar
yoritilgan. Shuningdek, ushbu tizimning O‘zbekiston ta’lim tizimiga integratsiyalashuvi, uning
imkoniyatlari va muammoli jihatlari muhokama qilinadi. Maqolada ta’limni demokratlashtirish,
individual yondashuv, ijodkorlikni rivojlantirish kabi jihatlar asosida Finlandiya tajribasini
O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish bo‘yicha amaliy takliflar berilgan

Kalit so‘zlar:

Finlandiya ta’lim tizimi, O‘zbekiston ta’limi, innovatsion ta’lim, ta’lim

islohoti, individual yondashuv, ta’lim sifati, ta’lim tajribasi.

Bugungi kunda ko‘p yillardan buyon dunyo miqyosida bilim darajasi bo‘yicha eng yuqori

ko‘rsatkichni finlandiya o‘quvchilari egallab kelmoqda. Bu masalaga e’tibor qaratgan ko‘plab
mamlakatlar Finlandiya ta’lim tizimini o‘z ta’lim muassasalariga isloh qilib kelmoqdalar, shu
jumladan, O‘zbekiston ham. Ta’lim sohasi yuksalishi uchun Finlandiya ta’lim tizimidagi
tajribalariga asoslanib qator islohotlarni amalga oshirish uchun yetarlicha sabablar mavjud.

Finlandiya ta’limi mamlakat farovonlik jamiyatining asoslaridan biridir. Chunki, hamma

uchun teng ta’lim imkoniyatlarini taqdim etadigan ta’lim tizimi bilan faxrlanamiz. Finlandiyada
boshlang‘ich ta’limdan oliy ta’limgacha boʻlgan barcha yoʻllar bepul. Bundan tashqari, Finlandiya
o‘qituvchilari yuqori ma’lumotli va o‘z ishlariga qat’iy sodiqdirlar.

1

Finlandiya ta’lim tizimining eng asosiy maqsadi bu - bolalarni hayotga tayyorlash. Ular

oʻzlari qiziqqan, ehtiyojga ega boʻlgan fanlar boʻyicha ta’lim olishga haqli va oʻqituvchilar ham
oʻquvchilarning ehtiyojini, iqtidorini inobatga olib dars jadvallari tuzishadi. Finlandiyada bolani
yoshligidanoq hayotga oʻzi qadam tashlashni oʻrganishi va umri mobaynida duch keladigan katta-
kichik muammolarni oʻzi hal qilishi tarafdoridir. Ota-onalar farzandlarining mustaqil
rivojlanishiga imkon yaratishni muhim deb biladilar. Shuning uchun ular oʻzlariga yaqin boʻlgan
maktabga piyoda yoki velosipedda borishga odatlanishgan. Agar maktab ikki kilometrdan uzoq
masofada joylashgan boʻlsa, maktab tomonidan yoʻlga qoʻyilgan xususiy avtobus oʻquvchilarni
maktabga olib borib yana qaytib olib kelib qoʻyadi. Bu xizmat xarajatlari, tushlik, oʻquv qurollari
va ekskursiya uchun sarflanadigan mablagʻlar, davlat tomonidan qoplanadi. Shu bilan birga,
maktablarga xayriya qilish ham taqiqlanadi.

Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “Najot ta’limda, najot tarbiyada, najot

bilimda”

2

degan fikr-mulohazasida ta’lim, tarbiya, bilim hal qiluvchi omil sifatida kamolot

1

The Finnish education system // https://okm.fi/en/education-system

2

SH.M. Mirziyoyev. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi. -Toshkent, O‘zbekiston, 2022-yil. //


background image


May, 2025-Yil

815

kalitidir. Darhaqiqat, istalgan rivojlangan davlatlarning rivojlanish bosqichiga e’tibor qaratsangiz,
barchasining zamirida ta’lim, tarbiya, bilim yotadi. Aslida ham har bir davlatning rivojlanishining
asosiy sabablaridan biri ta’limdir. Ilm va bilim, insonning dunyodagi oʻzini oʻrganish va
rivojlantirish imkoniyatlarini oʻz ichiga olgan hayotiy quvvat hisoblanadi. Ta’lim ilmga
asoslangan boʻlishi kerak, ya’ni odamlarni bilim va ma’rifatga qiziqish va oʻrganishga
ragʻbatlantiradi. Oʻrganish, ta’lim va bilim, insoniyatning barqarorligi va tinchlikka olib keladi.

Ta’limning bu ahamiyati haqida koʻproq gapirish, insonlarning shaxsiy va jamiyatdagi

rivojlanishining kengayishiga olib keladi. Bu yozuv, ta’limning asosiy ahamiyatini, shuningdek,
uning sodda va kasbga qadar oʻqish va oʻrganishning ahamiyatini koʻrsatadi. Ta’lim, dunyodagi
yagona rivojlanish vositasidir va insoniyatning yuksak ma’naviyatini o‘z ichiga oladi. Bu esa
ularning oʻz oliy maqsadlari va hujjatlari uchun mustaqil ravishda ishlashlari va faol jamiyat a’zosi
sifatida boʻlishlari mumkinligini yaratadi. Mamlakat kelajagi, barcha sohalar va loyihalar
muvaffaqiyati bilimli insonlarga bog‘liq ekani ta’kidlandi. “Maktab ta’limini rivojlantirsak, oliy
ta’lim ham, ilm ham kelajakda rivojlanadi. Hozir shu masalani qilmasak, nafaqat kechirmaydi,
yoshlarimiz sharoit bor joyga ketadi. Biz ko‘p vaqt yo‘qotdik, desak to‘g‘ri bo‘ladi. E’tibor
bermadik. Agar kimda-kim maktab bu faqat Xalq ta’limi vazirligining ishi, deb o‘ylasa, bu juda
xato fikr va xato yondashuv. Butun elimiz bilan, butun jamiyatimiz bilan Xalq ta’limi vazirligiga
e’tibor bermasak, qo‘ygan natijalarimiz bo‘lmaydi. Bir kun emas, bir soat ham kechiksak,
iqtisodiyotimizga, ertangi kunimizga, yoshlarimizga katta ziyon bo‘ladi”,

3

degan prezident.

Mamlakatda oʻqituvchilik, ruhoniylik va politsiyachilik eng qadrlanadigan kasblar

sanaladi. Oddiy maktab o‘qituvchisi bo‘lish uchun esa oliy ta’limdan keyin magistraturani
tugatgan hamda universitet bitiruvchilari o‘rtasida eng yuqori ko‘rsatkichlarni egallagan
o‘ntalikdan o‘rin olgan nomzodlar tanlov asosida ishga qabul qilinadilar. Maktabda ishlash uchun
ariza topshirganlarning o‘ndan birigina qabul qilinadi va yana o‘qituvchilikka tavsiya qilinganlar
bitta emas, ikkita soha bo‘yicha mutaxasis qilinadilar. Aslida, biz ham konservatoriyaga is’tedodi
bor talabalarni qabul qilgani singari, o‘qituvchilikka qobiliyati bor nomzodlarnigina tanlashimiz
kerak. O‘qituvchi uchun kunlik ish muddati 4 soatni tashkil qiladi va bizda bu jarayon kun bo‘yi
ham davom qilishi mumkin. O‘qituvchining ertalab quvvatga to‘lgan va 5-6 soatdan keyingi
charchoq bilan dars o‘tgan holatini taqqoslasak, albatta, orada katta tafovutni ko‘ramiz. Har bir
pedagog haftada 2 soat davlat tomonidan tashkil qilingan malaka oshirish kurslarida ishtirok etishi
lozim. Bu dars jarayonining samaradorligiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Finlandiya maktablarida fanlar
faoliyatini tashkil qilish tartibiga ko‘ra darslar biron voqeaga asosan olib boriladi. Masalan,
Ikkinchi jahon urushi haqidagi darsda mavzuga oid tarixiy, geografik va matematik bilimlar
birgalikda o‘rgatiladi. Shunday qilib, o‘quvchilar mavzuning real hayotiy funksiyalari haqida
o‘ylash orqali doimiy ma’lumot shaklida o‘rganadilar. Shu bilan bir qatorda, Finlandiya
maktablari foaliyatida uyga vazifa berilmasligi ahamiyatlidir. Hayotda mustaqil bo‘lishning ilk
qadamlari shu jabhadan boshlanadi. Bizda esa deyarli barcha kichik yoshdagi o‘quvchilar uyga
vazifani ota-onalarining ko‘magisiz bajara olishmaydi. Shunday ekan “…ayni paytda axborot
texnologiyalari sohasida chuqur bilim va malakaga ega bo‘lgan, ulardan unumli foydalana
oladigan zamonaviy mutaxassislar milliy iqtisodiyotimiz uchun nihoyatda zarur.

https://kun.uz/53070317?q=%2Fuz%2F53070317

3

https://kun.uz/53070317?q=%2Fuz%2F53070317


background image


May, 2025-Yil

816

Biz esa bu masalani chuqur anglagan holda, shu maqsadga erishish uchun jiddiy harakat

qilishimiz shart

4

” deb har doim takrorlaydi muxtaram Prezidentimiz.

Finlandiya maktablarida o‘quvchilar maktabda xizmat ko‘rsatuvchilarga kunlik

yumushlarda yordam beradilar. Misol uchun, bog‘bonga bog‘da gullarni ekishga yordam
berishadi, xodimlar bilan birga axlatlarni yig‘ishadi, oshxonada oʻz ovqatlarini oʻzlari suzib olib,
ovqatdan keyin likopchalarni yuvish uchun tayyorlab qoʻyishadi. Buning natijasida bolalarda
mehnatni qadrlash tuygʻusi uygʻonadi va maktab foaliyatidagi ishchilarga nisbatan hurmat hissi
shakllanadi. Ular kutubxonada kitoblar bilan qayta ishlash tadbirlarida faol qatnashadilar. Bu esa
mas’uliyat va maktabga sadoqat hissini oshiradi. Agarda oʻquvchilar maktab hovlisida oʻyin
maydonchasi boʻlishini istasalar, maktab ma’muriyati alohida muhandisni chaqirib, oʻquvchilar
bilan suhbatlashib, ularning xohishidan kelib chiqqan holda maydoncha barpo qilishadi.

Ta’limning ilk olto yili mobaynida oʻquvchilarning hech biriga baho qoʻyilmaydi. Bu

oʻquvchilarning tengligini mustahkamlaydi. Bizning ta’lim jarayonlarimizdagi eng katta xato ham
shu sanaladi. Past baho bilan oʻzlashtiradigan oʻquvchilarga “Sen ikkichisan” tamgʻasi bosilsa,
a’lochi oʻquvchilar eng oldi qatordagi partalardan joy egallaydi. Finlandiya ta’limida oʻquvchi 16
yoshga toʻlgandagina mamlakat boʻylab davlat tomonidan imtihon qilinadi. Bu davrgacha hech
qanday majburiy imtihonlar olinmaydi. Ular imtihonlarga emas, hayotga tayyorlanadilar.

Finlandiya madaniyatiga koʻra shaxsga nisbatan hurmat hamma narsadan ustundir.

Finlandiyada birining boshqasidan ustunligi hamisha qoralangan, ya’ni ularda bolalarning sport
bilan shugʻullanishiga katta e’tibor beriladi, biroq musobaqalashish, jamoa yoki yakkama-yakka
boʻlishidan qat’iy nazar bir-biriga qarshi kurashish, raqobatlashish tushunchalari ma’qullanmaydi.

Nafaqat sport, balki darslarda yoki fan yuzasidan ham hech qanday bellashuvlar

oʻtkazilmaydi. Ular buni “oʻquvchilarning bir-biriga adovat bilan qarashiga olib keladi”- deb
hisoblaydilar. Natijada ular jamiyat oʻlaroq, jamoa boʻlib shakllanadi va birlashib katta kuchga
aylanishadi hamda “Milliy birlik” paydo boʻladi. Biz farzandlarimizni yaxshi bilim olishi uchun
nufuzli maktablarda oʻqitishga harakat qilamiz. Ta’kidlash joizki, Finlandiyada bu maktab
unisidan yaxshi tushunchasi yo‘q, respublikada faoliyat olib borayotgan barcha maktablar har
tomonlama bir xil sanaladi va mamlakat boʻylab xususiy maktab mavjud emas. “Ta’lim hamma
uchun teng imkoniyatlarni taqdim etadi”-, deyishadi finlar.

Xulosa qilib aytganda, Finlandiya ta’lim tizimi jahon miqyosida eng samarali va ilg‘or

tizimlardan biri sifatida tan olingan. Uning muvaffaqiyati o‘quvchilarga individual yondashuv,
o‘qituvchilarga yuqori ishonch va erkinlik, shuningdek, ta’limda tenglik va inklyuzivlik
prinsiplariga asoslangan. Bu yondashuv bolalarning ijodiy fikrlashini, mustaqil qaror qabul
qilishini va o‘z-o‘zini rivojlantirishga bo‘lgan intilishini kuchaytiradi. O‘zbekiston ta’lim tizimi
ham jadal rivojlanish yo‘lida bo‘lib, so‘nggi yillarda qator islohotlar amalga oshirildi. Finlandiya
tajribasini o‘rganish va uni mahalliy sharoitlarga moslashtirib joriy etish, ta’lim sifatini oshirishga
xizmat qilishi mumkin. Xususan, o‘quv dasturlarini yengillashtirish, baholash tizimini insofli va
o‘z-o‘zini baholashga yo‘naltirish, o‘qituvchilarning maqomini oshirish va ularga mustaqillik
berish kabi omillar O‘zbekiston maktablarida ham yuqori natijalarga olib kelishi mumkin. Biroq,
har qanday xorijiy tajribani bevosita ko‘chirish emas, balki uni milliy an’analar, mentalitet,
iqtisodiy va ijtimoiy holatlarga moslab tadbiq etish muhimdir.

4

SH.M. Mirziyoyev. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi. -Toshkent, O‘zbekiston, 2022-yil. 218-bet


background image


May, 2025-Yil

817

Bosqichma-bosqich yondashuv, ta’lim muassasalarini zamonaviy texnologiyalar bilan

jihozlash, ota-onalar va jamiyat bilan hamkorlikda ishlash orqali Finlandiya ta’lim tizimining
muhim jihatlarini O‘zbekistonda muvaffaqiyatli amalga oshirish mumkin. Shunday qilib,
Finlandiya tajribasi O‘zbekiston ta’lim tizimi uchun ilhom manbai bo‘lishi, ilg‘or yondashuvlarni
joriy etish orqali mamlakatimizning intellektual salohiyatini yangi bosqichga olib chiqishi
mumkin.

Foydalangan adabiyotlar:

1.

Sh.M. Mirziyoyev. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi. -Toshkent, O‘zbekiston,
2022-yil. 218-bet.

2.

The Finnish education system // https://okm.fi/en/education-system

3.

https://kun.uz/53070317?q=%2Fuz%2F53070317

4.

https://kun.uz/53070317?q=%2Fuz%2F53070317

5.

Yaxshilikovich, Y. J. "Information and communication technologies as the main
philosophical attribute of an informed society." European Journal of Molecular and
Clinical Medicine 7.7 (2020): 681-686.

References

Sh.M. Mirziyoyev. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi. -Toshkent, O‘zbekiston, 2022-yil. 218-bet.

The Finnish education system // https://okm.fi/en/education-system

Yaxshilikovich, Y. J. "Information and communication technologies as the main philosophical attribute of an informed society." European Journal of Molecular and Clinical Medicine 7.7 (2020): 681-686.