Authors

  • Surayo Akramova
  • Gulizar Ergasheva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.98483

Abstract

Mazkur maqolada hikoya janri orqali boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida o‘quvchilarni insoniy fazilatlarni ulug‘lashga o‘rgatish, bunda turli interfaol metodlardan unumli foydalanish haqida fikrlar keltirilgan.

background image


May, 2025-Yil

818

BOSHLANG‘ICH SINFDA HIKOYA JANRI ORQALI O‘QUVCHILARNI INSONIY

FAZILATLARNI ULUG‘LASHGA O‘RGATISH METODIKASINI

TAKOMILLASHTIRISH (O‘QISH DARSI ASOSIDA)

Akramova Surayo Renatovna

BDPI dotsenti.

Ergasheva Gulizar

BDPI boshlang‘ich ta’lim I kurs talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15521498

Annotatsiya.

Mazkur maqolada hikoya janri orqali boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida

o‘quvchilarni insoniy fazilatlarni ulug‘lashga o‘rgatish, bunda turli interfaol metodlardan unumli
foydalanish haqida fikrlar keltirilgan.

Insoniy fazilatlar, ya'ni insonning yaxshi xulqlari va axloqiy sifatlari jamiyatda

ahamiyatlidir. Masalan insoniy fazilatlarga nimalarni misol qilib aytish mumkin? Insoniy
fazilatlarga misol qilib halollik, vafodorlik, mehribonlik, qarorli bo‘lish, adolatli bo‘lishi, sabrlilik,
mehnatsevarlik, ochiqlik va samimiyatlilikni aytish mumkin.

HALOLLIK-so‘z va amallarda to‘g‘rilik, haqiqatga sodiqlik. Halol insonlar boshqalarga

ishonch bag‘ishlaydi va o‘zining ishonchini va obro‘sini saqlaydi.

VAFODORLIK-o‘z so‘ziga sodiq qolish va boshqalarga nisbatan sodiq bo‘lish. Vafodor

odamlarda ishonch, mehr-muhabbat bir-biriga bo‘lgan o‘zaro ishonchni rivojlantiradi.

MEHRIBONLIK-boshqalarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, yordam berish, iliqlik va do‘stlikni

tarqatish. Mehribon insonlar esa yengillik va quvonch olib keladi.

QARORLI BO‘LISH-o‘z maqsadlariga erishish yo‘lida har qanday to‘siqlarni yengib o‘tish

va shu maqsadlarga erishish uchun qat'iyatli bo‘lib harakat qilish. Qarorli odamlar maqsadlarini
amalga oshirishda doimo muffaqiyatga erishadilar.

ADOLATLI BO‘LISH-har bir kishi bilan teng va xolis muomala qilish. Adolatli insonlar

jamiyatda tinchlik-osoyishtalik va barqarorlikni ta'minlashga yordam beradi.

SABRLILIK-har qanday qiyinchiliklarga qarshi turish, chidamli va bardoshli bo‘lish.

Sabrlilik bu insonni boshqalarga nisbatan mehr-muhabbatli va oqilona qilishga o‘rgatadi.

MEHNATSEVARLIK-har bir ishga samimiy va astoyidil yondashish. Mehnatsevar

insonlar o‘z ishlari,yoki har bir ishni muvaffaqiyatli bajarishlari bilan jamiyatga katta hissa
qo‘shadilar.

OCHIQLIK VA SAMIMIYLIK – o‘z fikrlari va his tuyg‘ularini ochiq -oydin ifodalash.

Samimiy damlar doimo o‘zaro munosabatlarda ishonchni mustahkamlaydilar.

Boshlang‘ich sinf darsliklarida insoniy fazilatlarni ulug‘lash haqida bir nechta hikoyalar

berib o‘tilgan. Boshlang‘ich sinfda ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirish muhim rol o‘ynaydi.

Ushbu davrda o‘quvchilariga insoniy fazilatlarni ulug‘lash, ularni hayotda qo‘llash

ko‘nikmalarini singdirish nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Darslik va pedagogik
yondashuvlar orqali bolalarni halollik, mehribonlik, adolat va hamjihatlik kabi sifatlarni
egallashga zamin yaratishi lozim.

Insoniy fazilatlarni ulug‘lashning ahamiyati boshlang‘ich sinf o‘quvchilari qobiliyatlari

rivojlanishining muhim bosqichida bo‘lib, bu davrda shakllangan axloqiy sifatlar butun umrgacha


background image


May, 2025-Yil

819

davom etadi. Insoniy fazilatlar shaxsning o‘ziga ,boshqalarga va jamiyatga bo‘lgan munosabatni
belgilaydi. Darsliklar orqali bu fazilatlarni bolalarga singdirish bir nechta jihatlarda foyda
keltiradi.

1 Shaxsiy o‘ziga bo‘lgan ishonchini rivojlantirish.

2 Jamoaviy ishlarda muvaffaqiyatga erishishiga yordam berish.

3 Barkamol avlodni tarbiyalash.

Metodik yondashuvlar tahlili.

Boshlang‘ich sinf darsliklari tahlil qilinganda ,ular asosan quyidagi usullarga asoslangan:

1.Ko‘rgazmali qurollar:rasmlar,diagrammalar, turli xil boshqotirmalar yordamida

tushunchalarni yoritish.

2.Hikoyalar va ertaklar orqali o‘rgatish: bolalarda hikoya va ertaklarda berilgan turli xil

obrazlar
orqali axloqiy tushunchalarni shakllantirish.

3.Amaliy mashg‘ulot: bularni yana mustahkam va esda qolarli bo‘lishi uchun o‘yinlar yoki

topshiriqlarni bajartirish.

Interfaol metodlardan foydalanish: Interfaol metodlardan foydalanish bu muammoli

vaziyatlarni tahlil qilish, o‘quvchilarga hayotiy misollar berib, ularda muammolarni hal qilish
uchun insoniy fazilatlar asosida yechim topish so‘raladi.

Rol o‘ynash mashqlarini tashkil qilish: Bolalar turli obrazlarni gavdalantirib, yaxshi va

yomon fazilatlarni ajrata oladilar. Jamoaviy loyihalarni tuzish. Masalan, bu qanday bo‘lishi
mumkin?Guruhlarda birga ishlash orqali mehribonlik va birdamlikning ahamiyatini his qiladilar.

Yana boshqa usullar orqali insoniy fazilatlarni ulug‘lashga undash mumkin. Masalan,

darsliklarni boyitish, ko‘p tomonlama yondashuv, ijtimoiy faoliyatini qo‘shish bo‘lishi mumkin.

Insoniy fazilatlarni ulug‘laydigan qisqa hikoyalar, maqollar va topishmoqlarni darsliklarga

kiritish (bunda qahramonlarning yaxshi fazilatlarini ochib beradigan ko‘rgazmali materiallar va
audio-video resruslardan foydalanish).

Bolalar psixologiyasi hisobga olinishi ya'ni unda berilgan yoki ko‘rsatilayotgan materiallar

bolalarning yoshiga mos ravishda tanlanishi kerak (ijtimoiy Faoliyatni qo‘shish ya'ni o‘quvchilar
maktabda tabiatni asrash tadbirlarini o‘tkazishlari)

Boshlang‘ich sinflarda insoniy fazilatlarni ulug‘lash bo‘yicha samarali metodlardan

foylanish o‘rinli bo‘ladi. Masalan, "Hikoya- tahlil ", "Rol o‘ynash va sahnalashtirish", "Ijobiy va
salbiy fazilatlarni ajratish", "Fazilat daraxti", "Qahramon izlash", "Fazilat topish "metodlarini
qo‘llash mumkin. Bu metodlarni qo‘llash uchun 2-sinf o‘qish savodxonligi kitobiga nazar
solamiz.Bu darslikdagi biror bir mavzuni tanlab o‘quvchilarga oson va tushunali qilib yetkazib
berishimiz kerak.

Darslikdagi "Mehnatsiz taxt kelmas"mavzusini olsak, bu mavzuni o‘quvchilarga

quyidagicha tushunarli qilib o‘tib berishimiz mumkin.

Darslikning maqsadi:"Mehnatsiz taxt kelmas"mavzuning nomini o‘quvchilarga avvalo

ma'nosini tushuntirish, buyuk bobokalonimiz Abdulla Avloniy haqidagi ta'rifni tushuntirish,
Abdulla Avloniyning "Bolari bilan pashsha "masalining mag‘zini chaqishga ko‘maklashish,
masalda berilgan notanish yoki tushunishi qiyin bo‘lgan so‘zlarni ma'nosini izohlash va bu
masaldan kerakli xulosani chiqarishlarini o‘rgatish.


background image


May, 2025-Yil

820

Darsda qo‘llanadigan metodlar: ”Fazilat daraxti”,”Ijobiy va salbiy fazilatlarni ajratish”,

”Hikoya- tahlil”.

Mazuda berilgan Abdulla Avloniy haqidagi fikrni tahlil qilish. “Abdulla Avloniy-o‘zbek

milliy madaniyatining mashhur vakillaridan biri, ma'rifatparvar shoir, jurnalist, pedagog, davlat
va jamoat arbobidir. Avloniy maktablar ochgan va ko‘plab darsliklar yozgan”.

Yuqorida aytilgan fikr orqali o‘quvchilarga savol beriladi. Masalan, Bolalar siz hech o‘ylab

ko‘rganmisiz, maktabda o‘qish, kitoblar o‘qish qanchalik muhim? Bu savolni bergandan keyin har
bir o‘quvchining fikrini eshitiladi.Shunda bolalarda bu savolga javob izlash uchun xayolida turli
xil fikr- mulohazalar shakllana boshlaydi va har bir o‘quvchi o‘z fikrini bayon qiladi. Bu usul
orqali bolaning nutqini rivojlanishi va o‘z fikrini bayon qilish orqali o‘ziga bo‘lgan ishonchini
oshirishga yordam beradi. Har birining fikrini eshitib bo‘lgandan keyin o‘qituvchi o‘zining fikrini
bildiradi. Masalan bunday tarzda bildirilsa (Mana, Abdulla Avloniy ham aynan bilim olishga va
boshqalarga o‘rgatishga juda katta hissa qo‘shgan inson bo‘lgan. U nafaqat yaxshi yozuvchi,
balki bolalar uchun yangi maktablar ochgan, ularga dars berib, bilim olishga yordam bergan.

Avloniy kitoblar yozib, odamlarni yaxshilikka, ilm o‘rganishga chaqirgan. Shuning uchun

ham u bizning xalqimiz uchun juda qadrli va hurmatga sazovor insonlardan biri hisoblanadi) ular
o‘zi bildirgan fikr bilan birga bu fikrni umumlashtirib o‘zlariga keraklicha ma'lumot va xulosaga
ega bo‘ladilar.

1-metod. Hikoya- tahlil. Bunda birinchi berilgan hikoya yoki masal o‘qib beriladi

o‘qituvchi tomonidan va bu hikoyani tahlilini ya'ni o‘quvchilar o‘zlari tushungan narsani
daftarlariga yozadilar.

BULBUL BILAN PASHSHA

Abdulla Avloniy

Bir pashsha qir tarafdan uchib kelayotgan Arini ko‘rib: – Do‘stim, qayerdan kelyapsan?-

dedi. Ari: - Qirdan kelyapman. Biroz bol yig‘dim. Uy yasash uchun mum ham hozirlab keldim, -
dedi. Pashsha: - OH, birodar! Bir boshing uchun buncha harakat qilasan!Sen ham men kabi
yashasang nima bo‘ladi? Mening yashashimda hech bir mashaqqat yo‘q. Insonlar hozirlagan
dasturxonlardan har xil taomlarni yeb-ichib umr o‘tkazaman. Ba'zi vaqtlarda sen tayyorlagan
boldan ham to‘ygunimcha yeyman. Mana! Yashamoq mana! Umr kechirish uchun olamda bundan
ham yaxshi turmush bo‘ladimi? Menda bol tayyorlash mashaqqati ham yo‘q , - dedi.

Ari bu so‘zlarga javoban shunday dedi: - Oh, do‘stim! Sening bunday turmushing o‘z

boshingdan beri kelmasin. Mashaqqatsiz taomda lazzat bo‘ladimi? Insonlar seni dasturxondan
quvib haydaydi. Oxiri bir o‘rgimchak luqmasi bo‘lishdan boshqa narsaga yaramaysan. Ammo men
tayyorlagan mum hamma yerida maqbuldir. Shu sababli insonlar meni o‘zlari tarbiya qiladilar.

Har yerda meni maqtaydilar. Qo‘y, birodar, mening ishim ko‘p. Sen bilan behuda

so‘zlashib turishga vaqtim yo‘q.

Ari shunday deb uchib ketdi.

Xulosa shuki, mehnatning oxiri rohat, yalqovlikning oxiri rohat, yalqovlikning oxiri

xorlikdir.

2 -metod: Ijobiy va salbiy fazilatlarni ajratish metodi. Bu metodda doskaning bir tomoniga

ijobiy, yana bir tomoniga salbiy deb yoziladi. Keyin o‘quvchilar 2 guruhga ajraladilar va 1-guruh
salbiy fazilatlarni, 2-guruh ijobiy fazilatlarni doskaga yozadilar.


background image


May, 2025-Yil

821

3-metod: Fazilat daraxti. Bunda o‘quvchilar bittadan list oladilar va bu listga daraxt

chizadilar. Bu daraxt fazilat daraxti bo‘ladi. Keyin esa o‘quvchilar masalda berilgan insoniy
fazilatlarga qaysi fazilat mos kelsa shuni yozadilar.

Endigi navbat kitobdagi topshiriqlarga keladi.

1-topshiriq. Savollarga javob berish.

1. PASHSHA yo‘lda nimani uchratibdi?

2. Ayting-chi, pashshaning yashash tarzi qanday ekan?

3. O‘ylab ko‘ring, nima uchun arini insonlar maqtashar ekan?

4. Masalning xulosasini qanday tushundindiz?

Fikringizni bildiring.

2-topshiriq. Berilgan lug‘atlarni yodlang. mum-asalari o‘zi ishlab chiqarib, o‘ziga uya

quradigan saqichsimon modda. bol-asal. birodar-o‘rtoq, mashaqqat-qiyinchilik, zahmat, lazzat-
maza, ta’m, maqbul-ma’qul ish, xorlik-kamsitilish.

Ushbu topshiriqlar bajarilgan so‘ng o‘quvchilar baholanadi. Dars davomida faol ishtirok

etgan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.

Shunday qilib o‘quvchilarga mavzuni tushanarli qilib yetkazib berishda, ularda insoniy

fazilatlarni shakllantirishda o‘qish darslarining ahamiyati, roli benihoyadir. Buning uchun o‘ziga
xos interfaol metodlardan unumli foydalanish yana bir karra dars oldiga qo‘yilgan vazifaning
amalga oshishiga zamin yaratadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni ma’naviyaxloqiy va jismoniy
barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi
bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-3907-sonli Qarori./ Xalq so‘zi
2018-yil 15-avgust.

2.

O‘qish savodxonligi. 2-sinf. 1-qism darslik. T.: “Novda” 2023.

3.

A. Sayfullayev, Sh. Sayfullayeva “Boshlang‘ich sinf oquvchilarini ozlashtirish faoliyati
metodikasini takomillashtirish”. Ta’lim va innovatsion tadqiqotlar. 2022.

4.

Ziyonet.uz.

References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni ma’naviyaxloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-3907-sonli Qarori./ Xalq so‘zi 2018-yil 15-avgust.

O‘qish savodxonligi. 2-sinf. 1-qism darslik. T.: “Novda” 2023.

A. Sayfullayev, Sh. Sayfullayeva “Boshlang‘ich sinf oquvchilarini ozlashtirish faoliyati metodikasini takomillashtirish”. Ta’lim va innovatsion tadqiqotlar. 2022.

Ziyonet.uz.