1681
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
FUDBOL O’YINIDA HOZIRGI MAVJUD O’YIN USLUBLARI VA TAKTIK
SXEMALARI
Ibrayimov Ruslan Maxsetbaebich
Ajiniyaz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti Sport panlar kafedrasi ásistenti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15539995
Annotatsiya. Bu moqalada fudbol oyinining yangi texnik va taktik jihatlari haqida so`z
yuritiladi.Yangi sistemaning "uch himoyachili" klassik sistemadan asosiy farqi to’rtta qator
o’rniga uchta qat’iy qator tashkil topib, ulardagi o’yinchilarning taktik vazifalari aniq belgilab
qo’yilganligidan iborat. Endi futbolda hujum qiluvchi kuchlar bilan mudofaa qiluvchi kuchlar
taxminan teng bolib qoladi.
Kalit so`zlari: Raqiblar hujumi chiqmay qolganidan keyin himoyachilar bilan aloqa
saqlanishi uchun qanot hujumchilari tezda orqaga qaytib keladilar.
Abstract. This article discusses new technical and tactical aspects of football. The main
difference between the new system and the classic "three-defender" system is that instead of four
lines, three strict lines are formed, in which the tactical tasks of the players are clearly defined.
Now in football, the attacking forces and the defensive forces are approximately equal.
Key words: After the opponent's attack fails, the wing-forwards quickly retreat to
maintain controls.
Hozirgi mavjud o’yin uslublari va taktik sxemalar o’yin jarayonida turlana oladigan
universal o’yin tizimini yaratishga intilish borligi haqidagapirish imkonini beradi. Yangi,
progressivroq 1+4+2+4 o’yin tizimiga o’tish 50-yillardagi futbol taktikasi evolyusiyasiga yakun
yasadi, desa bolmadi. Yangi sistemaning "uch himoyachili" klassik sistemadan asosiy farqi
to’rtta qator o’rniga uchta qat’iy qator tashkil topib, ulardagi o’yinchilarning taktik vazifalari
aniq belgilab qo’yilganligidan iborat. Endi futbolda hujum qiluvchi kuchlar bilan mudofaa
qiluvchi kuchlar taxminan teng bolib qoladi. Yangi tizimda orqa qator to’rt himoyachidan - o’z
darvozasi ro’parasida zonada o’ynovchi ikkita (chap va o’ng) markaziy himoyachidan va sal
oldinroqda o’ynovchi ikkita qanot himoyachisidan iborat. Ulaming hammasi mudofaa
o’ynashning zona prinsipiga rioya qiladi. Oldingi qatorda asosan oldinda o’ynovchi ikkita
markaziy hujumchi va ikkita qanot hujumchisi boladi. Bu tizimda jamoaning ilgari insaydlardan
iborat bolgan ikkinchi "eshelon" hujumchilari – yarim himoya hujumchilari bolmaydi. "Sehrli
to’rtburchak" ham yo’q bolib ketdi. Endilikda hujum va mudo-faaning bosh yo’nalishida bir
o’yinchi o’rniga ikki o’yinchi harakat qiladigan bolgani uchun nuxta bo’ylab o’qim
mustahkamlandi. 135 o’yinchilar yangicha joylashtirilishi jamoa qatorlari orasida yangicha
taktik boglanishlarni yuzaga keltirdi. Jabha bo’ylab va ichkariga bog’lanishlar ko’paydi. To’g’ri,
yangi tizim qanot himoyachilari o’yiniga uncha ta’sir etmadi, ammo boshqa o’yinchilaming
funksiya va vazifalari anchagina o’zgardi. Masalan, mudofaaning markazi ikkita markaziy
himoyachiga ishonib berildi. qanot himoyachilari singari bular ham zona mudofaasi prinsiplariga
rioya qilib, o’zlari qo’riqlaydigan o’yinchilari darvozani zarbga tutish mumkin bolgan masofada
qarshi oladilar. Bunda o’zaro straxovka qilish alohida rol o’ynaydigan bolib qoldi. o’rta qator
o’yinchilarining asosiy vazifasi himoyachilar bilan hujumchilar o’rtasida boglanish bolishini
ta’minlashdan, shuningdek, u yoki bu tomonga faol yordam berishdan iborat. Shuning uchun
o’rta qator o’yinchilaridan biri dispetcherlik vazifalari bolgan yarim hujumchi boladi. Bu
futbolchining texnik mahorati yuksak va taktik tafakkuri a’lo darajada bolishi kerak. Uning
sherigi esa ko’proq mudofaada ishonch bilan o’ynaydigan yarim himoyachilik qiladi. Hujum
1682
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
qatoridagi ikkala qanot hujumchisi ham qatiyan o’z joyida o’ynab, jamoa bo’ylab kamdan-kam
harakat qiladi. Raqiblar hujumi chiqmay qolganidan keyin himoyachilar bilan aloqa saqlanishi
uchun qanot hujumchilari tezda orqaga qaytib keladilar. Markaziy hujumchilar esa, aksincha,
maydonning kengligi bo’ylab manevr qilib, bir-biri bilan joy almashib o’ynaydilar, qanot
hujumchi-lariga kerakli yordam beradilar, lekin hujumni yakunlashda eng faol qatna-shadilar.
Hujum chiqmay qolsa, keyin markaziy hujumchilar maydon markazidagi o’zlarining dastlabki
pozisiyalariga qaytadilar. Hujum vaqtida mudofaada ko’p o’yinchi to’plangan va mudofaadagilar
bilan hujumdagilar son jihatdan teng bolgan sharoitda hujumchilar himoyachi-larning doimiy
nazoratida bomaganligi uchun ularda keskin manevr qilishga keraklicha keng joy yo’qligini
1+4+2+4 tizimining kamchiliklaridan, deb hisoblash kerak. Shuning bilan birga, mudofaa
vaqtida bitta qatorda turadigan ikki o’yinchi nazoratidagi markaziy zona, straxovka uyushtirish
murakkabligi sababli, yetarlicha mustahkam bo’lmaydi. o’yinchilami ularing har biriga nagmzka
teng tushadigan qilib joylash-tirish yoMlarini izlash yangi 1+4+3+3 tizimining paydo boMish
sabablaridan biridir. Bundan tashqari, o’rta qatorni mustahkamlash maydon o’rtasini tuzukroq
nazorat qilish imkonini beradi. 136 1+4+2+4 tizimida o’ynashga nisbatan 1+4+3+3 tizimida
o’ynashning taktik mazmunidagi asosiy farq jamoa hujum va mudofaa harakatlarining operativ
masofasi anchagina uzayganligi, deb hisoblash mumkin. Hujum bilan yarim himoya aralashib
ketdi, ya’ni hujumchilar bilan yarim himoyachilarning harakat zonalari aniq chegaralanmay
qoldi. Bu esa hujumchilarning bir qismi mudofaaga o’tishi va yarim himoyachilaming
hujumdagi faolligi oshishi hisobiga mumkin bo’ldi. Mudofaada aralash uslubga alohida e’tibor
berilishi esa qanot himoyachilariga zonada bemalol harakat qilish, eng yaqindagi sherigini
straxovka qilish, maydon o’rtasi bilan aloqa o’matishga chiqish, shuningdek, hujumga qo’shilish
imkonini beradi. Markaziy himoyachilar joylashuv ko’rinishini o’zgartirib, "zinapoya" bo’lib
joylashadilar, ya’ni ulardan biri oldinroqqa chiqib, ikkinchisi ilgarigi joyida "erkin himoyachi"
bo’lib qoladi. Oldingi himoyachi markaziy hujumchiga ko’p e’tibor beradi, uning
harakatlanishini kuzatib boradi va u bilan yakkama-yakka kurashga kirishadi. Orqadagi
himoyachi esa sheriklarining straxovka qilinishini ta’minlaydi va mudofaa markazidagi muhim
pozisiyada o’ynaydi. Bu o’yinchilar yuzaga kelgan sharoitga qarab o’yin davomida o’rin
almashib turadilar. o’rta qator o’yinchilari hujum va mudofaa harakatlarida faol qatnashishdan
tashqari, hujumchilarga raqiblar mudofaasini yorib o’tish uchun imkoniyat yaratib beradilar.
Bunda dispetcher, ya’ni kombinatsiyani boshlovchi futbolchi-ning o’mi alohidadir. Hujum
qatoridagi uch o’yinchi to’rtta himoyachi nazoratida bo’ladi. Demak, jabha bo’ylab ulaming
orasida ancha uzayib, bir-biriga bog’liqlik ancha bo’shashadi. Biroq, hujumchilar hujumda siniq
chiziq prinsipiga rioya qilib, jabha hamda maydon uzunasi bo’ylab manevr qilib,
himoyachilardan qutulish yo’llarini topibgina qolmay, balki hujiun uzoq masofa bo’ylab davom
etishini hamda zvenolarda bog’liqlik bo’lishini ta’minlab beradilar. 1+4+3+3 tizimidagi
jamoaviy harakatlar uchun keng ko’lamli manyovrlar, maydon o’rtasidan o’tishda uzoq
masofaga to’p uzatib berishlar va bir-ikki tegishdayoq to’p uzatiladigan taktik
kombinatsiyalardan foydalanib o’tkaziladigan tezkor hujumlar xarakterlidir. Futbol taktikasi
evolyusiyasining davom etishi 1+4+4+2 tizimi paydo bo’lishiga olib keldi. Buning xususiyati
shundaki, unda o’rta qator to’rt kishidan iborat boladi. Bundan tashqari, orta qator bilan 137
himoya qatori o’yinchilari o’rtasida yuklama bir tekisroq taqsimlangan boladi. o’rta qatori
mustahkamlanganda, maydon o’rtasida o’yinchilar ko’payib ketadi. Mudofaada zonada o’ynash
mumkin bolib, himoyachilarning harakatlari tezkorroq, manyovr chanroq bolib qoladi. Raqiblar
oldingi qatordagi ikki-uch o’yinchining har qanday harakatlanishi hamma vaqt o’rta
1683
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
himoyachining nazoratida bolishi shunday qilishga yo’l qo’yib beradi. Bu tizimda
"sopiyorvardlar ikkitagina bolib qolganiga qaramay, hujumda faol ishtirok etuvchi futbolchilar
besh-oltitaga yetadi. Ular maydonning turli nuqtasidan hujum qilaveradilar. o’yinchilar
individualgina emas, balki jamoaviy tarzda ham improvizasiya qila oladilar, bunda jamoa
manyovrlari raqib uchun kutilmagan boMib qolaveradi va o’yin taktikasini o’zgartirib turish
imkonini beradi. Mudofaa qatori son jihatdan o’zgarmagan bolsa ham, taktik planda olg’a tomon
bir qadam tashlanadi. Himoyachilar o’zlarining odatdagi mudofaa harakatlaridan tashqari, goho-
goho emas, balki butun o’yin davomida jamoaning hujumkorlik ishlarida qatnashadilar.
Mudofaada o’ynaganda jamoa ko’pincha zona uslubiga rioya qiladi. o’rta qator jamoaning negizi
hisoblanadi. Maydon o’rtasida qudratli bufer hosil qilish maqsadida bir guruh o’yinchilar shu
yerga yiqiladi. Bufer o’yinchilar soni hisobigagina emas, balki hujum va mudofaadagi
vazifalariga qarab ham tuziladi. Uyushtiruvchilik ahamiyati asosan o’rta qator o’yinchilaridan
boladi. Ular, odatda, maydonning har qanday nuqtasida ishonch bilan o’ynaydigan, universal
futbolchilar boladi. Ularning o’yini to’pni uzoq vaqt boshqarib turishga, ko’p yurishli
kombinatsiyalarga, a’lo darajadagi hamkorlikka asoslangan boladi. Ular hujumchi va
himoyachilar bilan tez-tez almashib o’ynaydiIar, kombinasion imkoniyatlar izlab topadilar, aldab
o’tish va qisqa masofaga to’p uzatib berishni bajorib qoymaydilar. o’rta qator o’yinchilari
maydon o’rtasida hujum tayyorlayotganda, barcha yo’nalishlarda o’rtacha va qisqa masofalarga
to’p uzatish vositasida hujumning rivojlanish yo’nalishini o’zgartiradilar. Ular raqib tomon
mudofaasidagi zaif joylarni qidirib, kamroq tezlikda ko’p yurishli kombinatsiyalar qiladilar,
keyin maksimal tezlikda kombinatsiya qilib, o’yinchi-lardan birini zarba berish pozisiyasiga
chiqaradilar. Hujum qatori qanotda ham, markazda ham o’ynay oladigan ikki o’yinchidan iborat
boladi. Ulaming harakatlanishlari va manyovrlari sheriklar uchun o’ynaydigan kengroq joy va
zarba berish pozisiyasiga 1,2,4 ilgaritdan o’rganib qo’yilganidek kutilmaganda chiqish uchun
imkoniyat yaratib berishga qaratilgan bo’ladi. Eng ko’p nagruzka hujumchilarga tushadi, chunki
ular nihoyatda katta tezlikda o’ynaydilar va to’xtovsiz harakatda bo’ladilar.
REFERENCES
1.
Dzurenda V.. Struktura uchebnogo materiala nachal'noy taktiko-texnicheskoy
podgotovki. Avtoreferat dissertatsii kandidata pedagogicheskix nauk,- M., 1990,-22 s.
2.
Donchenko P. I.. Trenajernie texnicheskie sredstva podgotovki i kontrolya . Tashkent,
1984,-198 s.
3.
Dutov V. S. Individualizatsiya podgotovki dzyudoistov na osnove podbora sparring-
partnerov. Avtoreferat dissertatsii kandidata pedagogicheskix nauk,-M., 1985, 20 s.
4.
Eganov A. V. Sirotin A. O., Kamenin V. N., Gúreskin A. I. Struktura pokazateley
sportıvnogo masterstva dzyudoistov. Yejegodnik “Sportıvnaya fudbol”, M., 1982,-S. 12-
5.
Zatsiorskiy V. M., Aruin A. S., Seluyanov V. N. Biomexanika dvigatel'nogo apparata
cheloveka. FiS, M., 1981.
6.
Jumaniyazov, D., & Jumanov, B. (2024). MEKTEPKE SHEKEMGI BALALARǴA
HÁREKETLI OYINLARDAN PAYDALANIW ZÁRÚRLIGI HÁM ONIŃ MAQSETI,
WAZIYPALARI.
Modern Science and Research
,
3
(11), 546-550.
7.
Jumaniyazov, D., & Yuldashov, U. (2024). TÁJIRIYBELI BASKETBOLSHILARDIN
JARÍS
ISKERLIGINE
TEXNIKALÍQ
TAYARLÍǴÍ.
Modern
Science
and
Research
,
3
(12), 664-666.
8.
Jumaniyazov, D. (2024). DENE TÁRBIYASI SISTEMASINDA HÁR TÁREPLEME
1684
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
TÁLIM HÁM TÁRBIYA BERIW USILLARI.
Modern Science and Research
,
3
(12),
396-400.
9.
Yuldashov, U. K., & Jumanıyazov, D. Q. (2024). FIZIKALIQ SAPALAR HÁM
OLARDIŃ BIR-BIRI MENEN FIZIOLOGIYALIQ BAYLANISLIǴINA SIPATLAMA
10.
Xalmuratov, M. (2025). DENE TÁRBIYASI OQITIWSHILARINIŃ KÁSIBIY
TAYARLIǴIN RAWAJLANDIRIW METODLARI. Modern Science and Research,
4(3), 390-395.
11.
Халмуратов,
М.
Т.
(2023).
ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ
ПОДГОТОВКА
ПРАКТИЧЕСКОЙ
СИСТЕМЫ ФИЗИЧЕСКОГО ВОСПИТАНИЯ
ДЕТЕЙ
НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ. Science and innovation, 2(Special Issue 7), 406-410.
