Authors

  • Shodiya Barakayeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.98510

Keywords:

Ot it hadis sura yozuvchi vafodor obraz timsol hikoya tasvir va boshqalar.

Abstract

Ushbu maqolada Said Ahmadning hikoyalarida hayvonlar obrazining o‘rni va badiiy ahamiyati o‘rganiladi. Muallif hayvonlarni nafaqat atrof-muhit elementi sifatida, balki insoniy xususiyatlarni, ijtimoiy va ma’naviy muammolarni aks ettiruvchi ramz sifatida yaratadi. Hayvonlarning xarakterlari va ularning voqealardagi roli orqali inson tabiatining murakkab jihatlari, ichki kechinmalar va jamiyat bilan munosabatlar tasvirlanadi. Said Ahmad hayvonlar tilidan foydalanib, o‘quvchini voqelikning chuqur qatlamlariga olib kiradi, hayvonlar obrazlari orqali inson va tabiat o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni hamda hayvonlarning ma’naviy donoligini ifoda etadi. Maqola muallifning badiiy uslubi, hayvonlar obrazini yaratishdagi falsafiy yondashuvi va ularning asarlar mazmunidagi o‘rni haqida tahliliy fikrlarni taqdim etadi.

background image

1699

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

SAID AHMAD HIKOYALARIDA HAYVONLAR OBRAZI

Barakayeva Shodiya

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti

o‘zbek tili va adabiyoti fakulteti 1-bosqich magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15540095

Annotatsiya. Ushbu maqolada Said Ahmadning hikoyalarida hayvonlar obrazining o‘rni

va badiiy ahamiyati o‘rganiladi. Muallif hayvonlarni nafaqat atrof-muhit elementi sifatida, balki
insoniy xususiyatlarni, ijtimoiy va ma’naviy muammolarni aks ettiruvchi ramz sifatida yaratadi.
Hayvonlarning xarakterlari va ularning voqealardagi roli orqali inson tabiatining murakkab
jihatlari, ichki kechinmalar va jamiyat bilan munosabatlar tasvirlanadi. Said Ahmad hayvonlar
tilidan foydalanib, o‘quvchini voqelikning chuqur qatlamlariga olib kiradi, hayvonlar obrazlari
orqali inson va tabiat o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni hamda hayvonlarning ma’naviy donoligini
ifoda etadi. Maqola muallifning badiiy uslubi, hayvonlar obrazini yaratishdagi falsafiy
yondashuvi va ularning asarlar mazmunidagi o‘rni haqida tahliliy fikrlarni taqdim etadi.

Kalit so`zlar: Ot, it, hadis, sura, yozuvchi, vafodor, obraz, timsol, hikoya, tasvir va

boshqalar.

Аннотация. В этой статье исследуется роль и художественное значение образа

животных в рассказах Саида Ахмада. Автор создает животных не только как элемент
окружающей среды, но и как символ, отражающий человеческие качества, социальные и
духовные проблемы. Через характеры животных и их роли в сюжетах изображаются
сложные стороны человеческой натуры, внутренние переживания и отношения с
обществом. Используя язык животных, Саид Ахмад погружает читателя в глубокие
слои реальности, выражая через образы животных органическую связь человека с
природой и духовную мудрость животных. В статье представлены аналитические
размышления о художественном стиле автора, его философском подходе к созданию
образов животных и их месте в содержании произведений.

Ключевые слова: Лошадь, собака, хадис, сура, писатель, верующий, образ, символ,

история, картина и т. д.

Abstract. This article explores the role and artistic significance of animal imagery in

Said Ahmad's stories. The author portrays animals not only as elements of the environment but
also as symbols reflecting human traits, social, and spiritual issues. Through the characters of
animals and their roles in the narratives, the complex aspects of human nature, inner emotions,
and relationships with society are depicted. Using the voice of animals, Said Ahmad leads the
reader into the deeper layers of reality, expressing the intrinsic connection between humans and
nature as well as the spiritual wisdom of animals. The article presents analytical insights on the
author's artistic style, his philosophical approach to creating animal imagery, and their place in
the meaning of his works.

Keywords: Horse, dog, hadith, surah, writer, faithful, image, symbol, story, picture, etc.


O‘zbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biri bo‘lgan Said Ahmad o‘zining chuqur

hayotiy kuzatuvlari, sodda, ammo mazmunli uslubi bilan xalq qalbidan chuqur joy olgan adibdir.
Uning hikoyalari hayotga yaqinligi, xalqona tasvirlari, obrazlar boyligi bilan ajralib turadi.
Ushbu hikoyalarda insonning ichki dunyosi, jamiyatdagi o‘zgarishlar bilan birga hayvonlar
obrazi orqali ham muhim ma’naviy-axloqiy g‘oyalar ifodalanadi. Uning “Ot bilan suhbat”
hikoyasi o‘zbek adabiyotida hayvon obrazining falsafiy, ramziy, axloqiy ma’nolarga boy tarzda


background image

1700

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

berilgan namunalaridan biridir. "Ot bilan suhbat" hikoyasida otning ta’rifi keltirilgan jumlalar
diqqatga sazovor. Unda sobiq jangchi hozirgi ayg‘irni “konchi ot” deb ataydi. Ot “bo‘ychan,
o‘ychan, qora, qaddi tik, tanasi baquvvat, ko‘zlarida tushunib bo‘lmas ma’no bor” deya
tasvirlanadi. Bu yerda “qora” so‘zining ishlatilishi o‘quvchiga biroz erish tuyulishi mumkin.
Biroq hikoyada konchi otlarning umumiy tasvir va tavsifi berilgan bo‘lib, bu orqali o‘quvchi
voqealar kechayotgan muhitga chuqur kirib boradi. Hikoyaning yana bir qiziq jihati shundaki,
unda ot nafaqat rivoyatchi (roviy), balki yozuvchi vazifasini ham bajaradi. Bu esa hikoyaga
o‘ziga xoslik bag‘ishlaydi. Biz buni ot orqali insoniyatga murojaat qilinayotgan, ot bilan
yaxlitlikda bo‘lgan badiiy ifoda deb talqin qilishimiz mumkin. Shuningdek, ot tilidan insonlarga
baho beriladi. Muallif hayvonlar orqali insonlar haqida fikr bildiradi. Bu esa hayvonlarning
insonlarni chuqur anglash qobiliyatiga ega ekanligini ko‘rsatadi. Muallif kondagi hayotni
otlarning ko‘zi bilan tasvirlaydi. Bu orqali Said Ahmadning hayvonlarga, xususan otlarga
nisbatan o‘zgacha mehr va e’tibor bilan qarashini sezish mumkin. Yozuvchi hikoyada eng oddiy
detallarni ham badiiy ruhda ifodalay olgan. U har bir voqea-hodisaga o‘ziga xos obrazlilik va
teranlik baxsh etgan

1

.

Said Ahmadning ushbu hikoyasida voqea harakatidan ko‘ra tasvir yetakchi o‘rin tutadi.

Muallif qahramonlarni faol harakatga jalb qilishdan ko‘ra, tabiat manzaralari, hayvonlar tilidan
voqeani bayon etish orqali o‘z g‘oyasini yetkazishga intiladi. Bu jihatdan asarni naturalizm
an’analarining davomchisi sifatida baholash mumkin. Chunki hikoyada markaziy obraz sifatida
aynan hayvonlar ishtirok etadi va ular orqali insonlarga xos xatti-harakat, fazilat hamda
kamchiliklar gavdalantiriladi. Asarda hayvonot olamiga xos ramzlar, timsollar yordamida emas,
balki insoniy fazilatlar va illatlar hayvonlar timsolida ochib beriladi. Bu esa asarning mazmuniga
chuqurroq kirib borishga, uni inson ruhiyati bilan bog‘lashga xizmat qiladi.Said Ahmad ijodiga
xos psixologik chuqurlik, nozik lirizm, yuksak badiiy uslub va falsafiy mushohadalar bu
hikoyada ham o‘z ifodasini topgan. Bu jihatlar har qanday o‘quvchining estetik ehtiyojini
qondira oladi.Shu bilan birga, hikoyaning ayrim epizodlari o‘quvchiga biroz g‘aliz yoki
murakkab tuyulishi mumkin. Ammo bu holat muallifning badiiy maqsadidan kelib chiqqan
holda, asar mazmunining chuqurligi bilan izohlanadi. Said Ahmadning hikoyalari san’at
darajasiga ko‘tarilgan bo‘lsa, demak, uning boshqa janrlardagi asarlari qanday bo‘lishi mumkin,
degan tabiiy savol o‘quvchida paydo bo‘ladi.

Asarda ishtirok etgan ot obrazini biz xarakter va tip o‘rtasidagi murakkab qahramon

sifatida baholashimiz mumkin. U oddiy hayvon emas, balki insoniy fazilatlarni ifodalovchi
ramziy obraz darajasiga ko‘tarilgan. Xulosa qiladigan bo‘lsak, hikoyalarni tahlil qilish
jarayonida biz tadrijiylikka — bosqichma-bosqich tahlilga alohida e’tibor qaratdik. Avvalo,
hikoyanavislikda o‘z uslubi va adabiy yo‘nalishiga ega bo‘lgan mualliflarning asarlarini
saraladik, ularni tahlilga tortdik. Hikoyalarni ma’lum adabiy metodlar, til xususiyatlari nuqtai
nazaridan baholadik.

Said Ahmad ijodidagi hikoyalar — ayniqsa, o‘zidagi didaktik ruh, zamonaviylik, hamda

falsafiy mazmuni bilan ajralib turadi. Ularning tag zamirida chuqur ijtimoiy va ma’naviy
g‘oyalar mujassam. Biz bu jihatlar asosida muallif hikoyalarini tahlil qilib, o‘zimizning
xulosalarimizni berdik.Bundan tashqari, ot obrazining yana bir yorqin talqini Abdulla
Qahhorning “Uloqda” hikoyasida namoyon bo‘ladi. Bu hikoyada bola va ot obrazlari do‘st
sifatida gavdalantirilgan. Voqealar bolaning og‘zi orqali bayon qilinadi, ya’ni roviy bolaning o‘zi
bo‘ladi. Bola otni nafaqat hayvon, balki eng yaqin sirdosh, mehribon do‘st deb biladi. U otga

1

T.Boboyev. Adabiyotshunoslikka kirish. T., “O’qituvchi”, 1979, 40 b.


background image

1701

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

bo‘lgan mehrini quyidagicha ifodalaydi:

“Anchagina o‘ylab turganimdan keyin, akamning yugan uchun asrab qo‘ygan qayishi

esimga tushib, sekingina yerto‘ladan haligi qayishni olib chiqib, umuldiriq yasadim. Endi
toycham juda ham gijinglab, xuddi to‘ralarnikidek bo‘lib ketdi...”

2

.

Bu ifodalar orqali bola otga chin yurakdan mehr qo‘yganini his etamiz. Hatto ot ovqat

yemasa, bola ham ovqatlanmay qo‘yadi — bu esa ularning o‘zaro bog‘liqligi, bolaning otga
bo‘lgan mehr-muhabbatining chinakam samimiyligini yaqqol ko‘rsatadi.

Qorako’z majnun hikoyasida it obrazi birinchi planga chiqadi. Hikoya avvalida

Qur‘oni karimdan bir oyat keladi: «Sizlardan qaysi biringiz o’z dinidan qaytsa va shu
kofirligicha o’lsa, bas, ana o’shalarning (qilgan savobli) amallari xabata (bekor) bo’lur, ular
do’zax ahlidurlar va u yerda mangu qolurlar».

(Baqara surasi, 217-oyat.)

Hadisi sharifdan: «Jannatga kiradigan o‘n nafar hayvondan biri bu «Ashobi kahfning

vafodor iti dir». (Al-jome al-Kabir.)

“Qorako‘z majnun” — Said Ahmadning mustaqillik yillarida yozilgan eng sara

hikoyalaridan biridir. Hikoyaning syujeti murakkab bo‘lmasa-da, unda insoniy tuyg‘ularning
teran tasviri berilgan. Asarda keksayib qolgan Saodat aya bir necha o‘n yildan beri harbiy
xizmatga ketib, boshqa yurtda oila qurib, bola-chaqali bo‘lib ketgan o‘g‘li Bo‘rixonni kutadi.
Har kuni sahar namozida Xudoga yolvorib, uni eslaydi, sog‘inadi. Saodat ayaning xarakterida
o‘zbekning chin muslima buvilariga xos fazilatlar mujassam: u nafaqat bu dunyo, balki u dunyo
haqida ham chuqur mulohaza yuritadi, har bir ishni sabr, shukr va e’tiqod bilan qarshi oladi. Bu
obraz orqali muallif milliy mentalitet, ona mehri, sadoqat va e’tiqod singari ma’naviy
qadriyatlarni ko‘rsatishga intiladi

3

.

. O’g’lining xabarini nevarasi Anvardan eshitgan kampir mulzam bo’ladi. Adib

kampirdagi bu o’zgarishni: «Birovga so’zini bermaydigan errayim kampirning shoxi sindi,
ostona hatlamay uyda muqim o’tirib qoldi», degan tarzda bayon qiladi. Kunlarning birida Saodat
aya iti Qorako’z bilan qizining uyiga qarab yo’lga chiqadi. Ularning borish va kelish jarayoniga
diqqat qarating. Yo’l bo’yi adib itning har bir harakati, qiliqlari, sakrashi, shamoldek yelishi,
xursandlig-u xafagarchiligi, deylik, «bir qulog’ini dikkaytirib, bittasini shalpaytirib erkalik»
qilishlarini, yo’lda uchragan mushuklarni «tiraqaylatib quvishi», «daraxtlardagi musichalarga
irg’ishlab» akillashi kabi holatlarni – barcha-barchasini mahorat bilan tasvirlaydi.

Said Ahmad hikoyalarida hayvonlar obrazi inson fe’l-atvori va jamiyatdagi turli

holatlarni ochib berishda muhim badiiy vosita sifatida xizmat qiladi. Yozuvchi hayvonlar orqali
insoniy fazilatlar, kamchiliklar, axloqiy masalalar va ijtimoiy muammolarni ramziy tarzda
ifodalaydi. Bu obrazlar o‘quvchini chuqur o‘ylantirishga undaydi va voqealarga o‘ziga xos
yondashuv beradi.




2

N.Shukurova va boshqalar. Adabiyotshunoslikka kirish. T., “O’qituvchi”, 1979, 53 b.

3

Normatov U., Said Ahmad [Adabiy portret], T., 1971, 75 b.


background image

1702

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

REFERENCES

1.

Normatov U., Said Ahmad [Adabiy portret], T., 1971; Gʻafurov I., Prozaning shoiri, T.,

1984.

2.

Ufq, T., 1976; Saylanma [3 j.li], 1982; Tanlangan asarlar [3 j.li], T., 2000; Qorakoʻz

majnun, T., 2001; Kiprikda qolgan tong, T., 2003.

3.

V.G.Belinskiy. Adabiy orzular. T., G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at

nashriyoti, 1977.

4.

N.Shukurova va boshqalar. Adabiyotshunoslikka kirish. T., “O’qituvchi”, 1979, 53-59-

betlar.

5.

T.Boboyev. Adabiyotshunoslikka kirish. T., “O’qituvchi”, 1979, 40-49-betlar.

6.

www.ziyonet.uz

7.

www.turklib.uz

8.

www.uz.wikipedia.org

9.

www.kh-davron.uz

10.

www.wikipedia.org

References

Normatov U., Said Ahmad [Adabiy portret], T., 1971; Gʻafurov I., Prozaning shoiri, T., 1984.

Ufq, T., 1976; Saylanma [3 j.li], 1982; Tanlangan asarlar [3 j.li], T., 2000; Qorakoʻz majnun, T., 2001; Kiprikda qolgan tong, T., 2003.

V.G.Belinskiy. Adabiy orzular. T., G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1977.

N.Shukurova va boshqalar. Adabiyotshunoslikka kirish. T., “O’qituvchi”, 1979, 53-59-betlar.

T.Boboyev. Adabiyotshunoslikka kirish. T., “O’qituvchi”, 1979, 40-49-betlar.

www.ziyonet.uz

www.turklib.uz

www.uz.wikipedia.org

www.kh-davron.uz

www.wikipedia.org