Authors

  • Umida Xolmurodova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.98723

Keywords:

ta’lim Finlandiya Germaniya ta’lim bosqichlari o’qitish metodlari modernizatsiya baholash tizimi.

Abstract

Mazkur maqolada xorijiy mamlakatlarning ta’lim tizimlari o’rganilib, ularning afzalliklari, metodik yondashuvlari va ta’lim siyosatidagi muhim jihatlari tahlil qilinadi. Xususan, Finlandiya, Germaniya kabi rivojlangan davlatlar misolida ta’lim sifati, o’qitish metodlari, baholash tizimlari, o’quvchi shaxsiga yo’naltirilgan yondashuvlar ko’rib chiqilgan. Shuningdek, xorijiy tajribalar asosida O’zbekiston ta’lim tizimini modernizatsiya qilish bo’yicha tavsiyalar ham keltirilgan. Maqola xalqaro tajribalarni chuqur tahlil qilish orqali mahalliy ta’limni takomillashtirishga xizmat qiladi.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1467

XORIJIY MAMLAKATLARDA TA’LIM TIZIMI

Xolmurodova Umida Meylimurod qizi

Guliston davlat universiteti Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti

Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 4-bosqich talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15547352

Annotatsiya. Mazkur maqolada xorijiy mamlakatlarning ta’lim tizimlari o’rganilib,

ularning afzalliklari, metodik yondashuvlari va ta’lim siyosatidagi muhim jihatlari tahlil
qilinadi. Xususan, Finlandiya, Germaniya kabi rivojlangan davlatlar misolida ta’lim sifati,
o’qitish metodlari, baholash tizimlari, o’quvchi shaxsiga yo’naltirilgan yondashuvlar ko’rib
chiqilgan. Shuningdek, xorijiy tajribalar asosida O’zbekiston ta’lim tizimini modernizatsiya
qilish bo’yicha tavsiyalar ham keltirilgan. Maqola xalqaro tajribalarni chuqur tahlil qilish
orqali mahalliy ta’limni takomillashtirishga xizmat qiladi.

Kalit so’z: ta’lim, Finlandiya, Germaniya, ta’lim bosqichlari, o’qitish metodlari,

modernizatsiya, baholash tizimi.

Аннотация. В статье изучаются системы образования зарубежных стран,

анализируются их преимущества, методические подходы и важные аспекты
образовательной политики. В частности, качество образования, методы обучения,
системы оценки и подходы, ориентированные на учащихся, были изучены в развитых
странах, таких как Финляндия и Германия. Даны также рекомендации по модернизации
узбекской системы образования на основе зарубежного опыта. Статья направлена на
улучшение местного образования посредством глубокого анализа международного
опыта.

Ключевые слова: образование, Финляндия, Германия, ступени образования,

методы обучения, модернизация, система оценки.

Abstract. This article studies the education systems of foreign countries, analyzes their

advantages, methodological approaches and important aspects of educational policy. In
particular, the quality of education, teaching methods, assessment systems, and student-centered
approaches are considered in the case of developed countries such as Finland and Germany.
Recommendations are also made on the modernization of the education system of Uzbekistan
based on foreign experience. The article serves to improve local education through an in-depth
analysis of international experience.

Keywords: education, Finland, Germany, stages of education, teaching methods,

modernization, assessment system.

Kirish.

Hozirgi kunda dunyoning har bir burchagida ta’lim sohasiga alohida e’tibor

qaratilmoqda va bundan tashqari yangidan yangi innovatsiyalar kiritilmoqda. Bu esa o’z o’zidan
mamlakatimizni jahon ta’lim tizimini yanada ko’proq o’rganishga va o’rganilgan tajribalari
asosida, yurtimiz ta’limini yanada rivojlantirishga asos bo’ladi.

Prezidentimiz aytganidek: “Dunyo ta’limidagi ilg’or tajribalarni o’rganish va ularni

O’zbekistonga olib kirish bizning strategik vazifamizdir”. Ushbu so’zlar bejizga emas,
o’rganilgan xorijiy ta’lim tizmi shaxsni rivojlantirishga, mustaqil fikrlashga va ishlashga
o’rgatishiz lozim. Xorijiy mamlakatlarning ta’lim tizmini o’rganish bilan bir qatorda, ularni o’z


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1468

mamlakatimiz muhitiga moslab amalda qo’llay olishimiz ham zarur. Asosan hozirgi kunda
yurtimiz maktablarida Finlandiya ta’lim tizmi asosida darsliklari tuzildi va joriy etildi. Ushbu
darsliklar asosan o’quvchilarni mantiqiy fikrlashga, o’z fikrlarini erkin bayon eta olishga va
bundan tashqari har qanday vaziyatni real hayotga bog’lagan holda yondashishga o’rgatadi.

Germaniya, Singapur va AQSH mamlakatlarining ta’lim tizmi ham o’rganib borilmoqda.

Ko’plab talaba yoshlar chet elda o’qish imkoniyatiga ega bo’lishmoqda, bundan tashqari
kadarlarni qayta tayyorlash uchun o’qituvchilarni xoriy mamlakartlarda malaka oshirishlari
uchun katta imkoniyatlar yaratilmoqda.

Bu esa mamlakatimiz ta’lim tizmini yanda rivojlantirishga, PIRLS, PISA va boshqa

xalqaro baholash dasturlarida yuqori natijalariga erishishga yordam beradi. Bulardan asosiy
maqsad kelajakda mamlakatimiz nufuzini yuqoriga ko’tarish va yurtimiz uchun bilimli, erkin
fikrlaydigan barkamol avlodni yetkazib berishdir.

Rivojlangan mamlakatlar tajribalarini o‘rganib, ularni sharoitimizga moslab tatbiq qilish

kerakligini aytdik. Keling, misol tariqasida rivojlangan davlatlardan biri bo’lgan Germaniya
ta’lim tizimini ko’rib chiqamiz.

Germaniya

– jahon ilm-fani va madaniyati o‘choqlaridan biri.

Bu mamlakat ildizi asrlarga borib taqaluvchi ilmiy maktablarni, Gyote, Gegel, Betxoven, Nitshe,
Eynshteyn singari olim va ijodkorlarni bilan dunyoga mashhur. Xalqaro doirada eʼtirof etilgan
olmon taʼlim dargohlarida mustaqil fikr hamda keng dunyoqarash shakllanishiga alohida eʼtibor
beriladi. Taʼlim tizimiga tatbiq etilayotgan yangi usullar, so‘nggi axborot texnologiyalaridan
unumli foydalanmaganlarga esa juda qiyin. Germaniyada ta’lim tizmi asosida uch bosqichdan
iborat:

Mamlakatda 16 ta federal hududlar mavjud bo‘lsa, ularning har biri o‘zining taʼlim

to‘g‘risidagi qonuniga ega. Shu sababli federal hududlarning maktab taʼlim tizimida ayrim
farqlar bor. Masalan, aksariyat hududlarda boshlang‘ich taʼlim 4 yil (birinchi sinfdan to‘rtinchiga
qadar), poytaxt Berlinda esa – 6 yil. Ammo bu kabi farqlarga qaramasdan, barcha hududlar
uchun umumiy tartib-qoidalar amal qiladi. Germaniyada maktab taʼlimi majburiy va bepul. 6
yoshdan 18 yoshgacha fuqarolar majburiy tartibda taʼlim olishi shart qilib belgilangan. Maktab
taʼlim tizimi esa boshlang‘ich, o‘rta va yuqori bosqichlarga bo‘linadi.

Ikki yoki uch yoshdan katta bolalar uchun nemis maktabgacha ta'limning asosiy

yo'nalishlari:

-Til, yozish, muloqot,
-Shaxsiy va ijtimoiy rivojlanish,
-Qadriyatlar va diniy ta'limni rivojlantirish,
-Matematika, tabiiy fanlar, (axborot) texnologiyasi
-Tasviriy san'at/turli media bilan ishlash


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1469

-Tana, harakat, salomatlik
-Tabiat va madaniy muhit.
Boshlangʻich taʼlimda dastlabki 2 yil mobaynida oʻquvchilar baholanmaydi.
Oʻqituvchilar baho oʻrniga bolaning individual rivojlanish holati xususida hisobot

tayyorlaydi va oʻzlashtirish tavsifnomasi beriladi. Boshlang'ich ta'lim Grundshule deb yuritiladi.

Bolalar 5-6 yoshdan bos-hlang'ich maktabga qatnaydi. Boshlang'ich maktabda o'qish

davri 4 yildan 6 yilgacha. Maktablarda birinchi, ikkinchi sinf davomida o'quvchilarga baho
qo'yilmaydi. O'qituvchilar baho o'rniga bolaning individual, psixologik rivojlanish holati
xususida hisobot tayyorlaydi. O'quvchilarga 3-sinfdan baho qo'yila boshlaydi. Germaniyada 6
ballik baholash tizimi qabul qilingan. Shu baholash tizimi bo'yicha boshqa maktab tizimlaridan
farq qiladi. Bunga ko'ra,

1 - a'lo;
2 - yaxshi;
3 - qoniqarli;
4 - yetarli;
5 - yetarli emas;
6 - qoniqarsiz.
O'quvchilar fanlarni eng kamida "4"ga o'zlashtirishi kerak. Boshlang'ich bosqichda

bolalarga matematika, nemis tili, tabiatshunoslik, musiqa, estetika fanlari o'tiladig. Germaniyada
kamroq raqobatbardosh tizim mavjud, buning natijasida tala-balar o'rtasida qo'rqitish darajasi
past va muvaffaqiyatsizlikdan qo'rqmaydi, lekin Janubiy Koreya kabi OECD mamlakatlariga
nisbatan o'ziga ishonch va umumiy baxt darajasi yuqori.

Germaniyada Yevropaning boshqa davlatlariga qaraganda bepul oliy taʼlim olish

imkoniyati ko‘proq. Nodavlat jamg‘armalar hamda hukumat grantlari asosida xorijliklar ham
nemis universitetlarida tahsil olishi mumkin. Yuqorida taʼkidlaganimizdek, mahalliy
gimnaziyalarni bitirib, ityozli shahodatnomani olgan yoshlar universitetlarga imtihonsiz kiradi.

Chet elliklar esa o‘qishga kirish uchun nemis tili bo‘yicha imtihondan o‘tadi.
Universitetlarda bakalavr bosqichi to‘rt yarim yilgacha, magistratura bir yildan to‘rt

yilgacha, doktorantura ikki yildan besh yilgacha davom etadi. Odatda, bakalavriat va
magistratura talabalari o‘qish yakunida davlat imtihoni topshiradi va dissertatsiya himoya qiladi.
Talaba o‘qish uchun qishki yoki yozgi o‘quv mavsumini tanlash huquqiga ega. Kasbiy oliy
maktablar yoki institutlar olmon taʼlim tizimining o‘ziga xos bo‘g‘ini sifatida muhandis,
iqtisodchi, dizayner, mashinasozlik, ishlab chiqarish, axborot texnologiyalari va sog‘liqni saqlash
yo‘nalishlarida mutaxassislar yetkazib beradi.

Maʼlumotlarga ko‘ra, Germaniyaning 370dan ortiq oliy taʼlim muassasalarida 2

millionga yaqin talaba, jumladan, 246 ming xorijlik tahsil olmoqda. Olmon yurti chet ellik
talabalar soni bo‘yicha dunyoda AQSH va Buyuk Britaniyadan keyingi o‘rinda turadi.

Finlandiya ta’lim tizmi.

Finlyandiya ta’lim tizimi o‘zining yuqori sifati bilan mashhur

bo‘lib, erta bolalikdan tortib to oliy ta’limgacha bo‘lgan barcha darajadagi keng qamrovli va teng
huquqli ta’limni ta’minlashga qaratilgan. Tanqidiy fikrlash va mustaqil ta'lim ko'nikmalarini
rivojlantirish maqsadida o’zlarining turli xil usul va metodlaridan foydalanishadi.

Finlyandiya ta’lim tizimi quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1470

-Maktabgacha ta’lim: erta bolalik ta’limi va parvarishi hamda umumiy o‘rta ta’limga

tayyorlashga qaratilgan maktabgacha ta’lim (7 yoshgacha);

-Umumiy o‘rta ta’lim: boshlang‘ich va tayanch o‘rta ta’lim;
-O‘rta-maxsus ta’lim: umumiy o‘rta-maxsus ta’lim yoki kasbiy ta’lim va tayyorgarlik;
-Oliy ta’lim;
-Katta yoshlilar uchun ta’limning barcha bosqichlari.
Germaniyada maktabgacha ta'lim 0 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun maktab

ta'limining ixtiyoriy bosqichidir. Majburiy ta'limni (boshlang'ich maktab) 7 yoshga to'lmagan
bolalar uchun ham xususiy, ham davlat bolalar va yoshlarni muhofaza qilish xizmatlari
ko'rsatadi. Umumta’lim maktablari 7 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan barcha bolalarni
boshlang‘ich (1−6 sinflar) va tayanch o‘rta ta’lim (7−9 sinflar) darajasida qamrab oladi. 1-
sinfdan 6-sinfgacha bo’lgan o’quvchilar pedagogikaga asoslangan sinf rahbardan, 7-9-sinf
o’quvchilari esa ma’lum fanga ixtisoslashtirilgan fan o’qituvchilaridan bilim olishadi. Xuddi
mana shu holat O’zbekiston ta’lim tizmiga o’xshashroq, faqat bizda 1-4-sinfgacha sinf rahbardan
bilim olinsa, 5-11-sinflar esa fan o’qituvchilaridan saboq olishadi.

Finlandiyada boshlang’ich va o’rta ta’lim majburiy hisoblanadi, boshlang’ich va tayanch

ta’lim bepul. Dars jarayonlari odatda 9:00- 9:45dan boshlanadi. O’quvchilarni akademik
natijalarini baholash asosan 6-9 sinflarni tugatayotgan vaqtda amalga oshiriladi. Bitta sinfda
asosan o’quvchilar soni 19-20tadan iborat bo’ladi.

Finlandiyada boshlang’ich sinfni o’qitish “Juft hamda toq” metodida o’qitish ham juda

ommalashgan. Ya’ni bu qanday, juft metodi bu yuqori va past o’zlashtiruvchi o’quvchiga dars
o’tiladi, bunda past o’zlashtiruvchi o’quvchini mavzuni tushunmagan qismini yuqori
o’zlashtiruvchi o’quvchi u tushunadigan sodda so’zlardan foydalangan holda tushuntirib beradi.

Toq usulda esa, past o’zlashtiruvchi o’quvchi bilan ham fan o’qituvchisi, ham to’garak

o’qituvchisi bosqichma-bosqich shug’ullanadi, yakuniy bosqichda esa past o’zlashtiruvchi
o’quvchi bilan ota-ona shug’ullanadi. Natijada past o’zlashtiruvchi o’quvchi sinfdagi yuqori
o’zlashtiruvchi o’quvchilarga yetib oladi.

Finlandiya oliy ta’lim tizimi: boshlang’ich oily ta’lim ( bakalavriat) va oliy ta’lim

(magistratura), oliy ta’limdan keyingi ta’lim aspirantura va doktaranturaga bo’linadi. Bakalavriat
ta’lim tizmi 3 yil davom etadi. Magistratura va aspirantura 2yil ta’lim olinadi. Doktorantura esa
4 yil davomida amalga oshiriladi. Bakalavriat ta’limi uchun 180 kredit, magistratura uchun 120
kredit, aspirantlar 60 kredit, doktarantura esa 240 kreditni tashkil etadi. Finlandiyada 2016-
yilgacha oliy ta’lim bepul bo’lgan, lekin 2017-yildan boshlan ushbu qonun bekor qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimini

rivojlantirishda Finlyandiya ta’lim tizimini o‘rganish va joriy etish bo‘yicha belgilab bergan
vazifalari ijrosini ta’minlash maqsadida ushbu mamlakat ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikda
bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, O‘zbekiston delegatsiyasi 2021-yil noyabr oyida
Finlyandiyaga tashrif buyurgan edi. Tashrif davomida mamlakatimizdagi davlat va nodavlat oliy
ta’lim tashkilotlari bilan Finlyandiyaning yetakchi universitetlari o‘rtasida o‘zaro akademik
mobillikni kuchaytirish va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishib olindi.

Xulosa qilib aytganda, mamlakatlar ta’lim tizimini o’rganish shuni ko’rsatadiki,

rivojlangan davlatlar ta’lim siyosati zamonaviy yondashuvlar, innovatsion texnologiyalar,


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1471

o’quvchi shaxsiga yo’naltirilgan metodlar va sifatli pedogogik muhitga asoslangan. Finlandiya,
Germaniya va boshqa ilg’or mamlakatlar tajribasi ta’limda uzluksizlik, amaliyotga yo’naltirish,
tanqidiy va kreativ fikrlashni rivojlantirishga katta e’tibor qaratadi. O’zbekiston ta’lim tizmi ham
so’nggi yillarda keng ko’lamli islohotlar yo’lidan bormoqda, jumladan xalqaro hamkorlik,
xorijiy universitetlar filiallarini ochilishi, o’qituvchilarning malakalrini oshirishga doir turli xil
ishlar misol bo’la oladi. Xorijiy tajribani o’rganish va uni milliy sharoitga moslashtirish orqali
O’zbekiston ta’lim tizmini yanada takomillashtirish imkoniyatlari kengayadi.

REFERENCES

1.

Shavkat Mirziyoyevning 2020-yilgi Murojaatnomasidan.

2.

“Finlandiya boshlang’ich ta’lim tizimi” Niyozova Guli maqolasi

3.

“Germaniya ta’lim tizmi va uning o’ziga xos jihatlari” N.Xasanboeva maqolasi

4.

“Germaniya ta’lim tizimi to’g’risida bilasizmi?” Risolat Madieva matni.

5.

“Germaniya ta’lim tizimi” Iroda Sultanbayeva maqolasi

6.

Rasulov S. “Ta’lim sohasida xorijiy tajribalar va O’zbekiston amaliyoti- Toshkent:
“Iqtisod-Moliya” 2020

7.

WWW. Gazeta.uz


References

Shavkat Mirziyoyevning 2020-yilgi Murojaatnomasidan.

“Finlandiya boshlang’ich ta’lim tizimi” Niyozova Guli maqolasi

“Germaniya ta’lim tizmi va uning o’ziga xos jihatlari” N.Xasanboeva maqolasi

“Germaniya ta’lim tizimi to’g’risida bilasizmi?” Risolat Madieva matni.

“Germaniya ta’lim tizimi” Iroda Sultanbayeva maqolasi

Rasulov S. “Ta’lim sohasida xorijiy tajribalar va O’zbekiston amaliyoti- Toshkent: “Iqtisod-Moliya” 2020

WWW. Gazeta.uz