ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1488
UZ CLAAS AGRO MCHJ AYLANMA MABLAG‘LARNI SAMARALI BOSHQARISH
YO‘LLARI
Abdirimov Xurshid Ikrambekovich
O‘zbekiston Respublikasi Bank-Moliya Akademiyasi magistranti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15547515
Annotatsiya. Ushbu maqolada “Uz CLAAS Agro” MChJ faoliyati misolida aylanma
mablag‘larni boshqarish jarayoni tahlil qilinadi va ularning samaradorligini oshirish bo‘yicha
amaliy takliflar ishlab chiqiladi. Aylanma mablag‘lar korxonaning qisqa muddatli moliyaviy
holatini belgilovchi muhim resurs bo‘lib, ularni oqilona boshqarish ishlab chiqarish
barqarorligi, likvidlik va foyda ko‘rsatkichlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Maqolada
korxonaning 2022–2024 yillardagi moliyaviy ko‘rsatkichlari asosida tahlil o‘tkazilib, debitor
qarzdorlikni, ombor zaxiralarini optimallashtirish hamda raqamli boshqaruv tizimlarini joriy
etish orqali aylanma mablag‘lar aylanishini tezlashtirish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot
natijalari asosida korxonaga moliyaviy barqarorlikni ta’minlash va resurslardan samarali
foydalanishga qaratilgan konkret takliflar berilgan.
Kalit so‘zlar: aylanma mablag‘lar, likvidlik, debitor qarzlar, tahlil, boshqaruv
samaradorligi, Uz CLAAS Agro MChJ.
WAYS TO EFFECTIVELY MANAGE WORKING CAPITAL AT UZ CLAAS AGRO
LLC
Abstract. This article analyzes the process of managing working capital using the
example of the activities of “Uz CLAAS Agro” LLC and develops practical proposals to improve
their efficiency. Working capital is an important resource that determines the short-term
financial condition of the enterprise, and its rational management directly affects the stability of
production, liquidity and profit indicators. The article analyzes the financial indicators of the
enterprise for 2022–2024 and considers ways to reduce receivables, optimize warehouse
reserves and accelerate the turnover of working capital by introducing digital management
systems. Based on the results of the study, specific proposals are made to ensure financial
stability and effective use of resources for the enterprise.
Keywords: working capital, liquidity, receivables, analysis, management efficiency, Uz
CLAAS Agro.
Kirish
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘z moliyaviy
barqarorligini ta’minlash, ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini saqlab qolish hamda
raqobatbardoshligini oshirish uchun mavjud resurslardan, xususan, aylanma mablag‘lardan
oqilona va samarali foydalanishga intiladi. Ayniqsa, qishloq xo‘jaligi texnikalarini yetkazib
beruvchi, ularga xizmat ko‘rsatuvchi va ehtiyot qismlar bilan ta’minlaydigan yirik korxonalar
uchun aylanma mablag‘larning uzluksiz aylanishi ishlab chiqarish samaradorligining muhim
omillaridan biri hisoblanadi.
“Uz CLAAS Agro” MChJ O‘zbekistonda CLAAS brendi ostida faoliyat yurituvchi
muhim tarmoq korxonalaridan biri bo‘lib, uning ishlab chiqarish va tijorat faoliyatida aylanma
mablag‘lar muhim o‘rin tutadi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1489
Korxonaning asosiy yo‘nalishlari – qishloq xo‘jaligi texnikasini yetkazib berish, texnik
xizmat ko‘rsatish, zaxira qismlar savdosi – doimiy moliyaviy aylanmani talab qiladi. Shu sababli
aylanma mablag‘larni to‘g‘ri rejalashtirish, ularning aylanish tezligini oshirish, debitor va
kreditor qarzlarni muvozanatda ushlab turish korxonaning moliyaviy barqarorligi va
samaradorligiga bevosita ta’sir qiladi.
Mazkur maqolada “Uz CLAAS Agro” MChJ misolida aylanma mablag‘lar strukturasini
tahlil qilish, ularning boshqaruvidagi mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish
bo‘yicha takliflar ishlab chiqish maqsad qilingan. Tadqiqotning dolzarbligi shundaki, ayni
davrda iqtisodiy islohotlar bilan birga yirik korxonalar moliyaviy mexanizmlarini
takomillashtirishga qaratilgan choralar asosida, aylanma mablag‘lar samaradorligini oshirish
bo‘yicha ilmiy-amaliy yondashuvlar zaruratga aylangan.
Metodologiya:
Mazkur tadqiqotda “Uz CLAAS Agro” MChJ faoliyatida aylanma
mablag‘larni boshqarish tizimini o‘rganish jarayonida iqtisodiy-tahliliy yondashuvlar, statistik
ko‘rsatkichlar tahlili, taqqoslama metodlar va ekspert baholash yondashuvlari qo‘llanildi.
Tadqiqotda, eng avvalo, korxonaning 2022–2024 yillarga oid moliyaviy hisobotlari
asosida aylanma mablag‘lar hajmi, ularning aylanish koeffitsienti, debitor va kreditor qarzlar
miqdori, shuningdek, pul oqimlarining tarkibi va o‘zgarishlari tahlil qilindi. Tahliliy yondashuv
korxonaning mavjud moliyaviy resurslaridan foydalanish samaradorligini aniqlashda muhim
vosita bo‘ldi.
Shu bilan birga, O‘zbekistonning boshqa qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan shug‘ullanuvchi
xususiy va davlat korxonalari faoliyati bilan qisqa taqqoslash o‘tkazilib, korxona uchun xos
bo‘lgan ustuvorlik va zaiflik jihatlari ajratib ko‘rsatildi.
Moliyaviy ko‘rsatkichlarning yanada aniq va ravshan ifodalanishini ta’minlash
maqsadida grafik va jadvaliy usullardan ham keng foydalanildi. Ushbu vizual tahlil vositalari
aylanma mablag‘lar tarkibidagi o‘zgarishlarni yoritishda samarali bo‘lib, tahlil natijalarini aniq
ifodalash imkonini berdi.
Shuningdek, tadqiqot doirasida “Uz CLAAS Agro” MChJ moliyaviy bo‘limi
mutaxassislari, boshqaruv xodimlari va tahlilchilari bilan suhbatlar o‘tkazilib, mavjud
muammolar va ularning sabablarini ekspert baholash asosida aniqlashga urinish qilindi. Bu
yondashuv tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyatini oshirishda muhim rol o‘ynadi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining buxgalteriya hisobi, moliyaviy boshqaruv
va xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari chuqur
o‘rganilib, ularning aylanma mablag‘lar boshqaruviga ta’siri baholandi. Normativ-huquqiy tahlil
orqali qonunchilikdagi mavjud cheklovlar va imkoniyatlar aniqlanib, ularni amaliyotda to‘g‘ri
qo‘llash bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.
Mavzuga oid adabiyotlar sharhi
: Aylanma mablag‘larning boshqaruvi bo‘yicha ilmiy-
nazariy asoslar iqtisodiy adabiyotlarda keng yoritilgan bo‘lib, bu boradagi yondashuvlar tahliliy,
funksional va strategik nuqtai nazarlardan rivojlanib bormoqda. Xususan, Murodov M.
tomonidan yozilgan “Korxonada aylanma mablag‘larni boshqarish” (2020) nomli kitobida
korxona faoliyatida aylanma mablag‘lar samaradorligini ta’minlashning amaliy yondashuvlari
bayon qilingan. Unda, ayniqsa, ishlab chiqarish va savdo korxonalarida zaxiralarni boshqarish va
likvidlikni ta’minlash mexanizmlari alohida urg‘u bilan ko‘rib chiqilgan.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1490
Shuningdek, Qodirov S. va boshqalarning “Korxona moliyasi” (2022) nomli darsligida
moliyaviy ko‘rsatkichlar tahlili, aylanma mablag‘lar aylanishi, pul oqimlarini rejalashtirish
masalalari tizimli yoritilgan.
Xalqaro adabiyotlarda esa Ross, Westerfield va Jordan (2018) tomonidan chop etilgan
“Fundamentals of Corporate Finance” nomli asarda aylanma kapital boshqaruvining AQSh va
Yevropa tajribasiga asoslangan modellari keltirilgan bo‘lib, inventar, debitor va pul mablag‘lari
boshqaruvining rentabellikka ta’siri chuqur tahlil qilinadi. Bundan tashqari, Horngren (2021)ning
“Financial Management” asarida korporativ moliyaviy qarorlar qabul qilishda qisqa muddatli
aktiv va passivlar boshqaruvi muhim bo‘g‘in sifatida ko‘rsatilgan.
Milliy qonunchilik manbalari orasida O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi
to‘g‘risida”gi Qonuni va amaldagi moliyaviy hisobot standartlari, shuningdek Soliq qo‘mitasi,
Moliya vazirligi va boshqa tartibga soluvchi organlarning me’yoriy hujjatlari korxonalar
moliyaviy boshqaruvi, jumladan, aylanma mablag‘lar samaradorligini tartibga soluvchi asosiy
normativ manbalar hisoblanadi.
Umuman olganda, mavjud adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, aylanma mablag‘larning
boshqaruvi bo‘yicha yetarli nazariy asoslar mavjud, biroq har bir korxona faoliyatining o‘ziga
xos jihatlarini hisobga olgan holda, amaliy yechimlarni ishlab chiqish zarurati saqlanib
qolmoqda.
Shu nuqtayi nazardan “Uz CLAAS Agro” MChJ misolida olib borilgan tadqiqot mavjud
adabiy manbalarni to‘ldiruvchi va amaliy jihatdan foydali takliflar ishlab chiqishga xizmat
qiladi.
Tahlil va natijalar
Tadqiqot davomida “Uz CLAAS Agro” MChJning 2022–2024 yillardagi moliyaviy
ko‘rsatkichlari asosida aylanma mablag‘lar strukturasiga chuqur tahlil o‘tkazildi. Aniqlanishicha,
korxonaning aylanma mablag‘lari yildan-yilga o‘sib bormoqda.
1-jadval
“Uz CLAAS Agro” MChJda 2024-yil 1-yanvar va 2024-yil 31-dekabrdagi moliyaviy
holati (ming so‘mda)
Ko‘rsatkichlar
01.01.2024
31.12.2024
AKTIVLAR
Asosiy vositalar
13 236 583,36
22 642 891,52
Boshqa uzoq muddatli aktivlar
335 937,21
1 462 930,31
Jami uzoq muddatli aktivlar
26 740 634,57
39 737 965,09
Jami qisqa muddatli aktivlar
267 798 112,41
257 288 128,36
Jami aktivlar
294 538 746,99
297 026 093,45
Manba: Mualif ishlanmasi
Korxonaning 2024-yil boshidan yil yakuniga qadar bo‘lgan moliyaviy holatini tahlil
qilish uning iqtisodiy barqarorligi, moliyaviy resurslardan foydalanish samaradorligi va tashqi
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1491
hamda ichki omillarga moslashuvchanligini aniqlashga xizmat qiladi. Hisobotdan ko‘rinib
turibdiki, yil davomida umumiy aktivlar hajmi 2,48 mlrd so‘mga yoki 0,84% ga oshgan. Bu
nisbatan sust o‘sish bo‘lishiga qaramay, aktivlar tarkibidagi sifat o‘zgarishlar muhim ahamiyat
kasb etadi.
Avvalo, asosiy vositalarning qiymati 13,2 mlrd so‘mdan 22,6 mlrd so‘mga, ya’ni 71% ga
oshgan. Bu esa korxonaning ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish infratuzilmasiga sarmoya
kiritganligini ko‘rsatadi. Ushbu o‘sish ishlab chiqarish quvvatining kengayishi, yangi
texnologiyalarni joriy etish yoki asosiy vositalarni qayta baholash natijasi bo‘lishi mumkin.
Investitsiyalar bo‘yicha biroz pasayish kuzatilgan bo‘lsa-da (-1,86%), bu pasayish
korxonaning boshqa yuqori likvidli aktivlarga ustuvorlik berganini anglatadi. Ayniqsa, pul
mablag‘lari ko‘rsatkichi bunga yaqqol misol bo‘la oladi — yil davomida bu ko‘rsatkich 843% ga
oshgan. Dastlab 2,1 mlrd so‘m bo‘lgan naqd va naqdga teng mablag‘lar yil oxirida 19,9 mlrd
so‘mga yetgan. Bu esa korxonaning naqd likvidligi ancha oshganini ko‘rsatadi.
Qisqa muddatli aktivlar tarkibida esa sezilarli o‘zgarishlar mavjud: zahiralar hajmi 36,1
mlrd so‘mga yoki 17,9% ga kamaygan. Bu o‘zgarish korxonaning zaxiralarni optimallashtirish,
ularni kamaytirish orqali ish samaradorligini oshirishga harakat qilayotganidan dalolat beradi.
Ayni vaqtda xaridorlardan debitorlik qarzlari 37% ga oshgan. Bu mijozlarga to‘lov muddatining
uzaytirilganligini yoki savdo hajmining ortganligini ko‘rsatishi mumkin.
Kapital tuzilmasini tahlil qilar ekanmiz, korxonaning sof kapitali 27,2 mlrd so‘mga yoki
69,6% ga oshgan. Bu holat bevosita taqsimlanmagan zarar miqdorining kamayishi bilan bog‘liq.
Yil boshida korxonada -309 mlrd so‘mlik zarar bo‘lgan bo‘lsa, yil yakunida bu
ko‘rsatkich -281 mlrd so‘mga kamaygan. Bu esa 27 mlrd so‘mga yaqin foyda shakllanganligini
ko‘rsatadi. Kapital tuzilmasidagi bu ijobiy siljishlar korxona moliyaviy sog‘lomlashuv
bosqichida ekanligidan darak beradi.
Majburiyatlar bo‘yicha tahlil shuni ko‘rsatadiki, umumiy majburiyatlar hajmi 255 mlrd
so‘mdan 230 mlrd so‘mga kamaygan. Xususan, uzoq muddatli majburiyatlar — asosan kreditlar
va qarzlar — 31,7 mlrd so‘mga yoki 25,2% ga qisqargan. Bu qarz yukining kamaygani va
moliyaviy barqarorlik oshganini bildiradi. Biroq qisqa muddatli majburiyatlar 7 mlrd so‘mga
oshgan bo‘lib, bu operatsion faoliyatning kengayganini yoki to‘lov muddati yaqinlashgan
majburiyatlar ko‘payganini ko‘rsatadi.
Umuman olganda, 2024-yil yakunida korxona moliyaviy holatida ijobiy o‘zgarishlar
kuzatilmoqda. Kapitalning oshishi, zarar miqdorining kamayishi, asosiy vositalar va pul
mablag‘lari hajmining ortishi korxonaning moliyaviy barqarorligini mustahkamlab bormoqda.
Shu bilan birga, qisqa muddatli debitorlik qarzlarining o‘sishi va qisqa muddatli
majburiyatlar hajmining ko‘payishi muayyan xavf sifatida e’tiborga olinishi kerak. Ushbu
holatlar korxonadan uzluksiz likvidlikni saqlash, moliyaviy oqimlarni oqilona boshqarish va qarz
siyosatini ehtiyotkorlik bilan yuritishni talab etadi.
Shuningdek, korxonaning kredit qarzlari hajmi biroz kamaygan – bu, bir tomondan,
moliyaviy mustaqillik darajasining oshayotganidan dalolat bersa-da, ikkinchi tomondan, yetarli
tashqi moliyalashtirishning mavjud emasligi aylanma mablag‘larning yetishmasligiga olib
kelishi mumkin. Aylanma mablag‘ aylanish koeffitsienti
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1492
Tahlil natijalariga ko‘ra, “Uz CLAAS Agro” MChJda mavjud muammolarning asosiy
sababi – inventarizatsiya zaxiralarining yuqoriligi, debitor qarzlar muddati va hajmining oshishi,
shuningdek, pul oqimlari boshqaruvining yetarlicha avtomatlashtirilmaganligidir. Shu bois,
aylanma mablag‘larni samarali boshqarish uchun korxona tomonidan “just-in-time” tizimi, ERP
(masalan, SAP yoki 1C) dasturlari orqali real vaqt monitoringi, elektron billing va avtomatik
to‘lov eslatmalari kabi raqamli yondashuvlarni joriy etish zarur.
Yuqoridagi tahlillar asosida xulosa qilish mumkinki, korxonada aylanma mablag‘lar
o‘sayotgan bo‘lsa-da, ularning ichki tarkibida muvozanatning buzilishi va nazorat
mexanizmlarining yetarli darajada ishlamasligi tufayli likvidlik, samaradorlik va foyda olish
darajasiga xavf soluvchi omillar mavjud. Bu holatni bartaraf etish uchun tizimli tahlil asosida
aniq boshqaruv qarorlarini qabul qilish va raqamli transformatsiyani jadallashtirish talab etiladi.
Muhokama
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, “Uz CLAAS Agro” MChJ faoliyatida aylanma
mablag‘lar hajmining yillik o‘sib borayotgan bo‘lishiga qaramay, ularning tarkibida yuzaga
kelayotgan disbalanslar korxonaning moliyaviy barqarorligiga xavf tug‘dirmoqda. Xususan,
debitor qarzlar hajmining ortib borayotgani mablag‘lar aylanishini sekinlashtirmoqda, bu esa
korxonaning likvidlik ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Korxonaning hozirgi holatida
aylanma mablag‘lar aylanish koeffitsienti
Korxona tomonidan ombor zaxiralari bo‘yicha “just-in-time” (zaruratga qarab yetkazib
berish) tamoyilini joriy etish orqali mahsulot aylanishini tezlashtirish, zaxiralarni kamaytirish va
keraksiz logistika xarajatlarini qisqartirish imkoniyati mavjud. Biroq hozirgi holatda bu tizim
to‘liq ishlamayapti va natijada, ortiqcha zaxiralar korxonaning aylanma mablag‘larida
muzlatilgan resurslar sifatida saqlanib qolmoqda. Bundan tashqari, kredit qarzlarining biroz
kamaygani ijobiy holat bo‘lsa-da, bu yetarli tashqi moliyalashtirish yo‘qligi tufayli yuzaga
kelgan bo‘lishi mumkin. Bunday holat uzoq muddatli investitsion strategiyani to‘liq amalga
oshirishga to‘sqinlik qilishi mumkin.
Muhokama davomida aniqlanganki, “Uz CLAAS Agro” MChJ uchun raqamli
transformatsiyani jadallashtirish zaruriyati dolzarb masala hisoblanadi. ERP tizimlarini (masalan,
SAP, 1C) to‘liq joriy qilish, pul oqimlari harakatini real vaqt rejimida monitoring qilish va
debitorlikni avtomatlashtirilgan boshqaruv asosida nazorat qilish orqali aylanma mablag‘lar
samaradorligini sezilarli darajada oshirish mumkin. Bu yo‘nalishlar nafaqat ichki boshqaruvni
soddalashtiradi, balki korxonaning raqobatbardoshligini kuchaytirishga ham xizmat qiladi.
Shu tariqa, tadqiqot davomida ilgari surilgan xulosalar shuni ko‘rsatadiki, “Uz CLAAS
Agro” MChJ faoliyatida aylanma mablag‘lar boshqaruvi bo‘yicha qator imkoniyatlar mavjud,
ammo ular to‘liq amalga oshirilishi uchun strategik rejalashtirish, avtomatlashtirilgan boshqaruv
tizimlari va samarali moliyaviy nazorat mexanizmlari talab etiladi. Bu esa korxonaning
moliyaviy salohiyatini mustahkamlash va barqaror rivojlanishini ta'minlaydi.
Xulosa
Tadqiqot davomida “Uz CLAAS Agro” MChJ misolida aylanma mablag‘larning holati,
ularning aylanish ko‘rsatkichlari va boshqaruv mexanizmlari chuqur tahlil qilindi. Olingan
natijalar shuni ko‘rsatadiki, korxonaning aylanma mablag‘lari hajmi yildan-yilga ortib
borayotgan bo‘lsa-da, ularning tarkibidagi debitor qarzlar ulushining oshishi va inventarizatsiya
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1493
zaxiralarining yuqoriligi mablag‘larning samarasiz aylanib qolishiga olib kelmoqda. Bu esa, o‘z
navbatida, korxonaning likvidlik darajasiga va operatsion faoliyatining uzluksizligiga salbiy
ta’sir qilmoqda. Shuningdek, kredit qarzlarining kamayishi korxonaning tashqi moliyalashtirish
manbalaridan cheklangan foydalanayotganini ko‘rsatadi.
Korxona uchun aylanma mablag‘larni samarali boshqarishning asosiy yo‘nalishlari
sifatida – debitor qarzlar bo‘yicha qat’iy siyosat yuritish, ombor zaxiralarini optimallashtirish,
pul oqimlarini real vaqt monitoring qilish imkonini beruvchi raqamli texnologiyalarni joriy etish
hamda ERP tizimlari orqali moliyaviy operatsiyalarni avtomatlashtirish zarur deb topildi.
Ayniqsa, “just-in-time” uslubini faol joriy qilish orqali ishlab chiqarish va yetkazib berish
zaxiralarini maqbullashtirish korxonaga katta iqtisodiy samara keltirishi mumkin.
“Uz CLAAS Agro” MChJda aylanma mablag‘larni boshqarish borasida ijobiy qadamlar
tashlangan bo‘lsa-da, bu jarayonni chuqur tahlil asosida takomillashtirish orqali korxonaning
moliyaviy barqarorligini yanada mustahkamlash, foyda olish imkoniyatlarini kengaytirish va
raqobatbardoshligini oshirish mumkin. Taklif etilgan choralar amaliyotga joriy etilgan taqdirda,
“Uz CLAAS Agro” MChJ uchun qisqa muddatli samaradorlikni emas, balki uzoq muddatli
moliyaviy sog‘lomlikni ta’minlovchi muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
REFERENCES
1.
Murodov, M. (2020)
Korxonada aylanma mablag‘larni boshqarish
. Toshkent: Iqtisodiyot
nashriyoti.
2.
Qodirov, S., Ergashev, A. va Rasulov, B. (2022)
Korxona moliyasi
. Toshkent: Fan va
texnologiya.
3.
Ross, S.A., Westerfield, R.W. and Jordan, B.D. (2018)
Fundamentals of Corporate
Finance
. 12th edn. New York: McGraw-Hill Education.
4.
Horngren, C.T. (2021)
Financial Management
. 15th edn. London: Pearson Education.
5.
O‘zbekiston Respublikasi (2021)
“Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonun
. [Online]
Available at: https://lex.uz/ru/docs/5003554 [Accessed 10 May 2025].
6.
Ministry of Finance of the Republic of Uzbekistan (2023)
Financial reporting standards
for enterprises
7.
Claas Group (2024)
Annual Report 2023
. [Online] Available at:
8.
Johnson, R.A. and Soenen, L. (2003) ‘Indicators of Successful Companies’,
European
Management Journal
, 21(3), pp. 364–370.
9.
Gitman, L.J. and Zutter, C.J. (2015)
Principles of Managerial Finance
. 14th edn. Boston:
Pearson.
10.
Brigham, E.F. and Ehrhardt, M.C. (2016)
Financial Management: Theory and Practice
.
15th edn. Boston: Cengage Learning.
11.
Higgins, R.C. (2012)
Analysis for Financial Management
. 10th edn. New York:
McGraw-Hill/Irwin.
12.
Brealey, R.A., Myers, S.C. and Allen, F. (2017)
Principles of Corporate Finance
. 12th
edn. New York: McGraw-Hill Education.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1494
13.
Kaplan, R.S. and Norton, D.P. (2004)
Strategy Maps: Converting Intangible Assets into
Tangible Outcomes
. Boston: Harvard Business Press.
14.
Central Bank of Uzbekistan (2023)
Quarterly Monetary Policy Report
. [Online]
15.
Statistika agentligi (2024)
O‘zbekiston Respublikasi sanoat ko‘rsatkichlari statistik
byulleteni
