Authors

  • Zarifa Annaeva
  • Maftuna Madieva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.98732

Keywords:

mustaqillik iqtisodiy siyosiy madaniy meros o‘tmish muzey ma’rifiy.

Abstract

Ushbu maqolada Vatanimiz ijtimoiy hayotidagi o‘zgarishlar, yangilanishlar qatorida O‘zbekiston hududidagi muzeylar faoliyatidagi yangi davr haqida ma’lumot beradi.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1516

O‘ZBEKISTONDA MUZEYLAR TARIXI

Annaeva Zarifa Musurmonqulovna

Termiz davlat universiteti Jahon tarixi kafedrasi dotsenti

Madieva Maftuna Chori qizi

Termiz davlat universiteti tarix fakulteti 4-kurs talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15541529

Annotatsiya:

Ushbu

maqolada

Vatanimiz

ijtimoiy

hayotidagi

o‘zgarishlar,

yangilanishlar qatorida O‘zbekiston hududidagi muzeylar faoliyatidagi yangi davr haqida
ma’lumot beradi.

Kalit so‘zlar: mustaqillik, iqtisodiy, siyosiy, madaniy, meros, o‘tmish, muzey, ma’rifiy.


O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi iqtisodiy va siyosiy hayotning barcha jabhalarida

bo‘lganidek madaniy sohada, shu jumladan, boy o‘tmish merosimizni o‘rganish, saqlash va uni
keng xalq ommasiga targ‘ib etish borasida ham tub burilish yasadi. Vatanimiz ijtimoiy
hayotidagi o‘zgarishlar, yangilanishlar qatorida O‘zbekiston hududidagi muzeylar faoliyatida
ham yangi davr boshlandi.

Mamlakatimizdagi muzeylar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning marketing siyosati

va xizmatlar sohasini kompleks rivojlantirish, muzeylarga innovatsion texnologiyalarni samarali
qo‘llash, shuningdek, muzeylarda o‘zbek xalqi va davlatchiligi tarixi, Birinchi va Ikkinchi
Renessans davrlari, buyuk allomalar hayoti va faoliyatiga oid zamonaviy yangi ekspozitsiyalarni
yaratish, muzey to‘plamlaridagi boy tarixiy va madaniy merosimizni keng targ‘ib qilish
maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 27 maydagi PQ-261-sonli
“Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori qabul qilindi.

Bugungi kunda respublikamiz hududidagi turli muassasalar, korxonalar, qurilish

tashkilotlari, qishloq, jamoa boshqaruv xo‘jaliklari qoshida, shahar, tuman, viloyat markazlarida,
xalq ta’limi tizimida jami 1200 dan ortiq muzeylar bo‘lib, ularning eng yiriklari poytaxtda
joylashgan. Shu bilan birgalikda o‘nlab yozuvchilar, shoirlar, rassomlar, olimlar va mashhur
san’at arboblarining uy muzeylari ham faoliyat ko‘rsatmoqda.

Muzeylar madaniy-ma’rifiy muassasa hisoblanib, uning vazifasi tarixiy hujjatlar,

madaniy va ma’naviy yodgorliklarni to‘plash, tabiiy boyliklardan namunalar jamlash va saqlash,
ularni ilmiy jihatdan o‘rganib ko‘rgazmalarga qo‘yish va keng xalq ommasiga havola qilishdan
iborat. Muzeylar aholining keng tabaqalari o‘rtasida madaniy-ma’rifiy ishlarni olib boradi.
Muzeylar faoliyati xalqning tarixiy taraqqiyot jarayonida rivojlanib borishi, qo‘lga kiritgan
yutuqlari hamda qoldirgan boy madaniy-ma’naviy merosi xususida juda katta bilimlar beradi.
Muzeylar madaniy-ma’rifiy muassasa sifatida ommaning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish, ularni
ma’naviy kamolotga yetkazishning eng yetakchi vositalaridan hisoblanadi.

Respublikamizda yangi-yangi muzeylarning tashkil etilishi, poytaxtdagi eng yirik va

nufuzli Temuriylar davri tarixi, Qatag‘on qurbonlari xotirasi, mamlakatimiz janubida joylashgan
Termiz shahridagi Arxeologiya muzeyining ochilishi hukumatimiz tomonidan muzey va
muzeyshunoslik sohasida nihoyatda katta ishlarning amalga oshirilayotganidan dalolat beradi.
Yangi muzeylarning tashkil etilishi bilan bir qatorda shu vaqtgacha ham faoliyat ko‘rsatib turgan
barcha katta-kichik muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash, milliy istiqlol ruhida qayta tashkil


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1517

etish masalasiga ham alohida e’tibor bilan qaralmoqda. Jumladan, O‘zbekiston tarixi muzeyining
qaytadan ochilishi, muzey ekspozitsiya zallarining yangi loyiha va rejalar asosida jihozlanishi
fikrimizning yorqin dalilidir. Barcha viloyat hududlarida joylashgan boshqa muzeylar faoliyatida
ham yangilanish, yaxshilanish sari qadam qo‘yilayotgani sezilib turibdi. Chunki muzeylar shu
kunning dolzarb muammolaridan biri bo‘lgan har tomonlama rivojlangan, ma’naviy yetuk, komil
inson tarbiyasida o‘ziga xos alohida o‘rin tutadi.

Muzeylarda saqlab, namoyish etilayotgan tarixiy hujjat va xalq madaniyatiga oid ashyolar

yangi avlodga ajdodlari o‘tmishi, hayoti, yuksak ma’naviyatidan darak berib, uning vositasida
Vatanga bo‘lgan muhabbat, ota-bobolari qoldirgan madaniy merosga nisbatan hurmat, e’zoz,
ularga munosib vorislar bo‘lish tuyg‘usini uyg‘otadi. Shuningdek, yoshlarni odobu axloqqa,
halolligu poklikka, botirlikka, mardlik, vatanni himoya qilish, ajdodlaridek mohir, sabr-qanoatli,
aqlli, adolatli, haqgo‘y, mehr-muruvvatli bo‘lishga chaqiradi. Madaniy merosimizni har
tomonlama o‘rganish jamiyatimiz kelajagi bo‘lgan yigit va qizlarda milliy g‘ururning, milliy
iftixor tuyg‘usining shakllanish jarayonini amalga oshiradi.

Muzeylar faoliyatini yaqindan o‘rganish, ularning mazmun va ma’no jihatdan rang-

barang turlarini ajrata bilish, xalq ommasi orasida keng targ‘ib etishning xilma-xil usullarini
joriy qilish “Muzeyshunoslik” degan keng bir sohaning vazifalaridan hisoblanadi.

Surxondaryo viloyati o‘lkashunoslik muzeyi. Mazkur ziyo maskani mamlakatimizdagi

keksa madaniyat muassasalardan biri bo‘lib, 1933 yili Termiz shahrida Surxondaryo tumanlararo
Davlat muzeyini tashkil etish to‘g‘risidagi qaror doirasida tashkil etilgan.

Muzey dastavval «Surxondaryo viloyati yutuqlar ko‘rgazmasi» deb atalgan bo‘lsa 1933

yil 7 noyabrdan boshlab «Termiz shaxridagi Surxondaryo davlat tumanlararo muzeyi» deb
nomlandi.

Viloyat o‘lkashunoslik muzeyi katta taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tganligini ko‘ramiz.

Mazkur dargoh G.V.Parfyonov , R.F.Fayozov, I.T.Botirov singari taniqli tarixchilar rahbarligi
davrida ayniqsa katta e’tibor qozondi. Ular o‘z davrida muzeyning tashkiliy, moddiy, texnikaviy,
ilmiy-uslubiy jixatdan mustaxkamlashda katta hissa qo‘shdilar. Muzey ilmiy xodimlarining uzoq
yillar davomida olib borgan ilmiy tekshirish ishlari natijasida o‘lkamizda insoniyat jamiyati
taraqqiyotining birinchi moddiy-madaniyat yodgorliklari o‘rganildi. Olib borilgan tadqiqot
ishlari natijasi jahon qadimshunoslik fanini yangidan-yangi ma’lumotlar bilan boyitdi.

Surxondaryo viloyati o‘lkashunoslik muzeyi uzoq yillar davomida xalqimizning boy

ma’naviy me’rosini namoyon etishda, yosh avlod vakillarini shonli tariximiz, o‘lkamizning rang-
barang flora va fauna dunyosi bilan tanishtirishda, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim
ahamiyat kasb etayotganligi yanada e’tiborlidir.

REFERENCES

1.

Sh.Mirziyoyev erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo
etamiz. Toshkent –“O‘zbekiston” -2016.56 B.

2.

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2017 yil 7 fevraldagi PF-4947 sonli Farmoni.

3.

Kuryazova D.T. O‘zbekistonda muzey ishi tarixi. — T.: San’at, 2010.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1518

4.

Ganiyeva Ch.X. Muzeyshunoslik. O‘quv qo‘llanma. Andijon, 2024. 464 b.

5.

Rahmonov, M. (2025). PANJOB–QADRIYATLAR SAQLANIB QOLGAN TOG ‘BAG
‘RIDAGI MO ‘JIZA.

Modern Science and Research

,

4

(5).

6.

Habibullo oʻgʻli, RM (2024). SURXON VOHASI AHOLISINING AN'ANAVIY
KIYIMLARI VA TAQINCHOQLARI.

7.

Rahmonov, M. (2024). SURXON VOHASI TOQCHI QAVMI AHOLISIORASIDA
XALQ

AMALIY

BEZAK

SAN'ATI

RIVOJLANISHI.

Zamonaviy

fan

va

tadqiqotlar

,

3

(7).

References

Sh.Mirziyoyev erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent –“O‘zbekiston” -2016.56 B.

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947 sonli Farmoni.

Kuryazova D.T. O‘zbekistonda muzey ishi tarixi. — T.: San’at, 2010.

Ganiyeva Ch.X. Muzeyshunoslik. O‘quv qo‘llanma. Andijon, 2024. 464 b.

Rahmonov, M. (2025). PANJOB–QADRIYATLAR SAQLANIB QOLGAN TOG ‘BAG ‘RIDAGI MO ‘JIZA. Modern Science and Research, 4(5).

Habibullo oʻgʻli, RM (2024). SURXON VOHASI AHOLISINING AN'ANAVIY KIYIMLARI VA TAQINCHOQLARI.

Rahmonov, M. (2024). SURXON VOHASI TOQCHI QAVMI AHOLISIORASIDA XALQ AMALIY BEZAK SAN'ATI RIVOJLANISHI. Zamonaviy fan va tadqiqotlar , 3 (7).