Authors

  • Muxlisa Nasillayeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.98748

Keywords:

Atoiy devon etnonim leksik tahlil badiiylik xalq nomi badiiy obraz.

Abstract

Ushbu maqolada Atoiy devonida kelgan etnonimlar tahlil etiladi. Devonda uchraydigan etnik nomlar turli xalqlar, qabilalar bilan bog`liq bo`lib, ularning leksik-semantik va badiiy-estetik vazifalari yoritilgan. Shoir ijodida etnonimlarning qo`llanish uslubiyati hamda o`ziga xosliklari ochib beriladi. Etnik birliklarning qo`llashdagi Atoiyning badiiy mahorati yoritiladi.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1561

ATOIY DEVONIDA ETNONIMLARNING QO`LLANILISHI

Nasillayeva Muxlisa Murodullo qizi

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti magistranti.

E-mail:

muxlisanasrullayeva022@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15550376

Annotatsiya. Ushbu maqolada Atoiy devonida kelgan etnonimlar tahlil etiladi. Devonda

uchraydigan etnik nomlar turli xalqlar, qabilalar bilan bog`liq bo`lib, ularning leksik-semantik
va badiiy-estetik vazifalari yoritilgan. Shoir ijodida etnonimlarning qo`llanish uslubiyati hamda
o`ziga xosliklari ochib beriladi. Etnik birliklarning qo`llashdagi Atoiyning badiiy mahorati
yoritiladi.

Kalit so`zlar: Atoiy, devon, etnonim, leksik tahlil, badiiylik, xalq nomi, badiiy obraz.
Abstract. This article analyzes the ethnonyms found in Atoiy’s Devon. The ethnic names

occurring in the work are associated with various peoples and tribes, and their lexical-semantic
and artistic-aesthetic functions are highlighted. The usage style and peculiarities of ethnonyms
in the poet’s works are explored, and Atoiy’s poetic mastery in employing these ethnic elements
is revealed.

Keywords: Atoiy, Divan, ethnonym, lexical analysis, artistry, ethnic name, artistic image.
Аннотация. В данной статье анализируются этнонимы, встречающиеся в диване

Атоия. Этнические названия, представленные в сборнике, связаны с различными
народами и племенами; раскрываются их лексико-семантические и художественно-
эстетические функции. В статье рассматриваются особенности использования
этнонимов в творчестве поэта, а также раскрывается поэтическое мастерство Атоия
в их применении.

Ключевые слова: Атоий, диван, этноним, лексический анализ, художественность,

название народа, художественный образ.


Kirish.

Billamizki,

Sharq mumtoz adabiyotida millat, xalq va etniklik masalalari badiiy

tafakkurda oʻziga xos ko`rinishda ifoda topgan. Huddi shunday, turkiy adabiyotda shoirlar
tomonidan qoʻllanilgan etnonimlar asarning tarixiy-madaniy manzarasini ochishda asosiy
vositalardan biri boʻlib xizmat qiladi. Shu kabi leksik birliklar orqali adiblar oʻz davrining etnik
tarkibi, ijtimoiy tuzilmasi va madaniy qarashlarini badiiy talqinda ifoda etganlar.

XIV asrda ijod

etgan, Temuriylar davri adabiyotining yetuk namoyondasi bo`lmish

Atoiy ijodida ham

etnonimlar alohida e’tiborga loyiqdir. Uning devonida uchraydigan xalq nomlari -shoirning davr
ruhini anglash, uning dunyoqarashi va tarixiy ongini tahlil qilishda muhim manba hisoblanadi.

Bu maqolada Atoiy devonida ishlatilgan etnonimlar leksik-semantik jihatdan tahlil

qilinadi hamda ularning badiiy-estetik vazifalari yoritiladi.

Atoiy devonida uchraydigan etnonimlar shoirning obrazlar tizimida muhim semantik

ma`no kasb etadi. Bu turdagi birliklar, ko‘pincha, majoziy va ijtimoiy-ma’naviy jihatni
kengaytirishda vosita sifatida xizmat qiladi. Quyida shoir foydalanilgan asosiy etnonimlar
asosida ayrim baytlar tahlil qilinadi.

“Turk”

so`zi etnonim sifatida qadimdan qo`llanilgan bo`lib, o`zbek xalqi ham turk deb

nomlangan. O`rta va Markaziy Osiyo dagi barcha turkiy xalqlar turklar deb yuritilgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1562

Bu nomning kelib chiqishi haqida ko`plab ma’lumotlar keltirilgan bo`lib, jahon olimlari

izlanishlarida ham turkiylar haqida yetarlicha ma’lumot uchraydi. Xususan, xitoy yilnomlarida
turk atamasi

tukyu

yoki

tugyu

deb keltirilgan. Ko`plab olimlar bu atamaning ma’nosini

izohlashga harakat qilganlar. Jumladan, turk atamasi

yaratish, inson

(H.Vamberi),

kuch, qudrat

(Y.Nemet), qabilalar harbiy uyushmasi (V.V.Bartold) kabi ma’no anglatishi haqida qarashlar
yuzaga kelgan. Shunday qilib,

turk so‘zi o‘tmishda urug‘, elat, kuchli, qudratli, botir, jasur,

qo`rqmas; alohida jangchilar guruhi, qurolsozlar, dubulg`a, sodda, turk xoqonligini tashkil
qilgan, siyosiy jihatdan uyushgan, harbiy jihatdan qudratli qabilalar ittifoqi

ma’nolarini

anglatgan. [6. 6] Quyidagi baytda turk etnonimi go‘zal qiyofasi bilan oshiq qalbini zabt etuvchi
obraz sifatida ishlatilgan. Shoirning ko‘nglini zabt etgan bu go‘zallik egasi “turk ekoch” deb
ta’riflangan - bu esa nafaqat tashqi chiroy, balki aqlli va tadbirkor fe’l-atvorni ham anglatadi.

O‘zni o‘lturmak musulmonlikdin ermastur, vale,
Men o‘zumni o‘lturay sen turki kofirkesh uchun.

[5.164]

Keyingi baytda “turki kofirkesh” birikmasi kuchli majoziy yuklama bilan ifodalangan.
Shoir islomiy aqida asosida joniga qasd qilish harom ekanini bilgan holda, turk go‘zali

uchun o‘z jonini qurbon qilishga tayyorligini ifodalaydi. Bu yerda “kofirkesh” (kofirlarni ham
o‘ziga rom qiluvchi) tarzida ishlatilgan etnonim go‘zalning ta’sir kuchini yuksak darajada
ifodalaydi.

Usruk ko‘zung karashmada har lahza qon to‘kar,
Ey turki shergir, ne maydon suvorisen.

[5.179]

Endi Atoiy turk etnonimini shergir so`zi bilan bog`laydi. Baytda “turki shergir” birikmasi

go‘zalni sherga qiyoslash, jasorat va go‘zallikni birlashtirish orqali kuchli obraz yaratgan.

Yorning ko`zlari karashma qilib har lahza oshiqlar qonini to`kadi, buni ko`rgan shiq esa,

yorni sherga o`xshatadi. Shoir “maydon suvorisi” deyish orqali yorning qon to`kishini jang
maydonidagi suvoriyga o‘xshatadi. Turk etnonimi bu yerda jasorat va go‘zallik uyg‘unligining
timsolidir.

Chinu Mochinu Xo‘tanda ko‘zlaringtek rahmsiz,
Bexato qon to‘kkuchi bir turki yag‘mo ko‘rmaduk

. [5.127]

Ushbu baytda turk etnonimi yag`mo so`zi bilan birgalikda qo`llaniladi. Yag`mo so`zi

“Navoiy asarlari tilining izohli lug`ati”da ikki ma’noda keltiriladi: birinchi ma’nosi-talon-taroj,
g`arotgarlik, buzg`unchilik, ikkinchisi-qabila nomi.[3.602] Shoir ko‘zning rahmsizligi va
jozibadorligini tarixiy tajovuzkor elatlar qiyosida tasvirlaydi. “Yag‘mo” so‘zi esa bu turkiy
go‘zallik egasining yuraklarni zabt etuvchi, fath qiluvchi kuchini tasvirlaydi. Yorning
ko`zlaridek rahmsiz va qon to`kishda xato qilmaydigan turki yag`mo (talonchi) Chinu Mochinu
Xo`tanda uchramaydi.

Ko‘nglumni o‘zbak o‘ljasi qildi qiyo boqib,
Bu xon urug‘i qaysi ulusning qiyotidur.

[5.74]

Mazkur baytda

“o‘zbak”

, ya’ni

o`zbek

etnonimi keltirilgan bo`lib, ushbu etnonim haqida

ko`plab olimlar fikr yuritishgan. Ularning keltirishicha, o`zbek etnonimi XIV asrda paydo
bo`lgan hamda u ma’lum fuqarolar guruhini anglatuvchi etnik atamaga aylangan.[6.39] Yuqorida
o`zbek etnonimi sevgi obrazining tashuvchisi bo‘lgan go‘zalga nisbatan ishlatilgan. Shoir
go‘zalning birgina qarashi qalbini zabt etganini “o‘ljasi qildi” iborasi orqali ifodalaydi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1563

“Xon urug‘i” va “qiyot” so‘zlari esa tarixiy-etnik tushunchalarga ishora qilib, go‘zalning

kelib chiqishini sharqona faxr bilan ulug‘laydi. Bu yerda o‘zbek etnonimi o‘ziga xos go‘zallik va
kuch timsolidir.

Bu ulusta xo‘blar ko‘rduk, vale ey o‘zbekim,
Dilraboliqta sizingdek sho‘xi ra’no ko‘rmaduk

. [5.127]

Baytda yana “o‘zbekim” etnonimi samimiy ifoda bilan qo‘llanadi. Shoir o‘z diyorida

ko‘plab go‘zallarni ko‘rganini aytadi, biroq shaxsiy tuyg‘ular bilan boyitilgan holda “sizga teng
keladigani yo‘q” degan g‘oyani ilgari suradi. Etnonim bu yerda milliy iftixor, samimiylik va
muhabbat vositasi sifatida qo`llangan.

Ko‘zung ko‘nglum olur yuz ol birla,
Bilibtur turk ekoch, bu muncha ko‘p ol.

[5.140]

Ishq mulkinda asir etgan mo‘g‘ul o‘ljosidek,
Xasta ko‘nglumni xitoyi ko‘zlari yag‘mosidur

. [5.75]

Baytda “mo‘g‘ul” va “xitoyi” etnonimlari metaforik ma’noda qo`llanilgan. “Mo‘g‘ul

o‘ljosi” iborasi tarixiy kontekstdan kelib chiqib kuch, zabt etish, bosqinchilik ma’nolarini
ifodalasa, “xitoyi ko‘zlari” esa nafosat va rahmsizlik timsoli sifatida keladi. Bu orqali shoir
ko‘nglining dardini milliy va tarixiy obrazlar vositasida chuqur ifodalagan.

Rum elinda bir ajab hindu tushubtur xolikim,
Nofayi Chinu Xo‘tan bir kamtarin lolosidur.

[5.75]

Ushbu baytda “Rum”, “hind”, “Chin”, “Xo‘tan” kabi to‘rtta geografik va etnik birliklar

jamlangan. “Hindu” so‘zi o‘ziga xos joziba sohibi bo‘lgan go‘zalni ifodalasa, “Chin” va
“Xo‘tan” iboralari nafosat manbai bo‘lib, “lolo” (loladay lab) timsoli bilan uyg‘unlashgan. Bu
yerda Atoiy geografik va etnik obrazlar vositasida go‘zallikni sharqona romantik ruhda
tasvirlaydi.

Orazing olinda oyin necha arz etgay falak,
Bir urus qul besh emasdur xisravi sayyorasi

. [5.226]

Baytda “

urus

” ya’ni

“rus”

etnonimi ishlatilgan bo‘lib, bu yerdagi ma’no zamirida go‘zal

yuzining qanchalik yuksak va munosib ekanini tasvirlash yotadi. Shoir go‘zallik mezoni sifatida
“xisravi sayyorasi” (sayyoralarning podshohi) ni olayotib, urus (rus) qulining ham unga teng
emasligini ta’kidlaydi. Bu, go‘zallik timsolining yuksak ideallashuvi va etnik obrazlar orqali
qiyosiy ta’sir kuchining kuchaytirilganligini ko‘rsatadi.

Bo‘lmasa ushshoq uchun maydin agar jon rohati,
Demas erdilar arab noziklari otini roh.

[5.48]

Arab

- xalq nomi, arabistonlik arablar.[1.104] Atoiy ushbu baytda “Arab noziklari”

iborasi qo`llaydi. Bu ibora sharq mumtoz adabiyotida mukammallik, nafosat va tafakkur
timsolidir. Bu o`rinda ham arab go‘zallarining ma’naviy va jismoniy go‘zalligi shunchalik
yuqori darajada tasvirlanganki, ular sevgi yo‘lini “roh” deb atashadi. Bu orqali majoziy tarzda
ularning muhabbatda yetukligini ifodalaydi. “Roh” so`zi “Navoiy asarlari tilining izohli
lug`ati”da ikki xil ma’noda keltiriladi: 1. May, chog`ir. 2. Yo`l, maslak. [2. 631-632] Atoiy bu
so`zni may ma’nosida qo`llaydi va oshiqlar uchun may qanchalik aziz bo`lsa, arab noziklari ham
shunday azizdir.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1564

Shoir huddi ushshoqlar (oshiqlar) uchun may jonga rohat bo`lmaganida edi, arab nozik

go`zallari otini ham roh(may) deb aytishmas edi, degan o`xshatishni keltiradi. Bilamizki,
mumtoz adabiyotda may ishq ramzi sifatida keltiriladi. Bu o`rinda ham may orqali ishq ifoda
etilmoqda.

Oldi ko‘ngulni bir buti ayyori sho‘x shang,
Kim, ki kufr o‘granur ko‘zidin kofiri farang

. [5.130]

Farang so`zi Yevropa ma’nosini anglatuvchi so`z [3.320] bo`lib, bu baytda “

farang

etnonimi bilan birga kuchli majoziy mazmun hosil qilingan. Farang go‘zali, ko‘zi orqali

“kufrni

o‘rgatadigan”

darajada sehrli ta’sir kuchiga ega. U nafaqat o‘z xalqiga, balki dindor shoirga ham

dushvor ahvol baxsh etadi. Shoir bu bilan nafaqat go‘zallikni, balki uning xavfli jozibasini ham
ifoda etadi.

Xulosa

Atoiy devonida uchraydigan etnonimlar adibning davri ijtimoiy-siyosiy hayoti, tarixiy-

madaniy muhitini yoritishda muhim til birliklaridan biridir. Ushbu etnonimlar nafaqat ma’lumot
beruvchi vosita, balki poetik obraz sifatida ham xizmat qiladi. Atoiy devonida “turk”, “o`zbek”,
“mo‘g‘ul”, “arab”, “hind” kabi etnonimlar ko‘proq uchrab, ular orqali obrazlardagi go‘zallik,
kuch kabi xususiyatlar tasvirlanadi. Atoiy bu etnonimlarni ko‘pincha majoziy, metaforik
ma’noda ishlatadi. Masalan, “turk” so‘zi ko‘pincha go‘zal, noz-karashmali yoru ma’shuqani
ifodalasa, “xitoy” yoki “hind” esa ulug‘lik, nafislik, qadimlik obrazini aks ettiradi. Bu esa
etnonimlarning Atoiy poetikasida shakllangan badiiy lug‘atning tarkibiy qismi ekanini
ko‘rsatadi.

REFERENCES

1.

Алишер Навоий асарлари тилининг изоҳли луғати. Тўрт томлик. – Т.: Фан, 1983. Т.
1. - 654 б.

2.

Алишер Навоий асарлари тилининг изоҳли луғати. Тўрт томлик. – Т.: Фан, 1983. Т.
2. - 644 б.

3.

Алишер Навоий асарлари тилининг изоҳли луғати. Тўрт томлик. – Т.: Фан, 1984. Т.
3. - 624 б.

4.

Алишер Навоий асарлари тилининг изоҳли луғати. Тўрт томлик. – Т.: Фан, 1985. Т.
4. - 636 б.

5.

Девони Шайхзода Атойи. – Т.: Фан, 2008. - 320 б.

6.

Uluqov N. Turkiy filologiyaga kirish.-T.: “Navro`z” nashriyoti,2016. -172 b.

7.

Islamova, D. (2021). The main parameters of the artistic landscape of the
world.

ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal

,

11

(6), 745-

749.

https://www.indianjournals.com/ijor.aspx?target=ijor:aca&volume=11&issue=6&article=1
25

8.

Islamova, D. (2023). HAMID OLIMJONNING «O‘ZBEKISTON» SHE’RIDA
QO‘LLANILGAN TRANSPOZITIV SO ‘ZLARNING USLUBIY VA FUNKSIONAL-
SEMANTIK

XUSUSIYATLARI.

2018,

No.

4

(110/1),

110(77),

5-10.

https://scholar.google.com/scholar?cluster=7941994830465779562&hl=ru&as_sdt=2005


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1565

9.

Yusupova, O. S. (2021). People's oral creative work and syntactic parallelism. Asian
Journal

of

Multidimensional

Research

(AJMR),

10(3),

242-246.

https://scholar.google.com/scholar?cluster=1316699255889728518&hl=ru&as_sdt=2005

10.

Karimov, S. A., Yusupova, O. S., & Umirova, S. (2020). Linguopoetic features of syntactic
repetition in poetry.

Journal of Critical Reviews

,

7

(11), 333-336.

11.

https://scholar.google.com/scholar?cluster=3116520016717462205&hl=ru&as_sdt=2005

References

Алишер Навоий асарлари тилининг изоҳли луғати. Тўрт томлик. – Т.: Фан, 1983. Т. 1. - 654 б.

Алишер Навоий асарлари тилининг изоҳли луғати. Тўрт томлик. – Т.: Фан, 1983. Т. 2. - 644 б.

Алишер Навоий асарлари тилининг изоҳли луғати. Тўрт томлик. – Т.: Фан, 1984. Т. 3. - 624 б.

Алишер Навоий асарлари тилининг изоҳли луғати. Тўрт томлик. – Т.: Фан, 1985. Т. 4. - 636 б.

Девони Шайхзода Атойи. – Т.: Фан, 2008. - 320 б.

Uluqov N. Turkiy filologiyaga kirish.-T.: “Navro`z” nashriyoti,2016. -172 b.

Islamova, D. (2021). The main parameters of the artistic landscape of the world. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(6), 745-749. https://www.indianjournals.com/ijor.aspx?target=ijor:aca&volume=11&issue=6&article=125

Islamova, D. (2023). HAMID OLIMJONNING «O‘ZBEKISTON» SHE’RIDA QO‘LLANILGAN TRANSPOZITIV SO ‘ZLARNING USLUBIY VA FUNKSIONAL-SEMANTIK XUSUSIYATLARI. 2018, No. 4 (110/1), 110(77), 5-10. https://scholar.google.com/scholar?cluster=7941994830465779562&hl=ru&as_sdt=2005

Yusupova, O. S. (2021). People's oral creative work and syntactic parallelism. Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR), 10(3), 242-246. https://scholar.google.com/scholar?cluster=1316699255889728518&hl=ru&as_sdt=2005

Karimov, S. A., Yusupova, O. S., & Umirova, S. (2020). Linguopoetic features of syntactic repetition in poetry. Journal of Critical Reviews, 7(11), 333-336.