Authors

  • B.G. Seytmuratov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.98752

Keywords:

Baxshichilik estetika doston mahorat talaba muommo yeshim tadqiqot ijro.

Abstract

Talabalarda doston ijro etishda estetikani oshirish o‘quvchilarning turli badiiy fanlar (musiqa, adabiyot, teatr va boshqalar)dagi chiqishlarining badiiy va ifodalilik sifatini oshirishga qaratilgan. Mavzu estetik idrok etish, hissiyotlarni ifodalash va texnik mahoratni rivojlantirish usullarini o'rganadi. Asosiy jihatlarga o‘quvchilarning badiiy mahoratini shakllantirishda ijodkorlik, madaniy kontekst va pedagogik texnikaning o‘rni kiradi. Tadqiqot, shuningdek, estetik nafosat tomoshabinlarni jalb qilish va shaxsiy o'sishga qanday ta'sir qilishini o'rganadi. Doston ijro etishda talabalar o'z chiqishlarida yuqori darajadagi badiiylik va professionallikka erishish uchun juda muhimdir.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1569

TALABALARDA DOSTON IJRO ETISHDA ESTETIKANI OSHIRISH

B.G. Seytmuratov

NDPI Pedagogika

fakulteti musiqiy talim

kafedrasi assistent o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15550740

Annotaciya. Talabalarda doston ijro etishda estetikani oshirish o‘quvchilarning turli

badiiy fanlar (musiqa, adabiyot, teatr va boshqalar)dagi chiqishlarining badiiy va ifodalilik
sifatini oshirishga qaratilgan. Mavzu estetik idrok etish, hissiyotlarni ifodalash va texnik
mahoratni rivojlantirish usullarini o'rganadi. Asosiy jihatlarga o‘quvchilarning badiiy
mahoratini shakllantirishda ijodkorlik, madaniy kontekst va pedagogik texnikaning o‘rni kiradi.

Tadqiqot, shuningdek, estetik nafosat tomoshabinlarni jalb qilish va shaxsiy o'sishga

qanday ta'sir qilishini o'rganadi. Doston ijro etishda talabalar o'z chiqishlarida yuqori
darajadagi badiiylik va professionallikka erishish uchun juda muhimdir.

Kalit so’zlar: Baxshichilik, estetika, doston, mahorat, talaba, muommo, yeshim, tadqiqot,

ijro.

Abstract. Improving aesthetics in performing epics in students is aimed at improving the

artistic and expressive quality of students' performances in various artistic disciplines (music,
literature, theater, etc.). The topic explores methods for developing aesthetic perception,
expression of emotions, and technical skills. Key aspects include the role of creativity, cultural
context, and pedagogical techniques in shaping students' artistic skills. The study also examines
how aesthetic sophistication affects audience engagement and personal growth. In performing
epics, it is crucial for students to achieve a high level of artistry and professionalism in their
performances.

Keywords: Bakhshi, aesthetics, epic, skill, student, problem, solution, research,

performance.

Аннотация. Повышение эстетичности исполнения учащимися былин направлено

на повышение художественно-выразительного качества выступлений учащихся в
различных видах искусства (музыка, литература, театр и т. д.). Предмет изучает
способы эстетического восприятия, выражения эмоций и развития технических
навыков. Ключевые аспекты включают роль творчества, культурного контекста и
педагогических приемов в формировании художественных навыков учащихся. В
исследовании также изучается, как эстетическая изысканность влияет на
вовлеченность аудитории и личностный рост. При исполнении былин от учащихся
требуется достижение высокого артистического мастерства и профессионализма в
исполнении.

Ключевые слова: Колдовство, эстетика, эпос, мастерство, ученик, проблема,

решение, исследование, представление.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning «xalqimiz, avvalo, yoshlarning

ma’naviy-ma’rifiy, badiiy-estetik talablariga javob beradigan kitoblarni yuksak sifat bilan chop
etish, milliy va jahon adabiyotining eng sara namunalarini tarjima qilish, farzandlarimizda
bolalikdan boshlab kitob, jumladan, elektron kitob o‘qish ko‘nikmasini shakllantirish,
jamiyatimizda mutolaa madaniyatini yuksaltirish bilan bog‘liq muhim masalalarni hal etish


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1570

dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda» degan fikrlari ijtimoiy tafakkurda yetuk, har tomonlama kamol
topgan sog‘lom avlodning tarbiyalanishi uchun yuksak mas’uliyat, umuminsoniy qadriyatlarga
asoslangan hayotiy o‘rniga ega bo‘lgan ma’naviy boy, axloqan yetuk, intellektual rivojlangan,
san’atsevar yoshlarni tarbiyalash uchun muhim poydevor bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida

«Ta’lim oluvchilarning yuksak ma’naviy estetik va ruhiy-axloqiy tarbiyasiga, eng avvalo,
ularning milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, musiqa va san’at olamiga bo‘lgan munosabatiga
e’tibor qaratish» ustuvor vazifalar etib belgilandi.[1]

Insonning chehrasi, qomatidagi go'zallik muayyan ahamiyatga ega, ammo bu to‘la

ma'nodagi go‘za)lik emas. Insonning tashqi qiyofasi uning botiniy olami, xulqi, fe’l-atvori,
mehnatsevarligi, ezgulikka intilishi kabi sifatlar bilan uyg‘unlashsa, bu — mukammal go‘zallik
sanaladi. Go'zallikka intilish insonning doimiy ijtimoiy-hayotiy ehtiyojidir. Bu ehtiyoj tarbiya
vositasida shakllanadi. Go‘zallik qurshovida yashagan inson bilan uning aksi bo‘lgan muhitda
o'sgan inson o‘rtasida keskin farqbo‘ladi. Go'zallikka intilish insonni ma'naviy jihatdan
kamolotga yetaklaydi, uning estetik his-tuyg‘usini rivojlantiradi.

Estetik his-tuyg‘u — kishilarning go'zal va xunuk, fojiali va kulgili voqealami idrok etish

va baholash qobiliyatidir. Ezgulikka, go'zallikka intilish — estetik ehtiyojdir. Bu ehtiyoj
mehnatda ham, san'atda ham, kishilararo axloqiy munosabatlarda ham go‘zallik boMishini
taqozo etadi. Insonning jamiki faoliyati uning borliqqa estetik munosabati orqali namoyon
bo‘ladi. Voqelikka estetik munosabatda boMishda san'at muhim o‘rin tutadi. Zero, san'at —
hayotni go‘zallik qonunlari asosida idrok qilishdir. San'at asarlari ta'sirida shodlik va qayg‘u kabi
kechinmalar paydo bo'ladi. Go‘zal obrazlar kishilarga hayot ma’nosini anglashga, hayotda o ‘z
o‘mini topishga, qadrqimmatini tanishga ko'maklashadi. San'at o'zining tarixiy taraqqiyotida
kishilarning orzu-umidlarini namoyon etuvchi, uning sezgilarini, his-tuyg‘ularini aks ettiruvchi
vosita sifatida katta ahamiyat kasb etib keladi. San'at turlaridagi timsollar ham o‘z tuzilishiga
ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Masalan: musavvirlik, haykaltaroshlik, teatr, badiiy adabiyot, kino
san'atida voqea-hodisalar bevosita tasvirlansa, musiqa, raqs, amaliy san'at, me'morchilikda
ijodkorning voqea-hodisalar to‘g‘risidagi g‘oyaviy-hissiy holati bilvosita ifodalanadi.

Hissiyotlami o‘rganish borasida Sharq buyuk mutafakkirlari asarlari muhim ahamiyatga

ega. Rudakiy, Firdavsiy, Nizomiy, Sa’diy, Hofiz, Umar Xayyom kabi Sharq mumtoz adabiyoti
namoyandalari dostonlarida ham, Xorazmiy, Forohiy, Abu Ali ihn Sino, Beruniy, Ibn Rushd kabi
allomalaming ilmiy asarlarida ham, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Ahmad Yassaviy,
Lutfiy, Sakkokiy, Atoiy, Navoiy, Bobur kabi ulug‘ shoirlar ijodida ham, Zayniddin Vosifiy,
Xondamir,

Davlatshoh

Samarqandiy

kabi

tarixchilarimizning

tazkiralarida

ham

insonlaminggo'zal histuyg‘ulariga doir ko'pgina qimmatli fikrlar mavjud. Kaykovusning
«Qobusnoma», Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘ubilig», Ahmad Yugnakiyning «Hibat ul-
haqoyiq», Sa'diyning «Guliston» va «Bo‘ston», Abdurahmon Jomiyning «Bahoriston», Alisher
Navoiyning «Mahbub ul-qulub» kabi asarlarida hayotning go'zalligidan zavqlanish, odamlar
baxt-saodati yolida mehnat qilish fazilatlari ulugianadi. Aristoteldan keyin rnag‘ribdan-
mashriqqacha «ustodi soniy» («ik.kinchi ustod») nomi bilan mashhurbuyuk alloma Abu Nasr
Forobiyning estetik qarashlari inson his-tuyg‘ularini o'rganish borasida alohida ahamiyatga
egadir.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1571

U o‘zining «Fozil odamlar shahri fuqarolarining qarashlari haqida kitob», «Shaharni

boshqarish», «Yaxshi xulqlar», «Baxt-saodatga erishish haqida» kabi asarlarida nafis
hissiyotlarning paydo bo'lishini dunyoviy nuqtai nazardan turib talqin qilgan edi. San'at
asarlarida voqelikka, hodisalarga, odamlaming xatti-harakatlariga, xulq-atvorlariga go'zallik va
xunuklik nuqtai nazaridan baho beriladi. Voqea-hodisalar yaxshilik va yomonlik, ezgulik va
yovuzlik, do‘stlik va dushmanlik, sadoqat va xiyonat, go‘zallik va xunuklik, rostgo‘ylik va
munofiqlik, fojiaviylik va kulgililik tarzida namoyon bo‘ladi. Go‘zallik inson estetik va badiiy
didini o‘stiradi. Estetik did esa go'zal narsalardan zavq olish qobiliyatidir. Estetik madaniyati
yuksak kishi ma'naviy-ruhiy jihatdan barkamol, e’tiqodli, ishonchli va diyonatli bo‘ladi. [2]

Musiqa sohasida ijrochilarning tutgan o‘rni alohida. Qoraqalpoq xalqining kuy-

qo‘shiqlarini saqlab qolish, uni milliy ohanglar bilan boyitish, rivojlantirishdek mashaqqatli
ishda ularning xizmatlari beqiyos. Ijrochilar o‘z o‘rnida: jirovlar, baxshilar va qissaxonlar bo‘lib
uch katta tarmoqqa bo‘linadi. Baxshichilik san’ati - qoraqalpoq xalqining qadimiy tarixini shu
kungacha yetib kelishiga sababchi bo‘lgan, musiqa madaniyatida o‘zlarining iste’dodi, intilishi,
ijodiy mahoratining boyligi bilan alohida ajralib turgan insonlarning mashaqqatli sohasi. O‘rta
Osiyo, Zakavkaziya va h.k. qo‘shni mamlakatlarda dostonlarni yoddan ijro etishi, har bir
xalqning o‘z milliyligini tanitishdek mehnatlari bilan hurmatga sazovor bo‘lgan soha egalari
baxshilar hisoblanadi. Yuqorida aytib o‘tganimizdek baxshilar faqat Qoraqalpoq xalqida emas,
balki boshqa xalqlarda ham alohida hurmatga ega. Biz ularni "baxshi" deb atasak, qozoq xalqi
"jirchi," o‘zbek xalqi bilan turkmanlar "baxsh," ozarbayjon xalqi "ashuk" deb atasa, gruzin xalqi
ularni "mgosan," arman xalqi esa baxshilarni "gusan" deb atab, bu so‘zlarning fonetik va
funksional xarakterlari jihatidan ham bir-biriga yaqinligini anglatadi.

Bundan ko‘rinib turibdiki, baxshichilik san’ati nafaqat bizda, balki boshqa millatlarda

ham ko‘p asrlik tarixga ega bo‘lib, ular bilan o‘zaro madaniy jihatdan bog‘liqligini anglatadi.

Tariximizni o‘rganuvchi ba’zi olimlarimiz "Bosqinchilik siyosati tugagandan so‘ng,

XVIII asrda Xorazm eliga ko‘chib kelgandan keyin, iqtisodiy va madaniy aloqalar natijasida
sharq mamlakatlarining liro-epik dostonlari keng tarqala boshladi," deb ko‘rsatadilar.

Shuningdek, oshiqlik haqidagi dostonlar qoraqalpoq xalqiga faqat Turkistondan

Xorazmga kelgandan keyingina tarqalgan degan ham tushunchalar bor. Biz bu fikrga to‘liq
qo‘shila olmasligimizni ham aytib o‘tmoqchimiz. Sababi, ba’zi bir dostonlar qoraqalpoq
xalqining orasida Turkiston davridayoq paydo bo‘lgan. Masalan, o‘sha davrning "Yusuf
Ahmad," "G‘arib oshiq" dostonlarining qoraqalpoq, o‘zbek, tojik, turkmanlar orasida keng
tarqalgan. Qolaversa bizga ma’lum, qoraqalpoq xalqi azaldan, boshqa ellarda qiyinchiliklarga
uchrab, ko‘chmanchi xalq atalgan Xorazm xalqlarining biri bo‘lib hisoblanadi. [3]


Talabalarda dutor chalib daston

aytishda quyidagi muammolar yuzaga

kelishi mumkin:


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1572

[4]

Dutorda (Doston) ijro etishning estetik jihatlari

Dutorda doston (epik she’r, hikoya, qahramonlik ertaklari) ijro etish — nafaqat musiqiy,

balki badiiy-estetik hamda madaniy-ma’naviy jihatlardan boy san’at turi. Bu jarayonda quyidagi
estetik tamoyillar muhim rol o‘ynaydi:

1. Musiqa va so‘z uyg‘unligi (ohang va matn)
Doston ijrosida dutorning ohangi she’rning mazmuni (qayg‘u, quvonq, jasorat,

muhabbat) bilan mos kelishi kerak.

Maqom va usullar: "Segoh", "Chorgoh", "Navo" kabi maqomlar yoki "Tanavor", "Ufor"

kabi ritmik usullar doston mavzusiga moslab tanlanadi.

Misol: "Alpomish" dostonida qahramonlik sahnasi – jiddiy, kuchli ohanglar,
"Yusuf va Zulayho"da romantik qismlar – nazokatli, lirik cholg‘u.
2. Ijrochi (Dostonchi/Baxshi)ning Ifodasi


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1573

Ovoz

va

cholg‘u

muvozanati:

Dostonchi

she’rni

kuylayotganda

dutor

unga hamnafas (qo‘shimcha emas, balki to‘ldiruvchi) bo‘lishi kerak.

Dramaturgiya: Dostonning boshlanishi, keskinliklari, kulminatsiyasi va yakuni dutor

ohangida aks etishi lozim.

Estetik tamoyil: Pianissimo (juda sust) va Forte (kuchli) dinamikasi orqali hissiyotlarni

kuchaytirish.

3. Harakat va Improvizatsiya (Badiha)
An’anaviy usul: Dostonlarda mustaqil qismlar (masalan, "Girrom", "Yalloma") ijrochi

tomonidan improvizatsiya qilinadi.

Zamonaviy yondashuv: Yosh ijrochilar elektron dutor yoki yangi uslublardan

foydalanishi mumkin, lekin an’ana saqlanadi.

Misol: "Gorogli" dostonida jang sahnasida dutor tez "Zarb" usulida chalinar ekan,

tinglovchiga qahramon harakatini tasavvur qilish imkoniyati beriladi.

4. Ko‘ngil Ochish va Vizual Estetika
Dostonchi kiyimi: An’anaviy liboslar (chopon, do‘ppi) tomosha estetikasini oshiradi.
Ijro muhiti: Masalan, qo‘shiq maydonlari, choyxonalar yoki zamonaviy kontsert zalida

ijro – har birining o‘ziga xos atmosferasi bor.

5. Madaniy Meros va Zamonaviylik
An’anani saqlash: Dutorda doston chalishda maqom, lafz (so‘z talaffuzi) va usullarni

to‘g‘ri o‘rganish muhim.

Innovatsiyalar: Ba’zi ijrochilar dutorni elektron versiyasida yoki krossover (folk +

jazz/rok) uslubida ijro qilishadi.

Mashhur namunalar:
Turg‘un Alimatov ("Navo" maqomida dostonlar),

Folk-rok guruhlari (dutorni zamonaviy aranjirovkada ishlatish).

[5]

[6]


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1574

Xulosa: Estetik Dutor Chalish uchun 7 Qoida

1.

Chiroyli postura va tashqi ko‘rinish – ijrochining imidji.

2.

Tovushning nozikligi va dinamikasi – pianissimo va fortening uyg‘unligi.

3.

Hissiyot va improvizatsiya – kuyni "yashab" ijro etish.

4.

Vizual ta’sir – tabiiy harakatlar va ko‘z aloqasi.

5.

Sahna dizayni – fon, yoritish, libos.

6.

Muvozanatli repertuar – an’ana va zamonaviylik uyg‘unligi.

7.

Yozuvlar bilan ishlash – o‘z kamchiliklarini tuzatish.

REFERENCES

1.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги ПФ-4947-сон
“Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси
тўғрисида”ги Фармони. - Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами,
2017 й., 6-сон, 70-модда.

2.

ESTETIKA ASOSLARI E. DMAROV, R. KARIMOV, M. MIRSAIDOVA, G.
OYXO‘JAYEVA 5-6 betlar

3.

NADIROVA A.B. Qaraqalpaq muzıka tarıyxı 24-25 betlar

4.

"Musiqa Badiiyligi va Estetikasi" Komiljon Toshmatov

5.

"Dutor va Uning Ijro Usullari" Shuhrat Mirzayev

6.

"Maqom.uz" – Oʻzbek maqomlari va dutor ijrochiligi haqida videolar va maqolalar.

7.

"Dutor Masterclass" (YouTube) – Turgʻun Alimatov, Shuhrat Mirzayev kabi ustalarning
darslari.

8.

"Oʻzbekiston Milliy Kutubxonasi" – Musiqa nazariyasiga oid elektron kitoblar.




References

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги ПФ-4947-сон “Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида”ги Фармони. - Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2017 й., 6-сон, 70-модда.

ESTETIKA ASOSLARI E. DMAROV, R. KARIMOV, M. MIRSAIDOVA, G. OYXO‘JAYEVA 5-6 betlar

NADIROVA A.B. Qaraqalpaq muzıka tarıyxı 24-25 betlar

"Musiqa Badiiyligi va Estetikasi" Komiljon Toshmatov

"Dutor va Uning Ijro Usullari" Shuhrat Mirzayev

"Maqom.uz" – Oʻzbek maqomlari va dutor ijrochiligi haqida videolar va maqolalar.

"Dutor Masterclass" (YouTube) – Turgʻun Alimatov, Shuhrat Mirzayev kabi ustalarning darslari.

"Oʻzbekiston Milliy Kutubxonasi" – Musiqa nazariyasiga oid elektron kitoblar.