Authors

  • M.A. Zarifboyeva
  • D.O. Xudoyberganov
  • O.B. Xajibayev
  • V.M. Yakubov
  • M.X. Tozaboyeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.98755

Keywords:

quyosh panellari yashil energetika qayta tiklanuvchi energiya subsidiya davlat siyosati ekologik xavfsizlik energiya siyosati O‘zbekistonda energetika.

Abstract

Mazkur maqolada O‘zbekistonda quyosh panellaridan foydalanish holati, davlat siyosati, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralari va yashil energetikaga o‘tish istiqbollari yoritilgan. Quyosh energiyasining ekologik va iqtisodiy afzalliklari tahlil qilinib, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish yo‘llari muhokama qilingan.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1580

O`ZBEKISTONDA QUYOSH PANELLARI: YASHIL ENERGETIKAGA O`TISH

ISTIQBOLLARI

M.A. Zarifboyeva

D.O. Xudoyberganov

O.B. Xajibayev

V.M. Yakubov

M.X. Tozaboyeva

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Fizika fakultetining 4-kurs talabalari.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15550831

Annotatsiya. Mazkur maqolada O‘zbekistonda quyosh panellaridan foydalanish holati,

davlat siyosati, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralari va yashil energetikaga o‘tish istiqbollari
yoritilgan. Quyosh energiyasining ekologik va iqtisodiy afzalliklari tahlil qilinib, mavjud
muammolar hamda ularni bartaraf etish yo‘llari muhokama qilingan.

Kalit so`zlar: quyosh panellari, yashil energetika, qayta tiklanuvchi energiya, subsidiya,

davlat siyosati, ekologik xavfsizlik, energiya siyosati, O‘zbekistonda energetika.

I.

Kirish

Insoniyat hayoti davomida tabiat tomonidan minglab yillar davomida to‘plangan

energiyadan foydalanib kelmoqda. Bunda ushbu energiyadan foydalanish usullari undan
maksimal darajada samaradorlik olish maqsadida takomillashib kelmoqda. Energiya insoniyat
hayotida muhim rol o‘ynaydi. Inson faoliyatining barcha turlari energiya sarfi bilan chambarchas
bog‘liqdir.

Masalan, inson o‘zining evolutsion rivojlanishining boshida faqat o‘z tanasi

mushaklarining energiyasidan foydalangan. Keyinchalik esa olov energiyasini olishni va undan
foydalanishni o‘rgandi. Insoniyat jamiyati evolutsion rivojlanishining navbatdagi bosqichi
shamol va suv energiyasidan foydalanishga olib keldi va natijada suv va shamol tegirmonlari,
suv charxpalaklari, yelkanli kemalar paydo bo‘ldi. XVIII asrda o‘tin yoki ko‘mirni yoqish
natijasida hosil bo‘lgan issiqlik energiyasini mexanik energiyaga aylantiruvchi bug‘ mashinasi
ixtiro qilindi.

Elektromotor, undan keyin esa elektr generator ixtiro qilinishlari elektr asri boshlanishiga

olib keldi. XX asr insoniyat tomonidan energiya ishlab chiqarish va undan foydalanish usullarini
o‘zlashtirish bo‘yicha haqiqiy inqilobni amalga oshirish asri bo‘ldi. Ya’ni: juda yuqori quvvatli
issiqlik, gidravlik va atom elektr stansiyalar, yuqori kuchlanishga ega bo‘lgan elektr energiyasini
uzatuvchi liniyalar qurildi. Elektr energiyani ishlab chiqarish, bir turdan boshqa turga
o’zgartirish va uzatishning yangi turlari ishlab chiqildi. Shunday qilib bizni o‘rab turgan dunyo
turli ko‘rinishdagi tuganmas energiya manbalariga egadir [1].

Bugungi kunda energiyaga bo‘lgan global talabning ortib borishi, iqlim o‘zgarishi va

ekologik muammolar insoniyatni muqobil, barqaror energiya manbalarini izlashga undamoqda.

An’anaviy yoqilg‘i resurslari – neft, gaz va ko‘mir zaxiralari tobora kamayib borayotgan

bir paytda, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, xususan quyosh energiyasi, dolzarb ahamiyat
kasb etmoqda. Quyosh energiyasi ekologik toza, cheksiz va iqtisodiy jihatdan foydali manba
hisoblanadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1581

O‘zbekiston hududi quyosh energiyasidan foydalanish uchun tabiiy jihatdan juda qulay

hisoblanadi. Respublikamizda yiliga o‘rtacha 2700–3000 soat quyoshli kunlar qayd etiladi, bu
esa Yevropa mamlakatlari bilan solishtirganda ancha yuqori ko‘rsatkichdir. Quyosh
energiyasidan foydalanishni kengaytirish O‘zbekiston energetika strategiyasining ustuvor
yo‘nalishlaridan biriga aylangan. 2030-yilgacha mamlakatda quyosh va shamol elektr
stansiyalari orqali ishlab chiqariladigan elektr energiyasining ulushini 25 % ga yetkazish
rejalashtirilgan.

So‘nggi yillarda quyosh panellari texnologiyasi yurtimizda jadal rivojlanmoqda. Davlat

tomonidan bu sohani rivojlantirish uchun keng ko‘lamli dasturlar ishlab chiqilgan. “Yangi
O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”da ham yashil energiya tarmoqlarini kengaytirish,
xususan quyosh panellari ishlab chiqarish va ulardan foydalanish ko‘lami oshirilishi belgilangan.

Shuningdek, BMT Taraqqiyot Dasturi va boshqa xalqaro tashkilotlar tomonidan

O‘zbekistonda yashil energetika va energiya samaradorligini rivojlantirishga doir qator
tashabbuslar qo‘llab-quvvatlanmoqda .

Bularning barchasi mamlakatimizning barqaror va toza energiya tizimiga o‘tish yo‘lidagi

ishonchli qadami bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu maqolada aynan O‘zbekistonda quyosh panellari
texnologiyasining hozirgi holati, davlat siyosati, istiqbollari va muammolari tahlil qilinadi[2].

II. Quyosh panellari taraqqiyoti: tarixiy bosqichlar va muhim yutuqlar.

Maʼlumotlarga qaraganda, quyosh batareyalari, yaʼni yorugʻlikni elektrga aylantirish

dastlab fransuz fizigi Aleksandr Edmond Bekerel tomonidan 1842-yilda kashf etilgan. 1883-
yilda amerikalik ixtirochi Charlz Fritts oftob nurini elektrga aylantirish uchun kimyoviy unsur —
selendan foydalanishni taklif qildi. Selen asos boʻlgan qurilmaning usti oʻta yupqa oltin bilan
qoplandi. 1984-yilda dunyoda dastlabki quyosh batareyasi Nyu-Yorkdagi binolardan birining
tomiga oʻrnatildi.

1948-yilga kelib “Bell Laboratories” firmasi tomonidan elektr tokini ishlab chiqarishga

moʻljallangan birinchi quyosh batareyalari yaratilgani eʼlon qilindi. 10 yildan soʻng, yaʼni 1958-
yil 17-martda AQSHda quyosh panellaridan foydalanadigan sunʼiy yoʻldosh — “Vanguard I”
fazoga koʻtarildi. 1958-yil 15-mayda sobiq ittifoq ham shunday qurilmalar bilan ishlaydigan
“Sputnik-3” sunʼiy yoʻldoshini uchirdi.

1963-yilda Yaponiyaning “Sharp” kompaniyasi sanoat asosidagi quyosh batareyalarini

ishlab chiqarishga oʻtishi bilan undan nainki kosmos sohasida, balki oddiy isteʼmolchilarning
foydalanishlari uchun ham yoʻl ochildi. Oradan yigirma yil oʻtib, AQSHning “Pacific Gas &
Electric” konserni markazlashgan tarmoq orqali 500 kVt yetkazib beradigan ilk elektr
stansiyasini ishga tushirdi.

2010-yilda jahon boʻyicha muqobil energiya ishlab chiqarish 10 ming megavattni tashkil

etib, 1984-yildagi 1 megavattga nisbatan oʻn ming baravar ortgan boʻlsa, 2020-yilga kelib bu
miqdor 206 ming megavattga yetdi.

Ayni kezda quyosh nuri energiyasini elektr energiyasiga aylantiruvchi qurilmalar yildan-

yilga takomillashib bormoqda. Misol uchun, 2009-yilda ishlab chiqarilgan quyosh panelidan
samarali foydalanish koeffitsiyenti 39 foiz boʻlsa, 2019-yildan ularning samaradorligi 66 foizdan
ortdi [3].


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1582

Quyosh panellarini o‘rnatish zamonaviy energiya tizimlarida muhim ahamiyatga ega

bo‘lib, ekologik toza va qayta tiklanuvchi energiya manbaini ta’minlaydi.Quyosh panellari
texnologiyasi turlicha bo‘lib, ular samaradorligi, narxi va qo‘llanilishiga qarab bir-biridan farq
qiladi. Quyida quyosh panellarining asosiy turlari keltirilgan (1-rasm):

1-rasm. Quyosh panellarining asosiy turlari [4]

III. O‘zbekistonda quyosh energiyasining amaliy rivoji.

So‘nggi yillarda quyosh energiyasiga asoslangan elektr stansiyalarini qurish ishlari

faollashdi. Xususan, 2021–2023-yillar oralig‘ida 9 ta quyosh va 1 ta shamol elektr stansiyasi
ishga tushirilgan bo‘lib, ularning umumiy quvvati 2,5 GVt dan oshgan. Davlat tomonidan
muqobil energiya manbalariga investitsiyalar jalb etilmoqda va xalqaro kompaniyalar bilan
hamkorlikda yirik loyihalar amalga oshirilmoqda. Masalan, “Masdar”, “ACWA Power” kabi
xorijiy kompaniyalar bilan birgalikda quyosh stansiyalari qurilmoqda. Respublikada joylashgan
ayrim hududlarda quyosh panellari yordamida mahalliy ehtiyojlar to‘liq qondirilmoqda.
Aholining ushbu texnologiyaga qiziqishi ortib, ko‘plab fuqarolar o‘z xonadonlariga quyosh
panellari o‘rnatmoqda [5].

O‘zbekistonda quyosh energiyasini rivojlantirish davlat siyosatining muhim

yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Mamlakatda quyosh panellarini keng joriy etish bo‘yicha
maxsus dasturlar ishlab chiqilgan va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari yo‘lga
qo‘yilgan.

Jumladan, “Quyoshli xonadon” dasturi orqali aholi tomonidan ishlab chiqarilgan elektr

energiyasi uchun subsidiya ajratilmoqda. 2024-yilda 10 826 nafar fuqaro o‘z xonadoniga quyosh
panellari o‘rnatib, tarmoqqa energiya sotgan holda 12,18 milliard so‘m subsidiya oldi. Bu
ko‘rsatkich sohaning kengayib borayotganini va amaliy natija berayotganini tasdiqlaydi. Quyosh
panellari nafaqat sanoat, balki uy xo‘jaliklarida ham tobora keng qo‘llanilmoqda [6].

Hukumat tomonidan quyosh panellari xaridi uchun qulay kreditlar taklif qilinmoqda.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1583

Masalan, “Hamkorbank” orqali 75 million so‘mgacha, 3 yilgacha muddatga kredit olish

imkoniyati mavjud. Yana bir misol, “Ipoteka Bank” tomonidan 90 million so‘mgacha, 5 yilgacha
muddat bilan 15% yillik stavkada kredit ajratilmoqda. Ushbu kreditlar orqali aholining qayta
tiklanuvchi energiya manbalariga bo‘lgan kirish imkoniyati kengaymoqda.

Davlat soliq imtiyozlari orqali ham quyosh panellarini o‘rnatishni rag‘batlantirmoqda.
Jumladan, ayrim holatlarda mulk va yer solig‘idan ozod qilish ko‘zda tutilgan. Bularning

barchasi O‘zbekistonda yashil energetikaga o‘tishni tezlashtirishga xizmat qilmoqda.

Davlat tomonidan “Quyosh energiyasi” sohasiga yillik asosda sarmoya ajratilmoqda (2-

rasm) [7].

2-rasm. Quyosh energiyasi loyihalariga davlat sarmoyasi (yillik taqqoslama)

O‘zbekistonda Quyosh va Shamol elektr stansiyalari faoliyati

2025-yil 12-may holatiga ko‘ra (1-jadval)

Ko‘rsatkichlar

Miqdor / Ma’lumotlar

Umumiy ishlab chiqarilgan

energiya

3 milliard kVt·soat

- Quyosh elektr stansiyalari

1 milliard 776,3 million kVt·soat

- Shamol elektr stansiyalari

1 milliard 223,7 million kVt·soat

Elektr stansiyalari soni

11 ta quyosh, 3 ta shamol

Jami quvvat

4067 MVt

Hududlar qamrovi

10 ta viloyat

Tejalgan tabiiy gaz

900 million m³

Oldi olingan karbonat angidrid

chiqishi

1710000 tonna

Oldi olingan azot oksidi chiqishi

1710 tonna

2025-yil 12-aprel holatida ishlab

chiqarilgan energiya

2 milliard kVt·soat

Bir oy ichidagi o‘sish

~1 milliard kVt·soat

Bu ko‘rsatkichlar O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ahamiyatini

va ularning ekologik foydasini yaqqol namoyon etadi. Energetika vazirligi tomonidan berilgan
ma'lumotlarga ko‘ra, bu yutuqlar mamlakatning yashil energetika sohasidagi strategik


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1584

maqsadlariga erishishda muhim qadam hisoblanadi. Kelgusida quyosh va shamol energiyasi
ulushini yanada oshirish rejalashtirilmoqda. Bu esa O‘zbekistonning energiya xavfsizligini
ta'minlash va ekologik muhitni yaxshilashga xizmat qiladi [8].

IV. Yashil energetikaning istiqbollari va barqaror taraqqiyotga ta’siri

O‘zbekistonda Yashil energetika tarkibidagi quyosh energiyasi ulushining yillar bo‘yicha

o’sish prognozli dinamikasi quyidagicha ifodalanadi (3-rasm).

0

5

10

15

20

25

2024

2025

2026

2027

2028

2029

2030

2031

F

o

izl

ar

da

(%

)

Yillar (2025-2030)

Quyosh energiyasining Yashil energetikadagi

ulushi , (%)

Foizlarda (%)

2-rasm. Yashil energetikaga o‘tish istiqbollari (2025–2030-yillar prognozi)

Yashil energetika nafaqat energiya ta’minotini diversifikatsiya qilish ya`ni energiya

ta’minotini oshirish, balki atrof-muhitni asrash, havo ifloslanishini kamaytirish, va yangi ish
o‘rinlari yaratishda ham muhim omil hisoblanadi. Bundan tashqari, quyosh panellarining
texnologik takomillashuvi ularning samaradorligini oshirib, narxini pasaytirmoqda. Bu esa aholi
va tadbirkorlar uchun yanada jozibador bo‘lmoqda. Hukumat tomonidan berilayotgan subsidiya,
kredit va soliq imtiyozlari orqali ushbu o‘tish tezlashtirilmoqda. Uzoq muddatda yashil
energetikaga o‘tish O‘zbekiston iqtisodiyotini barqaror va ekologik toza yo‘lga olib chiqishga
xizmat qiladi [9].

V. O‘zbekiston Respublikasida Quyosh energiyasidan foydalanish ahamiyati va

uning barqaror taraqqiyotga ta’sirining

tahlili

Quyosh energiyasidan foydalanish O‘zbekiston uchun nafaqat ekologik, balki iqtisodiy

jihatdan ham katta imkoniyatlar yaratadi. Ayni paytda quyosh panellari texnologiyasi borgan sari
arzonlashib, ommalashmoqda, biroq u hali barcha aholiga birdek yetib borgan emas. Xususan,
quyosh panellarini kengroq joriy etish uchun har bir viloyatda axborot-ma’rifat markazlari
ochilishi kerak. Aholining texnik savodxonligini oshirish orqali quyosh energiyasidan
foydalanish samaradorligini ko‘paytirish mumkin. Shuningdek, talabalar va yosh olimlar
ishtirokida kichik quyosh tizimlarini loyihalash va sinovdan o‘tkazish bo‘yicha grantlar ajratilsa,
bu ilmiy-amaliy izlanishlarni rag‘batlantirgan bo‘lardi. Viloyatlarda mahalliy ishlab
chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlab, quyosh panellarini mahalliylashtirish darajasini oshirish
taklif etiladi. Shu orqali narxlar pasayadi va texnik xizmat ko‘rsatish osonlashadi. Shu bilan


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1585

birga, quyosh energiyasini saqlovchi akkumulyator tizimlari haqida ham targ‘ibot kuchaytirilsa,
kechki vaqtlarda ham bu energiyadan foydalanish imkoniyati oshadi.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonda quyosh energiyasidan foydalanish istiqbollari

nihoyatda keng va umidbaxshdir. Mamlakatning geografik joylashuvi, iqlim sharoiti va quyoshli
kunlar sonining ko‘pligi tabiiy ustunliklar yaratadi. So‘nggi yillarda davlat tomonidan qayta
tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Quyosh panellari
orqali energiya ishlab chiqarish nafaqat ekologik toza, balki uzoq muddatda iqtisodiy jihatdan
ham foydali hisoblanadi.

Qabul qilingan davlat dasturlari, subsidiya va kreditlar aholini ushbu texnologiyaga jalb

qilishda muhim vosita bo‘lmoqda. Shu bilan birga, xususiy sektor va xorijiy investorlar
ishtirokida amalga oshirilayotgan yirik loyihalar sohaning barqaror rivojlanishiga xizmat
qilmoqda. Aholi orasida ham ekologik ong shakllanib borayotgani quvonarli holatdir. Biroq hali
bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar ko‘p: texnologik bilimlarning kengaytirilishi, mahalliy ishlab
chiqarishning rivoji, ta’lim tizimiga yashil energetika bo‘yicha maxsus kurslarning kiritilishi
shular jumlasidandir. Shuningdek, energiyani saqlash va tejash texnologiyalarini rivojlantirish
ham dolzarb masala bo‘lib qolmoqda.

Kelajakda Respublikada Quyosh energiyasidan foydalanishda o‘zining energetika

tizimini takomillashtirishi va rivojlangan davlatlardan bizning ob-havomizga mos keladigan
andozalar olib unga ishlov berishi lozim. Buning oqibatida, ekologik toza va barqaror energiya
manbalariga asoslangan davlatga aylanishi mumkin. Bu esa nafaqat iqtisodiy rivojlanishga, balki
sog‘lom ekologik muhit shakllanishiga ham zamin yaratadi.


REFERENCES

1.

Sh.B.To’xtayev, Z.N.Soliyeva, Sh.N.Nematov, N.N.Sadullayev. O’zbekistonda quyosh
energiyasidan foydalanish istiqbollari . JOURNAL OF INTERNATIONAL SCIENTIFIC
RESEARCH . 2024-yil , V-1, I-5 .

2.

Gazeta.uz – 2023-yilda O‘zbekistonda 2000 MVt quyosh va shamol stansiyalari ishga
tushiriladi. 2023.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/06/05/green-energy/

.

3.

UNDP Uzbekistan – O‘zbekistonda yashil energetikani rivojlantirish bo‘yicha hisobot,
2024.

https://www.uz.undp.org/uz/news/green-transition

.

4.

Z.I. Bobopirovna. Quyosh panellarini o'rnatishning samaradorligi. ‘‘SCIENCE AND
EDUCATION ’’ SCIENTIFIC JOURNAL . 2024-yil, V-5, I-12.

5.

Yuz.uz – Yashil energetika istiqbollari, 2024.

https://yuz.uz/uz/news/yashil-energetika-

istiqbollari

.

6.

Spot.uz–Fuqarolarga subsidiya

ajratilishi

haqida

.

2024.

https://www.spot.uz/oz/2025/01/29/solar-energy/

.

7.

Depozit.uz

Quyosh

panellari

uchun

bank

kreditlari.

2024.

https://depozit.uz/news/quyosh-panellari-va-qayta-tiklanuvchi-energiya-manbai-
vositalari-sotib-olish-uchun-kreditlar


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1586

8.

https://yuz.uz/uz/news/yil-boshidan-buyon-quyosh-va-shamol-elektr-stantsiyalari-
tomonidan-ishlab-chiqarilgan-elektr-energiyasi-3-mlrd-kvtsoatga-etdi--energetika-
vazirligi

.

9.

UNDP

Uzbekistan

O‘zbekistonda

yashil

iqtisodiyot

loyihalari,

2024.

https://www.uz.undp.org/uz/news/green-transition

.


References

Sh.B.To’xtayev, Z.N.Soliyeva, Sh.N.Nematov, N.N.Sadullayev. O’zbekistonda quyosh energiyasidan foydalanish istiqbollari . JOURNAL OF INTERNATIONAL SCIENTIFIC RESEARCH . 2024-yil , V-1, I-5 .

Gazeta.uz – 2023-yilda O‘zbekistonda 2000 MVt quyosh va shamol stansiyalari ishga tushiriladi. 2023. https://www.gazeta.uz/oz/2023/06/05/green-energy/.

UNDP Uzbekistan – O‘zbekistonda yashil energetikani rivojlantirish bo‘yicha hisobot, 2024. https://www.uz.undp.org/uz/news/green-transition.

Z.I. Bobopirovna. Quyosh panellarini o'rnatishning samaradorligi. ‘‘SCIENCE AND EDUCATION ’’ SCIENTIFIC JOURNAL . 2024-yil, V-5, I-12.

Yuz.uz – Yashil energetika istiqbollari, 2024. https://yuz.uz/uz/news/yashil-energetika-istiqbollari.

Spot.uz–Fuqarolarga subsidiya ajratilishi haqida . 2024. https://www.spot.uz/oz/2025/01/29/solar-energy/.

UNDP Uzbekistan – O‘zbekistonda yashil iqtisodiyot loyihalari, 2024. https://www.uz.undp.org/uz/news/green-transition.