ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
26
XIZMAT KO'RSATISH SOHASIDA RAQOBATBARDOSHLIKNI MARKETING
STRATEGIYALARI
Ashurova Parvina Aliyevna
Toshkent Moliya instituti Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo'yicha)
I -5"k" guruh magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.7997926
Annotatsiya.
Ushbu maqolada xizmat ko'rsatish sohasida raqobatbardoshlikni marketing
strategiyalari hamda xizmat ko‘rsatish korxonalarida resurslardan samarali foydalanish yo‘llari,
xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish manbalari va
omillari,
samaradorlikni
tahlil
qilishda
uning
unumdorlik
bilan
o‘zaro aloqadorligini baholash, xizmat ko‘rsatish
tarmoqlarini rivojlantirish, tarmoqlarida iqtisodiy o‘sish sur’atining dinamikasini hamda
xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini samarali rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari tadqiq
qilingan.
Kalit so‘zlar:
xizmat ko‘rsatish sohasi, xizmat ko‘rsatish jarayoni, samaradorlik,
mehnat unumdorligi, iqtisodiy o‘sish, asosiy fondlar, bandlar, ichki omillar, tashqi omillar,
iste’molchilar, raqobat.
MARKETING STRATEGIES OF COMPETITIVENESS IN THE SERVICE
FIELD
Abstract.
In this article, marketing strategies of competitiveness in the service sector and
ways of effective use of resources in service enterprises, sources and factors of service efficiency
improvement, evaluation of its interrelationship with productivity in the analysis of efficiency,
service networks the dynamics of the economic growth rate in development sectors and specific
features of effective development of service sectors were studied.
Key words:
service industry, service process, efficiency, labor productivity, economic
growth, fixed assets, employment, internal factors, external factors, consumers, competition.
МАРКЕТИНГОВЫЕ СТРАТЕГИИ КОНКУРЕНТОСПОСОБНОСТИ В
СФЕРЕ УСЛУГ
Аннотация.
В данной статье маркетинговые стратегии конкурентоспособности
в сфере услуг и способы эффективного использования ресурсов на предприятиях сферы
услуг, источники и факторы повышения эффективности услуг, оценка ее взаимосвязи с
производительностью при анализе эффективности, сервисные сети динамика
экономического изучены темпы роста в секторах развития и особенности эффективного
развития секторов услуг.
Ключевые
слова:
сфера
услуг,
сервисный
процесс,
эффективность,
производительность труда, экономический рост, основные фонды, занятость,
внутренние факторы, внешние факторы, потребители, конкуренция.
Iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishi sharoitida xizmat ko‘rsatish korxonalari
resurslardan oqilona foydalanish yo‘llarini aniqlovchi vosita sifatida ishlab chiqarish (xizmat
ko‘rsatish) samaradorligini oshirishning manbalari va omillarini tadqiq etish muhim hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar milliy iqtisodiyotning
samarali rivojlanishiga qaratilishi zarur. Bunda xizmat ko‘rsatish sohasini samarali rivojlantirish
aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirishni hamda ularning turli xil talablarini to‘liq
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
27
qondirishni nazarda tutadi. Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlar milliy iqtisodiyot
samaradorligini oshirishga qaratilishi lozim. Uning tarkibiy qismi bo‘lib hisoblangan
xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish aholini xizmat sifatini oshirish uning turli xildagi
talablarini qondirish muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.
Xizmat ko’rsatish sohalarining mamlakatimiz ijtimoiy
–iqtisodiy taraqqiyotiga
tasirini har tomonlama chuqur o’rganish va uni intensive rivojlantirishning aniq yo’llarini
izlab toppish muhim ahamaiyatga egadir. Bu borada mamlakatimiz prezidenti Sh.M.Mirziyoyev
tomonidan – “Sanoat, qishloq xo’jaligi, capital qurilish, transport-komunikatsiya, servis va
xizmat ko’rsatish sohalarida salmoqli yutuqlar qo’lga kiritildi” – deya ta’kidlandi.
Bundan tashqari O’zbekiston respublikasi prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi
“O’zbekiston respublikasini yanada rivojlantirish borasidagi taraqqiyot stratigiyasi tug’risida”gi
farmonida ham mamlakatimizda xizmat ko’rsatish sohalarini rivojlantirishning ustuvor
yo’nalishlari belgilab berilgan. Prezidentimiz kelgusi besh yil ichida yalpi ichki mahsulot
hajmini 100 mlrd dollarga yetkazish vazifasini qo‘ygan, xuddi shu davrda mamlakatimiz
iqtisodiyotiga 120 mlrd dollar jalb etilishi, shu jumladan, 70 mlrd dollar xorijiy sarmoya va
yillik eksport hajmini 30 mlrd dollarga yetkazish, sanoat ishlab chiqarishini 1,4 barobarga
oshirish, kambag‘allikni hech bo‘lmaganda kamaytirish ko‘zda tutilgan.
Xizmat ko’rsatish jarayoni ishlab chiqarish jarayoning ajralmas qismi va muhim
yo’nalishidir. Shuning uchun ham dunyoning ko’pgina mamlakatlarida xizmat ko’rsatish
sohalarini jadal rivojlantirish evaziga yalpi ichki va qo’shimcha mahsulot hajmini
ko’paytirish, tarkibini takomillashtirish, aholining turmush darajasini oshirishga erishilmoqda.
Xizmat
ko‘rsatish
samaradorligini
tahlil
qilishda
uning unumdorlik bilan
o‘zaro aloqadorligini baholash muhim o‘ringa ega bo‘lib, bunda unumdorlik umumiy
samaradorlikni aniqlashda miqdoriy yondashuvni belgilovchi ko‘rsatkich hisoblanadi.
Xizmat ko‘rsatish tarmoqlarining kengayib borishi rivojlangan mamlakatlarning yalpi
ichki mahsulot tarkibini ham o‘zgarishiga o‘z ta’ sirini ko‘rsatmoqda. Bugungi kunda muayyan
davlatni rivojlangan davlatlar qatoriga qo‘shish uchun uning yalpi ichki mahsulot tarkibida xizmat
ko‘rsatish sohasining ulushi 6570 foizdan yuqori bo‘lishi asosiy mezon hisoblanadi.
Respublikamiz iqtisodiyoti rivojlanishining bugungi kundagi bosqichida servis xizmatlari soni va
sifatiga qo‘yilayotgan talablar oshib bormoqda. Bu esa xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida
iqtisodiy o‘sishning omillarini aniqlash hamda iqtisodiy samaradorlikka erishishni zarurat etadi.
Shuningdek, xizmat ko‘rsatish korxonalarining milliy va xalqaro bozorlardagi mavqei va
raqobatbardoshligini oshirish hamda xizmatlar sifatini oshirish hisobiga uning eksporti hajmini
ko‘paytirish sohada iqtisodiy o‘sishga erishishda muhim omil hisoblanadi.
Korxonalarda samaradorlikni tahlil qilishda uning unumdorlik bilan o‘zaro aloqadorligini
baholash muhim o‘ringa ega bo‘lib, bunda unumdorlik umumiy samaradorlikni
aniqlashda
miqdoriy yondashuvni belgilovchi ko‘rsatkich hisoblanadi.
Xizmat ko‘rsatish korxonalarida mehnat unumdorligini aniqlashda yaxlit soha bo‘yicha
yalpi mahsulot, ish bilan band bo‘lganlar soni ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi.
Hozirgi davrda mehnat unumdorligining yangi konsepsiyasi xarajatlarni kamaytirishga
asoslangan, vaqt jihatidan kengayib boradigan samarali va doimiy imkoniyatlarga ega bo‘lgan
iqtisodiy resurslar tejamkorligini aynan o‘zi bo‘lmay, balki iste’mol jarayonida ishtirok etuvchi
insonning o‘zini rivojlanishidagi sifat o‘zgarishlardan iboratdir. Ushbu konsepsiyani amalga
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
28
oshirish ishlab chiqarishning muhim ekanligi bo‘yicha darajalashtirilgan. Istiqbolli ijtimoiy
ehtiyojlarga qaratishni taqozo etadi. Mehnat unumdorligini oshirish yalpi ichki mahsulot
dinamikasini aniqlash bilan birga, ishlab chiqarish chiqimlarini kamaytirish tamoyillariga
javob beradi va bu bilan bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruv jarayonining pirovard natijalar
mezoni bo‘lib xizmat qiladi. Xizmat ko‘rsatish sohasida mehnat unumdorligini oshishining
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanish mutanosibliklarini, ularning
bozordagi muvozanat shartlariga muvofiqligini nazorat qilish imkoniyatini beradi.
Respublikamiz xizmat ko‘rsatish sohasida iqtisodiy o‘sishning omilli tahlili shundan
dalolat bermoqdaki, ushbu sohada iqtisodiy o‘sishning intensiv omillari (mehnat unumdorligi
va fondlar qaytimining oshishi) ta’siri progressiv xizmatlar ko‘rsatishda yuqori bo‘lgan bo‘lsa,
sohada iqtisodiy o‘sishning ekstensiv omillari (sohada band bo‘lganlar soni va aso siy
fondlar qiymatini o‘sishi) ta’siri individual xizmatlar ko‘rsatishda yuqori bo‘lgan.
Iqtisodiyot soha va tarmoqlarida, xususan, xizmat ko‘rsatish sohasida samaradorlikni
aniqlash
kompleks
yondashuvni
zarurat
etadi
va
u
iqtisodiy ko‘rsatkichlarning
mutanosibligini talab qiladi. Bunday holat bevosita jahon amaliyotida tobora rivojlanib
bormokdaki, bu muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda.
Raqobat – iqtisodiy kategoriya sifatida bozor iqtisodiyotining va umuman tovar
xo’jaligining eng muhim belgisi, uni rivojlantirish vositasi, bozor mexanizmining asosiy tarkibiy
qismlaridan biri hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti o’zining yetuklik darajasi va rivojlanish
xususiyatlaridan qat’i nazar, raqobatning mavjud bo’lishini taqozo etadi. SHu bilan birga, bozor
iqtisodiyoti rivojlanib borishi bilan raqobatchilik munosabatlari ham takomillashib, o’z shakllarini
o’zgartirib boradi.
Raqobat – bozor sub’ektlari iqtisodiy manfaatlarining to’qnashishidan iborat bo’lib, ular
o’rtasidagi yuqori foyda va ko’proq naflilikka ega bo’lish uchun kurashni anglatadi.
REFERENCES
1.
Arabov N.U., Artikov Z.S. Servis korxonalarida xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish.
Inson kapitali va ijtimoiy rivojlanish jurnali//Samarqand, SamDU, № 1, 2021,
2.
Barinov N. A. Servis. OP. 2017.
3.
Beelev K.K korxonada muammolarni o'lchash xarajatlari va natijalari.
4.
Irkutsk, IGEA, 2019 yil. - b. 104.
5.
Vesnin V.R.. Xodimlarni boshqarish. Nazariya va amaliyot - m .: 2011.
6.
Erofeeva
A.P.
Xizmat
ko'rsatish
sohasi
korxonalarida
kadrlar menejmenti
tizimini modernizatsiya qilish. Iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasida dissertatsiya.
- Kiy Novgorod olib borildi: 2014 yil.
