Authors

  • Feruza Yuldosheva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.47888

Keywords:

marosim beshik to’yi folklor an’ana.

Abstract

Ushbu maqolada o’zbek xalqining bola tug’ilishi bilan bog’liq marosimlari yozilgan. Bolaga nom qo’yish, beshikka solish marosimlari xususida fikrlar keltirilgan.

background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


788

BOLA TUG’ILISHI BILAN BOG’LIQ MAROSIMLAR O’ZBEK XALQI HAYOTINING

AJRALMAS QISMI SIFATIDA

Yuldosheva Feruza Yashin qizi

Tarix va filologiya kafedrasi o’qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14205794

Annotatsiya. Ushbu maqolada o’zbek xalqining bola tug’ilishi bilan bog’liq marosimlari

yozilgan. Bolaga nom qo’yish, beshikka solish marosimlari xususida fikrlar keltirilgan.

Kalit so’zlar: marosim, beshik to’yi, folklor, an’ana.

CEREMONIES ASSOCIATED WITH THE BIRTH OF A CHILD ARE AN INTEGRAL

PART OF THE LIFE OF THE UZBEK PEOPLE.

Abstract. This article describes the rituals of the Uzbek people related to the birth of a

child. There are opinions about naming and cradling ceremonies.

Key words: ceremony, cradle wedding, folklore, tradition.

ОБРЯДЫ, СВЯЗАННЫЕ С РОЖДЕНИЕМ РЕБЕНКА, ЯВЛЯЮТСЯ

НЕОТЪЕМЛЕМОЙ ЧАСТЬЮ ЖИЗНИ УЗБЕКСКОГО НАРОДА.

Аннотация. В данной статье описаны обряды узбекского народа, связанные с

рождением ребенка. Существуют мнения по поводу обрядов наречения и укачивания.

Ключевые слова: обряд, колыбельная свадьба, фольклор, традиция.

Tarixan o‘zbek xalqi milliy urf-odat va an’analarga boy xalq hisoblanadi.Insoniyat

tomonidan qabul qilingan va ko’pchilik tomonidan ramziy tan olinib, bajariladigan amallar

marosimlardir. Marosim bir xalqni boshqa xalqdan farqlovchi etnografik jihatlardan biridir.

Marosim inson moddiy va ma’naviy turmushining talab va ehtiyoji bilan yuzaga kelgan va

keladigan tabiiy xatti-harakat, bezak (dekoratsiya) va tekstga ega bo’lgan hayotiy sahna asaridir.[

1

]

Turli millatlar, jumladan, o‘zbek xalqida ham bola dunyoga kelishi eng buyuk quvonch va

sharaf hisoblanadi. Bolaning tug‘ilishi ko‘pincha uy uchun katta xursandchilik va marosimlarga

sabab bo‘ladi. Ushbu marosimlar faqatgina an’anaviy qadriyatlarni saqlab qolish uchun emas,

balki oila va jamiyatning birligini mustahkamlash, insonlar o‘rtasidagi mehr-muhabbatni

ko‘rsatish uchun ham muhim sanaladi. Shuning uchun har bir marosim o‘ziga xos qoidalar va urf-

odatlarga ega. Oil ava oila bilan bog’liq marosimlar etnosga oid madaniy- maishiy an’analar

uzatuvchisi hamda davomchisi sanaladi[

2

].

1

Sarimsoqov B. O’zbek marosim folklori. Toshkent. “FAN” nashryoti 1986

2

Ashirov A. O’zbek xalqining qadimgi e’tiqod va marosimlari. T:. 2007


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


789

Adhamjon Ashirovning ilmiy ishlarida o‘zbek xalqining bola tug‘ilishiga oid marosimlari

haqida qimmatli ma’lumotlar keltirilgan. U xalq etnologiyasi va antropologiyasi sohasida keng

tadqiqotlar olib borib, milliy urf-odatlar, ayniqsa, tug‘ilish bilan bog‘liq odatlar haqida o‘z

tadqiqotlarida batafsil yoritgan. Ashirovning asarlarida yangi tug‘ilgan chaqaloqni "balo-

qazolardan asrash" maqsadida o‘tkaziladigan turli marosimlar va bu tadbirlarning qadimiy turkiy

totemistik qarashlar bilan bog‘liqligi haqida so‘z yuritiladi. Misol uchun, xalqimizda yangi

tug‘ilgan chaqaloqni bo‘ri totemi yordamida "himoyalash"ga oid qadimiy odatlar borligi qayd

etiladi. Bu odat, ayniqsa, Farg‘ona vodiysi hududlarida bugungi kunda ham uchraydi. Shuningdek,

Ashirov Farg‘ona vodiysida "Bo‘rimi yoki Tulkimi" iborasini ishlatish orqali chaqaloqning jinsini

aytish odati mavjudligini ham qayd etadi.

Bola tug’ilishi bilan bog’liq marosimlarni quyidagicha turkumlash mumkin.

1. Tug‘ilish xabari va xushxabar tarqatish

Bolalar tug‘ilishi bilan bog‘liq marosimlardan birinchisi - yangi tug‘ilgan bola haqida

xushxabar tarqatishdir. O‘sha kuni yaqinlar, qarindoshlar va qo‘shnilar to‘planib, oilaga tabriklar

izhor qiladilar. Ko‘pincha bu marosimda shirinliklar ulashiladi va bolaga yaxshi tilaklar bildiriladi.

2. Beshik To‘yi

O‘zbek milliy qadriyatlarida beshik to‘yi juda katta ahamiyatga ega. Beshik bola uchun

o‘ziga xos bir xilqi hisoblanadi va u bola parvarishiga oid ko‘plab qadriyatlarni ifoda etadi. Beshik

to‘yi ko‘pincha bola tug‘ilganidan so‘ng 7, 9 yoki 11 kun o‘tgach o‘tkaziladi. Ushbu marosimda

beshik, bola kiyim-kechaklari va zarur buyumlar hadya qilinadi, bolaning onasi va buvisi

tomonidan maxsus duolar o‘qiladi.

3. Chilla Marosimi

Yangi tug‘ilgan bola va onasiga to‘la parvarish va e’tibor qaratilishi uchun 40 kun chilla

saqlash marosimi bor. Bola chilla vaqtida toza muhitda va to‘g‘ri parvarish qilinadi. Chilla oxirida

bola va onasiga mo‘minlar tomonidan oq fotiha berilib, ularning sog‘ligi va baxtli hayot

kechirishlari tilanadi.

4. Ot qo‘yish marosimi

Bolaga ot qo‘yish ham juda muhim sanaladi. Ota-onalar bola tug‘ilishidan avvalroq ham

unga ismlarni tanlashadi va bu nomlar ko‘pincha tarixiy yoki diniy shaxslar, yaxshilik, omad va

qut-barakani anglatadigan so‘zlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Ismni qo‘yish uchun maxsus odam yoki

ota yoki ota-bobolar jalb etiladi va ular bolaning kelajagi yaxshi bo‘lishini tilab duo qilishadi.

5. Qurbonlik qilish marosimi

Ba’zi oila va jamiyatlarda yangi tug‘ilgan bola uchun qurbonlik qilish ham odatiy

marosimlardan biridir.


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


790

Bu marosim ko‘pincha bolaning sog‘lom va uzoq umr ko‘rishi, oilada baxt va to‘kin hayot

kechirishi uchun amalga oshiriladi. Qurbonlikni yaqinlar va ehtiyojmandlarga tarqatish orqali

o‘zaro ko‘mak va mehr ko‘rsatiladi.

Afg’oniston o’zbeklarida ham bola tug’ilishi bilan bog’liq marosimlarda o’ziga xoslik

mavjud. Bundan yigirma-o’ttiz yil oldin bola uyda dunyoga keltirilgan. Tug’ilgan chaqoloqni

kindigini doya yoki jarayonda qatnashgan tajribali ayol tomonidan kesilgan. Afg’on o’zbeklarida

chaqaloqqa nom qo’yish, tug’ilgach bir hafta o’tgach, yaqin qarindoshlar ishtrokida, chaqoloqning

qulog’iga azon aytib, “nomi falonchi bo’lsin” deyiladi. Chaqaloqlarga Boburiy hukmdorlar

nomlari va islomiy nomlar qo’yish an’anaga aylangan. Beshikka solish ayrim hududlarda qirq

kundan keyin, ayrim hududlarda esa suyagi qotgach, uch oylik bo’lgandan so’ngra amalga

oshiriladi. Beshikka bolani kayvoni ayol belaydi.

Bolani beshikka solish marosimi o‘zbek xalqining qadimiy va eng e’zozli an’analaridan

biridir. Bu marosim, ayniqsa, yangi tug‘ilgan chaqaloqning ilk marotaba beshikka yotqizilishi

munosabati bilan o‘tkaziladi. Beshikka solish marosimi bolaning kelajagiga farovonlik, sog‘lik,

uzoq umr va baxt tilashni ifodalaydi. Shuningdek, bu marosim orqali oila a’zolari va yaqinlar

bolaga oq fotiha beradi, ota-onaga esa bolani parvarishlash mas’uliyati berilganligini anglatadi.

Afg’on o’zbeklarida chaqoloqni beshikka solish marosimi quyidagicha o’tkaziladi:

Chaqaloqni beshikka belash jarayonida kayvoni ayol bolani qo’liga olaturib,turli usullar

bilan-bu yerga qo’yaymi? deb so’raydi.-yo’q,yo’q,yo’q deb javob berishadi.-Bu yerga qo’yaymi?-

ha,ha,ha.Kayvoni ayol bolani beshikka solib bog’laydi va shunday deydi:

-Kuchuk habalasa qo’rqmagin!

Pishak miyovlasa qo’qmagin!

Eshak hangrasa qo’qmagin!

Akalaring urushsa qo’rqmagin!

3

Beshik qadimdan o‘zbek oilalarida muhim ahamiyat kasb etgan. Bu faqat bolaning yotish

joyi emas, balki uning ilk hayotiy maskani, o‘ziga xos qo‘rg‘onidir. Beshik bolaning birinchi

harakatlaridan boshlab hayotga moslashishiga yordam beradi. Beshik ichida bola sokin uyquda

yotadi, bu esa uning jismoniy va ruhiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli,

beshikning o‘zini bezash, uning atrofiga to‘nlar, mo‘ynalar va turli shirinliklar joylash odati

mavjud.

Bolani beshikka solish marosimi Buxoroda odatda katta tantana bilan o‘tkaziladi. Bu

marosim jarayoni quyidagi asosiy qism va urf-odatlarni o‘z ichiga oladi:

3

Nazarov N. Afg’oniston o’zbeklari. Toshkent.: 2011 53-bet.


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


791

1. Beshikni tayyorlash – Beshik toza, qulay va farovon bo‘lishi uchun maxsus tayyorlanadi.

Odatda, marosimga chaqaloqning yaqinlari va qo‘shnilar taklif etiladi. Beshikni bezash va

unga maxsus qoplama matolar qo‘yish an’anasi ham mavjud.

2. Beshikka solish – Bolani beshikka solish vazifasi odatda hurmatli bir ayolga topshiriladi.

Bu ayol oila a’zolarining duosini olib, bolani beshikka joylashtiradi. Bolani beshikka solish

jarayonida bolaga alohida shirinliklar, qand-qurs yoki turli tilla buyumlar hadya qilinadi.

3. Qand-qurs va shirinliklar sepish – Marosimning ajralmas qismi bolaga qand-qurs yoki

boshqa shirinliklarni sepishdir. Bu holat, bolaning hayoti shirin va baxtli bo‘lishini tilash ramzi

sifatida qabul qilinadi.

4. Duo va oq fotiha berish – Beshikka solish jarayonida bolaga oq fotiha berilib, sog‘lom

va baxtli umr kechirishini tilab duo qilinadi. Marosimda qatnashganlar bola uchun farovonlik va

baxt tilashadi, va bu orqali bolaning kelajagiga nisbatan ijobiy niyatlarini bildiradilar.

5 Beshik to‘yni nishonlash – Marosim so‘nggida oilaviy to‘y o‘tkaziladi, bunda yaqinlar

va do‘stlar yig‘ilib, marosimni tantana bilan nishonlaydi. Bu to‘y o‘ziga xos oila bayrami

hisoblanadi, unda qo‘shnilar, qarindoshlar yig‘ilib, bolaning kelajagi uchun xursandchilik

qilishadi.

4

Beshikka solish marosimining tarbiyaviy va ma’naviy ahamiyati katta.Beshikka solish

marosimi nafaqat diniy, balki tarbiyaviy ahamiyatga ham ega. Marosim orqali ota-onalar va

jamiyat bola tarbiyasi va unga mehr berishning ahamiyatini anglaydilar. Shuningdek, bu marosim

bolaga bir umr o‘zi uchun zarur bo‘lgan qadriyatlar va an’analarni o‘zlashtirishni anglatadi.

REFERENCES

1.

Ashirov A. O’zbek xalqining qadimgi e’tiqod va marosimlari. T.: 2007

2.

Qurbonov, A. O‘zbek xalqining urf-odatlari va an’analari. Toshkent: Adabiyot, 2008. Kitob

o‘zbek xalqining turli an’ana va marosimlariga oid turli maqolalar va ma’lumotlarni o‘z ichiga

oladi.

3.

Nazarov N. Afg’oniston o’zbeklari. Toshkent.:2011

4.

Islomov, M. O‘zbek xalq urf-odatlari: tarixi va buguni. Toshkent: Ma’naviyat, 2005.

5.

Sarimsoqov B. O’zbek marosim folklori. Toshkent. “FAN” nashryoti.1986

4

Dala tadqiqoti manbasi:Buxoro viloyatida yashovchi Mavlonova Risolat momodan yozib olingan

References

Ashirov A. O’zbek xalqining qadimgi e’tiqod va marosimlari. T.: 2007

Qurbonov, A. O‘zbek xalqining urf-odatlari va an’analari. Toshkent: Adabiyot, 2008. Kitob o‘zbek xalqining turli an’ana va marosimlariga oid turli maqolalar va ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.

Nazarov N. Afg’oniston o’zbeklari. Toshkent.:2011

Islomov, M. O‘zbek xalq urf-odatlari: tarixi va buguni. Toshkent: Ma’naviyat, 2005.

Sarimsoqov B. O’zbek marosim folklori. Toshkent. “FAN” nashryoti.1986

Most read articles by the same author(s)

Feruza Yuldosheva, ZARDUSHTIYLIK DINI MAROSIMLARI HAQIDA , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 2 (2025): Modern science and research

Mehriddin Haqqulov, Mohlaroyim Yarashova, Feruza Yuldosheva, ТARIXIY KARTOGRAFIYANING ASOSIY YO‘NALISHLARI, SHAKLLANISHI VA TARAQQIYOTI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 2 (2025): Modern science and research

Feruza Yuldosheva, MIRZO ULUG’BEK KUTUBXONASI VA BUGUNGI TAQDIRI , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 12 (2024): Modern science and research

Mohlaroyim Yarashova, Bekali Muyiddinov, Feruza Yuldosheva, TADQIQOTLARDA MANBALARNI O’RGANISH: ANIQLASH, TIKLASH, TAHLIL QILISHNING AHAMIYATI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 5 (2025): Modern science and research

Mohlaroyim Yarashova, Feruza Yuldosheva, Mehriddin Haqqulov, TA’LIM OLISH TARTIBI: YANGILANISH VA O’ZGARISHLAR. MASOFAVIY, DUAL VA INKLYUZIV TA’LIM. , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 2 (2025): Modern science and research

Feruza Yuldosheva, Fotima Abdilhamidova , AMIR TEMUR VA UNING DAVRIDA MADANIYAT SOHASIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 3 (2025): Modern science and research

Feruza Yuldosheva, Bekali Muyiddinov, Umid Xayrullayev, AMIR TEMUR VORISLARI: SIYOSIY, HARBIY VA MADANIY MEROSNING DAVOMIYLIGI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 4 (2025): Modern science and research

Mohlaroyim Yarashova, Feruza Yuldosheva, Umidjon Xayrullayev, IJTIMOIY TARMOQLARNING MEDIA MAKONDAGI O‘RNI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 5 (2025): Modern science and research

Feruza Yuldosheva, Mehriddin Haqqulov, Mohlaroyim Yarashova, QADIMGI TURKIY XALQLARDA “QUT” MAROSIMI XUSUSIDA. , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 3 (2025): Modern science and research

Feruza Yuldosheva, IKKINCHI JAHON URUSHIDA O'ZBEKISTONNING QO'SHGAN HISSASI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 4 (2025): Modern science and research

1 2 3 > >>