220
Issue 14(49), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
EKOLOGIK MUAMMOLARNI BARATAF ETISHDA DAVLAT
SIYОSATINING
AHAMIYАTI
Dadaboyeva Madina
Qo‘qon
universiteti BT
yo‘nalishi
2-kurs talabasi
Annotatsiya:
Maqolada
O‘zbekistonda
ekologik barqarorlikni
ta’minlash
borasida amalga oshirilayotgan ishlar, ularning natijalari va boshqa masalalarda fikr
yuritiladi.
Kalit
so‘zlar:
Ekologiya,
“O‘zbekiston
Qizil
Kitobi”,
Milliy strategiya, islom
madaniyati, EKOSAN, ekologik baraqarorlik.
Hozirgi kunga kelib yurtimizda xamda dunyoda ekologiyani asrab-avaylash,
atrof-muhit ozodaligini asrash masalalariga katta
e’tibor
berib kelinmoqda. Dunyoda
ko‘plab
ekologik muammolar mavjud.
O‘zbekistonning
eng katta ekologik
muammosi esa Orol dengizining qurib borishi hisoblanadi. Tan olish lozim Orol
dengizining ekologik falokat hududi nafaqat
O‘zbekiston
balki,
Qozog‘iston,
Turkmanistonni ham qamrab oladi. Bu kabi muammolar xajmi va
ko‘lami
ortib
borganidan Qizil Kitobga kiritiladigan
o‘simlik
va hayvon turlari ham ortib
bormoqda. Ayni vaqtda
O‘zbekistonda
301
o‘simlik
va 184 ta hayvon turi
“O‘zbekiston
Qizil
Kitobi”ga
kiritilgan. Aynan ular mamlakatdagi ekologik
barqarorlikni
ta’minlashda
muhim
o‘ringa
ega. Bu borada fikrimizcha davlat siyosati
muhim ahamiyatga ega.
Ekologik barqarorlikni
ta’minlash
uchun
O‘zbekiston
hukumati bir qator
strategik dasturlarni ishlab chiqqan. Xususan,
O‘zbekiston
Respublikasi atrof-muhit
gigienasi
bo‘yicha
milliy harakat dasturi, biologik rang-baranglikni saqlash
bo‘yicha
Milliy strategiya va Harakat rejasi,
Qurg‘oqchilik
va
cho‘lga
aylanishga qarshi kurash
bo‘yicha
Milliy harakat dasturi, Atrof-muhit muhofazasi
bo‘yicha
Milliy harakat
dasturi kabi bir qator rejalar qabul qilingan
bo‘lib,
ular asosida yurtimiz ekologiyasini
asrab-avaylash borasida qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekistoning
bu kabi xayrli tashabbuslarini xalqaro tashkilotlar ham
qo‘llab
quvvatlab kelmoqda. Jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti agentliklari tizimi
ham
O‘zbekistonning
tabiiy zahiralarini barqaror rivojlantirish maqsadida atrof-
muhitdan foydalanishni samarali boshqarishga va uni muhofaza qilishga qaratilgan
sa’y
-harakatlarni bir qator loyihalar orqali
qo‘llab
-quvvatlab kelmoqda.
221
Issue 14(49), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
E’tirof
etish joiz aholini toza ichimlik suvi bilan
ta’minlash
maqsadida
O‘zbekiston
hukumati ekologik muammolarni hal etishga
yo‘naltirilgan
qator
strategik hujjatlarni ishlab chiqqan. 2000-2010-yillarga
mo‘ljallangan
davrda qishloq
aholisini ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan
ta’minlash
davlat dasturi bu borada muhim
amaliy ahamiyatga ega.
Ushbu maqsadlar
yo‘lida
ham Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimi agentliklari
va boshqa xalqaro tashkilotlar suv zahiralaridan unumli foydalanishda
O‘zbekiston
bilan
faol
hamkorlik
qilib
kelmoqda.
Ushbu xamkorliklar doirasida ilmiy jamoatchilikning ishtiroki bor albatta. Xususan
«EKOSAN»
xalqaro tashkiloti,
O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
huzuridagi Din ishlari
bo‘yicha
qo‘mitasi
va oliy
ta’lim
muassalari hamkorligida
konferensiyalar tashkil etilib kelinmoqda.
Hozirgi vaqtda ekologik muammolarni tadqiq etishga qiziqish ortib bormoqda.
Ekologiya ilmiy tadqiqot ishlarida bir qancha uslublardan foydalanadi. Ularning keng
tarqalgani quyidagilar:
1. Tasviriy.
2. Taqqoslash.
3. Tajriba.
4. Modellashtirish.
Tasviriy taqqoslash va tajriba uslublari deyarli barcha biologik fanlarda
foydalaniladi. Ammo modellashtirish yangi rivojlanayotgan uslublardan hisoblanadi.
Fan texnika sohasida
ro‘y
bergan inqilobiy
o‘zgarishlar
va sanoat va transportning tez
o‘sishi,
aholining
ko‘payib
borishi, urbanizatsiya xodisasi, shaharlarning kengaya
borishi, shaharlar
ta’sirining
orta borishi, qishloq
xo‘jaligida
kimyolashtirishning
kuchli
ta’siri
va boshqa hollar, bir tomondan tabiiy resurslardan
ko‘proq
foydalanishga olib kelsa, ikkinchi tomondan atrof muhitga salbiy
ta’sirlarini
ortishiga
olib keladi.
Natijada tabiiy resurslarning miqdori va sifatiga putur eta boshladi. Bunday
munosabatni bartaraf etish hozirgi kunda yekologiya oldiga
qo‘yilgan
birdan-bir
dolzarb muammodir. Bu muhim masalani hal etishning amaliy va ilmiy asosiy-
tabiatni muhofaza qilishdir.
Xulosa
o‘rnida
aytish mumkinki, ekologik baraqarorlikni
ta’minlash,
bu
boradagi ishlarni muvofiqlashtirish xamda ularning natijadorligini oshirishda davlat
idoralari va siyosatining
o‘rni
kattadir. Zero davlat siyosati mamlakatdagi ekologik
barqarorlikni saqlab qolish va aholiga munosib turmush tarzini yaratishda muhim
ahamiyatga ega.
222
Issue 14(49), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Foydalanilgan adabiyotlar
ro‘yhati:
1.
Rasulov D. Ekologik madaniyat istiqbollari // Tafakkur, 2000, 4- son, -
B.86.
2.
Saidova U.G. Ekologik madaniyat tarixi va uning rivojlanish bosqichlari,
Diss. Falsafa fan. nom. Toshkent: 2008.
3.
Usmonov E,
Qo‘lyozma
manbalar va ekologik tarbiya // Tafakkur, 2010, 3-
son, -B.68-71.
