Авторы

  • Авазбек Ахмаджонов
  • Гульасал Султонова

Биографии авторов

  • Авазбек Ахмаджонов
    Qo’qon Universiteti Ijtimoiy fanlar kafedrasi o’qituvchisi Qo’qon Davlat universiteti 2-kurs doktoranti
  • Гульасал Султонова
    Qo‘qon universiteti Xorijiy til va adabiyoti yo‘nalishi 4-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-shine.127629

Аннотация

Leksik sath birliklari tilshunoslikning asosiy tadqiqot yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, ularning pedagogik hamda ingliz tili ta’limidagi o‘rni muhimdir. Ushbu maqolada leksik birliklarning ta’lim jarayonida o‘quvchilar til kompetensiyasini shakllantirish va boyitishdagi ahamiyati, ulardan samarali foydalanish strategiyalari muhokama qilinadi.


background image

114

Issue 16(51), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.06.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

LEKSIK SATH BIRLIKLARINING TILSHUNOSLIKDA TUTGAN O

RNI:

PEDAGOGIK VA INGLIZ TILI TA

LIMIDAGI AHAMIYATI

THE ROLE OF LEXICAL LEVEL UNITS IN LINGUISTICS

Axmadjonov Avazbek

Qo’qon Universiteti Ijtimoiy fanlar kafedrasi o’qituvchisi

Qo’qon

Davlat universiteti 2-kurs doktoranti

e-mail:

aaxmadjonov77@gmail.com

Sultonova Gulasal Adhamjon qizi

Qo‘qon universiteti

Xorijiy til va adabiyoti yo‘nalishi

4-bosqich talabasi

e-mail:

gulasalsultonova03@gmail.com


Annotatsiya.

Leksik sath birliklari tilshunoslikning asosiy tadqiqot

yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, ularning pedagogik hamda ingliz tili ta’limidagi o‘rni
muhimdir. Ushbu maqolada leksik birliklarning ta’lim jarayonida o‘quvchilar til

kompetensiyasini shakllantirish va boyitishdagi ahamiyati, ulardan samarali
foydalanish strategiyalari muhokama qilinadi.

Kalit so ‘zlar

:

leksik birliklar, til kompetensiyasi, pedagogik metodlar, lug‘aviy

boylik, kontekstual yondashuv, madaniyatlararo muloqot.

Annotation.

Lexical units are a key area of research in linguistics, playing a

significant role in pedagogy and English language education. This article explores the

importance of lexical units in enhancing learners’ language competence and

strategies for their effective use in educational settings.

Key words:

lexical units, language competence, pedagogical methods,

vocabulary richness, contextual approach, intercultural communication.


Kirish

Leksik birliklar

so‘zlar, iboralar va barqaror birikmalar –

har qanday til

tizimining asosiy qismi hisoblanadi. Ular nafaqat jahon tilshunoslik nazariyasida

muhim rol o‘ynaydi, balki ingliz tilini ikkinchi yoki xorijiy til sifatida o‘rgatishda

ham juda muhimdir. (Begimova, 2022) Ushbu maqolada leksik birliklarning

tilshunoslikdagi o‘rni va ta’limdagi amaliy ahamiyati tahlil qilinadi.

Metodologiya


background image

115

Issue 16(51), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.06.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Ushbu maqolaning nazariy asosini leksik birliklarnng asosiy xususiyatlari va

ular orqali tilning boshqa sathlari bilan o‘zaro bog‘lanishini o‘rganish tashkil qiladi.

O‘quv jarayonida qo‘llaniladigan strategiyalardan kontekstual yondashuv orqali

leksik birliklarni o‘rganuvchilarga tushuntirish. Chet tili o‘qitish metodikasida leksik
birliklarni o‘rgatishning samarali strategiyalaridan biri bu

- multimedia resurslaridan

foydalanishdir. O‘rganilayotgan mavzuga doir videolar, podkastlar va raqamli
ilovalar leksik birliklarni o‘rgatish va uni amalda qo‘llash uchun qiziqarli
mashg‘ulotlar yaratadi. Masalan, subtitr bilan berilgan filmlarni tomosha qilish
o‘quvchilarga autentik materiallar orqali leksik bilimlarni mustahkamlashga yordam

beradi. (Rodgers, 2001)

Shuningdek, til o‘qitish metodikasida eng ko‘p qo‘llanilayotgan kommunikativ

metod va uning texnikalarini qo‘llash ham muhim ahamiyatga ega. Rolli o‘yinlar
o‘ynash (role plays), guruh muhokamalari (debates and discussions) va interaktiv
mashg‘ulotlar (interactive activities) o‘quvchilarga yangi leksik birliklarni nutq va
yozuvda faol qo‘llashga yordam beradi.

Odatda fonetik birliklar, morfemalar va grammatika bilan leksik birliklarning

aloqasi birgalikda o‘rganiladi. (Nation, 2001). Chunki tilning leksik, fonetik va
grammatik sathlari ham o‘zaro bog‘liq jarayondir: fonetik birliklar so‘zni bog‘liq
tusiga kiradi, morfemalar yasama so‘zlarni shalkllantiradi, so‘zlarning birikuvchanlik

imkoniyatlari, uslubiy vosita sifatidagi xususiyatlari ularning leksik va gramatik

ma’nolariga hamda uslubiy “sema”lariga tayanadi. Bular leksikologiyaning fonetika,
morfemika, so‘z yasalishi, gramatika va uslubshunoslik (stilistika) bilan aloqada
bo‘lishini taqozo qiladi (1

-jadval).

Bunday leksikonlarning sifat va shakl toifasiga mansubligi so‘nggi yillarda biroz

munozarali bo‘lib qoldi.

1-

jadval: leksikonlarning so’z turkumlarida shakllanishi.


background image

116

Issue 16(51), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.06.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Tilshunoslikda leksik birliklar yaxlit bir lug‘at, yani tilning so‘z boyligini o‘zida

jamlagan tizim

tarkibiy qismlari sifatida o‘rganiladi. Ushbu birliklarga quyidagilar

kiradi:

-

Yakka so‘zlar

(masalan,

daftar, bormoq, uy

) - Words, e.g.

dog

,

people

-

Ko‘p so‘zli birikmalar

, jumladan iboralar (masalan,

kapalagi uchdi,

qovog‘idan qor yog‘adi

) - idioms, e.g.

break a leg

,

was one whale of a

,

a bitter pill to

swallow,

frazeologik birikmalar (masalan,

katta og‘iz, ammamning buzog‘i

) va

turg’un birikmalar (masalan,

qaror qabul qilmoq

)

phrasal verbs, e.g.

put off

or

get

out

-

Barqaror iboralar

, masalan, salomlashuvlar (

Yaxshimisiz?

)

Sentence/text

frames and heads, e.g.

That is not as...as you think

,

The problem was…

Natijalar

Leksik birliklar til orqali ma’no shakllantirish va uzatishda asosiy rol o‘ynaydi.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ushbu birliklarni o‘zlashtirish tilni bilish darajasini
oshiradi va kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantiradi (Xasanboyeva, 2022).

Leksik birliklarning pedagogik o‘rni ham juda dolzarb bo‘lib, ulardan eng

muhimi

til kompetensiyasini shakllantirish va kommunikativ ko‘nikmalarni

rivojlantirish hisoblanadi. Lug‘atni yaxshi bilish o‘quvchilarga samarali muloqot

qilish, matnlarni tushunish va kommunikativ munosabatlarda ishtirok etish imkonini

beradi. Leksik birliklarga asoslangan o‘qitish strategiyalari o‘quvchilarning turli nutq
ko‘nikmalarida foydalanuvchi aktiv lug‘ati (gapirish va yozishda ishlatiladigan
so‘zlar) va passiv lug‘ati (o‘qish va tinglashda tanib olinadigan so‘zlar) rivojlanishiga

yordam beradi. Bu ularga samarali muloqot qilish, matnlarni tushunish va
kommunikativ munosabatlarda ishtirok etish imkonini beradi. Masalan, frazeologik

iboralarni o‘rganish ushbu til egalari kabi ona tiliday muloqot qilishni va tushunishni

osonlashtiradi (Sabirova, 2005).

Shuningdek, ular

muloqot ko‘nikmalarini takomillashtirishda ham muhim o‘rin

tutadi. Leksik birliklarni yaxshi bilish o‘quvchilarning o‘z fikrlarini aniq ifodalash,

madaniy nozikliklarni tushunish va turli vaziyatlarga mos ravishda javob berish

qobiliyatini oshiradi. Masalan, iboralarni o‘zlashtirish tabiiy va ona tiliga yaqin

muloqot qilishga yordam beradi.

Ko‘pchilikka ma’lumki, dunyo bo‘yicha

eng keng tarqalgan tillardan biri bu,

albatta, ingliz tilidir. Ushbu tildan dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida

foydalaniladi. Ingliz tili ta’limida leksik birliklarning o‘rni juda muhim hisoblanib,
ularni boyitish bo‘yicha ko‘plab metod va usullar ishlab chiqilgan. Ingliz tilini
o‘qitish tizimida, avvalo, ushbu tilda lug‘at boyligini oshirishga katta e’tibor


background image

117

Issue 16(51), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.06.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

qaratiladi. Ingliz tilini o‘rgatishda boy lug‘at bazasini shakllantirish juda muhimdir.
O‘qituvchilar dars jarayonida turli innovatsion metodlarga tayangan xolda so‘zlar
ro‘yxati, tematik lug‘atlar va leksik to‘plamlarni o‘quvchilarning til resurslarini
yanda kengaytirish uchun ularning darajalariga mos ravishda qo‘llaydilar.

Muhokama

Metodik yondashuvlar samaradorligi shuni ko‘rsatadi

-ki, leksik birliklarni ingliz

tili ta’limida kontekstual yondashuv orqali, masalan, so‘zlarni uzunroq matndagi
gaplarda yoki hikoyalarda o‘rgatish, o‘quvchilarni yangi bilimlarni yaxshi tushunish

va eslab qolishga yordam beradi. Bu usuldan foydalanish, ingliz tilini chet tili sifatida

o‘rganayotgan talabalarda sinonim, antonym, paronym va omonim so‘zlarni farlay

olishlariga katta yordam beradi. (Begimova, 2022). Masalan,

olma

so‘zini

istemol

qilinadigan meva

va

harakatni bildiruvchi fe’l

ma’nolarida o‘rgatish kontekstning

ma’noni aniqlashdagi o‘rnini ko‘rsatadi.

1-

shakl. O’zbek va ingliz tillarida so’zlarning ma’nolari o’zgarishi xolatlariga

namuna.

Bundan tashqari

,

ko‘plab leksik birliklar, masalan, iboralar va maqollar,

madaniyat bilan bog‘liq. Ularni o‘rgatish o‘quvchilarning madaniyatlararo muloqot
(linguoculturological competence) qobiliyatlarini oshiradi va madaniy o‘ziga

xos

tushunchalarni anglashga yordam beradi. Masalan,

it’s raining cats and dogs

kabi

iboralar tilning madaniy ijodkorligini aks ettiradi (Richards & Rodgers, 2001).

Tez-

tez ishlatiladigan so‘z birikmalari va iboralarni

o‘rgatish hamda o‘rganilgan

leksik birliklarni yangi kontekstlarda mustahkamlash, yani tez-tez takrorlash va qayta
ishlash bilimlarni chuqurroq anglashga va uzoq muddatli eslab qolishga yordam
beradi.

Xulosa


background image

118

Issue 16(51), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.06.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Leksik birliklar tilshunoslik va til ta’limining ajralmas qismidir. Ular muloqot,

madaniy almashuv va til kompetensiyasining asosi hisoblanadi. Pedagogik jihatdan

ushbu birliklarni samarali o‘rgatish strategiyalari o‘quvchilarning lug‘at boyligi,
ravonligi va umumiy til ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. Ingliz tili
ta’limida leksik birliklarga keng ahamiyat berish nazariy bilimlar va amaliy
ko‘nikmalar o‘rtasidagi bo‘shliqni to‘ldiradi, o‘quvchilarni real muloqot jarayoniga
oson kirishlariga zamin yaratadi (Nation, 2001). Leksik birliklarni o‘rganish va
o‘rgatishni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish orqali o‘qituvchilar til o‘rganishning
yanada samarali va yaxlit usulini ta’minlashlari mumkin.


Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Avazbek, Akhmadjonov. "THESIS FOR A RESEARCH ON ZONE OF

PROXIMAL DEVELOPMENT AND ITS EFFECTIVENESS." University Research
Base (2024): 39-46.

2.

Begimova G.J.

Leksik-semantik sath va uning birligi masalalari talqini.

Таълим

ва

инновацион

тадқиқотлар

(2022

йил

No 3) ISSN 2181-1709 (P). DOI:

https://doi.org/10.53885/edinres.2022.83.76.007

3.

Nation, I.S.P. (2001).

Learning Vocabulary in Another Language

.

Cambridge University Press.

4.

Richards, J.C., & Rodgers, T.S. (2001).

Approaches and Methods in

Language Teaching

. Cambridge University Press.

5.

Sabirova Z.

Characteristics of contextual lexical units in English and

Uzbek languages

. India international scientific online conference “The theory of

recent scientific research in the field of pedagogy”. India, 2005.

6.

Xasanboyeva O.I.

Til o‘rgatish metodikasida leksik birliklarning o‘rni.

"

Экономика

и

социум" №1(92)

-1 2022.

Библиографические ссылки

Avazbek, Akhmadjonov. "THESIS FOR A RESEARCH ON ZONE OF PROXIMAL DEVELOPMENT AND ITS EFFECTIVENESS." University Research Base (2024): 39-46.

Begimova G.J. Leksik-semantik sath va uning birligi masalalari talqini. Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2022 йил No 3) ISSN 2181-1709 (P). DOI: https://doi.org/10.53885/edinres.2022.83.76.007

Nation, I.S.P. (2001). Learning Vocabulary in Another Language. Cambridge University Press.

Richards, J.C., & Rodgers, T.S. (2001). Approaches and Methods in Language Teaching. Cambridge University Press.

Sabirova Z. Characteristics of contextual lexical units in English and Uzbek languages. India international scientific online conference “The theory of recent scientific research in the field of pedagogy”. India, 2005.

Xasanboyeva O.I. Til o‘rgatish metodikasida leksik birliklarning o‘rni. "Экономика и социум" №1(92)-1 2022.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)

Авазбек Ахмаджонов , Зироатхон Моминова , MUSIQA ORQALI INGLIZ TILINI O‘QITISH , Свет науки: № 16(51) (2025)