67
Issue 7(42), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.04.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
OʻZBEK XALQINING MODDIY VA NOMODDIY MADANIY MEROSI
Ulug‘bek Mirshayev
Buxoro davlat universiteti Musiqa ijrochiligi va madaniyat kafedrasi katta
oʻqituvchisi
Jasmina Hamroyeva
Buxoro davlat universiteti Musiqa ijrochiligi va madaniyat kafedrasi talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada moddiy va madaniy meros tushunchasini
oʻrganish, O‘z madaniy merosni tiklashga boʻlgan intilishlar, uni muhofaza qilish,
rivojlantirish va uning ahamiyatini targ'ib etishga boʻlgan alohida e'tiborni koʻrish
mumkin.
Kalit so‘zlar:
moddiy meros, nomoddiy meros, madaniyat, Yunesko, osori-
atiqalar, yodgorliklar, artefakt, oʻtmish.
TANGIBLE AND INTANGIBLE HERITAGE OF THE UZBEK PEOPLE
Ulug‘bek Mirshayev
Senior lecturer, Department of Music Performance and Culture, Bukhara State
University.
Jasmina Hamroyeva
Student of thd Department of Music Performance and Culture, Bukhara State
University
Annotation:
This article explores the concept of tangible and cultural heritage,
the aspirations to restore one's cultural heritage, its protection, development, and
special attention to promoting its importance.
Key work:
material heritage, intangible heritage, culture, Unesco, antiques,
memorials, artifact, the past.
O‘zbek xalqining o‘tmishi uzoq tarixga borib taqaladi. Bu davr ichida xalqning
ham moddiy, ham ma’naviy madaniyati jahon sivilizatsiyasining o‘lmas
namunalariga aylandi. Xususan, o‘zbek xalqining nomoddiy madaniy merosi asrlar
osha ajdodlar tomonidan sayqallanib, xalqning bebaho mulki bo‘lish bilan bir qatorda
demokratik
islohotlami
yanada
chuqurlashtirish
va
fuqorolik
jamiyatini
rivojlantirishning muhim subyekti sifatida baholandi. Zero, nomoddiy madani meros
68
Issue 7(42), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.04.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
insonni tarbiyalaydi, ulug‘laydi. Tabiat va hayot go‘zalligini ochib beradi. Unga
mehr- muxabbat munosabatini oshiradi. Shu bilan birga nomoddiy madaniy meros
muhim aqliy vazifani ham bajaradi. «Biz har qanday qobiliyatda yozilgan asarni
hayotimizdagi faktlarni o‘rganishga ko‘maklashganligi uchun qadrlaymiz va
e‘zozlaymiz » - deb yozadi Gyote.
Oʻzbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.Karimov oʻzining bir qator
asarlarida milliy ma‘naviyatni har tomonlama yuksaltirish masalasini hal qilishda
asosiy vazifa sifatida ma‘naviyatni shakllantirishga ta‘sir ko‘rsatadigan barcha omil
va mezonlarni chuqur tahlil qilish, ulaming bu jarayondagi o‘mi va rolini yaxshi
anglab yetish lozimligini alohida ta‘kidlab o‘tgan. Shu bilan birga har qanday xalq
yoki millatni unga tegishli bo‘lgan ma‘naviyat, tarix, o‘ziga xos urf-odat va
an‘analar, hayotiy qadriyatlardan ayrim holda tasavur etib bo‘lmasligi qayd etildi. Bu
borada, tabiiyki, ma‘naviy meros, madaniy boyliklar, ko‘hna tarixiy yodgorliklar eng
muhim omillar bo‘lib xizmat qiladi.
Mamlakatimizda milliy madaniyatni, xususan nomoddiy va moddiy madaniy
merosni muhofaza qilish, rivojlantirish va uning ahamiyatini targ‘ib etishga alohida
e‘tibor qaratilmoqda. Chunonchi, 1999 yilda birinchi prezidentimiz tashabbusi bilan
YUNESKO tomonidan xalq og‘zaki ijodining nodir durdonasi bo‘lmish “Alpomish”
dostonining 1000 yilligi xalqaro miqyosda keng nishonlandi.
O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidentining 2000 yil 14 martdagi PF-2562-
sonli Farmoniga asosan “O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi” unvoni ta‘sis etildi,
bu esa xalqimizning madaniy merosiga bo‘lgan yuksak ehtiromning yorqin misolidir.
2001 yil 30 avgustdagi 269-II-sonli “Madaniy meros ob'ektlarini muhofaza qilish va
ulardan foydalanish to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan.
Xalqning yoki ma‘lum bir mintaqaning madaniy merosi uning o‘ziga xos
madaniy merosidir, ya‘ni ularning shaxsiyati bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan
moddiy va nomoddiy boyliklar to‘plami ijtimoiy va madaniy, ya‘ni ular o‘sha
mamlakat yoki mintaqaga xos xususiyat sifatida qabul qilinadi.
Nomoddiy madaniy meros tushinchasi - tarixiy, ilmiy, badiiy yoki o‘zgacha
madaniy qimmatga ega bo‘lgan urf- odatlar, xalq ijodiyoti (so‘z, raqs, musiqa,
tomosha san‘ati), o‘ziga xoslikni ifodalash shaklllari, bilimlar va ko‘nikmalami,
shuningdek, ular bilan bog‘liq jihozlar, predmetlar, artafektlar va madaniy
makonlami aks ettiradi.
Moddiy meros - ko‘chmas mulk - bu o‘sha joylar yoki binolar, ularni bir joydan
boshqa joyga o‘tkazish mumkin emas. Moddiy merosga qadimiy sivilizatsiyalarning
kundalik hayotidan qolgan san‘at asarlari, kitoblar, hujjatlar, fotosuratlar, idishlar
69
Issue 7(42), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.04.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
kiradi. Bu madaniy an‘ana yoki mavjud bo‘lgan yoki allaqachon yo‘q bo‘lib ketgan
sivilizatsiya haqida noyob ma‘lumotlar beradi.
Qadim o‘tmishimizda ham ajdodlarimiz madaniy merosimizga boshqacha mehr
bilan qarashgan. Ijtimoiy taraqqiyotning talab va ehtiyojlari tufayli vujudga keladigan
yangiliklar voqelikka aylanadi. Bu yangi narsa eskidan olinib, mukammalroq bo‘ladi.
Oqibat natijada, xalq ijodiyotining ajoyib namunalari har bir davrda rivojlanib
yangilanib boradi. Xalq ijodi ayni vaqtda bu jarayon insoniyatning badiiy
tajribasidagi an‘analari o‘zlashtirish bilan ham bog‘liqdir.
O‘zbek xalqi umumjahon madaniyati rivojlanishiga o‘zining sezilarli hissasini
qo‘shgan va ayni vaqtda umuminsoniy madaniyatdan oziq olib rivojlangandir.
Albatta buning zamirida o‘zbek xalqining madaniy merosi va uning o‘lmas
namunalari turgan. Bosh Qomusimizda qadimiy obidalar, noyob osori-atiqalar,
qimmatli kitob va qo‘lyozmalar, san‘at namunalari bilan birga, madaniy boylik
sifatida nomoddiy merosimiz muhofazasi ham kafolatlangan.
Xulosa:
Insoniyat yaratgan moddiy va ma‘naviy madaniyat yaxlit bir butunlikni
tashkil etadi. Din, tarix, falsafa, qadriyatlar, urf-odat va marosimlar shu muazzam
daraxtning shoxlari, xalq ijodi, dunyoqarashi va flkriy kashfiyotlari esa uning
ildizidir. Dunyodagi boshqa xalqlar qatori o‘zbek xalqining ham madaniy
qadriyatlari, ma‘naviy merosi ming yillar mobaynida Sharqning ma‘naviy
o‘choqlaridan biri bo‘lib xizmat qilgan.
Foydalangan adabiyotlar roʻyxati:
Vazirlar Mahkamasining "2010-2020-yillarda nomoddiy madaniy meros
ob'yektlarini muhofaza qilish, asrash, targ'ib qilish va ulardan foydalanish Davlat
dasturini tasdiqlash toʻg'risida"gi 2010-yil 7-oktabrdagi 222-son qarori.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Nomoddiy madaniy meros
muhofazasiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻg'risida" 2011-yil 23-
fevraldagi 47-son qarori.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi “Nomoddiy
madaniy merosni muhofaza qilish, ilmiy o‘rganish va targ‘ib qilishni rivojlantirishga
oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-405-son
Haydarov.Z.U "Nomoddiy madaniy meros" Namangan -2014.
YOSH
OLIMLAR
ILMIY-AMALIY
KONFERENSIYASI
in-
academy.uz/index.php/y
