Авторы

  • Муштарий Акбарова
    ToshDO‘TAU
  • Орзигул Xамроева
    ToshDO‘TAU

Биографии авторов

  • Муштарий Акбарова , ToshDO‘TAU
    2-kurs magistranti
  • Орзигул Xамроева, ToshDO‘TAU
    Prof. F.f.f

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-shine.84752

Ключевые слова:

qofiya Alisher Navoiy Abdurauf Fitrat she’riyat adabiyot nazariyasi poetik funksiyalar o‘zbek adabiyoti.

Аннотация

Ushbu maqolada Alisher Navoiy va Abdurauf Fitratning qofiya haqidagi qarashlari tahlil qilinadi. Navoiy qofiyani she’riyatda badiiy va estetik vosita sifatida yuksak baholagan, uning she’rning mazmuni bilan uyg‘unlashishini ta’kidlagan. Fitrat esa qofiyani pedagogik va amaliy nuqtai nazardan ko‘rib, o‘quvchilarga she’r tuzishni o‘rgatishda muhim rol o‘ynagan. Maqolada har ikki adibning qofiyaga bo‘lgan yondashuvlari o‘zaro solishtirilib, nazariy farqlar va o‘xshashliklar ko‘rsatiladi. Shuningdek, qofiyaning poetik va estetik funksiyalari, uning o‘zbek adabiyotidagi o‘rni va ahamiyati keng tahlil qilinadi.


background image

212

Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

FITRAT VA NAVOIY QARASHLARIDA QOFIYA NAZARIYASI: TAHLIL

VA SOLISHTIRMA

Akbarova Mushtariy Abdurashid qizi

ToshDO‘TAU 2-kurs magistranti

mushtariyakbarova809@gmail.com

Ilmiy rahbarr:Prof. F.f.f

Orzigul Hamroyeva

Annotatsiya:

Ushbu maqolada Alisher Navoiy va Abdurauf Fitratning qofiya

haqidagi qarashlari tahlil qilinadi. Navoiy qofiyani she’riyatda badiiy va estetik vosita
sifatida yuksak baholagan, uning she’rning mazmuni bilan uyg‘unlashishini
ta’kidlagan. Fitrat esa qofiyani pedagogik va amaliy nuqtai nazardan ko‘rib,
o‘quvchilarga she’r tuzishni o‘rgatishda muhim rol o‘ynagan. Maqolada har ikki
adibning qofiyaga bo‘lgan yondashuvlari o‘zaro solishtirilib, nazariy farqlar va
o‘xshashliklar ko‘rsatiladi. Shuningdek, qofiyaning poetik va estetik funksiyalari,
uning o‘zbek adabiyotidagi o‘rni va ahamiyati keng tahlil qilinadi.

Kalit so‘zlar:

qofiya, Alisher Navoiy, Abdurauf Fitrat, she’riyat, adabiyot

nazariyasi, poetik funksiyalar, o‘zbek adabiyoti.

Abstract:

This article analyzes the views of Alisher Navoi and Abdurauf Fitrat

on rhyme. Navoi highly valued rhyme as an artistic and aesthetic tool in poetry,
emphasizing its harmony with meaning. Fitrat, on the other hand, approached rhyme
from a pedagogical and practical perspective, playing an important role in teaching
poetry composition to students. The article compares their approaches to rhyme,
highlighting both theoretical differences and similarities. Additionally, it discusses
the poetic and aesthetic functions of rhyme and its significance in Uzbek literature.

Keywords:

rhyme, Alisher Navoi, Abdurauf Fitrat, poetry, literary theory,

poetic functions, Uzbek literature.

Аннотация.

В данной статье анализируются взгляды Алишера Навои и

Абдурафа Фитрата на рифму. Навои высоко ценил рифму как художественное
и эстетическое средство в поэзии, подчеркивая её гармонию с содержанием.
Фитрат, в свою очередь, рассматривал рифму с педагогической и практической
точки зрения, играя важную роль в обучении поэтическому искусству. В статье
сравниваются подходы этих двух мыслителей к рифме, выделяются
теоретические различия и сходства. Также рассматриваются поэтические и
эстетические функции рифмы и её значение в узбекской литературе.


background image

213

Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Ключевые слова:

рифма, Алишер Навои, Абдураф Фитрат, поэзия,

литературная теория, поэтические функции, узбекская литература.


Mumtoz qofiya ilmi Sharq aadabiyotining ajralmas qismi bo‘lib, uning

shakllanishi qadimgi arab, fors va turkiy adabiyotlar bilan uzviy bog‘liqdir. Qofiya
nazariyasi dastlab arab adabiyotida shakllangan bo‘lsa, keyinchalik fors va turkiy
adabiyotlarida o‘ziga xos rivojlanish bosqichlarini bosib o‘tgan. Ushbu ilmning
nazariy asoslari ko‘plab ilmiy manbalarda o‘z aksini topgan. Mumtoz qofiya qadimiy
she’riyat an’analarining tarkibiy qismi sifatida shakllanib, uning rivojlanishi uzoq
tarixiy jarayonni o‘z ichiga oladi. Ilmi bayon, ilmi maoniy, ilmi badi’ tarkibidagi
shakl va mazmun mutanosibligi, ritm, ohangdoshlik, qofiya, nasrdagi she’riy shakl va
unsurlar dastlab tilshunoslik bo‘limlarida o‘rganilgan bo‘lsa, keyichalik bu ilm
shakllanib alohida ajralib chiqdi. Poetika va uning tarkibiy qismlari muayyan bir
davrga kelib ma’lum vaziyat va sharoitlar asosida rivojlanib, takomillashib bordi.
Qofiya ilmi nazariyasi asoslari badiiyat ilmiga oid kitoblarda dastlabki ilmiy
qarashlar asnosida paydo bo‘la boshladi. Badiiylik va uning o‘ziga xosliklari, so‘z
san’ati, she’r shakli va mazmuniga mos qofiya tanlay olish, she’rdagi mazmuniy
muvozanatni saqlash kabilar nafaqat shoir balki olimlarning ham diqqat e’tiborida
bo‘lgan. Mumtoz qofiya ilmiga oid dastlabki qarashlar sifatida she’r tuzilishi, uning
tarkibi, she’rning shakliy xususiyatlari borasidagi umumiy ma’lumotlarni keltirish
mumkin. Har bir xalq adabiyoti bevosita boshqa xalq adabiyotidan ta’sirlanib,
rivojlanib, shu til imkoniyatlari orqali mukammallashib boradi. Sharq adabiyotida
qofiya qadimdan muhim san’at vositasi sifatida ishlatilgan. O‘zbek mumtoz
adabiyotida qofiya o‘zining yuksak badiiy ahamiyatini saqlab qolgan va she’rning
tashqi shaklini o‘zgartirish orqali, uning ichki mazmunini ham boyitgan. Dastlabki
davrda Fors va Arab adabiyotida qofiya asosan she’rning tashqi ko‘rinishi sifatida
qabul qilingan. Adabiyotshunoslikda qofiya nazariyasi she’riyatning muhim
unsurlaridan biri sifatida o‘rganilib keladi. Qofiya, eng avvalo, she’rning tashqi
ko‘rinishiga, ohangiga va estetik ifodasiga xizmat qiluvchi vosita bo‘lsa-da, uning
mazmun bilan uyg‘unligi, poetik funksiyasi va badiiy san’at darajasiga ko‘tarilishi
turli davrlarda turlicha talqin qilingan. Ushbu maqolada o‘zbek adabiy tanqidiy
tafakkurining ikki muhim vakili — Alisher Navoiy va Abdurauf Fitrat qarashlarida
qofiya nazariyasi tahlil qilinadi va o‘zaro solishtiriladi.

Navoiy o‘zining “Mezon ul-avzon” asarida qofiya, vazn, radif va bahr

masalalarini keng nazariy asosda tahlil qiladi. Uning nazarida qofiya — nafaqat
she’rning tashqi tuzilmasi, balki mazmunni kuchaytiruvchi, poetik ohangni


background image

214

Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

boyituvchi san’at vositasidir.

21

Navoiy “Mezon ul avzon” asarida qofiyada raviyning

ahamiyatli ekanini, raviy, odatda, harfdan tashkil topishi, ba’zida esa qofiyadagi
ayrim kamchiliklar tufayli ham zarurat yuzasidan harakatlar ham raviy sifatida
olinishini ta’kidlaydi.

Beling-u zulfung xayolin sharh etarmen mo‘-bamo‘,
Tashnadurmen la’linga to bordurur jonimda su.
Ushbu baytda asosiy qofiya hisoblangan “mo‘-bamo‘ – su” ohangdosh so‘zlari

tarkibidagi arabcha vov( ) harfi kamchilik tufayli zarurat uchun harakat hisoblansa-
da, raviy sifatida qo‘llangan.

Navoiy “Muhokamat ul lug‘atayn” asarida turkiy til ifoda imkoniyatlarini

kengaytirish va qofiyalashtirishni qulaylashtirish maqsadida ba’zi harflarni bir-biriga
sherik qilishlarini ta’kidlaydi. Navoiy qofiyani tanlashda nozik did, so‘z boyligi va
mahorat talab etilishini ta’kidlaydi. Ushbu fikrlaridan anglashiladiki, Navoiy qofiyani
shunchaki tovushlar o‘xshashligi emas, balki mazmun bilan uyg‘unlashgan go‘zallik
sifatida baholaydi. Qofiya she’rda badiiy ma’no yaratish, hissiyotni ifodalashda
muhim vosita sanaladi. Navoiy yomon tanlangan qofiya she’rni xira, estetik jihatdan
zaif qiladi, deb hisoblaydi.

22

Abdurauf Fitrat jadid adabiyotshunosligining asoschilaridan biri bo‘lib, 1926-

yilda nashr qilingan“Adabiyot qoidalari” risolasida “Qofiya” sarlavhasi ostida qofiya
ilmiga to‘xtalib o‘tadi va misralarning oxirida tovushlar bir xil turdaa bo‘lgan zo‘z
bo‘g‘inlariga qofiya deyilishini, mumtoz adabiyotda qofiya juda katta o‘ringa ega va
hatto vazn, qofiyasi bo‘lmagan asar she’r hisoblanmaganligi ta’kidlaydi.

23

She’r

turlarining har biri alohida qofiyalanish turiga ega bo‘lib, Fitrat buni masnaviy va
g‘azal misolida ko‘rsatib beradi. U qofiyani fonetik uyg‘unlik asosida baholaydi va
quloqqa yoqimli, tartibli bo‘lishi lozimligini ta’kidlaydi. Fitrat qofiyani radif va aruz
tizimi bilan bog‘liq holda tushuntiradi, biroq uning tahlillari ko‘proq amaliy-
pedagogik yo‘nalishda, soddalashtirilgan tarzda berilgan. Asarda qofiyaning turlari,
mazmun bilan munosabati chuqur tahlil qilinmaydi, biroq bu Fitratning zamonaviy
adabiyot ta’limi uchun yaratilgan metodik yondashuvini ko‘rsatadi. asarida she’rning
tuzilmasi, san’at vositalari, vazn va qofiya haqida qisqa va lo‘nda fikrlar bildiradi. U
qofiyani “misralar oxiridagi bir xil tovushlarning tartibli takrorlanishi” sifatida

21

Аlisher Navoiy. Mezon ul-avzon // To‘la asarlar to‘plami. 10-jild. -T.: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa

ijodiy uyi. 2013. -B. 547.

22

Аlisher Navoiy. Muhokamatu-l lug‘atayn. Q.Sodiqov tahilil, tabdili va talqini ostida. – T.: Аkademnashr 2017. -B.

66.

23

Fitrat А. Аdabiyot qoidalari. Аdabiyot muallimlari ham havaslilari uchun qo‘llanma (nashrga tayyorlovchi, so‘zboshi

va izohlar muallifi H. Boltaboev). - T.: O‘qituvchi, 1995. - B. 17.


background image

215

Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ta’riflaydi. Fitratga ko‘ra, qofiyaning asosiy vazifasi — she’rga ohang bag‘ishlash,
esda qolarlikni ta’minlash va estetik ta’sirni kuchaytirishdir. Quyida har ikki
olimning qofiyaga munosabatini turli rakursdan ko‘rishimiz mumkin.

Qofiyaning estetik funksiyasi: Har ikki adib qofiyaning ahamiyatini tan oladi va

uni badiiy san’atning zaruriy qismi deb biladi. Biroq ularning yondashuvi va talqini
orasida muayyan farqlar mavjud: Fitrat qofiyani ohangdorlik va didaktik maqsad
bilan izohlaydi, u ko‘proq yangi davr maktab darsliklariga xos tarzda, qisqa va sodda
tilda tushuntiradi. Navoiy esa qofiyani yuqori badiiy me’yor asosida, mazmun va
shakl uyg‘unligi doirasida baholaydi. Uning qarashlari ko‘proq mumtoz sharq
poetikasi, ya’ni aruz ilmi an’analariga asoslangan.

Qofiya va mazmun munosabati: Mazmun bilan qofiyaning aloqasi Navoiyda

yetakchi o‘rinda turadi. U qofiyani faqat tovush uyg‘unligi emas, balki poetik ma’no
yaratuvchi vosita deb tushunadi. Fitratda esa bu jihat ikkinchi planda turadi. U
qofiyani ko‘proq esda qolish, ohangdorlik va ritm vositasi sifatida ko‘rsatadi.

Ilmiy va uslubiy yondashuvlar tafovuti: Fitratning yondashuvi — zamonaviy,

o‘quvchilarga tushunarli bo‘lgan, qisqa va uslubiy asoslangan bo‘lsa, Navoiyning
yondashuvi — nazariy, chuqur va mumtoz an’analarga tayanadi. Bu tafovut ularning
yashagan davri, ilmiy maktabi va adabiyotshunoslikdagi maqsadlari bilan bog‘liq.

Fitrat va Navoiy qofiyaga bo‘lgan yondashuvda har xil uslub va maqsadni

tanlagan bo‘lsa-da, har ikkalasi ham qofiyani she’riyatning muhim va zaruriy unsuri
deb biladi. Navoiy qofiyani san’at darajasiga ko‘tarib, uni mazmun bilan
uyg‘unlashtirgan holda baholasa, Fitrat uni adabiy ta’lim vositasi sifatida tushuntirib
beradi. Bu qarashlar bir-birini boyitadi va o‘zbek adabiy tafakkurining izchil
rivojlanishini ko‘rsatadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Fitrat, A. (1926). Adabiyot qoidalari. Samarqand: Turkiston davlat nashriyoti.
2. Navoiy, A. (1940). Mezon ul-avzon. Toshkent: Fan nashriyoti.
3. G‘aniyeva, N. (2004). Alisher Navoiy. Hayoti, ijodi, asarlari. Toshkent:

G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti.

4. Vohidov, H. (2001). O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi. Toshkent: O‘zbekiston

Milliy Ensiklopediyasi.

5. Rajabov, A. (2019). She’riyatda qofiyaning poetik funksiyasi. O‘zbekiston

filologiyasi, 2(85), 45–51.

6. Qurbonov, S. (1998). Adabiyotshunoslikka kirish. Toshkent: O‘qituvchi.

Библиографические ссылки

Fitrat, A. (1926). Adabiyot qoidalari. Samarqand: Turkiston davlat nashriyoti.

Navoiy, A. (1940). Mezon ul-avzon. Toshkent: Fan nashriyoti.

G‘aniyeva, N. (2004). Alisher Navoiy. Hayoti, ijodi, asarlari. Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti.

Vohidov, H. (2001). O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi. Toshkent: O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi.

Rajabov, A. (2019). She’riyatda qofiyaning poetik funksiyasi. O‘zbekiston filologiyasi, 2(85), 45–51.

Qurbonov, S. (1998). Adabiyotshunoslikka kirish. Toshkent: O‘qituvchi.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)

Акида Мавлонова , Орзигул Xамроева, HOJIB VA QOFIYA MUNOSABATI , Свет науки: № 8(43) (2025)