476
Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
HOJIB VA QOFIYA MUNOSABATI
Mavlonova Aqida Mahmud qizi
ToshDO‘TAU 2-kurs magistranti
Ilmiy rahbarr:Prof. F.f.f
Orzigul Hamroyeva
Annotatsiya.
Ushbu maqolada mumtoz poetik risolalarda radif va hojib
tushunchalarining o‘zaro munosabati, ularning farqli xususiyatlari hamda adabiy
tahlildagi ahamiyati yoritiladi. Hojibning qofiyadan oldin kelishi va uning baytning
ritmik va semantik yaxlitligini ta’minlashdagi o‘rni ko‘rsatib beriladi. Fors va turkiy
adabiy manbalardagi hojib haqidagi qarashlar, shuningdek, Sakkokiy va Alisher
Navoiy kabi shoirlarning baytlari tahlil qilinadi. Hojibning yig‘iq va yoyiq shakllari,
ularning poetik ifoda vositasi sifatidagi funksiyasi ilmiy asosda izohlanadi.
Kalit so‘zlar:
hojib, radif, qofiya, mahjub bayt, mumtoz poetika, forsiygo‘y
risolalar, Sakkokiy, Alisher Navoiy, ichki qofiya, aruz vazni, zulqofiy, muvozanat
san’ati.
Abstract.
This article examines the relationship between the concepts of radif
and hajib in classical poetic treatises, their distinctive features, and their significance
in literary analysis. The presence of hajib before rhyme and its role in ensuring the
rhythmic and semantic integrity of the verse are shown. Views on hajib in Persian
and Turkic literary sources, as well as the verses of poets such as Sakkoki and Alisher
Navoi, are analyzed. The forms of hajib, both compact and open, and their function
as a means of poetic expression are explained on a scientific basis.
Keywords:
hojib, radif, rhyme, mahjub bayt (veiled couplet), classical poetics,
Persian poetic treatises, Sakkaki, Alisher Navoi, internal rhyme, aruz meter, multiple
rhyme (zulqofiy), balance (muvozanat) technique.
Mumtoz poetikaga oid risolalarda radif tushunchasi bilan parallel ravishda hojib
tushunchasi va uning o‘ziga xos xususiyatlari haqida ham yetarlicha ma’lumotlar
uchraydi. “Hojib” so‘zi “pardador, berkituvchi” degan ma’noni anglatadi. Hojib
mumtoz qofiyaning muhim unsurlaridan biri bo‘lib, radif singari takrorlik asosiga
quriladi. Ammo hojib va radif o‘rtasida farqlanish mavjud. Radif misrada qofiyadan
keyin joylashsa, hojib qofiyadan avval keluvchi so‘z hisoblanadi Forsiy olim
Nosiriddin Tusiy hojibni
“kard yod, kard shod”
so‘zlari misolida tushuntiradi. Ushbu
so‘zlardagi
“yod-shod”
so‘zlari qofiyadosh so‘zlar sanalsa, qofiyadan oldin
477
Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
takrorlangan
“kard”
so‘zi hojib hisoblanadi.
81
Rashididdin Vatvot radifga munosabat
bildirganda, hojib haqida ham to‘xtalib o‘tadi. Hojib qatnashgan baytlar
mahjub bayt
deb nomlanishini aytib o‘tadi.
82
Bundan tashqari Shamsiddin Qays Roziy, Vohid
Tabriziy, Atoulloh Husayniy, Faxri Isfaxoniy kaboi forsiygo‘y olim va shoirlar
risolalarida hojib haqida ma’lumotlar keltirib o‘tishgan. Radif va hojib qofiya bilan
yonma-yon kelgani bois ham qofiyaning tarkibiy qismi sifatida tadqiq etilgan. Risola
va manbalarda qofiya, radif va hojib qonuniyatlari mualliflarning o‘ziga xos uslubi,
yondoshuvi asnosida tushuntirilsa ham barcha qarashlarda umumiylikni ko‘rishimiz
mumkin. Hojib haqida fikrlar va u ishtirok etgan janrlar fors adabiyotida ko‘p
holatlarda uchraydi. Hojib Sharq she’riyatida, xususan aruz vaznida yozilgan g‘azal
va boshqa she’riy janrlarda ko‘p uchraydigan poetik hodisalardandir. Ular qofiya va
radif bilan bog‘liq jihatlar asosida aniqlanadi. Turkiy poetik risolalarda hojib haqida
bevosita fikr yuritilmasa-da, mumtoz shoirlar ijodida hojibning mavjudligi va uning
qofiyani tayyorlovchi vosita sifatidagi vazifasi yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Qomatingdin dunyoda har dam qiyomatlat qoʻpar,
Zulfung ul olam balosi, koʻzlaring
jon
ofati.
Gʻamzangiz qon toʻkkali qasd etsa har dam ul zamon,
La’lingizdin koʻp boʻlur Sakkokiyga
jon
minnati
83
.
Sakkokiy qalamiga mansub ushbu baytda “
ofati, minnati”
so‘zlari qofiyadosh
so‘zlar, undan avval kelgan “
jon”
so‘zi esa hojib hisoblanadi va hojib sifatida
qofiyani ma’no va ritmik jihatdan tayyorlaydi. Bu esa ushbu baytni mahjub bayt
sifatida tasniflash imkonini beradi. Shu bilan birga, hojib so‘zning (bu yerda “jon”)
asosiy funksiyasi qofiyaning semantik ohangini kuchaytirishdir. “Jon” ikki baytda
ham “ofat” va “minnat” kabi kuchli ma’naviy va emotsional ziddiyatga ega so‘zlarga
zamin tayyorlagan. Hojib baytda qofiya bilan umumiy ma’no butunligini hosil qilgan.
Ne yo‘ldurki, maqsud
erur
manzili,
Ne ishdurki, mahmud
erur
hosili.
84
Navoiyning “Saddi Iskandariy” dostonidan olingan ushbu masnaviyda
“manzili–hosili”
so‘zlari asosiy qofiya sifatida olingan bo‘lsa,
“erur”
– hojib,
“maqsud-mahmud”
so‘zlari esa ichki qofiyani yuzaga keltirgan. Bundan ko‘rinib
turibdiki, bu masnaviyda hojib ikki:asosiy va ichki qofiya o‘rtasida kelib ko‘prik
81
Насируддини Тўсий. Мeйар ал-ашор./Ҳозиркунандаҳои чоп У.Тоиров, М.Абдуллоев, Р.Ҷалол. –Душанбе:
Ориёно, 1992. –Б.123
82
Рашид ад-дин Ватват. Хадаиқ ас-сеҳр фи дақа’иқ аш-ши’р. Перевод с персидского и комментарий и
факсимиле Н.Ю.Чалисова –М.: Наука, 1985.
83
Sakkokiy.”Devon”. – Toshkent. 1958. B-52.
84
A.Navoiy. “Saddi Iskandariy”. – Toshkent. 1965. B-22.
478
Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
vazifasini bajaradi. Bu esa ichki qofiyaga asoslanuvchi bir necha san’atlarga asos
bo‘ladi.
Hojib tarkiban yig‘iq va yoyiq shaklda bo‘lib, bir so‘zdan iborat bo‘lsa, yig‘iq,
ikki yoki undan ortiq so‘zdan iborat bo‘lsa, yoyiq hojib sifatida e’tirof etiladi.
Masnaviy usulida bitilgan dostonlar tarkibida hojibning yoyiq shaklida ishlatilishi
poetik go‘zallikni ta’minlash va shu bilan birgalikda qahramon tuyg‘usining yuqori
bosqichini ifodalashga xizmat qiladi.
Ne taxtimdin
o‘lsun anga
dahshate,
Ne tojimdin
o‘lsun anga
vahshate.
85
Baytdagi
“dahshate-vahshate”
qofiyadosh so‘zlari asosiy qofiya,
“taxtimdin-
tojimdin”
so‘zlari ichki qofiyani shakllantirgan. Garchi
“taxtimdin-tojimdin”
so‘zlari
o‘zaro mukammal qofiya hisoblanmasa-da, shoir
“-imdin”
takrorlanuvchi grammatik
vositasi orqali ohangdoshlikni ta’minlagan. Ikki qofiya o‘rtasidagi
“o‘lsun anga”
so‘zlari esa hojibning yoyiq shakli hisoblanib ichki va asosiy qofiya o‘rtasida ko‘prik
vazifasini bajarib badiiy san’atlarni yuzaga keltiradi. Bu baytda Navoiy bir necha
qofiyadan iborat zulqavofiy va muvozana san’atlarini hosil qilgan.
Koʼzumni
koʼtarmasam
koʼzungdin,
Yuzumni
koʼtarmasam
yuzungdin.
86
Boburning ushbu masnaviysida “ko‘zumni-yuzumni” so‘zlari ichki qofiya,
“ko‘zungdin-yuzungdin” so‘zlari esa asosiy qofiya hisoblanadi. “Ko‘tarmasam” so‘zi
esa hojib sifatida qo‘llanilib, ichki va asosiy qofiya orasida kelib badiiy san’atlarning
yuzaga kelishiga xizmat qilgan. Hojib masnaviylardan tashqari fardlar tarkibida ham
shoirlar tomonida qo‘llangan.
Ul pari ruxsora
hargiz
notavonliq koʼrmasun,
Yaxshidur yaxshi kishi,
hargiz
yomonliq koʼrmasun!
87
Yuqoridagi fardda “notavonliq-yomonliq” so‘zlari qofiyadosh so‘zlar, “hargiz”
so‘zi esa hojib hisoblanadi. Mahjub bayt hisoblangan ushbu baytda hojib qofiyadan
avval qo‘llanilib, qofiyada ifodalanayotgan mazmunni yana-da kuchaytirish
vazifasini bajargan. E’tibor qaratadigan bo‘lsak, radifdan farqli o‘laroq hojib
g‘azallar tarkibida emas, masnaviy, fard kabi ikkilik misralarga asoslangan baytlarda
faol qo‘llangan. Radifdan farqli o‘laroq hojib qofiyaning mazmuniy jihatdan
mukammallashtirish bilan bir qatorda, shakliy jihatdan ham ko‘plab badiiy
85
A.Navoiy. “Saddi Iskandariy”. – Toshkent. 1965. B-31.
86
Z.M.Bobur. Devon. Toshkent. Fan.1994. B-111
87
Z.M.Bobur. Devon. Toshkent. Fan.1994. B-137
479
Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
san’atlarning vujudga kelishiga vosita hisoblanadi. Bu usuldan Navoiy, Bobur kabi
shoirlar keng foydalangan.
Mumtoz she’riyatda qofiya va uning tarkibiy unsurlari – radif hamda hojibning
vazifasini aniqlashtirish, ular o‘rtasidagi farq va uyg‘unlikni aniqlash masalasi poetik
tafakkur tahlilida muhim o‘rin tutadi. Keltirilgan misollarda hojib va radif
tushunchalarining shakliy va mazmuniy funksiyalari izchil yoritilgan. Ayniqsa,
hojibning qofiyadan avval kelishi, uning semantik va ritmik roliga urg‘u berilishi
ilmiy asoslangan holda ko‘rsatildi. Shuningdek, hojibning faqat grammatik yoki
ritmik birlik emas, balki qofiyaning mazmuniy tayanch nuqtasiga aylanishini
ko‘rishimiz mumkin. Mumtoz she’riyatda qofiya matnning estetik va ritmik asosini
tashkil qiluvchi asosiy unsurlardan biri bo‘lsa, hojib esa aynan shu qofiyaga tayanch
sifatida xizmat qiladigan semantik va struktur birlikdir. Hojib va qofiya o‘rtasidagi
munosabatni faqat shakliy yaqinlik bilan emas, balki poetik mazmun va ohangni
uyg‘unlashtirishdagi funksional aloqadorlik orqali baholash lozim. Qofiya, odatda,
misra oxirida ohangdosh so‘zlar vositasida yuzaga keladi. Shoir bu orqali misralar
o‘rtasida ritmik uyg‘unlikka erishadi. Hojib esa ushbu uyg‘unlikni oldindan
“tayyorlovchi” vosita bo‘lib, qofiyadan avval kelib, mazmuniy va ohangdorlik
jihatdan uni to‘ldiradi. Ayniqsa, hojibning takrorlanuvchi xususiyati uni radifga
yaqinlashtiradi, ammo vazifasi va joylashuvi bo‘yicha u qofiyaning muqaddimasidir.
Shu nuqtayi nazardan qaralganda, hojib va qofiya o‘rtasida quyidagi asosiy
munosabatlar mavjud:
1.
Strukturaviy munosabat
– hojib qofiyadan oldin kelib, misra qurilmasida
muhim tarkibiy qismni tashkil etadi.
2.
Funksional munosabat
– hojib qofiyaning semantik yukini kuchaytiradi va
uni ritmik jihatdan “tayyorlaydi”.
3.
San’atlar yaratuvchi bog‘liqlik
– hojibning mavjudligi qofiyaning boshqa
unsurlar bilan (ichki qofiya, radif, ritm) uyg‘unlashib, badiiy san’atlar (zulqavofiy,
muvozanat, tarsi’) yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.
4.
Janrga nisbatan moslashuvchanlik
– hojibning qofiya bilan bog‘liqligi
masnaviy, fard, ruboiy kabi janrlarda kuchliroq ifodalanadi, g‘azalda esa radif
ustuvorlik qiladi.
Hojib va qofiya o‘zaro uzviy bog‘langan poetik unsurlar bo‘lib, mumtoz
she’riyatda estetik yaxlitlik va badiiy mukammallikni ta’minlashda muhim rol
o‘ynaydi. Qofiya she’rning tashqi musiqa va ichki ma’nosini uyg‘unlashtirsa, hojib
ushbu uyg‘unlikka tayanch yaratadi. Hojibning qofiyadan avval joylashishi, takroriy
tabiati, semantik yuk va san’atlar hosil qilishdagi roli uni oddiy grammatik birlikdan
480
Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
yuqori darajadagi badiiy vositaga aylantiradi. Forsiy adabiy nazariyada hojib atamasi
aniq ifodalangan bo‘lsa-da, turkiy mumtoz she’riyatda bu hodisaning amaliy jihatlari
ko‘proq kuzatiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. A.Navoiy. “Saddi Iskandariy”. – Toshkent. 1965
2. Z.M.Bobur. Devon. Toshkent. Fan.1994
3. Насируддини Тўсий. Мeйар ал-ашор./Ҳозиркунандаҳои чоп У.Тоиров,
М.Абдуллоев, Р.Ҷалол. –Душанбе: Ориёно, 1992.
4. Rajabov, A. (2019). She’riyatda qofiyaning poetik funksiyasi. O‘zbekiston
filologiyasi, 2(85), 45–51.
5. Sakkokiy.”Devon”. – Toshkent. 1958.
