Covid-19: was it really harmful? Or the benefits of the pandemic

CC BY f
285-288
16
6
Поделиться
Талибжанов, Х. (2022). Covid-19: was it really harmful? Or the benefits of the pandemic. Результаты научных исследований в условиях пандемии (COVID-19), 1(06), 285–288. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/scientific-research-covid-19/article/view/8721
Х Талибжанов, Коканский университет

финансовое направление 1-й студент

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Environmental disaster, climate every year by the United Nations such as changes, poverty, shortage of fresh water, reduction of reserves joint resolution of global problems and measures against them the need was noted by the bot-bot. However, somehow efforts, forces not getting together enough, it would all get stuck in the papers


background image

Scientific research results in pandemic conditions (COVID-19)

285

Khursidbek Tolibjanov, Kokan university finance direction 1st student

COVID-19: WAS IT REALLY HARMFUL? OR THE BENEFITS OF THE

PANDEMY.

Kh. Tolibjanov


Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan har yili ekologik halokat, iqlim

o‘zgarishlari, qashshoqlik, chuchuk suv tanqisligi, zaxiralar kamayishi kabi
global muammolar va ularga qarshi chora-tadbirlarni hamjihatlikda hal etish
zarurligi haqida bot-bot ta’kidlanar edi. Biroq, negadir sa’y-harakatlar, kuchlar
yetarli darajada birlashmay, barchasi qog’ozlarda qolib ketar edi.

Sababi esa oddiy. Dunyo mamlakatlari hamjihatlik, birlashish degan narsani

unutib qoyishdi. Bir-birin quvish ya’ni “raqobat” (qay usulda bo’lsa ham ) avj
olib ketgan edi. Biroq navbatdagi kurash oldida birlashmaslikni iloji yo’q. To’gri,
endi qo’lni qo’lga berib emas, balki qalban bir-birimizga yordam berishimiz
kerak.

Chunki, hatto olis sayyoralarni zabt etayotgan , ajobtovur ixtirolarni qilib

dunyoni o’zgartirib tashlayotgan odam bolasining aql-idroki zarraday
infeksiyani jilovlashga ojizlik qilmoqda.

Koronavirusning salbiy ta’siri deyarli hech bir sohani chetlab o‘tgani yo‘q.

Ayniqsa, iqtisodiyot, sog‘liqni saqlash, oziq-ovqat sanoati negizida jiddiy
muammo va tashvishlar yuzaga kelmoqda. Hatto pandemiya asoratlari
dunyoning psixologik qiyofasini ham o‘zgartirib yuborgani rost.

Biroq “oyning o‘n beshi qorong‘i bo‘lsa, o‘n beshi yorug‘” degan

mashoyiqlarimiz. Kurrai zaminning asosiy qismi ishsizlik natijasida uyda o‘tirib,
iqtisodiyot inqirozga yuz tutishini kuzatayotgan bo‘lsada, ba’zilar bundan
yaxshigina daromad ko‘rishmoqda. Shuni alohida qayd etish kerakki, ayni
pandemiya davrida boyligini bir necha millionlab to’plaganlar ham mavjud.
Qanday qilib deysizmi? Hozir shu xususida suhbatlashsak:

Pandemiya davrida fond bozorlarida kompaniyalar qiymatining umumiy

pasayishi kuzatilayotgan bir sharoitda yuqori texnologiyali kompaniyalar
aksiyalari

bir

maromda

o‘smoqda.

Apple

va

Microsoft

kompaniyalari

kapitallashuvi 1,5 trillion dollarga yetgan tarixdagi ilk kompaniyalar
hisoblanadi.

Bu voqea NASDAQ birjasidagi navbatdagi savdolar vaqtida yuz bergan, deb

yozadi

Sof.uz. Bozorda Applening bir dona aksiyasi narxi 352dollar gacha,

Microsoftniki esa 196 dollargacha ko‘tarildi. Shuningdek, boshqa
texnogigantlarning bozor bahosi ham ortib bormoqda. Hozirda,

Amazon

kompaniyasining kapitallashuvi $1,3 trln.ga,

Google

ga egalik qiladigan

Alphabet

shirkati kapitallashuvi $1 trln.ga yetdi.

Shunga ko’ra, Americans for Tax Fairness va Institute for Policy Studies

tadqiqot guruhlari pandemiya davrida kimlar boyliklarini orttirib olgani haqida
tadqiqot olib borishdi. Olib borilgan o’rganish natijalariga ko’ra AQSH


background image

Scientific research results in pandemic conditions (COVID-19)

286

milliarderlari boyligi koronavirus pandemiyasining so‘nggi ikki oyi davomida
15 foizga oshgan. Tadqiqotda Forbes ma’lumotlari asosida joriy yilning 18
martdan 19 maygacha bo‘lgan davrda milliarderlar boyliklaridagi o‘zgarishlar
hisobga olingan. Unga ko‘ra, bu davr mobaynida ularning boyligi umumiy
hisobda 434 milliard dollarga (2,948 trillion dollardan 3,383 trillion dollarga)
oshgan. Shuningdek,

Amazon asoschisi Jeff Bezosning boyligi 30,6 foizga oshib 34,6 milliard

dollarga,

Microsoft asoschisi Bill Geytsniki 8 milliard dollarga (8,2 foiz),
Facebook asoschisi Mark Sukerbergniki 25,3 milliard dollarga (46,2 foiz),
Berkshire Hathaway rahbari Uorren Baffett boyligi 524 million dollarga

(0,8 foiz),

Oracle asoschisi Larri Ellisonning boyligi esa 7 milliard dollarga (11,9 foiz)

oshgan.

AQShning Top-30 milliarderlari tarkibiga kiruvchi boylari orasida foiz

hisobida (lekin mutlaq raqamlarda emas) ikki oy davomida boyligi eng ko‘p
oshgan Menards asoschisi kichik Jon Menar va Ilon Mask (mos ravishda 62,8 foiz
va 48 foiz) bo‘ldi. Bundan tashqari, tadqiqot davomida milliarderlarning soni
ham oshgani aniqlangan. Mart oyida ularning soni 614 nafar bo‘lgan bo‘lsa, may
oyiga kelib 630 nafarga yetgan.

Shu qatorda, koronavirus inqirozi paytida muvaffaqiyatga erishganlar

orasida video-konferensiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi kompaniyalar va ulardan
ayniqsa, Zoomning borligiga alohida e’tibor qaratish lozim. Bu xizmat bir
vaqtning o‘zida ko‘p kishiga video orqali muloqot qilish imkonini beradi, bu esa
o‘z navbatida masofadan turib ishlashga ommaviy o‘tish sharoitida biznes va
o‘quv yurtlarida qo‘llaniladi. Hatoo, bizning mamlakatimizda ham Zoom
platformasi orqali juda ko’plab konferensiyalar, anjumanlar bo’layotgani
fikrimizning isbotidir. Aksariyat insonlarga karantin davrida bunday xizmatlar
kichik miqdorda bo‘lsada foyda olish imkonini beradi. Oshib borgan talab
Zoomga Dow Jones indeksi 1987 yildan buyon eng quyi pog‘onalarga pasaygan
davrdagi rekordini yangilashga ham imkon berdi.

Koronavirus avj olgan kunlarda bu dasturni yuklab olish soni kompaniya

aksiyalari narxi singari

ikki barobardan ko‘proqqa oshdi

. Zoom qimmatbaho

qog’zolari:


background image

Scientific research results in pandemic conditions (COVID-19)

287

Zoomga bo‘lgan talab uning asoschisi Erik Yuanni sayyoramizning eng

badavlat insonlari qatoriga qo‘shilishini ta’minladi. 2020 yilda biznesmen
Forbes jurnali tomonidan tuziladigan jahonning eng badavlat insonlari
an’anaviy reytingiga kirishiga zamin yaratdi va bu reytingda

205-

o‘rinni

egallashini ta’minladi.[1]

Dori ishlab chiqaruvchi kompaniyalar uchun ham pandemiya omadli keldi

deya aytishimiz mumkin. Farmatsevtika kompaniyalari ham yuksalish
pillapoyalariga ko‘tarilayotganlar toifasiga kiradi. Sababi, har qanday
epidemiyalar davrida kasallikdan dori vositalarini izlab topish birinchi raqamli
mavzuga aylanadi. Shu sababli inqirozlar bu sohadagi ishlab chiqaruvchilar
taraqqiyotiga cho‘t emas. Masalan: koronavirusga qarshi samaradorligini
aniqlash maqsadida remdesivir preparatini sinovdan o‘tkazgan Gilead Science
farmatsevtika kompaniyasi aksiyalari yanvar oyidagi 65 dollardan 77 dollarga
ko‘tarildi. Aprel oyida mazkur preparat koronavirus bilan kurashda og‘ir xasta
bo‘lganlarga

samarali

ta’sir

ko‘rsatganligi

ma’lum

bo‘lgach,

kompaniya

qimmatbaho qog‘ozlari qisqa davr ichida 84 dollargacha ko‘tarilib ketdi. Gilead
Science raqobatchilarida ham yil kashfiyoti bo‘lish uchun o‘ziga xos poygada
aksiyalari o‘sishda davom etmoqda. Aprel oyi boshida o‘z preparati sinovlarini
boshlagan Inovio Pharmaceuticals kompaniyasi qog‘ozlari ham 300%ga
ko’paydi. COVID-19ga qarshi dori vositasi yaratish ishlarini boshlab yuborgan
Moderna aksiyalari esa yanvar oyiga nisbatan 25%ga yuqorilab ketdi.
Shuningdek, AQSh va Germaniyada koronavirusga vaksinalarni insonlarda
qo‘llashni boshlagan farmatsevtik gigantlar Pfizer va BioNTechda ham qog‘ozlar
qiymati o‘sishda davom etmoqda.

Ayni pandemiya davrida biotexnologiya kompaniyalari va internet-

riteylerlari ham yaxshi ko‘rsatkichga erishdi. Shu qatorda, kundalik ehtiyoj
mahsulotlariga yuqori darajadagi talab oshishi natijasida dezinfeksiya va
himoya vositalari savdo bozori ham chaqqonlashib ketdi. Bunda ayniqsa,

$ 68 –

yanvar

oyida

$ 167 – 14

mayda

$169 –

Aprel

oyida

$ 8 mlrd –

15 mayda


background image

Scientific research results in pandemic conditions (COVID-19)

288

Amerikaning dezinfeksiyalovchi salfetkalar va tozalash vositalari ishlab
chiqaruvchi Clorox kompaniyasi faollik ko‘rsatmoqda. Boz ustiga, koronavirus
mazkur korxonani bankrotlik ko’prigidan saqlab qoldi deyish mumkin:
epidemiyadan bir necha yil oldin uning moliyaviy ahvoli raqobatchilarning
yuqori bosimi natijasida juda achinarli ko‘rinishga kelib qolgan edi. Ammo
pandemiya davrida dezinfeksiya vositalariga talabning keskin oshib borishi
natijasida Clorox aksiyalari so‘nggi 50 yil ichidagi maksimal nuqtasiga

yetdi.

2

Xulosa qiladigan bo’lsam, koronavirus jahon iqtisodiyotini tanazzulga

keltirgan bo’lsada, kimlar uchundir foyda manbayiga aylandi. Faoliyati
davomida erisha olmagan mablag’larga ayni shu davrda qo’lga kiritti deyishimiz
mumkin.

Shuningdek, texnologiya kompaniyalarining ravnaqi jahon iqtisodiyotining

realdan virtual tarzga o‘tishiga kuchli turtki berdi. 2020 yil boshi real dunyoni
virtual dunyoha aylantirdi. Chegaralar yopilishi natijasida global yetkazib berish
zanjirlarining uzilishi kompaniyalarni biroz o’ylantirgan bo’lsada, ularni endi
ko’proq izlanishga undagani haqiqat. Masofaviy ishlash bo‘yicha global tajribaga
ega bo’lmagan mamlakatlari ham pandemiya ta’sirida shuni joriy etib bir qadam
oldinga ziljishga harakat qildi. Ayrim sohalarga pandemiya, to’g’ri, zarar
keltirgani rost. Ammo ishonch bilan aytish mumkinki, koronavirus
sayyoramizning iqtisodiy manzarasini butunlay o‘zgartirib yubordi.

Reference:
1. http://www.review.uz/uz/post/pandemiya-davrida-kimlar-foyda-olib-

boyib-ketmoqda

2. https://kitab.uz/koronavirusdan-foyda-olayotgan-eng-yaxshi-10-ta-

kompaniya.

Библиографические ссылки

http:// www.review.uz/uz/post/pandemiya-davrida-kimlar-fbyda-olib-boyib-ketmoqda

https://kitab.uz/koronavirusdan-foyda-olayotgan-eng-yaxshi-10-ta-kompaniya.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов